TASVIRIY SAN'ATDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizmida maktablarda o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtlarida talabalarga tasviriy san’at inson tafakkuri, qalbi va estetik didini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini. San’at asarlari nafaqat voqelikni aks ettirishini, balki uni badiiy talqin qilib, tomoshabinning dunyoqarashini kengaytirishi haqida ma’lumotlar olishadi. Bunda o‘qituvchi yoki rassomning metodlari hamda qo‘llagan vositalari uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 103 TASVIRIY SAN’ATDA METOD VA VOSITALAR UYG‘UNLIGI 1Bozorov Farxod Toyir o‘g‘li, 2Daminova Gulsanam Jamoliddin qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400135 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizmida maktablarda o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtlarida talabalarga tasviriy san’at inson tafakkuri, qalbi va estetik didini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini. San’at asarlari nafaqat voqelikni aks ettirishini, balki uni badiiy talqin qilib, tomoshabinning dunyoqarashini kengaytirishi haqida ma’lumotlar olishadi. Bunda o‘qituvchi yoki rassomning metodlari hamda qo‘llagan vositalari uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etadi. Аннотация. Цель данной статьи – донести до учащихся школ и вузов современной системы образования важную роль изобразительного искусства в формировании мышления, души и эстетического вкуса человека. Произведения искусства не только отражают действительность, но и художественно интерпретируют её, расширяя мировоззрение зрителя. В связи с этим особое значение приобретает гармоничность методов и средств, используемых учителем или художником. Abstract. This article aims to teach students in schools and universities in the modern educational system that fine arts play an important role in shaping human thinking, soul, and aesthetic taste. They learn that works of art not only reflect reality, but also interpret it artistically and expand the viewer's worldview. In this regard, the harmony of the methods and tools used by the teacher or artist is of particular importance. Kalit so‘zlar: Metod, vosita, san’at asarlari, ranglarni uyg‘unlashtirish, mòyqalam, palitra. Ключевые слова: Метод, среда, художественное произведение, подбор цвета, кисть, палитра. Keywords: Method, medium, artwork, color matching, brush, palette. Metod — bu tasviriy san’atni o‘qitishda yoki ijodiy asar yaratishda qo‘llaniladigan usul, yo‘l va yondashuvlardir. Masalan, kuzatish, taqqoslash, ranglarni uyg‘unlashtirish, bosqichmabosqich ishlash kabi metodlar. Vosita — bu metodlarni amalda qo‘llashga xizmat qiluvchi moddiy hamda texnik qurollardir. Masalan, qalam, bo‘yoq, mo‘yqalam, palitra, qog‘oz, mato yoki zam kabilar. Tasviriy san’at insoniyat madaniyatining eng qadimiy va boy qatlamlaridan biridir. U jamiyat hayotida estetik tarbiya berish, badiiy tafakkurni shakllantirish va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. San’atni samarali o‘qitish yoki badiiy ijod jarayonida metod va vositalar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki metod — ijodiy yo‘nalishni, vosita esa uni amalga oshirishning moddiy-mexanik tomonini belgilaydi. Metodlarning o‘rni esa to‘g‘ri tanlangan vosita rassomning tasviriy maqsadlarini mukammal ifodalash imkonini beradi. Masalan, akvarel bo‘yoq yengillik va noziklikni, moybo‘yoq esa
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 104 chuqur rang-baranglikni ifodalashga mos keladi. Metod va vositalarning uyg‘unligi, san’atda yuqori natijaga erishish uchun metod va vositalar bir-birini to‘ldirishi kerak. Agar metod mavjud bo‘lib, lekin vositalar noto‘g‘ri tanlansa, ijodiy natija yetarli darajada chiqmaydi. Xuddi shuningdek, boy vositalar bo‘lsa-da, metodika puxta bo‘lmasa, ijodiy jarayon samarali bo‘lmaydi.Masalan, perspektiva o‘rganishda kuzatish va taqqoslash metodlari qo‘llanilib, qalam va chizg‘ich vositasi bilan ishlanadi. Yoki rangtasvirda akvarel texnikasidan foydalanganda, bosqichma-bosqich ishlash metodi yordamida chuqur badiiy natija hosil qilish mumkin. Metod — bu tasviriy san’atni o‘qitish yoki ijodda qo‘llaniladigan usul va yondashuvdir. Vosita esa — metodni amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi moddiy quroldir. Masalan, kuzatish va taqqoslash metodlari qalam, bo‘yoq, chizg‘ich kabi vositalar orqali amalga oshiriladi. San’atda yuqori natijaga erishish metod va vositalarning uyg‘unligiga bog‘liq. Moybo‘yoq bo‘yoqlari XV asrdan boshlab san’at tarixida keng qo‘llanila boshlagan. Mashhur san’atshunoslar yozishicha, Niderlandiyalik rassom Yan van Eyk moybo‘yoqlarni mukammal shaklga keltirgan. Moybo‘yoqlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: Sekin qurishi tufayli rassomga ijodiy imkoniyat berishi. Mashhur asarlar, jumladan Leonardo da Vinchining “Mona Liza”si, Rembrandtning portretlari, Rafaelning asarlari aynan moybo‘yoqlarda ishlangan. Badiiy adabiyotlarda ham moybo‘yoqlar “ranglarning abadiyligi”, “ruh pardasi” sifatida tilga olinadi. Oybek san’at haqidagi maqolalarida moybo‘yoqlarni “ranglar tilida kuylangan she’r” deb atagan. Erkin Vohidov esa ranglarni inson tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashtirib, ularni hayotiylik va jo‘shqinlik timsoli sifatida tasvirlagan. O‘zbekiston san’atida ham moybo‘yoqlar yetakchi vositalardan biridir. Mashhur rassom O‘ral Tansiqboyev asarlarida tabiat manzaralari masla bo‘yoqlar orqali yorqin va hayotiy ifodalangan. Unga bag‘ishlangan adabiyotlarda rassomning palitrasi “ona tabiatning so‘nmas nafosatini ifodalash quroli” sifatida ta’riflanadi. Xulosa. Tasviriy san’atda metod va vositalarning uyg‘unligi ijodiy jarayonning asosiy sharti hisoblanadi. Moybo‘yoqlar esa bu uyg‘unlikni mukammal ifodalovchi eng muhim vositalardan biri bo‘lib, u san’atni abadiylikka eltuvchi kuchga ega. San’atshunoslar va adiblar ta’kidlaganidek, moybo‘yoqlar rassomning qalbini, tuyg‘usini va estetik qarashini ranglarda abadiylashtiruvchi san’at qurolidir. QO‘LLANILGAN ADABIYOTLAR 1. Toyir o'g'li, B. F. (2024). LOYIHALAR METODI ORQALI TASVIRIY SAN'AT YO 'NALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. ХАЛКАРО ИЛЬМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯЛАР, 1(1), 136138. 2. Toyir o'g'li, B. F. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДИК ПРЕПОДАВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ. Международный междисциплинарный журнал по исследованиям и разработкам, 11(06). 3. Toyir ogli, B. F. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Journal of new century innovations, 27(5), 58-60.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 105 4. Шодизода, М. А., Хасанович, К. К., и Тойир оглы, Б. Ф. (2019). Интерпретация произведений узбекских художников в пейзажных жанрах. Think India Journal, 22 (14), 10799-10803. 5. Toyir o'g'li, F. B. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (TASVIRIY SAN'AT). Журнал инноваций нового века, 27 (4), 113-117. 6. Bozorov, F. (2022). Ijodiy to’garaklarda yoshlarni tasviriy san’atdan tavirlash malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodikasi. Science and Education, 3(8), 130-137. 7. Bozorov, F. (2023, December). Talabalarda ijodiy qobilyatni rivojlantirish va tadbirkorlikka yo ‘naltirishda to ‘garaklarning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 8. Бозоров, Ф., и Байметов, Б. Б. (2023). Использование жанра натюрморт изобразительного искусства при организации групповых занятий для студентов высшего педагогического образования. Европейский международный журнал педагогики, 3(04), 5-12.