scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SHAROITIDA IJTIMOIY HIMOYA SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Quramboyev Alisher Maxsudovich

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillik yillarida olib borilgan iqtisodiy islohotlar jarayonida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya tizimining shakllanishi, rivojlanishi va transformatsiyalanish bosqichlari tahlil qilingan. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar, davlatning aralashuvi, aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalar yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoya faqat davlat yordami bilan emas, balki jamiyat ishtiroki va fuqarolarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga asoslangan ko‘p ustunli yondashuv doirasida tahlil etilgan. Maqola, ijtimoiy yordamning mohiyati, inson qadri va taraqqiyoti bilan bog‘liq gumanistik tamoyillar asosida yuritilayotgan davlat siyosatini yoritishga qaratilgan.

Full text

JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 395 O‘ZBEKISTON SHAROITIDA IJTIMOIY HIMOYA SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Quramboyev Alisher Maxsudovich “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti E-mail: quramboye[email protected] MAQOLA MALUMOTI ANNOTATSIYA: MAQOLA TARIXI: Ushbu maqolada O„zbekiston mustaqillik yillarida olib borilgan iqtisodiy islohotlar jarayonida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya tizimining shakllanishi, rivojlanishi va transformatsiyalanish bosqichlari tahlil qilingan. Bozor munosabatlariga o„tish sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar, davlatning aralashuvi, aholining zaif qatlamlarini qo„llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalar yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoya faqat davlat yordami bilan emas, balki jamiyat ishtiroki va fuqarolarning o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishga asoslangan ko„p ustunli yondashuv doirasida tahlil etilgan. Maqola, ijtimoiy yordamning mohiyati, inson qadri va taraqqiyoti bilan bog„liq gumanistik tamoyillar asosida yuritilayotgan davlat siyosatini yoritishga qaratilgan. Received:18.10.2025 Revised: 19.10.2025 Accepted:20.10.2025 KALIT SO’ZLAR: ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya, bozor munosabatlari, ijtimoiy yordam, davlat yordami, fuqarolik jamiyati, inson qadri, iqtisodiy islohotlar, bandlik siyosati, ijtimoiy tenglik Kirish.O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishdi. Ammo dastlabki o‗tish davrida respublika bir qator og‗ir iqtisodiy muammolar bilan yuzma-yuz keldi. Xususan, iqtisodiy tanglik, pulning keskin qadrsizlanishi, narx-navoning barqaror o‗sishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bu holat o‗zining obyektiv sabablari bilan izohlanadi. O‗tish davrining ilk bosqichida yuzaga kelgan ushbu JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 396 ziddiyatlar, ayniqsa, ijtimoiy sohaga bevosita salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Yuzaga kelgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida quyidagi amaliy choralar belgilandi: birinchidan, narxlarni erkinlashtirish orqali bozor mexanizmlari yo‗lga qo‗yildi, biroq bu jarayonda inflyatsiya keskin kuchayib, aholi bandligining pasayishiga olib keldi. Shunday sharoitda davlat tomonidan ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish zarurati paydo bo‗ldi. Aholi daromadlarining eng kam va o‗rtacha darajasi bosqichma-bosqich oshirib borildi. Ikkinchidan, ichki iste‘mol bozorini himoya qilish yo‗nalishida muhim qadamlar tashlandi. Uchinchidan esa ko‗p bolali va kam ta‘minlangan oilalar, pensiya yoshidagi fuqarolar, nogironlar hamda ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta‘minlash bo‗yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ―O‘zbek model‖ining to‗rtinchi tamoyiliga asosan aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‗prog‗ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta‘minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo‗rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib borildi. Bu choralar o‘tish davrida odamlarning turmush darajasi keskin tushib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi. Binobarin, kuchli ijtimoiy siyosat har qanday ijtimoiy davlatning muhim jihati hisoblanadi. ―Ijtimoiy siyosat keng mazmunga ega bo‘lib, quyidagi maqsadli ijtimoiy himoya yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi: - daromadlar va narx siyosati; - kadrlar tayyorlash va aholini ish bilan ta‘minlash yoki bandlik siyosati; - aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish siyosati 49 . Ushbu yondashuv ijtimoiy siyosatni faqatgina yordam ko‗rsatishga qaratilgan harakat sifatida emas, balki jamiyat barqarorligini ta‘minlovchi tizimli chora-tadbirlar majmuasi sifatida talqin qiladi. Har bir yo‗nalish o‗zaro bog‗liq holda faoliyat yuritadi va ijtimoiy barqarorlik, adolat hamda rivojlanishga xizmat qiladi. Maqsad va uni asoslash. O‗zbekiston islohotlari ―ijtimoiy davlat‖ tamoyiliga asoslanib, bozor munosabatlari sharoitida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish bilan birga davlatning ijtimoiy vazifalari ortib bordi. Shuning uchun ham davlatimiz bosh islohotchi sifatida nafaqat erkin iqtisodiyotni shakllantirish, balki ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, muhtoj qatlamlarni qo‗llab-quvvatlash masalasini ham ustuvor yo‗nalishlardan biri sifatida belgilab oldi. Jumladan, ishga layoqatsiz nogironlar, kam ta‘minlangan va ko‗p bolali oilalar, qarovsiz qolgan go‗daklar moddiy va ma‘naviy 49 Мустақил Ўзбекистоннинг ижтимоий ҳимоя сиѐсати: генезиси, эволюцияси ва амалиѐти. Siyosiy. Fan. Dokt. дис. автореф.- Toshkent : Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, 2006. – 172 b. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 397 jihatdan, har tomonlama himoya qilinmoqda. Aynan shu jihatlar ijtimoiy siyosatning asosiy mazmunini belgilaydi. U keng ko‗lamli yo‗nalishlarni, jumladan, daromadlar va narxlar siyosati, bandlik siyosati va aholiga ijtimoiy yordam ko‗rsatish tizimini qamrab oladi. Daromadlar va narx siyosati orqali aholining real yashash darajasi saqlanib qolinishiga intilish, bandlik siyosati orqali esa mehnat resurslarini samarali safarbar etish, bozor munosabatlariga mos yangi kasb va malakalarni rivojlantirish maqsad qilingan. Aholiga ijtimoiy yordam ko‗rsatish esa ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, respublikamizda oilaning jamiyatdagi o‗rni va ishtirokini kuchaytirish, uning ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy va ma‘naviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar mustaqillikning ilk yillaridan boshlab izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa bozor munosabatlari sharoitida ham ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta‘minlash yo‗lida muhim omil bo‗lib xizmat qilmoqda. ―Bozor munosabatlariga o‘tish kor-ko‘rona maqsad emas, balki iqtisodiyotni o‘nglash, jamiyatni yangilash yo‘lidir. Demokratik davlat qurmoqchi ekamiz, eng avvalo ijtimoiy adolat tamoyillariga sodiq bo‘lib qolishimiz lozim. Agar bozor yetim-yesirlarning, qariyalar, kambag‘allar, nochor kishilarning ko‘z yoshlari evaziga quriladigan bo‘lsa, bunday bozorning uyi kuysin‖ 50 Ushbu jarayonda davlat bosh islohotchi sifatida nafaqat iqtisodiy erkinlikni ta‘minlash, balki ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat va fuqarolarning farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ham o‗zining ustuvor vazifasi qilib belgilagan. Xususan, nogironligi bo‗lgan shaxslar, kam ta‘minlangan oilalar, ko‗p bolali oilalar va boshqa himoyaga muhtoj qatlamlar har tomonlama – moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlanmoqda. Bu yondashuvning markazida inson qadri, uning huquqlari va ehtiyojlarini ta‘minlash turadi. Asosiy maqsad - aholi farovonligini uzluksiz yaxshilanishini ta‘minlash, aholi qatlamlarining ta‘lim, madaniyat, kasb, daromadlari jihatidan keskin tafovutlarga barham berish, insonga munosib hayot darajasini va inson kapitalini rivojlantirishdan iborat. Iinson taraqqiyoti, inson qadrini ta‘minlash demakdir. ―Inson taraqqiyoti bu kishilarga sog‘lom va bunyokor hayotni ta‘minlovchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologikmuhitni yaratish va ularga hayotning turli sohalarida keng tanlov imkoniyatini yaratishdir‖ 51 Shunday ekan, inson qadri deganda biz – har bir fuqaro 50 Karimov.I.A O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston. 1998. 296-bet 51 Shirinov.A ―Markaziy Osiyo davlatlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirishning xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Fals.Fan.Dokt. dis.avtoref. Buxoro davlat universiteti. 2023.-14 b. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 398 uchun zamonaviy infratuzilma, malakali tibbiy xizmat, sifatli ta‘lim, ijtimoiy himoya va sog‗lom ekologik muhit yaratilishini nazarda tutamiz. Bu esa davlatimizning ijtimoiy siyosatini inson qadriyati va taraqqiyotiga yo‗naltirilgan izchil strategiya sifatida belgilaydi. ―Ijtimoiy himoya mustaqillikning moddiy va ma‘naviy asoslarini mustahkamlash va bozor islohotlarini amalga oshirish davrida O‘zbekiston aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‘jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va hatto, siyosiy chora – tadbirlar yig‘indisi bo‘lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy holati hamda hayot kechirishning zarur vositalariga ega bo‘lmganligi sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarining yordami hisoblanadi.‖ 52 Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. ―Xuddi shunday bizning mamlaktimizda ham, hozirgi kunda asosiy e‘tiborni mehnatga layoqatli va mehnat qilish layoqatini yo‘qotgan aholi qatlamlarini ish bilan ta‘minlash, ularning moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan birga kam ta‘ninlangan oilalarni nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kambag‘allikdan chiqarish, balki ularni kasbiy-intellektual jihatdan rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda‖ 53 . ―Ijtimoiy himoyada faqat davlat ko‘magi bilan emas, balki quyidagi uch omilga tayanishi keraligini qayd etadi: davlat yordami, jamiyat qo‘llovi va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning imkoniyatlarini rivojlantirish‖ 54 . Zamonaviy ijtimoiy himoya tizimi faqat davlatning moddiy yordamiga tayanmasligi, balki jamiyatning faol ishtiroki va muhtoj shaxslarning o‗z imkoniyatlarini rivojlantirishga tayyor bo‗lishiga asoslanishi zarur. Davlat — asosiy kafolatlovchi kuch sifatida ijtimoiy yordamni tizimli ravishda taqdim etishi, jamiyat — fuqarolik birdamligini ta'minlovchi vosita sifatida qo‗llab-quvvatlashi, shaxs esa — o‗z salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun harakat qilishi kerak. Aynan mana shunday yondashuv ijtimoiy yordamni passiv iste‘mol vositasidan emas, balki inson taraqqiyotiga xizmat qiluvchi faol vositaga aylantiradi. Natijada, ijtimoiy adolat, fuqarolik birdamligi va barqaror taraqqiyot sari muhim qadamlar tashlanadi. ―Ijtimoiy yordam – davlat va jamiyatning qariligi, sog‘lig‘I, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vositalar bilan yetarli ta‘minlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar to‘g‘risida g‘amxo‘rligi. Ijtimoiy yordam (ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta‘minot) pensiyalar, nafaqalar to‘lash, kam 52 Н. Тўхлиев, Қ.Ҳақбердиев, Ш.Эрматов, Н.Холматов. Ўзбекистон иқтисодиёти асослари – Тошкент:2006. 260-бет. 53 Нарбаева Т. Ижтимоий тузилиш, ижтимоий институтлар ва турмуш тарзи: фан док. Дис.- Тошкет, 2019. 26бет. 54 Нарбаева Т. Ижтимоий тузилиш, ижтимоий институтлар ва турмуш тарзи: фан док. Дис.- Тошкет, 2019. 33бет. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 399 ta‘minlangan oilalarga oylik nafaqa to‘lash, bemorlar va keksalarga xizmat ko‘rsatish, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy ta‘minlashning qat‘iy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘urta deb ataladi‖ 55 . Yakuniy qism. Shunday qilib, ijtimoiy siyosatning amalda samarali bo‗lishi, eng avvalo, ijtimoiy himoya tizimining mustahkam asoslarga tayanishiga bog‗liq. Ijtimoiy himoya darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va huquqiy asoslariga bevosita bog‗liq bo‗lib, bozor munosabatlariga o‗tish jarayonida u yangi shakl va mazmun kasb etmoqda. Islohotlarning har bir bosqichida ijtimoiy himoya tizimi transformatsiyalanib, boyib bormoqda. Bu jarayonda davlat nafaqat iqtisodiy islohotlarning tashabbuskori, balki ijtimoiy himoyaning kafolatlovchi subyekti sifatida ham faol qatnashmoqda. Davlat o‗zining ijtimoiy siyosati orqali, xususan, oilalarni, kam ta‘minlangan guruhlarni, bolalarni, nogironlarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratmoqda. Ijtimoiy himoya — bu nafaqat ijtimoiy yordam ko‗rsatish tizimi, balki aholining turmush darajasini, salomatligini, ta‘lim olishini, bandligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan ko‗p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni o‗z ichiga oluvchi tizimdir. Ushbu tizim, o‗z navbatida, davlat yordami, jamiyat qo‗llovi va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning o‗z imkoniyatlarini rivojlantirishga tayyor bo‗lishi kabi uch omilga tayanadi. Bunday yondashuv ijtimoiy yordamni passiv ko‗mak shaklidangina iborat bo‗lib qolmasdan, inson taraqqiyoti va qadriyatini ta‘minlashga xizmat qiluvchi faol strategiyaga aylantiradi. Chunki ijtimoiy himoya tizimi – insonparvarlik tamoyillariga, tarixiy va diniy an‘analarga, milliy qadriyatlarimizga tayanuvchi ijtimoiy mexanizmdir. Fuqarolardan hokimiyat vakolatlarini olgan davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, eng kam turmush sharoitini kafolatlash majburiyatini o‗z zimmasiga oladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, ijtimoiy siyosatning samaradorligi bevosita ijtimoiy himoya tizimining iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslariga bog‗liqdir. O‗zbekiston tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli va adolatli ijtimoiy siyosat yuritish nafaqat iqtisodiy islohotlarning muvozanatini saqlaydi, balki jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni ham ta'minlaydi. Ijtimoiy himoya — bu faqat yordam berish tizimi emas, balki inson taraqqiyoti, salomatligi, ta‘lim olishi, bandligi va ijtimoiy faolligini qo‗llab55 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi‖. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 60-bet JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH Volume 3, Issue 4, October 2025 Online ISSN: 3030-3508 https://spaceknowladge.com =============================================================== =============================================================== Volume 3 Issue 4 [October 2025] Pages | 400 quvvatlovchi kompleks strategiyadir. Bunday yondashuvda davlat, jamiyat va shaxsning o‗zaro hamkorligi ijtimoiy adolatga asoslangan taraqqiyotning asosiy mezoniga aylanadi. Adabiyotlar. 1. Мустақил Ўзбекистоннинг ижтимоий ҳимоя сиѐсати: генезиси, эволюцияси ва амалиѐти. Siyosiy. Fan. Dokt. дис. автореф.- Toshkent : Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, 2006. – 172 b. 2. Karimov.I.A O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston. 1998. 296-bet 3. Shirinov.A ―Markaziy Osiyo davlatlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirishning xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Fals.Fan.Dokt. dis.avtoref. Buxoro davlat universiteti. 2023.-14 b. 4. Н. Тўхлиев, Қ.Ҳақбердиев, Ш.Эрматов, Н.Холматов. Ўзбекистон иқтисодиёти асослари – Тошкент:2006. 260-бет. 5. Нарбаева Т. Ижтимоий тузилиш, ижтимоий институтлар ва турмуш тарзи: фан док. Дис.- Тошкет, 2019. 26-бет. 6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi‖. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 60-bet