scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTAB TA'LIMIDA MILLIY QADRIYATLARNI TASVIRIY SAN'AT ORQALI SINGDIRISH

Berdiyev Doston Abduvoitovich, Anvarova Muslima Avaz qizi, Nishonova Ruxshona Sultonbekovna

Abstract

Ushbu maqolada tasviriy san’at fanining maktab ta’limida milliy qadriyatlarni shakllantirish va o‘quvchilarga singdirishdagi o‘rni yoritilgan. Tasviriy san’at nafaqat estetik didni rivojlantiruvchi, balki milliy meros, urf-odat va an’analarni anglash hamda qadrlashga xizmat qiluvchi muhim fan sifatida tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda pedagogik metodlar, innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi asoslab berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 91 MAKTAB TA’LIMIDA MILLIY QADRIYATLARNI TASVIRIY SAN’AT ORQALI SINGDIRISH 1Berdiyev Doston Abduvoitovich, 2Anvarova Muslima Avaz qizi, 3Nishonova Ruxshona Sultonbekovna 1San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi, 2,3Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3 – bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400086 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’at fanining maktab ta’limida milliy qadriyatlarni shakllantirish va o‘quvchilarga singdirishdagi o‘rni yoritilgan. Tasviriy san’at nafaqat estetik didni rivojlantiruvchi, balki milliy meros, urf-odat va an’analarni anglash hamda qadrlashga xizmat qiluvchi muhim fan sifatida tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda pedagogik metodlar, innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, avlod, tasviriy san’at, hunarmandchilik, estetik, metod, ijodiy. Аннотация. В данной статье освещается роль изобразительного искусства в формировании и привитии учащимся национальных ценностей в школьном образовании. Изобразительное искусство анализируется не только как важная наука, развивающая эстетический вкус, но и служащая пониманию и оценке национального наследия, обычаев и традиций. Обоснована эффективность педагогических методов, инновационных подходов и практических занятий по внедрению национальных ценностей в сознание молодого поколения. Ключевые слова: Образование, поколение, изобразительное искусство, ремесленничество, эстетика, метод, творческий. Abstract:.This article highlights the role of fine arts in school education in shaping and instilling national values in students. Fine art is analyzed not only as an important science that develops aesthetic taste, but also serves to understand and appreciate national heritage, customs, and traditions. The effectiveness of pedagogical methods, innovative approaches, and practical exercises in instilling national values in the minds of the younger generation is substantiated. Keywords: Education, generation, fine arts, crafts, aesthetics, method, creative. Bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlod ongiga singdirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, milliy san’at va madaniyatni yosh avlod ongiga chuqur singdirishda ta’lim tizimi, xususan, tasviriy san’at fani alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tasviriy san’at orqali milliy naqshlar, amaliy bezak san’ati, xalq badiiy hunarmandchiligi va buyuk ajdodlarimiz merosini o‘quvchilarga ko‘rgazmali va ta’sirchan tarzda yetkazish mumkin. Shu boisdan yurtboshimiz tomonidan ko‘plab olib borilayotgan islohotlarning zamirida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng ommaga targ‘ib qilish zarur. Jumladan, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 92 yurtimizdagi har bir hududlarning o‘ziga xos milliy urf-odatlari va an’analari tarixdan shakllanib kelgan. Har bir viloyatning o‘ziga xos qadriyatlari hamda san’ati o‘ziga xos hisoblanadi. Milliy qadriyatlarning tasviriy san’atdagi o‘rni. Tasviriy san’at o‘zining estetik va tarbiyaviy ta’siri bilan o‘quvchilarda nafaqat go‘zallikni his qilish, balki milliy an’analarga sadoqat ruhini ham shakllantirishda ahamiyatga ega. Milliy Me’morchilik yodgorliklari, xalq amaliy san’ati turlaridagi milliy naqsh va elementlarni dars jarayonida o‘rgatish orqali o‘quvchilar milliy o‘zligimizni anglaydi. O‘quv jarayonida ushbu mavzularni o‘rgatishda ham turli usul va metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, ko‘rgazmali metod – milliy naqshlar, rang-barang liboslar va hunarmandchilik buyumlari namunalari asosida mashg‘ulotlar tashkil etish. Bunda o‘qituvchi milliy naqshlar kompozitsiyalari namunasini o‘quvchilarga ko‘rgazma tarzida tanishtiradi. O‘quvchilar yuqoridagi amaliy ishdan ilhomlanib, vazifa sifatida amaliy topshiriqlar bajarishadi. Bunday vazifalarga milliy naqshlarni chizish, qadimiy me’morchilik obidalarini tasvirlash, gilam naqshlarini chizib ko‘rish topshiriqlar kiradi. Shuning bilan bir qatorda tasviriy san'at fani juda ham keng tarmoqli va ko'plab fanlar bilan o'zaro bog'liqlik jihati mavjud. Bu bog'liqlikni biz bolalarga integratsion yondashuv asosida tushuntirsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Integratsion yondashuv – tarix, adabiyot, musiqa kabi fanlar bilan bog‘lab, milliy qadriyatlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish. Bu yondashuvda har bir o‘quvchi milliy qadriyatlarimizni chuqurroq tarzda o‘rganib borishadi. Integratsion yondashuvni o'quvchilarga turli xil innovatsion metodlardan foydalanibgina darsni mazmunli o'tishimiz mumkin. Innovatsion metodlar raqamli texnologiyalar, interaktiv taqdimotlar va elektron albomlardan foydalanib, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish. Bu metod orqali o‘quvchilarga turli rasmlar, milliy liboslarimiz va hunarmandchilik buyumlari bilan ken foydalangan holda darsni tashkil qilishdan iborat. Bu albatta o‘quvchiga o‘zgacha zavq bag'ishladi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarda milliy qadriyatlarimizga bo'lgan e'tibor ortib boradi. Milliy qadriyatlarni singdirishda o‘qituvchining roli. O‘qituvchi dars jarayonida nafaqat bilim beruvchi, balki milliy tarbiya beruvchi shaxs sifatida ham namoyon bo‘ladi. U milliy qadriyatlarni tasviriy san’at orqali singdirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi zarur: Milliy urf-odatlar va an’analardan namunalar keltirish, O‘quvchilarda milliy san’atga qiziqish uyg‘otish, Har bir mashg‘ulotda milliylik ruhini saqlash. Ko‘rgazmali qurollar orqali darsni yanada qiziqroq o‘tish bolalarda darsga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Misol tariqasida, Samarqand viloyatining milliy urf-odatlari bilan tanishishni ko‘rib chiqaylik. Darsni Samarqand viloyatining tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirishdan boshlash zarur, shuningdek, turli ko‘rgazmali vositalar va materiallardan foydalanish darsni samarali o‘tishiga xizmat qiladi. Samarqand shahri, albatta, O‘zbekistonning eng tarixiy, madaniy va ilmiy jihatdan boy shaharlaridan biri hisoblanadi. Samarqand viloyatining mashhurligiga sabab bo‘lgan asosiy omil, uning tarixiy obidalarining ko‘pligi va ulkan madaniy merosidir. Samarqandning buyuk tarixini o‘rganish nafaqat milliy, balki jahon tarixida ham alohida o‘rin egallaydi. Chet ellik sayyohlar Samarqandga tashrif buyurganlarida, bu shaharning boy tarixiy yodgorliklari va me’moriy obidalaridan chuqur taassurot olishadi. Samarqandda joylashgan eng mashhur tarixiy obidalar, jumladan, “Registon maydoni”, “Shohi Zinda” majmuasi, “Go‘ri Amir” maqbarasi, “Bibi Xonim” masjidi, “Ulug‘bek rasadxonasi” kabi yodgorliklar, bu shaharni faqat o‘ziga xos arxitekturasi bilan emas, balki uning tarixiy ahamiyati bilan ham ajratib turadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 93 Shu bilan birga, bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va bilim doiralarini rivojlantirishda, o‘quvchilarga faqat dars o‘tkazish emas, balki turli viloyatlarga sayohatlar tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Sayohatlar o‘quvchilarga tarixiy obidalarni faqat tasvirda emas, balki jonli ravishda ko‘rish imkonini beradi, bu esa ularda yangi taassurotlar va bilimlarni shakllantiradi. O‘quvchilar o‘z ko‘zlari bilan tarixni ko‘rishlari, madaniy merosni his qilishlari va zamonaviy dunyo bilan bog‘liq tushunchalarini rivojlantirishlari mumkin. Bu, shuningdek, bolalarda ilmiy fikrlashni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarni tasviriy san’at orqali singdirish o‘quvchilarda: milliy o‘zlik va g‘urur hissini; san’atga qiziqish va estetik didni; ijodiy tafakkur va tasavvur doirasini yanada shakillantiradi. Vatanga muhabbat va milliy birlikni o‘quvchi ongida singdiradi. Xulosa Maktab ta’limida tasviriy san’at fanining o‘rni faqatgina chizishni o‘rgatish bilangina chegaralanmaydi. U yosh avlodga milliy qadriyatlarni singdirishda, ularda vatanparvarlik, estetik did, ijodiy fikrlash va milliy merosga hurmat ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir tasviriy san’at darsi milliylik ruhida, zamonaviy metodlar bilan uyg‘un holda tashkil etilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlar ongiga singdirish to‘g‘risida”gi farmonlari va qarorlari. 2. Yo‘ldoshev J. “Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 3. Norqulov A. “O‘quvchilarda milliy qadriyatlarni shakllantirishda san’atning roli”. – Samarqand, 2020. 4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Sharq, 2017. 5. Internet manbalari: www.ziyonet.uz, www.edu.uz