TIBBIYOT TA'LIMIDA LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O'QITISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqola asosan Lotin tili va tibbiy terminologiya fanini tibbiyot oliygohlarida asosiy tili sifatida o‘qitish metodikasi haqida so‘z yuritilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 118 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17394651 TIBBIYOT TA’LIMIDA LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI Bekdjayeva Fotima Egamberdi qizi Guliston Davlat Universiteti Tayanch doktaranti Davkarova Og‘iloy Muhiddin qizi Inovatsiyalar texnologiyasi Universiteti talabasi e-mail: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqola asosan Lotin tili va tibbiy terminologiya fanini tibbiyot oliygohlarida asosiy tili sifatida o‘qitish metodikasi haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: lotin tili, metodika, o‘qitish, yondashuv, munosabat. Annotation. This article mainly talks about the methodology of teaching Latin and medical terminology as the main language in medical universities. Key words: Latin language, methodology, teaching, approach, attitude. KIRISH Bugungi kunda Lotin tili va tibbiy terminologiyani o‘qitish metodikasi keyingi yillarda bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Buning natijasida jamiyatning ijtimoyiqtisodiy sohalarida muayyan rivojlanishlar, islohotlar sodir bo‘lmoqda. Zero, ingliz til muloqot vositasi sifatida barcha yo‘nalishlarning taraqqiyotiga ta’sir qiladi, shuning uchun ham uni o‘qitish masalasi doimo dolzarb hisoblanadi. Bugun dunyo tibbiy terminlar o‘qitish metodikasiga andoza bo‘layotgan bu ta’lim yutuqlaridan aksariyat mamlakatlar samarali foydalanib kelmoqda. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, xalqaro tibbiy terminlar o‘qitish metodikasida malakaviy ko‘nikmalarni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 119 rivojlantirish asosiy masalalardan bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quv topshiriqlari sifatiga ko‘proq bog‘liq bo‘lmoqda. 1. Dunyoda ingliz, fransuz, nemis va boshqa rivojlangan xorijiy tillarni o‘qitishga doir ilmiy adabiyotlarda o‘quv topshiriqlarining mazmuniga, foydalilik darajasiga alohida e’tibor beriladi va ta’lim jarayonida savol, topshiriq va mashqlardan unumli foydalaniladi. Xalqaro tajribada o‘quv topshiriqlari o‘zaro muloqotning samarali bo‘lishiga qaratiladi. Amalda foydalaniladigan o‘quv topshiriqlari avvaldan belgilangan ma’lum mezonlar asosida shakllantiriladi. Lotin tili fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘qitish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, rus tili bilan solishtirganda, otlarning lotin tilida sifatdoshlar bilan kelishish misoli mavjud. Tibbiyot o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan barcha fanlar orasida lotin tili alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda tibbiyot oliygohlarida lotin tili chet tillari yoki boshqa tillar qatoriga kiritilmagan, lekin, odam anatomiyasining alohida bir qismi bo‘lganligi sababli, lotin tili tibbiyot fanlarining ichida alohida o‘rin egallaydi. {163-64 с ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Lotin tilini fanini o‘qitish usuli aniq va gumanitar fanlarning o‘qitish uslubiga o‘xshamaydi, bu fanni o‘qitish alohida yondashuvni talab qiladi, chunki bugungi kunda bu tilda muloqot yo‘q. Avvalo, talabalarni ushbu fanga qiziqtirish, kundankunga ushbu fanning yangi xususiyatlarini kashf etish, ularning kelajakdagi kasbida muhim o‘rin egallashi haqida gapirish muhimdir. Bunda talabalar lotin tilining har bir qismini yani anatomic, klinik va farmasevtik bo‘limlarini orfografik jihatdan to‘g‘ri yozilishi birinchi o‘rinda o‘rganishi kerakdir. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun ushbu fan bo‘yicha o‘qitish metodikasi zarur. Ushbu sohadagi ko‘p yillik tajribamga asoslanib, men o‘quvchilar bilan eng maqbul ko‘nikmalarni va amaliyotni baham ko‘raman. Bugungi kunda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida lotin tilini o‘qitish tibbiyotning ajralmas qismiga aylandi, chunki bemorlarga barcha tashxis qo‘yish, retseptlar strukturasi va retseptlar yozish, shubhasiz, lotin tilida olib boriladi. Shu bilan birga, lotin tili kursi tibbiy
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 120 ta’limning muhim qismidir. Hozirda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida stomatologiya, ginekologiya, pediatriya, umumiy tibbiyot, farmakologiya fakultetlarida lotin tili o‘rganilmoqda. Lotin tili universitetning boshqa tillari qatori asosiy tilga aylandi, deyish mumkin. Talabalar tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlarini muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun tibbiyot terminologiyasi asoslari bilan tanishadilar. Lotin tilini o‘qitish metodikasining maqsadi talabalarga tushunarli, sodda tilda boshqa fanlar bilan bog‘lagan holda tushuntirishdir: masalan, rus, ingliz, fransuz va nemis tillari bilan. Lotin tilini o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi talabalarda tibbiy terminologiya bo‘yicha kasbiy kompetensiyani shakllantirish, lotin tili asoslarini o‘zlashtirish, bu ularga to‘g‘ri o‘qish, yozish va tarjima qilish, shuningdek matn mohiyatini tushuntirish imkonini beradi. NATIJALAR Lotin tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tibbiy atamalarni idrok etish va esda saqlashni yaxshilaydigan fanlararo o‘qitish usullari amalga oshirilmoqda, lotin tilini o‘qitishning ushbu yaxlit usuli umumiy ta’lim va ta’lim vazifalarini bajaradi. Ma’lumki, umumta’lim vazifalari yunon-lotin tilidagi lug‘at boyligini boyitish, tibbiyot terminologiyasi bo‘yicha dunyoqarashni kengaytirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va, albatta, o‘quvchilarning tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat. Lotin tilini o‘qitishning integral metodining o‘quv vazifalari talabalarni lotin tilining paydo bo‘lish tarixi, uning mazmuni va mohiyati, jahon madaniyati va fanining rivojlanishidagi roli bilan tanishtirishdan iborat. {2-355 s.} MUHOKAMA Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir talaba konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi talabaga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 121 biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. “Bahs-munozara” usuli – biror mavzu bo‘yicha talabalar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu usul qo‘llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini talabalarning biriga topshirish yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir talabani munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Interfaol usullarda ishlash va o‘sha sharoitlarda ishlash malakalarini hosil qilish uchun treninglar tashkil etiladi. Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum bo‘lgan usullarni o‘z o‘quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo‘lgan yangi usullar muhokama qilinadi, o‘rganiladi, ko‘nikmalar hosil qilinadi. O‘zlari shu asosida yangicha ishlash faoliyatini o‘rganadilar. Umuman treninglar qo‘shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridandir. Treningning o‘ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o‘z faoliyatini, qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Treningni tashkil etish va o‘tkazishda shunday metodlar mavjudki ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o‘yin asosidagi usullar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalardir.{4284-288 стр} XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, treningda usullar quyidagicha bo‘lishi mumkin. Komanda bo‘lib ishlash, kichik guruhlarga bo‘linib ishlash, rolli o‘yinlar, mini ma’ruzalar (15minutgacha), ular trening a’zolariga o‘quv-metodik qo‘llanma materiallar tarqatish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda. O‘quv tarbiya
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 122 jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Barkamol avlodni tarbiyalash, ularda o‘z mavqeini anglash va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishida imkoniyat yaratib berish o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi xisoblanadi. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakali kadr bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Международная анатомическая терминология с грамматикой латинского языка / под общ. ред. Г.В. Петровой. Москва: Олма Медиа Групп, 2019. 6364 с 2. Энциклопедический словарь медицинских терминов / под ред. Б.В. Петровского. Москва: Советская энциклопедия, 1982-1984. Т. I: А-Й. 1982. 3. Ahrens G. Medizinisches und naturwissenschaftliches Latein. Leipzig: VEB, 1988. 355 s. 4. Клиническая терминология (на основе греко-латинских терминологических элементов): учебно-методическое пособие для студентов лечебного, педиатрического, медико-психологического и медико-диагностического факультетов / Д.К. Кондратьев, О.С. Заборовская. - Гродно: ГрГМУ, 2008. 45-56с