scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONDA "INKLYUZIV TA'LIM"NING TASVIRIY SAN'ATDAGI AHAMIYATI

Imomatova Umida Mirpulatovna, Abdumajidova Komila Abrorbek qizi, Abujakinova Oʻgʻiljon Risqali qizi

Abstract

Ushbu maqolada kundan kunga yangilanayotgan Oʻzbekistonimizning san’at yoʻnalishidagi axamiyati, oʻrni va imkoniyatlari haqida keng talqinda yoritib berilgan. San’atning turlari va jaxon miqqiyosidagi tutgan oʻrni, yoshlar oʻrtasidagi axamiyati, ta’limdagi foydali jixatlari haqida yoritib berilgan. Shuningdek inklyuziv ta’lim jarayonida tasviriy san’atning qay darajada qoʻl kelayotganligi, art terapiyalar haqida keltirilgan. Yurtimizda ta’lim sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart sharoitlar haqida ma’lumot berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 140 YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTONDA “INKLYUZIV TA’LIM”NING TASVIRIY SAN’ATDAGI AHAMIYATI 1Imomatova Umida Mirpulatovna, 2Abdumajidova Komila Abrorbek qizi, 3Abujakinova Oʻgʻiljon Risqali qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti,“Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti,“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2bosqich talabasi, 3Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17400292 Annotatsiya. Ushbu maqolada kundan kunga yangilanayotgan Oʻzbekistonimizning san’at yoʻnalishidagi axamiyati, oʻrni va imkoniyatlari haqida keng talqinda yoritib berilgan. San’atning turlari va jaxon miqqiyosidagi tutgan oʻrni, yoshlar oʻrtasidagi axamiyati, ta’limdagi foydali jixatlari haqida yoritib berilgan. Shuningdek inklyuziv ta’lim jarayonida tasviriy san’atning qay darajada qoʻl kelayotganligi, art terapiyalar haqida keltirilgan. Yurtimizda ta’lim sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart sharoitlar haqida ma’lumot berilgan. Kalit soʻzlar: Inklyuziv ta’lim, psixologik ta’sir, imkoniyatlar, ranglar, san’at, art terapiya, virtual, glaballashuv, forum, modernizatsiyalash. Abstract: This article broadly discusses the significance, role, and opportunities of art in the ever-renewing Uzbekistan. It highlights the types of art and their place on a global scale, the importance of art among young people, and its beneficial aspects in education. Furthermore, the paper elaborates on the role of fine arts in the process of inclusive education, particularly the use of art therapy. Additionally, information is provided about the opportunities and conditions being created in the education sector of our country. Keywords: Inclusive education, psychological impact, opportunities, colors, art therapy, virtual, social, globalization. Аннотация: В данной статье широко освещаются значение, роль и возможности искусства в постоянно обновляющемся Узбекистане. Рассматриваются виды искусства и их место в мировом масштабе, значение искусства среди молодежи, а также его полезные аспекты в сфере образования. Кроме того, раскрывается роль изобразительного искусства в процессе инклюзивного образования, в частности применение арт-терапии. Также приведена информация о создаваемых в нашей стране возможностях и условиях в области образования. Ключевые слова: Инклюзивное образование, психологическое воздействие, возможности, цвета, искусство, арт терапия, виртуалъный, социалъный, глобализация. Bugungi glaballashuv davrida Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda. Przidentimiz qarorlari va forumlarida teatr, muzeylar, galareyalar va madaniy markazlari modernizatsiya qilinishi haqida aytib oʻtilgan. Masalan ta’lim tizimidagi imkoniyatlar, san’atkorlar uchun grandlar, stipendiyalar va mukofotlar, shu bilan bir qatorda tasviriy san’at boʻyicha iqtidor egalarini Oʻzbek milliy rassomchilik insitituti, dizaynlibos, interyer dizayni, konservatoriyalar, teatr saxna va san’at maktablari keng imkoniyatlar bilan INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 141 birgalikda yetuk mutaxasis etib tayyorlamoqda. Shu bilan cheklanibgina qolmay xalqaro xamkorlik ya’ni YUNESKO roʻyxatiga kirgan “lazgi raqs” turi, “maqom” kabi oʻzbek san’at turlari xalqaro miqqiyosida keng tadbiq etilib kelinmoqda. Toshkent Xalqaro kinofestivali, chel el bilan birgalikda xamkorlik qilib tarixiy kinolar suratga olinishi, maqom va baxshichilik anjumanlari, xalqaro san’at koʻrgazmalari bilan oʻzbek san’ati dunyoga tanilmoqda. Miliy meroslarimizga keladigan boʻlsak ajdodlarimizdan an’ana va meros boʻlib qolgan amaliy san’at, xaykaltaroshlik, xunarmandchilik, naqsh san’ati, miniatura va milliy kiyimlar san’atini rivojlantirish uchun davlatimizning yaratayotgan yangidan yangi va qulay dasturlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Shu bilan birga yurtimizni yanada duyoga keng tadbiq etish maqsadida online galareyalar virtual korgazmalar, internet orqali san’at asarlarini targʻib qilish ommaga taqdim etilmoqda. Inklyuziv ta’limda tasviriy san’atning tutgan oʻrni : Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalarni shuningdek, jismoniy yoki psixologik rivojlanishda cheklovi bor bolalarni ham birgalikda oʻqitishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Bu jarayonda tasviriy san’at alohida ahamiyatga ega, chunki bu soha bolalarning ichki dunyosini ifodalash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga va oʻzinianglashga yordam beradi. Odatda inkoniyati chekanga bolalarni imkoniyatlarida kelib chiqgan xolda baholash lozim, lekin san’atda bu yoʻldan foydalanilmaydi, balki ularning ijodiy yondashuvi qadirlanadi. Bu usul esa barcha bolalarda “men ham bu narsani qila olaman, bajara olaman ” degan ishonchni tugʻduradi. Tasviriy san’at imkoniyati cheklangan bolalarning tasavvurlarini va psixologiyasini yaxshilashga, estetik didini va ijobiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga katta yordam beradi. Misol uchun rangli qalamlar, rangli boʻyoqlar, loy va boshqa shunga oʻxshash materiallar orqali bolalarda oʻz dunyosini yaratish va chizib berish imkoniyatlari keng boʻladi va ular bundan zavq olib qiziqishlari yanada oshadi. Bu usullardan foydalanilganida psixologik reablitatsiya jarayoni rasm chizish, boʻyash va loydan turli hil narsalar, buyumlar yasash orqali bolalarda stressni kamayishiga, ruhiy xolatini barqarorlanishiga ancha yordam beradi. Shuningdek nutqida, eshitishida yoki koʻrishida muammosi bor bolalar uchun san’at oʻzini ifodalashni eng qulay vositasidur. Misol uchun: koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun art terapiyalar, eshitishda kamchiligi bor bolalar uchun audio kitoblar, xarakatlanishda imkoniyati cheklanganlar uchun mutaxasislar tomonidan turli hil qiziqarli raqslar vas hart sharoilar yaratilgan. Shu bilan cheklanibgina qolmay bolalarni jamoa boʻlib ishlashlari uchun turli metodlat masalan, guruh boʻlib bir mavzu yuzasidan rasm chizish, ijod qilish orqali bir-birlari bilan birgalikda muloqot qilish va jamoa bilan muloqot qilishni shakillantirish yoʻlga qoʻyilib ancha samarali boʻlmoqda. Inklyuziv ta’limdagi bolalarda koʻpincha yashirin qobiliyatlari shakillangan boʻladi. San’at orqali oʻqituvchilar dars jarayonida bu imkoniyatlarni payqab uni yanada rivojlantirish imkoniyatini beradilar. San’at inklyuziv ta’limda shunchaki fan emas balki terapiya, ijtimoiy moslashuv, ijodiy dam olish, ijodiy oʻsish va tenglikni ta’minlovchi vosita boʻlib hizmat qilmoqda. U bolalarga oʻzini yanada anglash ichki dunyosini shakillantirish, psixologik rivojlanish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishgava kelajakda ijodiy shaxs boʻlib yetishishga yordam beradi. Xulosa: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yurtimizda yangilanib kelayotgan ta’lim shakillari, inklyuziv ta’limning axamiyati, yurtimizning ta’limning yangilanib yanada qulayliklar oshib borishi, imkoniyati cheklangan bolalarga yaratilgan qulayliklar va ularga san’at sohasida berilayotgan ta’lim va qolaversa yurtimizni jahon miqyosida tutgan o‘rni va o‘zbek milliy san’atlari an’analari haqida aytish mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 142 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi, ta’lim tizimidagi islohatlar” M. J. Bozorov, Samarqand SamDCHTI nashriyoti, 2024. 2. Andijon davlat universiteti talabasi Z. L. Xodjayevaning “Ta’limni rivojlantirshi – davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida” nomli maqolasi. 3. Imomatova Umida Mirpulatovna Tasviriy san’at vositasida yoshlarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning nazariy asoslari. (2024). Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, 1(1), 133-135. 4. Umida, I., & Muxtor, N. (2023). Tasviriy san’at darslarida yoshlarga o’zbek milliy tasviriy san’atni o’qitishning psixologik asoslari. In Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 204-207).