TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QUVCHILARNING BADIIY IDROKINI SHAKLLANGANLIK DARAJASINI BAHOLASH MYEZONLARI
Abstract
Mazkur maqola o‘quvchilariga ta’lim berish jarayonida badiiy jihatdan shakllanganligi va tasviriy idrokning rivojlanganligini, ularda voqelikni tasviriy faoliyat vositalari orqali hissiy va estetik idrok etish qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim tizimining ahamiyati, o‘quvchining rang bilan ishlash mahoratini tarbiyalash muhim muammolardan biri sifatida tadqiq etish masalalariga qaratilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 58 TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING BADIIY IDROKINI SHAKLLANGANLIK DARAJASINI BAHOLASH MYEZONLARI 1Botir Boltabayevich Baymetov, 2Atajanova Rabbina Raximovna 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori, 2“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17399962 Annotatsiya. Mazkur maqola o‘quvchilariga ta’lim berish jarayonida badiiy jihatdan shakllanganligi va tasviriy idrokning rivojlanganligini, ularda voqelikni tasviriy faoliyat vositalari orqali hissiy va estetik idrok etish qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim tizimining ahamiyati, o‘quvchining rang bilan ishlash mahoratini tarbiyalash muhim muammolardan biri sifatida tadqiq etish masalalariga qaratilgan. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, badiiy idrok, ijodiy qobilyat, xotira, tasavvur, tafakkur. Аннотация. Целью данной статьи является исследование вопросам формирования художественного развития и зрительного восприятия в процессе обучения учащихся, роли современной системы образования в развитии их способности эмоционально-эстетически воспринимать действительность посредством изобразительных средств, а также развитие у учащихся навыков работы с цветом как одной из важных проблем. Ключевые слова: изобразительное искусство, художественное восприятие, творческие способности, память, воображение, мышление. Abstract. The purpose of this article is to examine issues related to the formation of artistic development and visual perception in the process of teaching students, the role of the modern education system in developing their ability to perceive reality emotionally and aesthetically through visual means, as well as the development of students' skills in working with colour as one of the important issues. Keywords: visual arts, artistic perception, creative abilities, memory, imagination, thinking. Umumta’lim maktab o‘quvchilariga ta’lim berish jarayonida badiiy jihatdan shakllanganligi va tasviriy idrokni rivojlanganlik darajasini aniqlash pedagogikaning muhim ustivor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarini kelajakda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlash va ularda voqelikni tasviriy faoliyat vositalari orqali hissiy va estetik idrok etish qobiliyatini rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Bu sohada o‘quvchilarni rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlash chuqur o‘rganishni talab qiladi. Rangtasvir tasviriy san’atning fundamental turi sifatida bolada koloristik, badiiy his qilish, eng asosiysi olamni ushbu san’at turi nuqtai nazaridan idrok etish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi. Tasviriy san’at tilining poydevori sanalgan rang faol ifoda vositasi hisoblanadi. O‘quvchining rang bilan ishlash mahoratini tarbiyalash esa eng muhim muammolardan biri sifatida olimlar tomonidan tadqiq qilinib kelinmoqda. Bolaning rangni ko‘rish va anglash
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 59 ko‘nikmasi tasviriy idrokning katta ahamiyatga ega tarkibiy qismidir, zero, rang hamisha musavvirning maxsus quroli bo‘lib kelgan. Rangtasvir fanidan dars berishda o‘quvchilarda tasviriy idrokni rivojlantirish dolzarb muammodir. Bu masalani esa o‘quvchini nazariy va amaliy jihatdan tayyorlamay, rangshunoslik asoslarini o‘rgatmay hamda rangni idrok etish xususiyatlarini tarbiyalamay, shuningdek, tasviriy tekislikda rangni yetkazib berish malakasini shakllantirmay hal qilish imkonsiz. Tasviriy ko‘rish yoki tasviriy idrok mavzusi pedagogika, psixologiya, estetika va san’at sohalarida faoliyat ko‘rsayotgan ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan, lekin oxirigacha tadqiq qilinmagan, shuning uchun bu muammo uzoq yillar davomida boshqa keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar uchun o‘ziga xos maydon sifatida xizmat qiladi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarida tasviriy idrokni rangtasvir san’ati, shuningdek, uning butun ta’lim jarayonini qamrab oladigan ta’siri nuqtai nazaridan rivojlantirish masalasi tugal yechimini topmagan. Zamonaviy badiiy ta’lim o‘quvchilardan nafaqat bilim, malaka va ko‘nikmalar, balki ijodiy tafakkur sohibi bo‘lish, voqelikni rassom maqomida idrok etish, olamni musavvir sifatida qabul qilishni talab qiladi. Rangtasvir fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturi tasviriy savodxonlikni oshirishning turli usullari, uslublari va turlarini taklif qiladi. Bu dasturni o‘zlashtirish samaradorligi ko‘p jihatdan tasviriy idrokning shakllanish darajasiga bog‘liq. Rassom rang, hajm va boshqa xususiyatlarni bir paytning o‘zida va yaxlitlikda ko‘radi, lekin ulardan birining ustunlik qilishi muayyan idrok shaklining ustivor ekanidan darak beradi. Ko‘zga dog‘lar sifatida tashlanadigan jismlar rassom taassurotlarining asosiy elementiga aylanadi. Bu jarayonda dog‘larning bo‘yoqlar yoki yorug‘lik va qorong‘ulik qiyofasida “kuylashi” ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Shu jihatdan olganda, monoxrom asarlar ham rang-barang ko‘rinishi mumkin. G. Velfling ilgari surgan tamoyillardan kelib chiqsak, tasviriy ko‘rish shu paytning o‘zidayoq koloristik xususiyatga ega bo‘lishi shart emas, zero, bu kabi holatlarda yorug‘lik va havodan tarkib topgan makon (fazo) joziba kasb etadi. O‘qituvchi bola faoliyatini muayyan maqsadlar sari yo‘naltirish, unda voqelikni rangtasvir vositasida idrok etish qobiliyatini rivojlantirish orqali olamga estetik munosabatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishi zarur. N. Pronina 1 o‘z tadqiqotida muhim xulosalarga kelganki, ularga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q: 1. Idrok etish — tasvir yaratish jarayoni asosi va tayanchidir; 2. Idrok etish mexanizmi mohiyati ongda aniq maqsad va vazifa mavjudligi hamda bu muammoni hal qilish yo‘llari, materiallarini izlashdan iborat. Shu bois o‘quvchilarda idrokni rivojlantirish uchun ularning psixofizik “ishtahasini” doimiy mashqlar bilan faollashtirish kerak: muhimi — ular kuzatishlari, idrok hamda talqin qilishlari, tanlashlari va taassurotlarini boyitib borishlari zarur; 3. Maqsadga intilishi va mulohazakorlik idrokning muhim jihatlaridir; tasviriy faoliyatda muayyan maqsad bilan idrok etish jarayoni boshqariladi va belgilangan vazifalarga bo‘ysundiriladi; 4. ko‘rish idrokini boshqarish usullari mavjud: ularga, birinchi navbatda, o‘quvchining tasviriy faoliyati yo‘nalishini belgilab beradigan, idrok etish faolligini oshiradigan, tasavvurini shakllantiradigan mezonlar kiradi; 1 Пронина Н.А., Туревская Е.И., Романова Е.В. Развитие мотивации профессиональной деятельности в контексте современных вызовов системы образования и подготовки педагогических кадров. Варшава, Iscience. 2020.145 с.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 60 5. idrok tafakkur qilishning boshqa fikrlash usullari bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun uning rivojlanishi tafakkurda ifodasini topadi; 6. hissiy bilish — sezgi (his qilish) a’zolarini bevosita ob’ektga bog‘lashdir; 7. idrok etish — bilish jarayoni bo‘lib, u bir qator qonuniyatlar orqali tavsiflanadi va yaxlitlik, mazmunlilik, appersepsiya, tanlovchanlik, konstantlik ularning eng muhimlari hisoblanadi. V. V. Vizer 2 ta’kidlaganidek, obrazlarni ro‘yobga chiqarish chuqur tafakkur va rangtasvir shakllarini ishonchli, oqilona tasvirlashga asoslanishi lozim, chunki badiiy obraz go‘zalligi, terangligi va ifodaviyligi, uning tomoshabinga ko‘rsatadigan hissiy ta’siri kuchi shularga bog‘liq. Muallifga ko‘ra, rangtasvirga o‘qitish tarixda yashab o‘tgan buyuk musavvirlarning asriy tajribasini o‘rganish, tadqiq qilish, takomillashtirish negizida shakllangan bilimlarga tayanadi. Shuning uchun o‘tgan asrlarning ulug‘ ijodkorlari tajribasini o‘zlashtirish, tasviriy san’atning bazaviy qonunlarini o‘rganish (yorug‘lik va yoritish turlari, ranglar uyg‘unligi) boshlovchi rassom uchun professional san’at sari olib boradigan eng qisqa yo‘lni ko‘rsatadi. Tasviriy idrokning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari t/r Baholanadigan ko‘nikmalar Baholash tizimi 1. Kompozitsion yechim - tasvir proporsiyalari va varaq chetlari uyg‘un; - tasvirning tarkibiy qismlari o‘rtasida bog‘liqlik va yaxlitlik kuzatiladi; -rang dog‘lari va tuslar joylashuvi ishning kompozitsion tuzilishiga mos. 2. Jismlar shaklni rang orqali yetkazib berish hajm rang surtmasi va rang hamda tusning yorug‘likdan kelib chiqib o‘zgarishi asosida shakllantirilgan; sovuq (yorug‘lik) va iliq (soya) ranglar nisbatiga rioya qilingan; yorug‘likdan soyaga yumshoq o‘tish ta’minlangan; ranglar uyg‘unligi, ish koloritiga erishilgan; postanovkada yaxlitlikka erishilgan; ishda yorug‘lik-havo perspektivasi qoidalaridan foydalanib, fazo yaxshi ifodalangan: a)oldingi planni ifodalashda tus kontrastlaridan foydalanilgan; b) oldingi planni ifodalashda kontrast ranglar ishlatilgan;v) tus va rang xususiyatlarida unumli foydalanish orqali uch fazoviy plan yaqqol ifodalangan; rang iliqligi-sovuqligi tomoshabinning uzoqlashish darajasi bo‘yicha taqsimlangan. 3. Rangtas vir texnikasini o‘zlashtirish qismlar va detallarni ifodalashda kuzatuvlarga muvofiq keladigan ranglar ishlatilg bo‘yoqlar qatlamma-qatlam berilgan; rangtasvir usul va texnikalari, xususan, “lessirovka”, “allya prima”, “namlash usuli”, “yupqa qatlam”, “hajmli qatlam bilan chizish” birgalikda foydalanilgan; a) lessirovkaning takroriy qaydlari shakl hissini beradi va yorqinlik saqlanadi; 2 Визер В. В. В42 Живописная грамота. Основы портрета. — СПб.: Питер, 2007. — 192 с.: ил.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 61 b) jismlarning yorug‘lik ostidagi va oldingi plandagi shakliga urg‘u beradigan rang surtmalaridan foydalanilgan; v) soya qismlarda yupqa ranglar yordamida ranglarning yumshoq o‘tishiga erishilgan 4. Ranglar uyg‘unligi yechimi ranglar uyg‘unligi bo‘yicha belgilangan kompozitsion va mazmuniy vaziflar hal qilingan; yaxlit uyg‘un tuzilma yaratilgan; tasviriy tekislikning rang tuzilmasi umumiy mavzu yo‘nalishida davom ettirilgan; ustivor individual qarashlar yaqqol ifodalangan; mazmuniy urg‘u va umumiy plastik yechim organik obrazli-assotsiativ idrok etishni shakllantiradi 5. Assotsiativobrazli ifodaviylik rangtasvir elementlari yagona energiya maydoni hosil qilish orqali yaxlit idrok tizimini shakllantiradi, tasvir tekisligi fazoviyligi talqini va shakllarning murakkab kirishi; rang berishda tus (ton) yechimi yetarlicha davom ettirilmagan. Aniq maqsad bilan faoliyat yuritish va ta’lim berish jarayonini oqilona tashkil qilish orqali, bolalar va o‘smirlarda tasviriy idrokni rivojlantirish rangtasvir darslarining asosiy vazifasidir. Maktab o‘quvchilarda ijod bilan shug‘ullanish ko‘nikmalari tarbiyalarkan, shu bilan birga, ularni professional san’at to‘g‘risidagi tasavvur bilan qurollantiradi. Bolalar rangtasvirda o‘z hissiyotlari va fikrlari, o‘rab turgan voqelik borasidagi tasavvurlarini ifodalashadi. O‘quvchilar ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish jarayonida rangtasvir san’ati bo‘yicha malaka va ko‘nikma orttirishadi, kuzatish va tahlil qilishni o‘rganishadi. Shunday qilib, rangtasvir o‘quv fani sifatida voqelikni anglash va dunyoni idrok etish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirishda ko‘maklashadi. Rangtasvir fanida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalar badiiy ta’limning boshqa yo‘nalishlari, xususan, rasm chizish, kompozitsiyadagina emas, kelajakdagi hayotiy faoliyatda ham nihoyatda qo‘l keladi. Voqelikni bo‘yoqlar yordamida tasvirlash murakkab jarayon hisoblanadi va tabiiyki, har bir o‘quvchi olamni rangtasvir orqali ifodalashga individual yondashadi, uning tasavvuri boshqalarnikidan farq qiladi. Shu o‘rinda, u yoki bu bola tasviriy idrokining shakllanganlik darajasini qanday baholash zarurligi to‘g‘risidagi masala kun tartibiga chiqadi. Tasviriy idrokni baholash uchun besh mezon ishlab chiqilgan. Albatta, tasviriy idrok shakllanishiga ko‘plab omillar, xususan, rivojlanish, tarbiya, xotira, tasavvur, tafakkur, bolaning malaka va ko‘nikmalari darajasi ta’sir qiladi, lekin taklif etilgan besh mezon universal hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida tasviriy idrokning shakllanganlik darajasini baholash bo‘yicha mezonlar yaratilgan va ular 1-jadvalda ifodalangan. Ilmiy-tadqiqot adabiyotlarini tahlil qilish asnosida aniqlangan mezonlar bolada voqelikni tasviriy idrok etish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Bolaning kompozitsiyaga oqilona yechim topishi voqelikni yaxlit idrok etishiga ta’sir ko‘rsatadi va uning hissiyotlarini yetkazib berishda ko‘maklashadi. Kompozitsion yechim ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bola rang va tus munosabatlari o‘rtasidagi farqni ajratibgina qolmay, ularni yagona rangtasvir asarida umumlashtirishi mumkin. Jismlar shaklini rang yordamida to‘g‘ri ifodalash, rangtasvir texnikalaridan foydalanishni bilish, ranglar uyg‘unligini ta’minlash masalalariga oqilona yechim topish singari mezonlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 62 bolada tasviriy idrok shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki ular ta’lim jarayonida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarga bevosita bog‘liq. Bola olgan bilim, malaka va ko‘nikmalaridan qancha yaxshi foydalansa, chizgan rasmlari shuncha ifodali bo‘ladi va u o‘rab turgan olamga tasviriy idrok nuqtai nazaridan qarashga odatlanadi. So‘nggi - beshinchi mezon asosan bola idrokiga ta’sir ko‘rsatadi. Bola ranglardan obraz yaratish jarayonining tarkibiy qismi sifatida foydalanarkan, shu orqali o‘z histuyg‘ularini yetkazib beradi. Ushbu mezon o‘quvchining tasvirlanayotgan voqelik shakli va makonini bolalarcha talqin qilish orqali yaratgan, o‘ziga xos murakkab, hissiyotlar va quvvatga to‘la olamdan tarkib topgan tasviriy idrok tizimini shakllantiradi. Bolaga rangtasvir savodxonligi asoslari va qonunlari bo‘yicha tizimli ta’lim berish tasviriy idrokni shakllantirish poydevoridir. Tasviriy idrok, natura va uning tarkibiy qismlarini yagona estetik manzarada uyg‘unlashtirish qobiliyatini tarbiyalash zamonaviy qo‘shimcha ta’limning ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. Tasviriy idrokni erta bolalik davridan boshlab shakllantirish, kelgusida shaxsning badiiy hamda estetik sifatlarini rivojlantirishga imkon yaratadi. Tasviriy idrok taraqqiyoti shaxs rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun mazkur tadqiqot belgilangan maqsadlarga erishishda ko‘maklashadigan innovatsion uslublar va original ijodiy g‘oyalar izlashni talab qiladi. ADABIYOTLAR 1. 2020 yil 23-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637sonli Qonuni. 2. Пронина Н.А., Туревская Е.И., Романова Е.В. Развитие мотивации профессиональной деятельности в контексте современных вызовов системы образования и подготовки педагогических кадров. Варшава, Iscience. 2020.145 с. 3. Визер В. В. В42 Живописная грамота. Основы портрета. — СПб.: Питер, 2007. — 192 с.: ил.