Full text
Oktabr, 2025-Yil 211 PEDAGOGIK FANLAR MAZMUNINI BELGILOVCHI ME’YORIY HUJJATLARGA HARAKTERISTIKA Gulmuratova Aziyza Marat qizi Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi email: gulmuratovaaziza1@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.17395845 Annotatsiya. Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tizimining davlat ta’lim standarti mazmuni, maqsadi, vazifalari hamda asosiy prinsiplari yoritilgan. Ta’lim mazmunining me’yoriy asoslari — davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlar orqali tartibga solinishi, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga mosligi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari — o‘quvchi shaxsi ustuvorligi, insonparvarlik, uzluksizlik, yagona ta’lim makoni, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Tezisda tayanch o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari va baholash tizimi kabi tarkibiy qismlar mazmunan ochib berilgan hamda ta’lim sifatini nazorat qilishning ichki, tashqi va davlat-jamoatchilik shakllari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Davlat ta’lim standarti, umumiy o‘rta ta’lim, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, baholash tizimi, kompetensiya, ta’lim mazmuni, ta’lim sifati, uzluksizlik, innovatsion texnologiyalar, nazorat turlari. Davlat ta’lim standarti Ta’lim mazmuni – belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmiga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi1 . Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: -umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; -milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; -o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; -kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 1 Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, М.Ҳайдаров, О.Ҳасанбоева, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат. Т.: “Фан ва технология”, 2009, 464-бет 86 -ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; -davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: - o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; - umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; - davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat
Oktabr, 2025-Yil 212 talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; - umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; - umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; - umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; - o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; - rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: -umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; -umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; -umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; -baholash tizimi. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 87 Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetentsiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetentsiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; 88 tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan
Oktabr, 2025-Yil 213 kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 2020-yil 23-sentabr. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nashri. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, PQ–4884-son, 2020-yil 6-noyabr. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 6-aprel, 187-son. 4. Hasanboev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Usmonov N. “Pedagogika fanidan izohli lug‘at”. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. — 464 b. 5. Ro‘ziqov O., To‘xtaxodjayev B., Rasulov A. “Didaktika”. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 1997. — 312 b. 6. Jalolov J.J. “Pedagogika nazariyasi va metodikasi”. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. — 280 b. 7. Xolmatov A., Qurbonov N. “Ta’lim sifatini baholashning zamonaviy yondashuvlari”. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. — 156 b. 8. UNESCO. Education Standards and Quality Assurance: International Overview. — Paris: UNESCO Publishing, 2022.