STEAM TA'LIMIDA TASVIRIY SAN'AT: RANG VA KOMPOZITSIYANING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada tasviriy san’atda rang va kompozitsiyaning inson psixologiyasiga uning ongiga, xarakatlariga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Ranglar inson ruhiy holatiga qanday ta’sir etaolishi, issiq va sovuq ranglarning emotsional qabul qilinishi, hamda kompozitsion yechimlar orqali asarning g‘oyasi va hissiy mazmunini yetkazish usullari tahlil qilingan. Hamda hozirgi kunda STEAM ta’limida qanday bog‘liqligi borligi ko‘rib chiqilladi. Maqolada san’at asarlaridagi rang tanlovi va shakl joylashuvi orqali o‘quvchi yoshlarda qanday kayfiyat, fikr yoki hissiyot uyg‘otilishi mumkinligi misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologiya va san’at o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy va amaliy jihatdan baholanib boriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 94 STEAM TA’LIMIDA TASVIRIY SAN’AT: RANG VA KOMPOZITSIYANING ROLI 1Berdiyev D.A, 2Ergashova A.S, 3Tog‘ayev E.A 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi, 2,3“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi” 3 –kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17400103 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’atda rang va kompozitsiyaning inson psixologiyasiga uning ongiga, xarakatlariga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Ranglar inson ruhiy holatiga qanday ta’sir etaolishi, issiq va sovuq ranglarning emotsional qabul qilinishi, hamda kompozitsion yechimlar orqali asarning g‘oyasi va hissiy mazmunini yetkazish usullari tahlil qilingan. Hamda hozirgi kunda STEAM ta’limida qanday bog‘liqligi borligi ko‘rib chiqilladi. Maqolada san’at asarlaridagi rang tanlovi va shakl joylashuvi orqali o‘quvchi yoshlarda qanday kayfiyat, fikr yoki hissiyot uyg‘otilishi mumkinligi misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologiya va san’at o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy va amaliy jihatdan baholanib boriladi. Аннотация. В данной статье освещается влияние цвета и композиции в изобразительном искусстве на психологию человека, а также рассматривается, насколько актуальны сегодня спрос и предложение в этой сфере. “В настоящее время рассматривается взаимосвязь STEAM-образования с различными предметами.” На примерах показано, какие настроения, мысли или эмоции могут вызывать выбор цвета и расположение форм в художественных произведениях у школьников и студентов. Кроме того, анализируется взаимосвязь между психологией и искусством с научной и практической точек зрения Annotation. This article highlights the impact of color and composition in fine arts on human psychology, as well as the current relevance of demand and supply in this field. Currently, the interconnection of STEAM education with various subjects is being examined.Through examples, it is examined what moods, thoughts, or emotions the choice of colors and the arrangement of forms in artworks may evoke among schoolchildren and students. In addition, the interrelation between psychology and art is evaluated from both scientific and practical perspectives. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, rang psixologiyasi, STEAM ta’lim kompozitsiya emotsional ta’sir issiq va sovuq ranglar, san’at asari, kayfiyat, shakl va joylashuv, estetik qabul qilish, vizual kommunikatsiya Ключевые слова: изобразительное искусство, психология цвета, художественное произведение, настроение, тёплые и холодные цвета, эстетическое восприятие, композиция, эмоциональное воздействие Keywords: fine arts, color psychology, artwork, mood, warm and cold colors, aesthetic perception, composition, emotional impac
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 95 Tasviriy san’at insoniyat tarixida nafaqat estetik go‘zallikni ifodalash, balki inson ruhiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Rassomlar chizgan asarlarida rang tanlovi va kompozitsiya nafaqat shakl va mazmunni, balki tomoshabinning kayfiyatini ham belgilab beradi. Rang psixologiyasi shuni ko‘rsatadiki, turli ranglar inson hissiyotlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: masalan, iliq ranglar quvonch va harakat uyg‘otishi mumkin bo‘lsa, sovuq ranglar osoyishtalik va xotirjamlik hissini kuchaytiradi. Shu bilan birga, kompozitsiyaning to‘g‘ri qurilishi asarda ritm, muvozanat va uyg‘unlik hosil qilib, tomoshabinni asar mazmuniga chuqurroq sho‘ng‘ishga undaydi. Shunday qilib, tasviriy san’atda rang va kompozitsiya oddiy tasvir vositasi emas, balki inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan psixologik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu mavzuni o‘rganish orqali biz san’atning ichki kuchini, ya’ni inson his-tuyg‘ularini shakllantirish va o‘zgartirish qobiliyatini chuqurroq anglab olishimiz mumkin. San’atning inson ruhiyatidagi o‘rni 1. Rang va kompozitsiyaning san’atdagi ahamiyati 2. Rangning psixologik ta’siri 3. Rang psixologiyasi haqida qisqacha tushuncha 4. Iliq ranglar (qizil, sariq, to‘q sariq)ning ta’sir 5. Sovuq ranglar (ko‘k, yashil, binafsha)ning ta’siri 6. Neytral ranglar (oq, qora, kulrang)ning ta’siri 7. Rang uyg‘unligi va kontrastining hissiyotga ta’siri 2. Kompozitsiyaning psixologik ta’siri 1. Kompozitsiya tushunchasi 2. Ritm, muvozanat va simmetriya orqali ruhiy ta’sir 3.Asardagi markaz (asosiy diqqat nuqtasi)ning o‘quvchiga ta’siri 4.Bo‘sh joy (prostranstvo) va kompozitsion harakatning ta’siri 3. Rang va kompozitsiyaning uyg‘unligi. Rang va kompozitsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va mashhur san’at asarlarida rang va kompozitsiya orqali berilgan psixologik ta’sir misollari Rang — tasviriy san’atning eng muhim ifoda vositalaridan biridir. U tomoshabinda bevosita hissiy reaksiya uyg‘otadi va asarning umumiy kayfiyat bilan ta’minlashini belgilaydi. Rang psixologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir rang inson ruhiyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 1. Iliq ranglar (qizil, sariq, to‘q sariq) odatda energiya, harakat va iliqlik hissini uyg‘otadi. Qizil rang shijoat va kuchni bildirsa, sariq rang quvonch va hayotiylikni ifodalaydi. Sariq rang hissiyotlarni uyg’ota oladi va insonlarning emotsiaysini biladiraoladi. 2.Sovuq ranglar (ko‘k, yashil, binafsha) esa osoyishtalik, xotirjamlik va ichki sokinlik tuyg‘ularini beradi. Masalan, ko‘k rang ishonch va tinchlik ramzi sifatida, yashil esa tabiat va yangilanish belgisi sifatida talqin qilinadi. Misol uchun asosan tabiat, yer yuzini o‘rab turgan borliqni yashil rangda talqin qilamiz va bu o‘z-o‘zidan unga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otadi. 1.Neytral ranglar (oq, qora, kulrang) asosan kontrast va muvozanat hosil qilishda ishlatiladi. Oq rang poklik va beg‘uborlikni, qora rang sirli va jiddiylikni ifodalaydi. Bunda neytral ranglar orqali psixolog huzuriga kelgan insonlarga turli rasmalar yoki narsalar ko‘rsatilganda ularga bo‘lgan hissiyotlarini va emotsiyalarini qanday ekanligini, unga qanday
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 96 yordam berish kerak ekanligi. Ranglarni tanlashi yoki ularni his qilaolishiga qarab insonning ichki kechinmalarini qanday kechayotganini bilib olishi mumkin desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rang uyg‘unligi va kontrasti ham katta ahamiyatga ega. Masalan, yorqin ranglarning keskin qarama-qarshiligi dinamik kayfiyat uyg‘otadi, uyg‘un ranglar esa tomoshabinga estetik zavq va ruhiy xotirjamlik beradi. 2. Kompozitsiyaning psixologik ta’siri. Kompozitsiya — asardagi barcha elementlarning bir butunlikda joylashishi va tartibi. To‘g‘ri qurilgan kompozitsiya tomoshabinni asarga chuqurroq sho‘ng‘ishga undaydi. 1. Ritm asarda harakat va davomiylik hissini beradi. Masalan, takrorlanayotgan shakllar tomoshabinga musiqadagi ritmga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. 2.Muvozanat va simmetriya inson ruhiyatida barqarorlik hissini uyg‘otadi, asimmetriya esa hayrat va dinamikani kuchaytiradi. 3.Markaz (asosiy diqqat nuqtasi) — rassomning asosiy g‘oyasi qayerda jamlanganini ko‘rsatadi. Tomoshabin ko‘zi birinchi navbatda shu nuqtaga tushadi, shuning uchun bu joy psixologik jihatdan katta ta’sir kuchiga ega. 4.Bo‘sh joy (prostranstvo) va elementlarning joylashuvi ham muhim. Agar asarda keng bo‘sh joylar bo‘lsa, tomoshabinda erkinlik va yengillik hissi paydo bo‘ladi; zich joylashgan elementlar esa kuchli ta’sir va bosim uyg‘otadi. 3. Rang va kompozitsiyaning uyg‘unligi. Tasviriy san’atda rang va kompozitsiya birbirini to‘ldirib, kuchli psixologik ta’sir hosil qiladi. Masalan, iliq ranglar bilan qurilgan dinamik kompozitsiya kuchli energiya va harakat uyg‘otsa, sovuq ranglar va muvozanatli kompozitsiya osoyishtalik va sokinlik beradi. Mashhur san’at asarlarida ham rassomlar aynan shu uyg‘unlik orqali tomoshabin hissiyotini boshqarib, o‘z g‘oyalarini yetkazganlar. STEAM ta’limining roli katta: Tasviriy san’at va psixologiya o‘quv jarayonini boyitadi Bugungi kunda ta’lim jarayonida STEAM yondashuvi nafaqat fan va texnologiyani, balki san’at va ijodiy fikrlashni ham o‘z ichiga oladi. Tasviriy san’at orqali o‘quvchilar o‘z hissiyotlarini ifodalash, fikrlash doirasini kengaytirish va psixologik barqarorlikni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi. STEAM tamoyillari bilan uyg‘unlashgan san’at, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, muammolarni turlicha yondashuv bilan hal etish va o‘z-o‘zini anglash jarayonini qo‘llabquvvatlashda muhim vosita hisoblanadi. Tasviriy san’atning psixologiyadagi ahamiyati. Tasviriy san’at o‘quvchilarda hissiy intellektni rivojlantirishga xizmat qiladi. Rang, shakl va kompozitsiya bilan ishlash o‘quvchilarda diqqatni jamlash, sabr-toqatni oshirish va stressni kamaytirishga yordam beradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ichki dunyosini boyitadi va ularni ichki his-tuyg‘ularini sog‘lom tarzda ifodalashga undaydi. Shu bilan birga, STEAM ta’limi bilan birlashtirilganda, bu jarayon nafaqat hissiyotlarni rivojlantiradi, balki ijodiy va mantiqiy fikrlashni ham uyg‘unlashtiradi. Tasviriy san’at insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng ta’sirchan sohalaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy kuchi shundaki, u bevosita tomoshabin hissiyotlariga ta’sir ko‘ra oladi. San’at asarida qo‘llaniladigan rang va kompozitsiya elementlari aynan shu psixologik ta’sirning bosh omillari hisoblanadi. Ranglarning ta’siri haqida so‘z yuritganda, biz har bir rangning inson ongida muayyan hissiy assotsiatsiyalar uyg‘otishini ko‘ramiz. Masalan, qizil rang energiya va harakatni, ko‘k
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 97 rang osoyishtalik va ishonchni, yashil esa yangilanish va tabiiylikni bildiradi. Rassom ana shu xususiyatlardan foydalangan holda asarning kayfiyatini belgilaydi va tomoshabinni o‘z xohlagan ruhiy holatiga olib kiradi. Kompozitsiya esa san’at asaridagi barcha elementlarning joylashuvi va tartibini ifodalaydi. U ritm, muvozanat, markaz va bo‘shliq orqali tomoshabin e’tiborini kerakli nuqtaga yo‘naltiradi. To‘g‘ri qurilgan kompozitsiya asarga uyg‘unlik bag‘ishlaydi va inson ruhiyatida barqarorlik, osoyishtalik yoki aksincha — dinamiklik va hayrat uyg‘otadi. Rang va kompozitsiya uyg‘un bo‘lganda, san’at asari yanada kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. U nafaqat ko‘zga yoqimli, balki qalbga singib boradigan, chuqur ma’noga ega bo‘lgan san’at namunasi sifatida qadrlanadi. Shu bois tasviriy san’atni o‘rganishda rang va kompozitsiyaning psixologik ta’sirini anglash, uni san’at nazariyasi va amaliyotida qo‘llash katta ahamiyatga ega. Umuman olganda, rang va kompozitsiya tasviriy san’atning nafaqat estetik go‘zalligini, balki uning inson ruhiyatini boyitish, fikrlashga undash, his-tuyg‘ularni uyg‘otishdagi beqiyos kuchini ham namoyon etadi. Tasviriy san’at insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng ta’sirchan sohalaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy kuchi shundaki, u bevosita tomoshabin hissiyotlariga ta’sir ko‘ra oladi. San’at asarida qo‘llaniladigan rang va kompozitsiya elementlari aynan shu psixologik ta’sirning bosh omillari hisoblanadi. Ranglarning ta’siri haqida so‘z yuritganda, biz har bir rangning inson ongida muayyan hissiy assotsiatsiyalar uyg‘otishini ko‘ramiz. Masalan, qizil rang energiya va harakatni, ko‘k rang osoyishtalik va ishonchni, yashil esa yangilanish va tabiiylikni bildiradi. Rassom ana shu xususiyatlardan foydalangan holda asarning kayfiyatini belgilaydi va tomoshabinni o‘z xohlagan ruhiy holatiga olib kiradi. Kompozitsiya esa san’at asaridagi barcha elementlarning joylashuvi va tartibini ifodalaydi. U ritm, muvozanat, markaz va bo‘shliq orqali tomoshabin e’tiborini kerakli nuqtaga yo‘naltiradi. To‘g‘ri qurilgan kompozitsiya asarga uyg‘unlik bag‘ishlaydi va inson ruhiyatida barqarorlik, osoyishtalik yoki aksincha dinamiklik va hayrat uyg‘otadi. Rang va kompozitsiya uyg‘un bo‘lganda, san’at asari yanada kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. U nafaqat ko‘zga yoqimli, balki qalbga singib boradigan, chuqur ma’noga ega bo‘lgan san’at namunasi sifatida qadrlanadi. Shu bois tasviriy san’atni o‘rganishda rang va kompozitsiyaning psixologik ta’sirini anglash, uni san’at nazariyasi va amaliyotida qo‘llash katta ahamiyatga ega. Umuman olganda, rang va kompozitsiya tasviriy san’atning nafaqat estetik go‘zalligini, balki uning inson ruhiyatini boyitish, fikrlashga undash, his-tuyg‘ularni uyg‘otishdagi beqiyos kuchini ham namoyon etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=2234630872724556750&btnI=1&h l=ru BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHISINI KASBIY TAYYORLASHDA INDIVIDUAL TA’LIMNING AHAMIYATI 2. Авторы : Berdiyev Doston Abduvoitovich/Tasviriy san’at orqali bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 98 3. Авторы: Berdiyev Doston Abduvoitovich https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=_AW3sEAAAAJ&citation_for_view=_AW3s-EAAAAJ:YFjsv_pBGBYC 4. Tasviriy san’at orqali bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish/ Авторы: Berdiyev Doston Abduvoitovich , 5. https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/download/72538/74276