TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARIDA RANG-TERAPIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISHNING INKLYUZIV TA'LIMDAGI SAMARASI
Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida rang terapiya elementlaridan foydalanish yoritib beriladi. Ranglarning bolalar psixologiyasi va hisiy holatiga ta’siri ilmiy jihatdan yondoshuvi aks ettirib beriladi, hamda maxsus ehtiyoji bor o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda tasviriy san’atning o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotlar davomida rang terapiya vositalaridan fodalanish o‘quvchilarda ijdkorlik, estetik did va hissiy muozanatni shakllantirishda xizmat qilishi aniqlanadi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida inklyuziv yondashuvni amalga oshirishning samarali usullari hamda amaliy tavsiyalar keltiriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 121 TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA RANG-TERAPIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISHNING INKLYUZIV TA’LIMDAGI SAMARASI 1Bozorov Farxod Toyir o‘g‘li, 2Alimova Sevinch Abdurashid qizi, 3Odiljonova Durdona Baxodir qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2bosqich talabasi, 3Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17400227 Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida rang terapiya elementlaridan foydalanish yoritib beriladi. Ranglarning bolalar psixologiyasi va hisiy holatiga ta’siri ilmiy jihatdan yondoshuvi aks ettirib beriladi, hamda maxsus ehtiyoji bor o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda tasviriy san’atning o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotlar davomida rang terapiya vositalaridan fodalanish o‘quvchilarda ijdkorlik, estetik did va hissiy muozanatni shakllantirishda xizmat qilishi aniqlanadi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida inklyuziv yondashuvni amalga oshirishning samarali usullari hamda amaliy tavsiyalar keltiriladi. Аннотация. В данной статье рассматривается использование элементов цветотерапии в занятиях изобразительным искусством в инклюзивной системе образования. Уделяется внимание научному подходу к влиянию цветов на психологию детей и их эмоциональное состояние, а также показывается роль изобразительного искусства в поддержке творческой деятельности учеников с особыми потребностями. В ходе исследования выявлено, что использование средств цветотерапии способствует формированию у учеников инициативности, эстетического вкуса и эмоционального баланса. Кроме того, приводятся эффективные методы реализации инклюзивного подхода на уроках изобразительного искусства, а также практические рекомендации. Annotation. This article discusses the use of elements of color therapy in visual arts activities within the inclusive education system. It reflects a scientific approach to the impact of colors on children's psychology and emotional state, as well as highlighting the role of visual arts in supporting the creative activities of students with special needs. The research identifies that the use of color therapy tools can serve to develop creativity, aesthetic taste, and emotional balance in students. Additionally, effective methods for implementing an inclusive approach in visual arts classes and practical recommendations are provided. Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, psixologik, inkilyuziv, rang-terapiya, qo‘llab-quvvatlash, ijodiy rivojlanish, maxsus ehtiyojli bolalar. Ключевые слова: Изобразительное искусство, психологический, инклюзивный, цветотерапия, поддержка, творческое развитие, дети с особыми потребностями. Keywords: Visual art, psychological, inclusive, color therapy, support, creative development, children with special needs.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 122 Insoniyat qadimdan san’at orqali o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashga intilgan. Xususan, taviriy san’at inson ruhiyatini yengillashtirish, ichki kechinmalarni ifoda etish va jamiyat bilan muloqot qilishning muhim vositasi bo‘lib kelgan. Ranglarning inson psixologiyasi ta’siri haqida ilk qarashlarni Sharq va G‘arb mutaffakkirlaridan Abu Ali ibn Sino ranglarning inson salomatligi va ruhiyatiga ta’siri haqida yozgan. Al-Farobiy esa san’atning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati haqida fikr bildirgan. Abu Rayhon Beruniy ranglarning tabiatdagi o‘rni va ularning inson ongiga ta’siri haqida izohlar bergan. G‘arb mutaffakkirlaridan Aristotel ranglarni tabiiy hodisa sifatida tahlil qilgan va ularni sezgi organlari orqali ruhiyatga ta’siri haqida yozgan. Platon san’at go‘zallik va estetik tarbiya inson ruhini poklaydi, degan qarashlarni ilgari surgan. Leonardo da Vinchi ranglarning uyg‘unligi va inson hissiyotiga ta’siri haqida amaliy va nazariy qarashlarni rivojlantirgan. J.V Gyote “Ranglar nazariyasi” asarida ranglarning ruhiy holat va inson kayfiyatiga ta’sirini ilmiy asoslab bergan. XX asrda esa rang-terapiya alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi va psixologiya hamda pedagogika sohalarida qo‘llanila boshlandi. Bugungi kunda rang-terapiya elementlari inklyuziv ta’lim jarayonida, xususan, tasviriy san’at mashg‘ulotlarida keng qo‘llanilmoqda. Chunki maxsus ehtiyojli bolalarning ichki dunyosini ifoda etishda ranglardan foydalanish ularning ijodiy rivojlanishi, estetik didi va psixologik qo‘llab-quvvatlanishida samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Rang-terapiya (xromoterapiya) – bu ranglarning psixologik va fiziologik ta’siridan foydalanib, inson ruhiy holatini muvozanatlash, stressni kamaytirish va ijobiy kayfiyatni shakllantirish usuli hisoblanadi. Psixologlar fikriga ko‘ra, ranglar odamning nafaqat kayfiyatiga, balki xulq-atvoriga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: 1. Qizil rang - faollik va energiya manbai, biroq ortiqcha bo‘lsa asabiylikni kuchaytirishi mumkin. 2. Yashil rang - tinchlantiruvchi va muvozanatlashtiruvchi ta’sirga ega. 3. Ko‘k rang - ishonch, osoyishtalik va qat’iyat hissini beradi. 4. Sariq rang - quvonch, ijodiy ilhom va optimizm uyg‘otadi. 5. Oq rang - tozalik va beg‘uborlik timsoli, bolalarda ishonch hissini mustahkamlaydi. Inklyuziv ta’lim – bu maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim jarayoniga qo‘shish, ularni teng huquqli sharoitida o‘qitish va tarbiyalash tizimidir. Bunday jarayonda tasviriy san’at mashg‘ulotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Chunki tasviriy san’at: 1. O‘quvchilarga o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi; 2. Ijtimoiy moslashuvga yordam beradi; 3. Noverbal muloqatni rivojlantiradi; 4. Estetik did va ijodiy salohiyatni shakllantiradi. Maxsus ehtiyojli bolalar ko‘pincha so‘z orqali o‘z his-tuyg‘ularini yetarli darajada ifodalay olmaydi. Shunday vaziyatda rangtasvir vositasida ular ichki dunyosini namoyon eta oladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida rang-terapiya elementlarini qo‘llash pedagogdan ijodkorlik va metodik yondashuvni talab qiladi. Quyida samarali usullar keltiriladi. 1. Erkin ijod mashqlari – o‘quvchilarga rangli bo‘yoqlar, qalam va markerlar berilib, erkin mavzuda rasm chizishga sharoit yaratiladi. Bu usul bolaning ichki dunyosini ochib berishga yordam beradi. 2. Ranglar orqali kayfiyat ifodalash – bolalarga “Bugun kayfiyatingni qaysi rang bilan tasvirlaysan?” kabi topshiriqlar beriladi. Bu metod psixologik holatni aniqlash va u bilan ishlash imkonini beradi. 3. Jamoaviy ijodiy ishlar – butun sinf birgalikda umumiy kompozitsiya yaratadi. Bu usul bolalarda hamkorlik, bag‘rikenglik va inklyuziv muhitda ijtimoiylashuvni rivojlantiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 123 4. Rang-terapiya mashg‘ulotlarini art-terapiya bilan uyg‘unlashtirish – haykaltaroshlik, kollaj yoki qo‘lda ishlash kabi faoliyat turlari ranglardan foydalanish bilan birgalikda yanada samarali natija beradi. Rang-terapiyaning inklyuziv ta’limdagi samarasi: Rang-terapiya elementlarini tasviriy san’at mashg‘ulotlariga kiritish quyidagi natijalarni beradi. 1. Bolalarda hissiy muvozanatni tiklaydi va stressni kamaytiradi. 2. Ijodiy qobilyat va estetik didni rivojlantiradi. 3. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni ijtimoiy muhitga moslashtiradi. 4. O‘zini ifoda etish imkoniyatlarini kengaytiradi. 5. O‘quvchilar orasida bag‘rikenglik, hamkorlik va o‘zaro hurmatni shakllantiradi. Xulosa: Rang-terapiya elementlarini tasviriy san’at mashg‘ulotlariga qo‘shish inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilar bilan ishlashning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Ranglarning inson ruhiyati va hissiy olamiga ta’siri qadimdan olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogikada bu qarashlar amaliy metodlarga aylangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tasviriy san’at darslarida rang-terapiyadan foydalanish maxsus ehtiyojli bolalarda o‘zini ifoda etish, ijodiy tafakkur, estetik zavq olish va jamiyatga moslashuv jarayonlarini tezlashtiradi. Shu bilan birga, bunday mashg‘ulotlar umumiy sinf muhitida o‘quvchilar o‘rtasida bag‘rikenglik, hamkorlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakillantirishga xizmat qiladi. Demak rang-terapiya nafaqat inklyuziv ta’lim ehtiyojlarini qondirishga, balki barcha o‘quvchilarning estetik va ijodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan metodlardan biridir. QO‘LLANILGAN ADABIYOTLAR 1. Toyir o'g'li, B. F. (2024). LOYIHALAR METODI ORQALI TASVIRIY SAN'AT YO 'NALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. ХАЛКАРО ИЛЬМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯЛАР, 1(1), 136138. 2. D. Karimova Psixologiya ranglarning ta’siri.-Toshkent: O’zbekison Milliy universiteti nashriyoti, 2021. 3. Toyir o'g'li, B. F. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДИК ПРЕПОДАВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ. Международный междисциплинарный журнал по исследованиям и разработкам, 11(06). 4. Toyir ogli, B. F. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Journal of new century innovations, 27(5), 58-60. 5. Шодизода, М. А., Хасанович, К. К., и Тойир оглы, Б. Ф. (2019). Интерпретация произведений узбекских художников в пейзажных жанрах. Think India Journal, 22 (14), 10799-10803. 6. Toyir o'g'li, F. B. (2023). IJODIY TOGARAKLAR ORQALI TALABA-YOSHLARDAGI TADBIRKORLIK KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (TASVIRIY SAN'AT). Журнал инноваций нового века, 27 (4), 113-117. 7. Bozorov, F. (2022). Ijodiy to’garaklarda yoshlarni tasviriy san’atdan tavirlash malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodikasi. Science and Education, 3(8), 130-137.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 124 8. Bozorov, F. (2023, December). Talabalarda ijodiy qobilyatni rivojlantirish va tadbirkorlikka yo ‘naltirishda to ‘garaklarning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 9. Бозоров, Ф., и Байметов, Б. Б. (2023). Использование жанра натюрморт изобразительного искусства при организации групповых занятий для студентов высшего педагогического образования. Европейский международный журнал педагогики, 3(04), 5-12.