scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHISINING KASBIY-IJODIY FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISHDA FANLARARO INTYEGRASIYANING O'RNI

Botir Boltabayevich Baymetov, Muratov Xusan Xolmuratovich

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy rassomning kasbiy-ijodiy faoliyatini yangi obrazlar yaratish va tasavvurda shakllantirish, obrazni muayyan badiiy materiallar yordamida ishonchli va haqqoniy yetkazib berish maqsadiga xizmat qiladigan tasvirlash va ifodalash vositalarini izlab topish, ularni texnik jihatdan oqilona qo‘llash, shuningdek, inson ichki olamini to‘liq qamrab olib, uning xususiy sa’y-harakatlari orqali namoyon bo‘lishi ochib berilgan. Kasbiy-ijodiy faoliyatni jonlantirish muammosi mohiyatini u bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, jumladan, “faollik”, “faoliyat”, “ijod”, “ijodkorlik”, “shaxs”, “professionallik” atamalarining ko‘p qirrali “faollik” tushunchasi falsafa, fiziologiya, psixologiya, pedagogika kabi fanlar bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 63 BO’LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHISINING KASBIYIJODIY FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISHDA FANLARARO INTYEGRASIYANING O’RNI 1Botir Boltabayevich Baymetov, 2Muratov Xusan Xolmuratovich 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi p.f.f.d., (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17399982 Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy rassomning kasbiy-ijodiy faoliyatini yangi obrazlar yaratish va tasavvurda shakllantirish, obrazni muayyan badiiy materiallar yordamida ishonchli va haqqoniy yetkazib berish maqsadiga xizmat qiladigan tasvirlash va ifodalash vositalarini izlab topish, ularni texnik jihatdan oqilona qo‘llash, shuningdek, inson ichki olamini to‘liq qamrab olib, uning xususiy sa’y-harakatlari orqali namoyon bo‘lishi ochib berilgan. Kasbiy-ijodiy faoliyatni jonlantirish muammosi mohiyatini u bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, jumladan, “faollik”, “faoliyat”, “ijod”, “ijodkorlik”, “shaxs”, “professionallik” atamalarining ko‘p qirrali “faollik” tushunchasi falsafa, fiziologiya, psixologiya, pedagogika kabi fanlar bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: badiiy ta’lim, badiiy obraz, tasviriy san’at, ijodiy faoliyat, psixologiya, tasavvur, fiziologiya, falsafa Аннотация. Данная статья раскрывает профессиональную и творческую деятельность современного художника по созданию и формированию новых образов в воображении, поиску средств репрезентации и самовыражения, которые служат цели достоверной и правдивой передачи образа с использованием определенных художественных материалов, их технически рационального применения, а также его проявления посредством частные усилия, полностью охватывающие внутренний мир человека. Сущность проблемы активизации профессионально-творческой деятельности изучается в связи с основными понятиями, связанными с ней, включая многогранное понятие “активность” из терминов “активность”, “креативность”, “личность”, “профессионализм”, таких как философия, физиология, психология, педагогика. Ключевые слова: Художественное образование, художественный образ, Изобразительное искусство, творческая деятельность, психология, воображение, физиология, философия, Abstract. This article reveals the professional and creative activities of a contemporary artist in creating and forming new images in the imagination, search for means of representation and self-expression that serve the purpose of reliable and truthful transmission of the image using certain artistic materials, their technically rational application, as well as its manifestation through private efforts that fully encompass the inner world of a person. The essence of the problem of activating professional and creative activity is studied in connection with the basic concepts associated with it, including the multifaceted concept of ‘activity’ from the terms ‘activity’, ‘creativity’, “personality”, ‘professionalism’, such as philosophy, physiology, psychology, pedagogy. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 64 Keywords: Art education, artistic image, visual arts, creative activity, psychology, imagination, physiology, philosophy. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahoratini zamon talablari asosida shakllantirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayniqsa, san’at ta’limi yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarning nafaqat ijro mahoratini, balki ularning ijodiy salohiyatini, mustaqil fikrlash va yangi g‘oyalarni yarata olish qobiliyatini rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘zida rassom, pedagog va tadqiqotchi xislatlarini mujassam etishi, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq eta olishi lozim. Ushbu jarayonda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-ijodiy faoliyatini faollashtirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ijodiy faoliyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki uni harakatga keltiruvchi ichki va tashqi omillar, psixologik va pedagogik shart-sharoitlar mavjud. Mazkur maqolaning dolzarbligi shundaki, unda kasbiy-ijodiy faollikning mohiyati psixologiya, falsafa va pedagogika kabi bir qator fanlar integratsiyasi orqali tahlil qilinadi. Maqolada “faollik”, “ijodkorlik”, “shaxs” va “professionallik” kabi tayanch tushunchalarning o‘zaro aloqadorligi ochib berilib, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishning nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – kasbiy-ijodiy faoliyatni faollashtirishning ilmiy-nazariy jihatlarini tahlil qilish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning pedagogik asoslarini modellashtirish uchun zamin yaratishdan iborat. Psixologiya fanida shaxs ijodiy faoliyatining ko‘p qirrali muammosi yangi intellektual mahsulot yaratishga qaratilgan ruhiy jarayon bo‘lib, badiiy asarni yaratishdagi ijodkorning ishtirokini ifodalovchi shaxsiy xususiyatlari to‘plami sifatida ko‘rib chiqiladi. Bugungi kungacha shaxs ijodiy faoliyatining mohiyati, uning shakllanish shartlarini anglab yetish va kelajakda yangi pedagogik ishlanmalar yaratishga imkon beradigan juda katta hajmli materiallar to‘plangan. XX asrda ishlab chiqarish sanoati shiddat bilan rivojlanishni boshlagach, olimlar o‘rtasida ham ijodiy faoliyat muammosining turli jabhalarini ilmiy tomondan o‘rganishga qiziqish ortdi. O. M. Veselovskiy, D. N. Ovsyaniko-Kulikovskiy, A. A. Potebnya va boshqa olimlarning psixologik tadqiqotlari bu ko‘p qirrali muammoni yanada churuqroq o‘rganishga turtki berdi. S. L. Rubinshteynning ijodiy jarayon sub’ektning ongli faoliyati natijasi ekani to‘g‘risidagi qarashlari aks ettirilgan asarlari ilmiy tasavvurni yanada boyitdi. Uning fikricha, ijod faoliyatdan shakllanadi, lekin u faoliyat tuzilmasini takrorlamaydi, aksincha, u bilan uyg‘unlashib, faoliyatda namoyon bo‘ladi va uni tartibga soladi. A. V. Brushlinskiy, B. M. Kedrov, O. M. Matyushkin, Ya. O. Ponomarev, O. K. Tixomirov, M. G. Yaroshevskiyning keyinroq amalga oshirilgan tadqiqotlarida ijodiy jarayonlar ilmiy va eksperimental asosda ko‘rib chiqildi. Ijodkorlikning ta’lim va tarbiya sohalaridagi psixologik xususiyatlari V. V. Davidov, O. M. Matyushkin, Ya. O. Ponomarev tomonidan o‘rganilgan, lekin hozirga qadar ijodiy faoliyatning yagona psixologik mezonlari belgilanmagan. Ko‘plab olimlar buni psixik hosilalarning shakllanishi bilan bog‘lashadi (V. V. Davidov, V. P. Zinchenko, A.M. Leontev, O. M. Matyushkin, Ya. O. Ponomarev, O. K. Tixomirov). “Psixik hosilalar” atamasi Lev Vigotskiy tomonidan muomalaga kiritilgan. Bu jumla zamirida esa, birinchidan, rivojlanishning aynan shu bosqichida yuzaga kelgan va bola ongining atrof-muhit, ichki va tashqi olam, taraqqiyotning bevosita shu davriga xos munosabatlarini belgilab beruvchi ruhiy hamda ijtimoiy o‘zgarishlar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 65 yotadi. Ikkinchidan, psixik hosilalar — ana shu o‘zgarishlar, shaxsning muayyan davr oralig‘idagi ruhiy rivojlanishi natijasi bo‘lib, u keyingi bosqichlardagi psixik jarayonlar shakllanishi uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Badiiy ijod muammosi psixologiya fanining N. N. Volkov, Ye. I. Ignatev, V. I. Kiriyenko, V. S. Kuzin, O. I. Nikiforova, B. M. Teplov singari yirik vakillarini ham o‘ziga jalb qilgan. Ularning tadqiqotlari tahlili kasbiy-ijodiy faoliyat tegishli vositalar yordamida muayyan maqsadga erishish bo‘lib, ular ham natija, ham jarayonni ta’minlashi xususida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tasviriy san’atda bu tasavvur bilan boyitilgan idrok uyg‘unligi hamda ifodalovchi harakat va vositalar, shuningdek, ularning imkoniyatlari to‘g‘risida yetarlicha bilim hosil qilish orqali tasvir g‘oyasini shakllantirishga mos keladi. Uch o‘lchamli predmet olami va ikki o‘lchamli tasvirlash yuzasi o‘rtasidagi farqlarni anglash tasviriy san’atdagi ijodiy jarayonning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologiya fanida olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar ijodkorlikni shakllantirishda faol yondashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini aniqladi. D. B. Bogoyavlenskaya, A. V. Brushlinskiy, L. S. Vigotskiy, V. V. Davidov, A. V. Zaporojets, A. N. Leontev, M. M. Poddyakov, Ya. O. Ponomarev, V. A. Romenets, S. L. Rubinshteyn faol yondashuvning ijodkorlik ravnag‘iga qo‘shadigan hissasi muammosini atroflicha o‘rganishgan. Ularning e’tirofiga ko‘ra, bu shaxsning bilish jarayoni, shuningdek, o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy olamni qayta qurishga qaratilgan faoliyatining eng oliy va yuksak darajasi bo‘lib, u, oxir-oqibatda, tafakkur shakl va usullarini o‘zgartiradi. Ma’lumki, ijodiy faoliyat tinimsiz izlanish hamda muammoli vaziyatlarda jonlanadi, chunki bunday holatlarga yechim topish yangi sifatli harakatlarni izlab topishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan olsak, K. K. Platonovning ijodkorlik tafakkurning muayyan vazifani hal qilish uchun zarur va avvaldan ma’lum usullari chegarasiga sig‘maydigan yuksak shakli ekani to‘g‘risidagi ta’rifi yanada katta ahamiyat kasb etadi va uslubiy izlanishlar yo‘nalishini aniqlashtirishda ko‘maklashadi 1 . Muayyan vazifalarni hal qilish usullarini izlashda “yo‘lchi yulduz” sifatida xizmat qiladigan, turli darajadagi bilimlarni ishlab chiqish ijodiy faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Ijodiy faoliyatning bu qirrasi professor P. Ya. Galperinning aqliy tafakkur bosqichma-bosqich shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyasi hamda uning ruhiy xislat faoliyatning to‘rt bosqichida mavjud ekani haqidagi konsepsiyasi negizida ishlab chiqilgan. Bular - qadriyat, mohiyat, maqsad va ijro bosqichlaridir 2 . Zamonaviy psixologiyada shaxsning muayyan harakatlari bilan bog‘lik xarakatchanligi va alohida olingan vaziyatni tahlil qilishda namoyon bo‘ladigan aqliy faolligini ta’minlaydigan ichki, ruhiy holatlar ajratib ko‘rsatiladi. Tashqi sa’y-harakatlar aqliy faoliyat bilan boshqariladi, bu esa uning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini ta’minlaydi. Rassomning kasbiy-ijodiy faoliyati yangi obrazlar yaratish va tasavvurda shakllangan obrazni muayyan badiiy material yordamida ishonchli va haqqoniy yetkazib berish maqsadiga xizmat qiladigan tasvirlash va ifodalash vositalarini izlab topish, ularni texnik jihatdan oqilona qo‘llash, shuningdek, kasbi uchun ahamiyatli sifatlarni rivojlantirishga katta ishtiyoq bilan tayyor turishga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan olsak, kasbiy-ijodiy faoliyat shaxsiy ta’limning 1 К. Платонов. Занимательная психология. – Издание. 5-е, исправленное. – СПб.: Питер Пресс, 1997. – 288 с., ил. 146 страниц 2 П. Я. Гальперин Четыре лекции по психологии. М.: Книжный дом «Университет», 2000. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 66 murakkab va dinamik jarayoni bo‘lib, u inson ichki olamini to‘liq qamrab oladi va alohida olingan odamning xususiy sa’y-harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Kasbiy-ijodiy faoliyatni jonlantirish muammosi mohiyatini u bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, jumladan, “faollik”, “faoliyat”, “ijod”, “ijodkorlik”, “shaxs”, “professionallik” mag‘zini anglamasdan tushunish imkonsiz masaladir. Ko‘p qirrali “faollik” tushunchasi falsafa, fiziologiya, psixologiya, pedagogika kabi fanlar tomonidan o‘rganiladi. Falsafa asosan inson faolligining tashqi jihatlarini tahlil qiladi. Psixologiya faollikni shaxs miqyosida ko‘rib chiqadi. U faollik turlarini yo‘nalishlariga qarab tasniflaydi, tarkibiy qismlarini aniqlaydi, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikka oydinlik kiritadi. Fiziologiya uchun inson faolligi taraqqiyotining biologik omillari qiziq. Pedagogika faollikni ta’lim va tarbiya mezonlari nuqtai nazaridan tadqiq qiladi, shuningdek, muayyan va maxsus sharoitlar yoki tegishli o‘quv materiallariga tayanib, faollikni shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganadi. Falsafa fanida “faollik” tushunchasi materiyaning universal, umumiy xususiyati sifatida e’tirof qilinadi. Unga ko‘ra, “faollik”, bir tomondan — muayyan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar, ikkinchi tomondan — ob’ektning harakatga nisbatan aks ta’sirini keltirib chiqaradigan qo‘zg‘aluvchan holati, uchinchi tomondan esa — moddiy ob’ektlarning boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro munosabatga kirishish qobiliyatidir. Taniqli faylasuf Moisey Kagan fikricha, inson faolligi “...uning nafaqat biologik, balki ijtimoiy hayotini ham ta’minlashga xizmat qiladi” 3 . .Individning muayyan harakatlari esa faollik orqali namoyon bo‘ladi. Inson faolligi ijtimoiy tabiatga ega. Ongiga tayanib, inson o‘zini o‘rab turgan voqelik bilan, muayyan maqsadlardan kelib chiqib, o‘zaro aloqaga kirishishi, shu orqali, nafaqat, atrof-muhitni, balki o‘zini ham o‘zgartirishi mumkin. Psixologiya fanida bu tushunchani tadqiq qilishda bir necha yo‘nalishlar mavjud. Ba’zi olimlar faollik muammosini faoliyat negizida tahlil qilishadi. Bu tadqiqotlar shaxs faolligini faoliyatning sifat ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan o‘rganishga qaratilgan (A. N. Leontev, L. S. Vigotskiy, K. A. Abulxanova-Slavskaya va b.). Psixologiyaning boshqa yo‘nalishi shaxs, uning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini markaziy tushuncha maqomida ilgari suradi. Unga ko‘ra, faollik shaxsiy xususiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu konsepsiya B. G. Ananev va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan. Shaxs faolligi psixologiyasining rivojlanishiga S. L. Rubinshteyn va A. N. Leontev kabi mashhur olimlar ham katta hissa qo‘shishgan. Ular shaxs faolligiga faqat tashqi omillar emas, balki insonning ichki determinatsiyasi bilan bog‘liq hodisa sifatida qarashgan. S. L. Rubinshteyn ham, A. N. Leontev ham inson voqelikni ongli ravishda o‘zgartiradi, ong esa faoliyatdan shakllanadi; shaxs faolligi esa ongli faoliyatda ko‘zga tashlanadi, deb hisoblashgan. S. L. Rubinshteynning ta’kidlashicha, inson tashqi shart-sharoitlarga bevosita qaram emas, u voqelik bilan munosabatlarini shaxsiy tanlovi asosiga quradi, kelajakni oldindan ko‘radi, qarorlar qabul qiladi, voqealar yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin harakatlarni amalga oshiradi. "Shaxs, deydi olim, faollik sub’ekti sifatida maydonga chiqadi. Inson - unga ta’sir o‘tkazishi mumkin tashqi omillar tizimining passiv vakili emas, u faollik sub’ekti, ya’ni tashqi dunyoga ta’sir ko‘rsatadigan shaxsdir. Tashqi ta’sir esa faqat psixik holat orqali o‘zgarib, u yoki 3 Моисей Самойлович Каган. Философия культуры. Учебное пособие для академического бакалавриата. Москва-Юрайт 2018.335 с. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 67 bu ruhiy samarani hosil qiladi" 4 . Pedogogika fanlari doktori, professor, psixolog Aleksey Leontev tomonidan yaratilgan faoliyatning umumiy psixologik nazariyasi rivojlanib borgani sayin bu ikki tushuncha nisbati muammosi ham murakkablashgan. A. N. Leontevga ko‘ra, faoliyat, bir tomondan va aksariyat holatlarda faollikdir. Olim fikricha, gap faoliyatni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan birlamchi fiziologik jarayonlar va hulq-atvor haqida emas, aynan faoliyat haqida ketmoqda. Boshqa tomondan, tadqiqotchi faollikni faoliyatga undaydigan ichki ehtiyoj, turtki sifatida ko‘radi va u muayyan faoliyat tuzilmasi bilangina emas, faoliyat sub’ektining o‘zi bilan belgilanadi. Faollik tushunchasini o‘rganishga qaratilgan va yuqorida tilga olingan yo‘nalishlardan tashqari, boshqacha nuqtai nazarlar ham mavjud. Ba’zi mualliflar faollik va faoliyatni o‘zaro qiyoslashadi. Boshqalari esa faollikni muayyan faoliyatning sifat ko‘rsatkichi sifatida e’tirof qilishadi. Masalan, N. Ye. Kovalev, B. F. Rayskiy, N. A. Sorokin faollikni insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini ta’minlovchi kuchli va energetik faoliyati deb ta’riflashadi. Pedagogika va psixologiya fanining yetakchi olimlari K. A. Abulxanova-Slavskaya va G. I. Shukina faollik va faoliyat o‘rtasidagi prinsial farqlarga e’tiborni qaratib, bu muammo yuzasidan boshqa fikrni ilgari surishgan. Ularga ko‘ra, faollik faoliyatning sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi va faoliyatning o‘zi emas, balki uning xususiyati va darajasini ko‘rsatib beradi. Olimlarning qarashlarida muayyan ziddiyatlar borligiga qaramay, aksariyat psixologlar faollikni faoliyat rivojlanishining manbasi va mexanizmi sifatida e’tirof etishadi. Zamonaviy psixologiya fani faollikning xilma-xil shakl va turlarini ajratib ko‘rsatgan. Ixtiyoriy va beixtiyoriy turlari ularning asosiy ko‘rinishlaridir. Individning muayyan maqsadga erishishga qaratilgan ongli harakatlari ixtiyoriy faollik shakllariga kiradi. Beixtiyoriy faollik esa ong ishtirokisiz kechadi (uyqu, reflektor javoblar, shartli signal reaksiyalari, avtomatlashtirilgan harakatlar). Eksperimental psixologik tadqiqotlarda, aniqrog‘i, K.A Abulxanova-Slavskaya asarlarida shaxs faolligi tipologiyasining olti ko‘rinishi ta’riflangan: − uyg‘un (garmonik) tip — bu toifaga tashabbus va mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlay olgan shaxslar kiradi. Ular muayyan tashabbuslarni ilgari surishadi, ijro uchun ham javobgarlikni o‘z zimmalariga yuklashadi. Bu toifaga kiruvchi shaxslar taklif qilgan tashabbuslarni amalga oshish bo‘yicha g‘oyalar muammoli va konstruktiv bo‘ladi. − sermahsul tip - bu toifa vakillari g‘oyalarni ilgari surishadi, lekin o‘zlarini ijrochi sifatida ko‘rishmaydi. Shunga qaramay, g‘oyaga muammo sifatida qiziqishlari borligi uchun mas’uliyatni zimmalariga olishadi; − refleksiv tip - javobgarlik hissi haddan tashqari yuqori (gipermas’uliyatli) shaxslar toifasi. Bu me’yorsiz mas’uliyat yuki ularning tashabbuslari taqdirini belgilab beradi va maqsadlari ko‘pincha amalga oshmay so‘nadi; ularda o‘ziga tanqidiy baho berish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish hissi juda baland. Ular mustaqil harakatga moyil emas, lekin taqliddan ham, yo‘riqnomalarga tayanishdan ham yiroq; − ijrochi tipi - bu toifaga kiruvchilar javobgarlikni his qilishadi va o‘zlarini mas’uliyat ijrochi sifatida ko‘rishadi. Lekin bevosita ijroga kelganda, mustaqil harakat qilisholmaydi, taqlid va yo‘riqnomalarga suyanishadi, o‘z tashabbuslarini o‘zlari so‘ndirishadi; 4 С. Л. Рубинштейн Основы общей психологии В двух томах Том I. Москва «Педагогика» 1989 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 68 − funksional tip - javobgarlikdan qochishadi, lekin atrofdagi ijtimoiy-ruhiy holatdan kelib chiqib, unga moslashishadi va tayyor qarorlarni amalga oshirishda faollik va sermahsullik ko‘rsatishadi; − tafakkur qiluvchi tip - bu toifaga murakkab va konstruktiv tashabbuslarni ilgari suradigan, lekin ularning ijrosi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydigan, mustaqil harakat qilishdan chekinadigan shaxslar kiradi. Bu guruh vakillari o‘zlarining hamma tomonidan e’tirof qilinishini istashadi. Xususiy "Men"ining balandligi ular tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning ijrosini yo‘qqa chiqaradi. Mustaqil harakat qilishdan qochishadi va o‘zlarini boshqalar bilan qiyoslashni yoqtirishadi 5 . Talabalar bilan ijodiy fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda shaxs faolligining turli ko‘rinishlari aks ettirilgan ushbu tasnifdan individual tartibda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Pedagogika fanida (A. A. Verbitskiy, I. A Polunina va b.) sub’ektning bilish faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, faollikning bir necha darajasi ajratib ko‘rsatilgan: − reproduktiv-taqlidiy faollik — uning yordamida faoliyat tajribasi boshqa shaxs tajribasi orqali oshib boradi; − izlanuvchanlik-ijrochilik faolligi. Bu nisbatan yuqori daraja bo‘lib, ko‘proq mustaqil ish yuritishni taqozo qiladi. Bu bosqichda vazifa mohiyatini anglab yetish va uning ijrosini ta’minlash uchun vositalar qidirish zarur; − ijodiy faollik — vazifalar, ularni amalga oshirishning yangicha, original yo‘llari va vositalari ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil belgilangani sababli, faollikning yuksak bosqichi sifatida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, shaxs faolligi muammosiga bag‘ishlangan falsafiy, psixologik va pedagogik adabiyotlar tahlili quyidagi xulosalarga kelish uchun imkon beradi: − motiv, ehtiyoj va maqsadlar shaxs faolligining ichki xususiyatlariga kiradi; ichki faollik shaxsning shakllanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi; − ehtiyoj - faollikni harakatga keltiruvchi kuchdir. Qiziqish, intilish, harakat energiyasi ehtiyojlarni (individning yashashi uchun ahamiyatli nimaningdir yetishmasligi, tanqisligi, yo‘qligi holati) qondirishda faol omillar sifatida xizmat qiladi; − shaxs faolligi faoliyat bilan bog‘liq va uning zamirida muayyan maqsad yotadi. Shu bilan birga, faoliyat maqsadi – “ehtimoliy kelajak obrazi unga qarab intilishga undovchi poydevordir”. Agar motivda sub’ektning o‘zi ideal holatda taqdim etilgan bo‘lsa, shaxs faolligi maqsadlarida ob’ektning o‘zi namoyon bo‘ladi; − shaxs faolligi turli faoliyat turlari orqali ro‘yobga chiqadi va ularning miqdori taxminan mavjud ehtiyojlar soniga teng keladi. “Faollik” va “faoliyat” tushunchalarini ko‘rib chiqdik, endi esa ijodiy jarayon haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun “ijod” tushunchasiga murojaat qilamiz. Zero, falsafa, shuningdek, psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda bu keng ko‘lamli tushunchaning ko‘plab ta’rif va xususiyatlari keltirilgan. Aksariyat tadqiqotchilar (S. N. Dorofeyev, A. P. Dyakov, G. V. Gorchenko va b.) shaxs faolligini ijodiy faoliyatning ajralmas qismi sifatida ko‘rishadi va ijodiy faoliyatning quyidagi 5 Абульханова К.А Социокультурные и психолого-педагогические проблемы социализации молодежи /. и др. М., 2019. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 69 belgilari mavjudligini ta’kidlashadi: − hodisalar, faktlarni diqqat-e’tibor bilan kuzatish, ularni tahlil qilish va eng muhim jihatlarini belgilash hamda yodda saqlab qolish; − ilgari olingan bilim va ko‘nikmalardan faol foydalanish, ularni qayta ko‘rib chiqish, yangi maqsadlar, vazifalar, mavjud shart-sharoit va boshqalarga qiyoslash; − mehnat faoliyatining ehtimoliy natijalarini prognozlash va oldindan taxmin qilish; − ish yuritishning yangi shakllari, usullari va yo‘llarini qidirish; − harakat strategiyasi va taktikasi, ularni amalga oshirish vositalari va yo‘llarini ishlab chiqish; − oraliq va yakuniy natijalarni tahlil qilish, ularni belgilangan vazifalar bilan taqqoslash. Amerikalik psixolog Joy Pol Gilford tadqiqotlari ijodkor shaxsning intellektual modelini yaratishga imkon berdi. Muallif shaxsning motivatsiya va temperament, tafakkur va faoliyat singari tuzilmaviy komponentlari nisbatini asos sifatida olib, ijodiy faoliyatning intellektualligi hamda motivatsiyasi omillari, ya’ni qiziqish, xulq-atvor va ularning o‘zaro munosabatini o‘rgangan. Olim ijodiy tafakkurning asosiy jarayonlari — sintez va tahlil mohiyatini ochishga harakat qilgan. Uning fikricha, sintez qilish — baholash, tahlil, aniqlashdir. Tahlil qilish esa xotira va o‘qish-o‘rganish qobiliyati negizi hisoblanadi. Joy Pol Gilford bo‘yicha, birlashtirish, tasniflash, saralash, ta’riflash va o‘zgartirish tahlil mahsuloti sanaladi. Yuqorida tilga olingan tadqiqotchilar asarlarining tahlili bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-ijodiy faoliyatini jonlantirish — bu ta’lim jarayonida shaxsning alohida xislatlarini aniq maqsad bilan taraqqiy ettirish ekanini ko‘rsatdi. Bu kasbiy vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish, faoliyat turiga nisbatan ichki ehtiyojning mavjudligi, shaxsiy rivojlanishga ongli ravishda intilishda namoyon bo‘ladi. Xulosa shuki, ilmiy adabiyotlar tahlili ijodiy faoliyat zamirida shaxs faolligi yotishini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, faollik tanlash imkoniyatini taqdim etadi va u inson qiziqishlari hamda ehtiyojlari o‘zaro mos kelgan va o‘zi bajarayotgan faoliyat turidan manfaatdor bo‘lgan holatlarda to‘laqonli namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi kasbiy-ijodiy faoliyatining taxminiy pedagogik asoslarini modellashtirishda aynan yuqorida keltirilgan nuqtai nazarlarga tayanish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Платонов К. Занимательная психология. – 5-е изд., испр. – СПб.: Питер Пресс, 1997. – 288 с. 2. Гальперин П.Я. Четыре лекции по психологии. – М.: Книжный дом «Университет», 2000. 3. Каган М.С. Философия культуры: Учебное пособие для академического бакалавриата. – Москва: Юрайт, 2018. – 335 с. 4. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии: В 2 т. Т. I. – Москва: Педагогика, 1989. 5. Абульханова К.А. Социокультурные и психолого-педагогические проблемы социализации молодежи. – М., 2019.