scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SSRDA ALIFBO ISLOHOTLARI

Raxmonazarova Adolat

Abstract

Ushbu maqolada insoniyat foydalangan yozuvlar tarixi va sotsialistik tuzum davrida bizning yurtimizda amalga oshirilgan alifbo islohotlari, xalq savodxonligi va unga qarshi mafkuralar, kurashlar haqida ma’lumotlar beriladi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 508 O’ZBEKISTON SSRDA ALIFBO ISLOHOTLARI Raxmonazarova Adolat Namangan davlat universiteti,70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada insoniyat foydalangan yozuvlar tarixi va sotsialistik tuzum davrida bizning yurtimizda amalga oshirilgan alifbo islohotlari, xalq savodxonligi va unga qarshi mafkuralar, kurashlar haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar: Piktografik yozuv, Finikiya yozuvi, pahlaviy, oromiy, sug’diy, arab, lotin, kirilitsa, islohot, komissiya, maorif, savodxonlik. Annotation:This article provides information on humanity that mankind is the history of writing and the socialist regime, the alphabetical reforms carried out in our country, the literacy and struggles against it. Literacy and literacy and alphabets at the end of the XIX and the early XX centuries are also brought together about the purposes of this conducted cultural and educational policy Keywords: Pictographic writing, Phoenician, alphabet, reform, commission, Pahlavi, Aramaic, Sogdian, Arabic, Latin, Cyrillic, pre-school education, Skobelov, education, literacy. Аннотация:В статье представлена информация об истории письменности, используемой человечеством, реформах алфавита, проведенных в нашей стране в период социалистической системы, народной грамотности, а также идеологиях и борьбе с ней. Кратко рассматриваются формы грамотности и алфавита в конце XIX - начале XX вв., а также основные цели этой культурно-образовательной политики. Ключевые слова: Пиктографическое письмо, финикийский, алфавит, реформа, комиссия, пехлевийский, арамейский, согдийский, арабский, латинский, кириллица, дошкольное образование, Скобелов, образование, грамотность Kirish:Insoniyat paydo bo’libdiki, uning hayotida yozuvning o’rni va ahamiyati yetarlicha muhimdir. Aynan biz ular orqali tarixiy jarayonlarni o’rganamiz, jonlantiramiz, so’zga kiritamiz va ommaga havola etamiz. Boshqa bir o’rinda esa yozuvlar har bir jamiyat uchum aloqa vositasi va o’zligini tanitishdir. Asosiy qism:Yozuvlar insoniyat yaratgan eng buyuk kashfiyotdir. Olimlarning fikricha, bundan 500 ming yil avval til paydo bo’lgan bo’lsa1, asta-sekin bu jarayon qoyatoshlarga turli 1Ergashev Q, Hamidov H. O’zbekiston tarixi. – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, 2015. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 509 belgilar va rasmlar ko’rinishida axborot berish vazifasiga o’tdi va bu piktografik yozuvlar nomi bilan fan olamiga kirib keldi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasi o’laroq finikiya yozuvi (mil. avv. X asrda) paydo bo’lgan. Uning tarkibi 22 undosh harfdan iborat bo’lgan va keyinchalik 15 ta harfga tushirilgan. Mana shu alifbo asosida pahlaviy, oromiy va sug’diy yozuvlar shakllana boshlagan. Insoniyat bora bora o’z nutqiy faoliyatidan kelib chiqib hududlarga monand va talaffuzga qulay tovushlar isloh qila boshladi. Bizning ajdodlarimiz foydalangan sug’diy, oromiy va turkiy-runik yozuvlari boshqa yozuvlardan farqli ravishda unli harflarning kiritilganligi bilan harakterlanadi2 va biz ajdodlarimizni o’z yozuv tarixini yarata olgan deyishimizga asos bo’ladi. Tarixiy jarayonlar davom etarkan bizning hududimizga ilk o’rta asrlarda arablar bosqini natijasida arab imlosi kirib keldi va uzoq davrlar mobaynida arab alifbosi asosida vujudga kelgan eski o’zbek yozuvidan foydalanildi. XIX asrdan boshlab esa Rossiya imperiyasining bosqinlari sabab o’lkamizda yozuvlar va alifboga oid jarayonlar ham bir necha og’ir bosqichlardan o’tdi. Sobiq sovet tuzumu davrida esa bor qator yozuv islohotlari o’tkazildi. Hukmron partiya xalqning milliy, madaniy-ma’rifiy merosini inkor etish siyosatini ham amalga oshirishga kirishdi. Ular mahalliy xalqni dinidan, madaniyatidan, o’ziga xos huquqidan ajratib, yangicha sovet qolipiga majburan solishni maqsad qildi. Bizga tarixdan ma’lumki, Rossiya imperiyasi harbiy arbobi, general Mixail Skobelov bizning o’lkamiz hududimizga bostirib kirarkan quyidagi fikrlarini keltiradi: “Agar biron xalqni bosib olishga kirishar ekansiz, uning ma’naviyatini, dinini va qadryatlarini tobe qiling”3. Tarixmiz guvohlik beradiki, bu fikr ostidagi jarayonlar keraklicha bajarildi. O’zbekiston SSR tashkil topgandan so’ng (1924-yilda) dastlabki o’n yillikda imlo 3 marta o’zgartirildi. Bu holat tub aholini savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga mo’ljallangan edi. 1921 - 1922-yillarda dastlab arab imlosi isloh qilinib, ancha soddalashtirildi. So’ngra, o’zbek yozuvini lotinlashtirish maslasi kun tartibiga qo’yildi. Sovetlar O’zbekiston kommunistlarining III qurultoyida (1927-yil noyabr) qabul qilingan qaror asosida arab yozuvining mavqeni pasaytirishga harakat qilib, 1929-yil may oyida Samarqandda o’zbek yozuvini arab grafikasidan lotinlashtirish haqida qaror qabul qilindi. Qaror 10-avgustda O’zbekiston SSR Maorif xalq kommisarligi hay’ati tomonidan tasdiqlangach, 1-dekabrda O’zbekiston arab alifbosidan lotin yozuviga o’tildi. Biroq tez orada yozuvni lotinlashtirish uchun ishlatilgan katta mablag’lar bekor ketib, kirillitsaga o’tkazish haqida yangi qaror qabul qilindi. 1940-yil 8-mayda bo’lgan O’zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida matematik olim Toshmuhammad Qori-Niyozovning ma’ruzasi bo’yicha lotin yozuvidan krill grafikasi asosidagi o’zbek yozuviga o’tish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu holatlar O’zbekiston aholisini bilim darajasining o’sishiga, o’zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir etdi, savodsizlar sonining sun’iy oshishiga olib keldi. 2Otaxo’jayev A. Ilk O’rta asrlarda turk-sug’d munosabatlari – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, 2015. – B.149. 3Q.Usmonov , M. Sodiqov .O’zbekiston tarixi -T.: “ Sharq ”, 2010. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 510 Sovet homiyati 1920-yil 17-sentyabrda TASSR Maorif xalq komissarligining aholi orasida savosizlikni tugatish to’g’risidagi dekreti o’zlariga xos savodli kishilarni shakllantirish maqsadida “savodsizlikni tugatish” kompaniyasini 4avj oldirdi. Dekret asosida, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolar o’qish va yozishni o’rganishlari shart qilib qo’yildi. TASSR Maorif xalq komissarligi huzurida esa savodsizlikni tugatish bilan shug’ullanuvchi favqulodda kommisiya ta’sis etildi. “Savodsizlikni tugatish” maktab va kurslari tarmog’ini yaratish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1920-yilning oxiriga kelib, “Savodsizlikni tugatish” kurslarining soni bir mingtadan oshib ketdi. Ularni bitirganlar esa 70 mingdan oshdi. Ushbu maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratilib, qisqa muddatda mahalliy millatga mansub 2000 ta o’qituvchi tayyorlandi. Sovetlar savodsizlikni tugatish borasida qilayotgan ishlarini ko’klarga ko’tarib 1924-yilda “Bitsin savodsizlik” nomli jamiyat tuzdiki, bu jamiyat dastlab 35 ta maktab ochib, 10200 kishini savodini chiqardi. Jamiyat ushbu ko’r-ko’rona faoliyati bilan 1937-yilda respublikada savodsizlik tugatildi, deb e’lon qilindi. O’sha paytda savodli kishilar butunittifoqda 2mln kishini tashkil etardi. Xulosa:Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yuqoridagi ma’lumotlar, raqamlar va faktlar ayni bosib olingan mamlakatlar uchun amalga oshirilgan bo’lib, pirovardida esa o’zlarining rus millariga mansub ziyoli va savodli insonlar uchun xizmat qildi. Mahalliy aholi ongi va dunyoqarashi yolg’on va uydirma qarorlar bilan to’ldirildi. 5Mustabid hukumat uchun manfaat ustunligi yo’lida mustamlaka millatlar manan, jismonan, ruhan beminnat xizmat qilib berdilar va bunga albatta, majburlandilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Ergashev Q, Hamidov H. O’zbekiston tarixi. – T.: “G’afur G’ulom nodidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi”, 2015. – B.347. 2. Norqulov N., Jo’rayev U. O’zbekiston tarixi. – T.: “Sharq”, 2010. – B. 159. 3. O’zbekiston tarixi IX jild. – T.: “ O’zbekiston ”, 2023. 4. Otaxo’jayev A. Ilk O’rta asrlarda turk-sug’d munosabatlari – T.: “G’afur G’ulom nodidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, 2015. – B.149. 5. Butunittifoqda yangi alifbo //Alanga jurnali. 1928-yil 9-son. 6. Alifbo / https://uz.wikipedia.org/wiki/alifbo 7. Butunittifoqda yangi alifbo -Alanga jurnali. 1928-yil 10-son. 8. Q.Usmonov , M. Sodiqov .O’zbekiston tarixi -T.: “ Sharq ”, 2010.