scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'AT VOSITASIDA YoShLARNINGIJODIY VA FALSAFIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRIShNING INNOVATSION YoNDAShUVI "BO'LAKLARDAN FALSAFA"(PUZZLYe MYeTODI MISOLIDA)

M.Doniyorova, Baymetov Botir Boltabayevich

Abstract

Ushbu maqolada “Bo‘laklardan Falsafa”(puzzle) metodi ta’lim jarayonida ijodiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishning innovatsion usuli sifatida tahlil qilinadi. Mazkur metod tasviriy san’at asarlaridan — xususan, abstrakt, surrializm va kubizm yo‘nalishlaridan — foydalanish orqali talabalarni mustaqil fikrlash, mushohada yuritish hamda jamoaviy ishlashga yo‘naltiradi. Maqolada metodning nazariy asoslari, bosqichlari va pedagogik-psixologik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya imkoniyatlari hamda talabalar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Bo‘laklardan Falsafa” metodi talabalarning ijodiy, estetik va falsafiy tafakkurini faollashtiradi, ularni san’at asarlari orqali hayotiy va falsafiy ma’nolarni anglashga o‘rgatadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 70 TASVIRIY SAN’AT VOSITASIDA YoShLARNINGIJODIY VA FALSAFIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRIShNING INNOVATSION YoNDAShUVI “BO’LAKLARDAN FALSAFA”(PUZZLYe MYeTODI MISOLIDA) 1M.Doniyorova, 2Baymetov Botir Boltabayevich 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori https://doi.org/10.5281/zenodo.17400005 Annotatsiya. Ushbu maqolada “Bo‘laklardan Falsafa”(puzzle) metodi ta’lim jarayonida ijodiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishning innovatsion usuli sifatida tahlil qilinadi. Mazkur metod tasviriy san’at asarlaridan — xususan, abstrakt, surrializm va kubizm yo‘nalishlaridan — foydalanish orqali talabalarni mustaqil fikrlash, mushohada yuritish hamda jamoaviy ishlashga yo‘naltiradi. Maqolada metodning nazariy asoslari, bosqichlari va pedagogik-psixologik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya imkoniyatlari hamda talabalar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Bo‘laklardan Falsafa” metodi talabalarning ijodiy, estetik va falsafiy tafakkurini faollashtiradi, ularni san’at asarlari orqali hayotiy va falsafiy ma’nolarni anglashga o‘rgatadi. Kalit so‘zlar “Bo‘laklardan Falsafa” (puzzle) metodi, tasviriy san’at, abstrakt san’at,surrializm, kubizm, ijodiy tafakkur, falsafiy mushohada, fanlararo integratsiya, konstruktivizm, pedagogik innovatsiya, ijodiy kompetensiya, estetik tarbiya. Iqtidorli yosh professional sanʼat namoyondalarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda taʼlim jarayonining yuqori darajada olib borilishini taʼminlash; oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish; badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;iqtidorli yosh professional sanʼat namoyondalarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda taʼlim jarayonining yuqori darajada olib borilishini taʼminlash; oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish; badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 71 shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish; 1 Shu kabi chora-tadbirlar nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, balki o‘quvchi va talabalarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim jarayoni o‘quvchi va talabalarni faqatgina mavjud bilimlarni o‘zlashtirishga emas, balki mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlashga undaydigan faol metodlarni qo‘llashni talab etmoqda. Ayniqsa, san’at ta’limi sohasida bu ehtiyoj yanada dolzarb, chunki san’at inson tafakkurining eng nozik, eng chuqur qatlamlariga ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan, “Bo‘laklardan Falsafa” ”(puzzle) metodi ta’limda yangicha yondashuv sifatida o‘quvchilarning estetik va falsafiy tafakkurini uyg‘otish, ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Puzzle bugungi kunimizda ko‘plab sohalarda jumladan tibbiyotda ta’limi, pedagogikada, psixalogiyada, qo‘llanilganligini bilamiz. Tibbiyot ta’limi sohasida puzzllar “jigsaw puzzle”metodi ko‘rinishida, kognitiv fanlarda “insight problem puzzles”, “video-puzzles” eksperimental vosita sifatida, pedagogika “puzzles” metodi ko‘rinishida qo‘llanilib kelmoqda. Mazkur metod tasviriy san’at, xususan abstrakt, surrialistik , kubistik va boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan asarlar asosida shakllanadi. Har bir bo‘lak, rasmning unsuri yoki detal o‘zida chuqur ma’noni mujassam etgan bo‘lib, ularni birlashtirish jarayoni o‘quvchining fikrlash, izlash, tahlil qilish va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantiradi. “Bo‘laklardan Falsafa” (puzzle) metodi konstruktivizm va integrativ pedagogika nazariyalariga tayanadi. Konstruktivistik yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi bilimni tayyor holatda qabul qilmaydi, balki uni faol muloqot, izlanish va tajriba orqali o‘zi yaratadi. Integrativ pedagogika esa fanlararo bog‘liqlikni kuchaytirish orqali shaxsning kompleks tafakkurini shakllantirishni maqsad qiladi. Tasviriy san’atda bo‘laklar orqali yaxlit asar yaratish jarayoni inson ongidagi dunyo manzarasini qayta tiklashga o‘xshaydi. Har bir parcha o‘ziga xos “ma’no bo‘lagi” bo‘lib, ularni birlashtirish — inson tafakkurida yaxlit falsafiy tasavvurni shakllantiradi. Shu bois, bu metod san’at, psixologiya va falsafaning o‘zaro kesishgan nuqtasida joylashgan o‘quv texnologiya sifatida qaraladi. 1 Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Ўзбекистон республикаси президентининг қарори. Toshkent sh., 2020-yil 21-aprel, PQ-4688-son INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 72 “Bo‘laklardan Falsafa” (puzzle) metodining asosiy maqsadi — talabalarning ijodiy tafakkuri, falsafiy mushohadalari va jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Ushbu maqsad quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi: Talabalarni abstrakt fikrlashga o‘rgatish. San’at asarlarining ichki falsafiy mohiyatini tahlil qilishga yo‘naltirish. Guruhli faoliyat orqali muloqot, bahs-munozara va taqdimot madaniyatini rivojlantirish. Har bir talabaning shaxsiy dunyoqarashini ochish va mustahkamlash. Metod ta’lim jarayonida individual yondashuv tamoyillarini qo‘llab, har bir talabani o‘z dunyoqarashini erkin ifodalashga chorlaydi. Shu orqali, o‘quvchi nafaqat rasmga, balki hayotga ham falsafiy nigoh bilan qarashni o‘rganadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 73 Metodik jarayon besh asosiy bosqichdan iborat: 1.Kirish bosqichi. O’qituvchi dars maqsadi va metodning mohiyatini tushuntiradi. Bu bosqichda talabalar mavzuga ruhiy tayyorlanadi va faol ishtirok etish motivatsiyasiga ega bo‘ladi. 2.Guruhlarga bo‘lish. Talabalar 3–4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga abstrakt, surrialistik yoki kubistik yo‘nalishda yaratilgan san’at asarining bo‘laklari (puzzle shaklida) tarqatiladi. 3.Puzzle yig‘ish jarayoni. Guruhlar cheklangan vaqt ichida rasmni to‘liq tiklashga harakat qiladi. Bu jarayon o‘z-o‘zidan mushohadaviy tafakkurni faollashtiradi — talaba har bir bo‘lakning joyini topishda “ma’no uyg‘unligi”ni izlaydi. 4.Falsafiy tahlil bosqichi. Yig‘ilgan (yoki to‘liq yig‘ilmagan) rasm asosida guruhlar falsafiy savollarga javob izlaydi. Masalan: “Inson va tabiat”, “Ruh va kasallik”, “Iztirob”, “Qaysarlik”, “Ayol va dard” kabi mavzular bo‘yicha qisqa falsafiy mulohazalar yozadilar. 5.Taqdimot bosqichi. Har bir guruh o‘z fikrlarini sinf oldida taqdim etadi, boshqa guruhlar esa savollar beradi, munozara shakllanadi. Shu tariqa, dars interaktiv, bahsli va ijodiy muhitda yakunlanadi. “Bo‘laklardan Falsafa” (puzzle) metodi bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim kompetensiyalarni rivojlantiradi. Ijodiy kompetensiya: talabalar tasviriy ifoda orqali o‘z dunyoqarashlarini namoyon etadi. Falsafiy tafakkur kompetensiyasi: rasm orqasidagi ma’noni izlab topish orqali tahliliy va kontseptual fikrlashni rivojlantiradi. Kommunikativ kompetensiya: guruhli ishlash, fikr almashish va taqdimot qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Emotsional-intellektual rivojlanish: san’at bilan ishlash jarayonida his-tuyg‘ularni anglash, ularni so‘z bilan ifodalash qobiliyati ortadi. Psixologik jihatdan esa bu metod o‘quvchilarda “vizual mushohada”ni rivojlantiradi, ya’ni inson miyasi ko‘rgan narsani faqat tasvir sifatida emas, balki ramziy, falsafiy ma’no sifatida idrok etishga o‘rganadi. Mazkur metod san’at, falsafa, psixologiya, pedagogika va madaniyatshunoslik fanlari bilan bevosita bog‘liqdir. Dars davomida talaba rasmni tahlil etish jarayonida estetik baho berish (san’at), g‘oyaning mohiyatini anglash (falsafa), hissiyotlarni tahlil qilish (psixologiya), va o‘z INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 74 fikrini ifodalash (pedagogika) kabi ko‘nikmalarni uyg‘un holda rivojlantiradi.Bunday integratsiya o‘quv jarayonini yanada jonli, o‘zgacha, o‘ylashga undovchi holatga keltiradi. Shu bilan birga, bu metod zamonaviy STEAM (Sciyence, Technology, Engineyering, Art, Mathematics) ta’lim konsepsiyasining “Art” komponentini faol tarzda qo‘llashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda“Bo‘laklardan Falsafa” metodi zamonaviy ta’lim tizimida ijodiy va falsafiy tafakkurni uyg‘otuvchi samarali yondashuvdir. U san’atni o‘qitish jarayoniga chuqur falsafiy mazmun olib kiradi, o‘quvchilarni o‘z fikrini erkin ifodalash, bahslashish, va o‘z “ichki olami”ni tahlil etishga o‘rgatadi. Bu metod orqali talaba nafaqat san’atni ko‘radi, balki uni his qiladi, anglaydi, va falsafiy mazmunda talqin etadi. Natijada, o‘quvchi shunchaki rasmni ko‘rmaydi — u hayotni bo‘laklardan yig‘adi, insoniyat mohiyatini izlaydi, va shu orqali o‘z “falsafiy men”ini kashf etadi. ADABIYOTLAR 1. N.Saidaxmedov ”Yangi pedagogik tehnalogiyalar”.”Moliya” nashriyoti 2003-yil Toshkent. 2. B.Oripov. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi.”Ilm-ziyo nashriyoti” 2005yil Toshkent. 3. R.Xasanov. Maktabda tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. ”Fan” nashriyoti 2004-yil Toshkent. 4. B.Boymetov.”Qalamtasvir”oʻquv qoʻllanma.”ILM-ZIYO” nashriyoti. 2017-yil Toshkent. 5. “Estetika” (ham muallif: Abdulla Sher va Bahodir Husanov) — falsafa fani bo‘yicha adabiyot.