scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QISHLOQ XO'JALIGI OBOROTIDAN CHIQQAN YERLARNI GEOFAZOVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA ANIQLASH

Xaytimmatov S.X.; Jumaboyev R.R.; Bazarboyeva G.B.

Full text

324 QISHLOQ XO‘JALIGI OBOROTIDAN CHIQQAN YERLARNI GEOFAZOVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA ANIQLASH Xaytimmatov S.X.,Jumaboyev R.R., Bazarboyeva G.B. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17393080 Annotatsiya: Ushbu ilmiy tadqiqot ishida Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog‘olon massivi hududidagi jami qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining so‘ngi 5 yillik NDVI ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va shu 5yil davomida hech qanday ekin ekilmasdan bo‘sh qolib kelgan yer uchastkalri aniqlandi. Kalit so‘zlar: yer uchastkasi, yer toifasi, yer turi, qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqqan yerlar, NDVI, GEE. Abstract: In this research work, the NDVI indicators of the last 5 years of total agricultural land plots in Bogholon massif, Yangibozor district, Khorezm region were analyzed and the land plots that remained empty without planting any crops during these 5 years were identified. Key words: land plot, land category, land type, agricultural land, NDVI, GEE. Kirish. O‘zbekiston Respublikasida yer resurslari cheklangan bo’lib, ularning qariyb 45 foizi qishloq xo‘jaligiga ajratilgan. So‘nggi yillarda sho‘rlanish, suv ta’minotining pasayishi, iqlim o‘zgarishi, va ekin yerlarning maqsadsiz ishlatilishi natijasida bir qator ekin yerlar qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan. Bu esa olinayotgan hosilning kamayishiga va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqqan yerga avval ekin ekish, bog‘dorchilik, chorvachilik yoki yaylov sifatida foydalanilgan, keyinchalik tabiiy yoki antropogen omillar sabab qishloq xo‘jalik maqsadida foydalanilmayotgan ekin yerlar hisoblanadi. Ekin yerlarning oborotdan chiqish sabablari quyidagilarda o’z aksini topadi. Ekin yerlarning sho‘rlanishi, eroziya, suv tanqisligi va boshqalar. Texnogen sabablarga esa qurilish, infratuzilma loyihalari, iqtisodiy sabablarga xo‘jaliklarning moliyaviy zaifligi kiradi. Tashkiliy sabablar esa nazorat va monitoringning sustligi bilan bog‘liq. Tadqiqotimizda qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqqan yerlarni aniqlashda NDVI va masofadan zondlashdan foydalanildi. NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) masofadan zondlash orqali vegetatsiya darajasini baholashga yordam beradi. Bu usul yordamida foydalanilmayotgan maydonlar aniqlanadi, tiklanish dinamikasi kuzatiladi, va meliorativ ishlarning samaradorligi baholanadi. NDVI tushunchasi 325 NDVI (Normalized Difference Vegetation Index) — bu vegetatsiya holatini aniqlash uchun ishlatiladigan raqamli indeksdir. U masofadan zondlash tasvirlari (masalan, Sentinel, Landsat) asosida hisoblanadi. Formula: NDVI = (NIR - RED) / (NIR + RED) NDVI qiymati -1 dan +1 gacha bo‘lib, qiymat qancha yuqori bo‘lsa, o‘simlik qoplami shuncha sog‘lom hisoblanadi. Masofadan zondlash (Remote Sensing) Masofadan zondlash — bu Yer yuzasidagi obyektlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmasdan turib, sun’iy yo‘ldosh, dron yoki samolyot orqali ma’lumot olish jarayonidir. Asosiy turlari: optik, infraqizil, va radar kuzatuvlari. NDVI va Masofadan Zondlash aloqasi NDVI masofadan olingan tasvirlardan hisoblanadi. Masalan, Sentinel-2 tasvirlarining B4 (RED) va B8 (NIR) kanallari asosida NDVI aniqlanadi. Natijada, har bir piksel uchun o‘simlik sog‘lomligi darajasi ma’lum bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi - Ekin maydonlarini monitoring qilish - Hosildorlik prognozini tuzish - Sug‘oriladigan va lalmi yerlarda farqni aniqlash - Oborotdan chiqqan yerlarni topish - Yer degradatsiyasini baholash NDVI va oborotdan chiqqan yerlar NDVI qiymati bir necha yil davomida past bo‘lsa (0.2 dan kichik), bu maydonlar oborotdan chiqqan yerlar sifatida belgilanadi. Bu yondashuv yer degradatsiyasi monitoringida samarali qo‘llaniladi. Tadqiqot obekti sifatida Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog`olon massivi hududi (2020-2025 yillar oralig`i) olindi. NDVI asosida tahlil qilib ko`rildi. Unga ko’ra Bog`olon massivi bo`yicha jami qishloq xo‘jaligi (sug`oriladigan haydalma) yer maydonlari 2879 gektarni tashkil qilib, solishtirish natijasida konturlar kesimida qarib 320 gektardan oshiqroq yer maydoni qishloq xo`jaligi oborotidan chiqqan yerlarni tashkil qildi. NDVI ko`rsatkichlari bo`yicha bu yer maydonlari 5 yil mobaynida ekin ekilmasdan bo`sh qolib kelganini ko`rishimiz mumkin. NDVI xaritalari masofadan kuzatish natijalariga asoslanadi, ammo ular sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bo‘lgani uchun, haqiqiy yer sharoitidagi o‘lchovlar bilan solishtirish zarur. Bu jarayon “yerda verifikatsiya” yoki “ground truthing” deb ataladi. NDVI natijalaridan joy tanlash NDVI xaritasida turli qiymatlarga ega maydonlar tanlanadi: 326 - Yashil (NDVI > 0.6) — sog‘lom o‘simlik - Sariq (0.2–0.4) — sust o‘simlik - Qizil (< 0.1) — ekilmagan yoki oborotdan chiqqan yer Har bir toifa uchun GPS koordinatalar asosida namunaviy nuqtalar belgilanadi. Tadqiqot ishining keying bosqichida esa NDVI ma`lumotlarini joyga chiqib solishtirildi. Bunda oborotdan chiqqan deb baholangan har bir kontur kesimida GPS yordamida koordinatalari olinib, umumiy maydon aniqlandi. Masofadan olingan ma`lumotlar hududdagi individual ma`lumotlar bilan solishtirildi. NDVI ko`rsatkichlari joyga chiqib o`lchangan malumotlar bilan o`zaro mos kelganini ko`rishimiz mumkin. 1-rasm: 2020-yilgi NDVI ko`rsatkichlari 2-rasm: 2021-yilgi NDVI ko`rsatkichlari 3-rasm: 2022-yilgi NDVI ko`rsatkichlari 4-rasm: 2023-yilgi NDVI ko`rsatkichlari 5-rasm: 2024-yilgi NDVI ko`rsatkichlari 327 NDVI natijalariga tayanadigan bo‘lsak Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Bog`olon” massivi hududida 2020-2021 yil hisobida jami 468 gektar, 2021-2022 yil hisobida jami 320 gektar, 2022-2023 yil hisobida jami 307 gektar, 2023-2024 yil hisobida jami 245 gektar sug`oriladigan haydalma yerlar ekin ekilmasdan qolganini ko`rish mumkin. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan toifasiga mansub sug`oriladigan haydalma yerlarning bu tarzda oborotdan chiqishini hududiy o`rganishlar nuqtai nazardan suv resurslarining taqchilligi bilan izohlash mumkin. NDVI ko`rsatkichlariga e`tibor beriladigan bo`lsa ekin ekilmasdan bo`sh qolayoygan yer uchastkalari (konturlar) massivning nisbatan chekkaroq va markaziy qisimlarida joylashgan. Xulosa. Yuqoridagi tahlillarni inobatga olgan holda Sug`orilib ekin ekiladigan yerlar turiga mansub bo`lgan ekin yerlarning meliorativ holatini saqlab qolish va ularni oborotdan chiqib ketishining oldini olish, hamda qishloq xo`jaligi oborotidan chiqib ketgan yerlarnda qishloq xo`jaligining dehqonchilikdan boshqa suv resurslarini kam talab qiladigan turlarini tadbiq qilish (chorvabob ozuqaviy ekinlar ekish), ko`pyillik bog`larni tashkil qilish orqali masalaga samarali yechim topish mumkin deya baholashimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Liu, T. (2025). A Global Review of Monitoring Cropland Abandonment. – Keng qamrovli sharh: metodlar (NDVI, vaqt qatori, GEE), muammolar va istiqbollar. 2. Wu, J., et al. (2023). Monitoring of Cropland Abandonment Based on Long Time-series and Google Earth Engine. Agris. 3. Jo‘rayev, B. (2021). Masofaviy zondlash asosida yer resurslaridan foydalanish tahlili. Toshkent: TIIAME nashriyoti. 4. Shomurodov, S. & Abdullaev, I. (2022). Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasini masofaviy zondlash asosida baholash. O‘zbekiston Geografiya Jamiyati Axborotnomasi, №2. 5. Karimov, A., va boshq. (2023). Google Earth Engine platformasida O‘zbekiston yerlarining holatini monitoring qilish. TIIAME Ilmiy axborotlari. 6. Abdurahmonov, A. (2024). Sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqish sabablari. TIIAME Xabarlari, №1.