scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O'QITISHNING SAMARALI METODLARI

Ro'ziyeva Zarnigor Otabek qizi

Abstract

Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida matematika fanini samarali o‘qitish metodlari, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol platformalar, sun’iy intellekt tizimlari, elektron resurslar hamda virtual ta’lim muhitlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari va ijodiy yondashuvini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik asoslari va o‘qituvchilar uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 520 RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA MATEMATIKA O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI Ro‘ziyeva Zarnigor Otabek qizi Farg‘ona davlat texnika universiteti “Oliy matematika” kafedrasi assistenti [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida matematika fanini samarali o‘qitish metodlari, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol platformalar, sun’iy intellekt tizimlari, elektron resurslar hamda virtual ta’lim muhitlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari va ijodiy yondashuvini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada raqamli kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik asoslari va o‘qituvchilar uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: Matematik formulalar, matematik masalalar, zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikalari. Bugungi kunda ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Raqamli texnologiyalarni joriy etish nafaqat iqtisodiyotning, balki ta’lim tizimining ham samaradorligini oshiradi. Biz yoshlarimizni zamonaviy bilim va innovatsion fikrlash bilan qurollantirishimiz zarur.” Ushbu so‘zlar ta’lim jarayonida, ayniqsa matematika fanini o‘qitishda raqamli yondashuvlarning ahamiyatini chuqur anglatadi. Matematika — barcha tabiiy va texnik fanlarning asosi sifatida o‘quvchilarda mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlashni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, uni o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, masalan, onlayn test tizimlari, interfaol simulyatorlar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda. Raqamli ta’lim muhiti o‘quvchilarni mustaqil izlanishga, muammoli vaziyatlarni yechishga va matematik modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, o‘qituvchining roli ham o‘zgaradi: u endilikda bilim manbai emas, balki yo‘naltiruvchi, motivatsiya beruvchi va raqamli vositalardan samarali foydalanishni tashkil etuvchi shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Maqolada matematika fanini o‘qitishda raqamli metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi, raqamli platformalar (Khan Academy, GeoGebra, Desmos va boshqalar) ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 521 orqali o‘qitish tajribalari keltiriladi. Shu asosda raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Yoshlarga matematikani o’rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoshlarga matematikani yaxshi anglab yetishlariga yordam beradi. Matematika tarkibiga kirgan materialni o’quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berishni pedagog hal qilib olishi kerak, bu juda ham muhimdir. Matematikani o’qiyotgan o’quvchi zerikib qolmasligi uchun ham pedagog inavatsion texnologiyalardan foydalanish kerak. Ya’ni o’quvchini darsning ichiga qiziqtirib olib ketishi lozim bo’ladi. Fanni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar, darslar nazariy va amaliy mashg’ulotlar shaklida olib borilishi kerak. Nazariy mashg’ulotlarda matematika fanini o’qitishda ilg’or horijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot berishi, amaliy mashg’ulotda esa, ular yordamida o’quvchiga tushintirib berishi kerak. Mashg’ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so’rovlar, test sinovlari, aqliy hujum, guruh bo’lib fikrlash, bilmagan o’quvchilar bilan ishlashi va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishi kerak. Xalqaro tadqiqotlar natijalari va tahlillaridan kelib chiqib, o`quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish uchun ularning bilim va ko`nikmalariga quyidagi talablarni qo`yish mumkin: —matematikaga oid ta’riflar, formulalar va boshqa faktlarni o`quv va ma’lumotnomalardan qidirish va foydalanish; —turli hayotiy vaziyatlarda algebraga doir bilim, ko`nikma va grafik malakalarini qo`llash; —ma’lumotlarni to`plash, tahlil qilish, qayta ishlash, sintez qilish; —matematik formuladan foydalanish, muayyan xususiy hollarni umumlashtirish asosida miqdorlar orasidagi bog`liqlikni ifodalovchi formulalarini mustaqil ravishda tuzish; —o`zlashtirilgan algebraik almashtirishlarni va funktsional grafik tasvir va tasavvurlarni tevarakatrofdagi yoki boshqa fanlardagi tegishli ob’ektlarni ifodalash va tahlil qilishda qo`llash; — o`z nuqtai nazarini asoslay olish, uning muhokamasida ishtirok etish va mantiqiy jihatdan to`g`ri xulosa chiqarish; ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 522 —matematik matn bilan ishlash (tahlil qilish va kerakli ma’lumotlarni chiqarib olish), o`z fikrini matematik atamalar, timsollar va ramzlar yordamida aniq va to`g`ri yozish hamda og`zaki va yozma izhor qila olish; —amaliy xarakterdagi hayotiy masalalarni yechish, zarur hollarda ularni yechishda kerakli ma’lumotnomalar va hisoblash vositalarini qo`llay olish, jadvallar, diagrammalar, grafik ko`rinishdagi real raqamli ma’lumotlarni hamda statistic xarakterdagi ma’lumotlarni tahlil qilish; —amaliy xarakterdagi matematik muammolarini hal qilish vositasi sifatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish. Mavjud vaziyatni hal qilish uchun matematika o`qituvchilariga quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi: —matematik nutqni to`g`ri va aniq shakllantirish; —matnli masalalarini yechishda matematik mazmun va usullarni ajratib ko`rsatish va yangi holatga qo`llash; —masala shartlarini matnli ko`rinishdan matematik tilga o`girish va bu shakl almashtirishlarning mazmun va mohiyatini ochib borish; —o`quvchilarda ijodiy ishlash ko`nikmalarini shaklllantirish va faol aqliy harakatlarni amalga oshirishlari uchun muammoli vaziyatlarni yaratish. ta’lim jarayonida o`quvchilarning tabaqalashtirilgan individual shug`ullanish traektoriyalarini yaratish; —darsda interfaol va faol ta’lim texnologiyalari: loyiha metodi, keys, o`yin texnologiyalari, muammoli o`qitish, matn bilan ishlash, klaster, poster, sinkveyn, BBB, FSMU, baliq skeleti, nilufar guli kabi metodlardan o`rnida foydalanish. Matematikani o’qitishda hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalardan ham foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Fanni o’qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan, kopmyuter va axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrda fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta’lim muassasalariga tadbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishlarda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rganuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 523 Agar pedagog yuqorida aytib o’tilgan talablarga amal qilsa, bolalar albatta matematikaga qiziqib, matematika fanini yaxshi o’rganadi. Bugungi ta’limning rivoji o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodkor, izlanuvchan bo’lishi, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirib borishini taqozo etmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llab darslarni tashkillasa shu ma’lum bo’ladiki, o’qituvchi kasbiy mahoratini oshirishda nafaqat ta’lim samarasi, balki tarbiyachi ish faoliyati natijasi ham ijobiy tarafga o’zgaradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., “Universitet”, 2005. 2. Alixonov S. “Matematika o’qitish metodikasi”. T.,”O’qituvchi”, 1992. 3. O.B.Berdiyeva, M.Mirsaburov. “Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar”. Termiz-2020.