TASVIRIY SAN'AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI
Abstract
Ushbu maqolada tasviriy san’atning inson hayotidagi o‘rni,psixologik ta’siri,unung his-tuyg‘ulari keltirib o‘tilgan.Tasviriy san’at janrlari,janr bo‘yicha ishlagan rassomlar va ularning ijodlari haqida yoritib berilgan. Rang san’atida shuningdek atrofimizda turli xil ranglar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 106 TASVIRIY SAN’AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI 1Bozorov Farxod Toyir o‘g‘li, 2Musulmonova Madina Bunyod qizi, 3Karimova Madinabonu Mirodiljon qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2bosqich talabasi,3Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400146 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’atning inson hayotidagi o‘rni,psixologik ta’siri,unung his-tuyg‘ulari keltirib o‘tilgan.Tasviriy san’at janrlari,janr bo‘yicha ishlagan rassomlar va ularning ijodlari haqida yoritib berilgan. Rang san’atida shuningdek atrofimizda turli xil ranglar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud. Аннотация. В статье рассматривается роль изобразительного искусства в жизни человека, его психологическое воздействие и эмоции. В ней рассматриваются жанры изобразительного искусства, художники, работавшие в этом жанре, и их работы. В разделе «Цветовое искусство» также содержится информация о различных цветах вокруг нас. Abstract. This article discusses the role of fine arts in human life, its psychological impact, and its emotions. It covers the genres of fine arts, artists who worked in the genre, and their works. Color art also contains information about the different colors around us. Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, axromatik, xromatik, haykaltaroshlik, janr, portret, manzara, rangtasvir. Ключевые слова: Изобразительное искусство, ахроматический, хроматический, скульптура, жанр, портрет, пейзаж, живопись. Keywords: Fine arts, achromatic, chromatic, sculpture, genre, portrait, landscape, painting. Tasviriy sanʼat – rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud sifatlari – hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nur va havo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Tasviriy san’at – insoniyatning eng qadimiy va eng boy madaniy meroslaridan biri. U ko‘zga ko‘rinadigan shakllar orqali fikrlar, his-tuyg‘ular
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 107 va g‘oyalarni ifodalashga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning mohiyati shundaki, u haqiqatni tasvirlash, go‘zallikni ko‘rsatish va inson ruhiyatini yoritish orqali jamiyatga ta’sir etadi. Qadimgi davrlardan boshlab, g‘or rasmlari va haykallardan tortib, zamonaviy raqamli san’atgacha, tasviriy san’at insoniyatning rivojlanishini aks ettirib kelmoqda. Tasviriy san’atning mohiyati – bu estetika, ifoda va texnika birlashmasi. U nafaqat go‘zallikni yaratadi, balki ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘taradi. Masalan, Renessans davridagi Leonardo da Vinchi yoki Mikelanjelo kabi san’atkorlarning asarlari insoniyatning intellektual yuksalishini ko‘rsatadi. Zamonaviy san’atda esa, abstraksionizm yoki pop-art kabi yo‘nalishlar jamiyatning o‘zgarishlarini tasvirlaydi. Tasviriy san’atning janrlaridan, tarixiy, portret, manzara, natyurmort, botal, maishiy, animalistik janrlari mavjud. Tasviriy san’atning asosiy qismlaridan biri rangtasvir turi hisoblanadi. Rangtasvir qadimgi yillarda (millodan avvalgi XI-XIII ming yillar) da paydo bo‘lgan. Rangtasvir asosan suv bo‘yoqlar yordamida ishlanadi. Asosiy ranglar asosan 3 turga bo‘linadi. Biz bu ranglardan asosan tasviriy san’atda foydalanamiz. Ranglar asosan inson organizimiga, ruhiyatiga, kayfiyatiga ta’sir qiladi. Qadimgi paytlarda ranglar asosan iliq va sovuq ranglarga bo‘lingan. Ranglar ham ko‘p vazifalarni bajaradi. Masalan, och qizil rang insonlarning ruhan ezilganlarga ta’sir qiladi va boshqa ranglar ham o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ranglar asosan axromatik va xromatik ranglarga bo‘linadi. Axromatik-ranglar deb ma’lum bir tusga kirmagan faqatgina oqqora va kulrang ranglardan foydalaniladi. Xromatik-ranglar deb barcha ranglar bir tusga kirgan ranglarga aytiladi. Ranglar asosan iliq yoki sovuq ranglarga bo‘linadi. Tasviriy san’atda ranglar muhim rol o‘ynaydi. Ularning xususiyatlari rang tus, och-to‘q muhim ahamiyatga ega. Tasviriy san’atda ishlatadigan materiallar: akvarel, qalam, o‘chirg‘ich, qog‘oz, palitra va planshet kabi materiallardan foydalanamiz. Tasviriy san’atda asosan jismlarning hajmini hayoliy tasvirlashlarini, uning ranglarini, buyumlarning nisbatini, perspektivasini ya’ni (qisqarish, uzoqlashish) qonunlariga aytiladi. Xulosa: Ushbu maqola tasviriy san’atning mohiyati, tur va janrlarini batafsil yoritib, uning inson hayoti va ruhiyatiga ta’sirini ta’kidlaydi. Tasviriy san’at rangtasvir, haykaltaroshlik va grafikani birlashtirib, voqelikni hajm, rang, fazo va harakat orqali aks ettiradi, shuningdek, emotsional va falsafiy masalalarni ko‘taradi. Janrlar (tarixiy, portret, manzara, natyurmort, botal, maishiy, animalistik, avtoportret) va ular bo‘yicha mashhur rassomlar (masalan, J.Reynolde, Rahim Ahmedov, O‘ral Tansiqboyev) misollarida keltirilgan. Ranglarning axromatik va xromatik turlari, iliq-sovuq bo‘linishi, materiallar (akvarel, qalam va b.) hamda perspektiva qonunlari muhimligi ko‘rsatilgan. Umuman, tasviriy san’at insoniyat madaniyatining qadimiy merosi sifatida estetika va ijtimoiy ta’sir qudratini namoyon etadi. QO‘LLANILGAN ADABIYOTLAR 1. Toyir o'g'li, B. F. (2024). LOYIHALAR METODI ORQALI TASVIRIY SAN'AT YO 'NALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. ХАЛКАРО ИЛЬМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯЛАР, 1(1), 136138. 2. Toyir o'g'li, B. F. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДИК ПРЕПОДАВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ. Международный междисциплинарный журнал по исследованиям и разработкам, 11(06).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 108 3. Toyir ogli, B. F. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Journal of new century innovations, 27(5), 58-60. 4. Шодизода, М. А., Хасанович, К. К., и Тойир оглы, Б. Ф. (2019). Интерпретация произведений узбекских художников в пейзажных жанрах. Think India Journal, 22 (14), 10799-10803. 5. Toyir o'g'li, F. B. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (TASVIRIY SAN'AT). Журнал инноваций нового века, 27 (4), 113-117. 6. Bozorov, F. (2022). Ijodiy to’garaklarda yoshlarni tasviriy san’atdan tavirlash malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodikasi. Science and Education, 3(8), 130-137. 7. Bozorov, F. (2023, December). Talabalarda ijodiy qobilyatni rivojlantirish va tadbirkorlikka yo ‘naltirishda to ‘garaklarning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 8. Бозоров, Ф., и Байметов, Б. Б. (2023). Использование жанра натюрморт изобразительного искусства при организации групповых занятий для студентов высшего педагогического образования. Европейский международный журнал педагогики, 3(04), 5-12.