scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NUTQ TOVUSHLARI LINGVOPOETIK VOSITA SIFATIDA

Lafasov Urak Pazilovich

Abstract

Ushbu (“Nutq tovushlari lingvopoetik vosita sifatida”) maqolada tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillardagi unlilar tizimi, ulardagi kenglik-torlik, cho‘ziqlik-qisqalik va undoshlar masalasini batafsil yoritib berganligi haqida ma’lumot berilgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning jahondagi uch ilk manba til haqidagi izohlari va o‘sha asos zabonlardan tarqalgan hozirgi tillarning tovush tizimida keskin farqlanish borligini tavsiflangan. Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori ko‘pligi, ularning talaffuzda bir-birini talab qilishi va o‘zaro uyg‘unlik tizimga egaligi, faqat turkiy tillarga xos moslashuv tizimi – singormanizm qonuniyati mavjudligi qayd etilgan. Qadimdan turkiy tillarda singarmonizmning ikki turi amalda bo‘lganligi, hozir ham sof o‘zbek va aralash o‘zbek lahjalarida, qozoq, turk tillarida singarmonizm qonuniyati to‘liq saqlanganligi bayon qilingan. Hozirgi o‘zbek tilida unli tovushlar qalin-ingichkalik, cho‘ziq-qisqalik qolipiga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashishi va undosh tovushlar esa jarangli-jarangli, jarangsiz-jarangsiz, sirg‘aluvchi-sirg‘aluvchi, portlovchi-portlovchi joylashuv qolipiga amal qilishi yoritilgan. Fonemalar og‘zaki nutqning eng kichik, bo‘linmaydigan qismi bo‘lib, ma’noni farqlash uchun xizmat qilishi, fonemalarning uch tomoni borligi va fizik tovushlarning ma’noni o‘zgartira olmasligi ta’kidlangan. Al-Forobiyning nutq tovushlari, undosh tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni, unli tovushlarning xususiyatlari, tovush o‘zgarishlari va so‘zning fonetik me’yori haqida qaydlari e’tirof etilgan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bor inson tanasining bo‘g‘iz qismi, tovush hosil qiluvchi a’zolar anatomiyasi va tovushlarning paydo bo‘lish sabablarini ilmiy dalillar asosida isbotlab berganligi aytilgan. Hozirgi davr til ilmida nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etish darajasiga ko‘ra faol va nofaol turga bo‘linishi izohlangan. O‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy milliy tilimizdagi hamma imkoniyatlardan foydalanib tasvirdagi lingvopoetik asoslarni yuqori darajaga olib chiqqanligi, nutq tovushlarining lingvopoetik vosita sifatida jonli tilga aloqador ekanligini chuqur anglaganligini aytilib, ushbu holat ularni cho‘zish, ikkilantirish, almashtirish va moslashtirish natijasida yuzaga chiqishi dalillar asosida isbotlab berilgan (260 so‘z).

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 537 NUTQ TOVUSHLARI LINGVOPOETIK VOSITA SIFATIDA Lafasov Urak Pazilovich O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining dotsenti Annotatsiya: Ushbu (“Nutq tovushlari lingvopoetik vosita sifatida”) maqolada tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillardagi unlilar tizimi, ulardagi kenglik-torlik, cho‘ziqlikqisqalik va undoshlar masalasini batafsil yoritib berganligi haqida ma’lumot berilgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning jahondagi uch ilk manba til haqidagi izohlari va o‘sha asos zabonlardan tarqalgan hozirgi tillarning tovush tizimida keskin farqlanish borligini tavsiflangan. Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori ko‘pligi, ularning talaffuzda bir-birini talab qilishi va o‘zaro uyg‘unlik tizimga egaligi, faqat turkiy tillarga xos moslashuv tizimi – singormanizm qonuniyati mavjudligi qayd etilgan. Qadimdan turkiy tillarda singarmonizmning ikki turi amalda bo‘lganligi, hozir ham sof o‘zbek va aralash o‘zbek lahjalarida, qozoq, turk tillarida singarmonizm qonuniyati to‘liq saqlanganligi bayon qilingan. Hozirgi o‘zbek tilida unli tovushlar qalin-ingichkalik, cho‘ziq-qisqalik qolipiga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashishi va undosh tovushlar esa jarangli-jarangli, jarangsiz-jarangsiz, sirg‘aluvchi-sirg‘aluvchi, portlovchiportlovchi joylashuv qolipiga amal qilishi yoritilgan. Fonemalar og‘zaki nutqning eng kichik, bo‘linmaydigan qismi bo‘lib, ma’noni farqlash uchun xizmat qilishi, fonemalarning uch tomoni borligi va fizik tovushlarning ma’noni o‘zgartira olmasligi ta’kidlangan. Al-Forobiyning nutq tovushlari, undosh tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni, unli tovushlarning xususiyatlari, tovush o‘zgarishlari va so‘zning fonetik me’yori haqida qaydlari e’tirof etilgan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bor inson tanasining bo‘g‘iz qismi, tovush hosil qiluvchi a’zolar anatomiyasi va tovushlarning paydo bo‘lish sabablarini ilmiy dalillar asosida isbotlab berganligi aytilgan. Hozirgi davr til ilmida nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etish darajasiga ko‘ra faol va nofaol turga bo‘linishi izohlangan. O‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy milliy tilimizdagi hamma imkoniyatlardan foydalanib tasvirdagi lingvopoetik asoslarni yuqori darajaga olib chiqqanligi, nutq tovushlarining lingvopoetik vosita sifatida jonli tilga aloqador ekanligini chuqur anglaganligini aytilib, ushbu holat ularni cho‘zish, ikkilantirish, almashtirish va moslashtirish natijasida yuzaga chiqishi dalillar asosida isbotlab berilgan (260 so‘z). Kalit so‘zlar: turkiy tillar, o‘zbek tili, odam anatomiyasi, tovush tizimi, singormanizm, nutq tovushlari, o‘zbek yozuvchisi, Abdulla Qodiriy, lingvopoetik vosita. Turkiylarning buyuk tilshunosi, jahon til ilmida qiyosiy tilshunoslik asoschisi1, turkiy tilning tovush tizimini yaxshi bilgan olim Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy tillarda unlilar tizimi, ulardagi kenglik-torlik, cho‘ziqlik-qisqalik hamda unlilar va undoshlar masalasini batafsil yoritib bergan. Asl turkiy so‘zlardagi tovushlarda torlik, kenglik, qattiqlik, yumshoqlik, ikki undoshning qator kelish holatlari bor2. 1Lafasov U.P. Mаhmud Koshg‘ariy qiyosiy tilshunoslik asoschisi. TDSHU “Uchinchi renessans poydevorini qo‘yishda filologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2024.30.03). 47-55-betlar. 2Кошғарий Маҳмуд. Девону луғатит турк. 3-томлик, 1-том. – Тошкент: “Фан”, 1960. – 10-бет. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 538 Dunyo til ilmida chog‘ishtirma tilshunoslik asoschisi bo‘lgan Alisher Navoiy hazratlari o‘z asarida jahondagi barcha tillarga asos bo‘lgan ilk uch manba tilni quyidagicha ta’riflagan: Turkiy va forsiy hamda hindiy asl tillarning manbaidurki, Nuh payg‘ambar salavotullohi alayhaning uch o‘g‘lig‘akim, Yofas va Som hamda Homga yetishur3. Mazkur izohdan ayon bo‘ladiki, turkiy til Yofas avlodlari (to‘qqiz o‘g‘il), ya’ni turlarning zabonidir. Moziyda uch asos va manba tildan tarqalgan dunyodagi hozirgi tillar davr o‘tishi va oraliq masofaning uzoqligi bois ularning tovush tizimida keskin farqlanib qolgan hamda bir-biridan uzoqlashib ketgan. Turkiy tillar unli va undosh tovushlar miqdori ko‘pligi, ularning talaffuzda bir-birini talab qilishi va o‘zaro uyg‘unlik tizimga egaligi bilan boshqa tillardan farqlanib turadi. Ana shu o‘zgacha, faqat turkiy tillarga xos moslashuv tizimi singormanizm qonuniyati deb nomlanadi. Til ilmida singarmonizm (yunoncha “syp” – “birga”, “harmonia” – “ohangdoshlik”) hodisasi4so‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvini bildiradi. Singarmonizm jarayonida so‘zdagi tovushlar va o‘zakka qo‘shimcha o‘zaro talaffuz jihatdan bir-biri bilan uyg‘unlashadi. Qadimdan turkiy tillarda singarmonizmning ikki turi amalda bo‘lgan: 1) tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraksiya; 2) lab uyg‘unligi yoki labial attraksiya. Tanglay uyg‘unligi so‘zdagi tovushlarning bir-biriga, qo‘shimchalarning o‘zakka hamda qalin-ingichkalikka asoslangan moslashuvidir. Masalan: qag‘anqa//xakanka (xoqonga), ilgarv(oldinga), og‘uzg‘aru(o‘g‘izga), bapig‘ (borish), bilik (bilim)5.Lab uyg‘unligi birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir. Masalan: ishig (ishni), kuchug (kuchni), inim (ukam), svmvz (lashkarimiz)6. Singarmonizm hodisasi turkiy tillar uchun qadimiy, muhim va asosiy qonuniyat hisoblanadi. Ushbu hodisa qadimgi turkiy til va mumtoz o‘zbek tilida faol amal bo‘lganini ko‘rish mumkin. Hozir ham butun turlar tiliga manba bo‘lgan sof o‘kuzbek//o‘zbek,aralash o‘zbek (o‘g‘uz) lahjalarida, hozirgi qozoq va hozirgi turk tillarida singarmonizm qonuniyati to‘liq saqlangan. Sho‘ro hukumatining asosiy maqsadi turkiy tillarni qadimiy ildizidan ajratgan holda parchalash bo‘lgan. Dunyoning qadim yozma manbalaridan bo‘lgan Urxun-Enasoy yodgorliklari7ning g‘arbliklar va ruslarga umuman aloqasi yo‘qligi haqidagi achchiq haqiqatdan g‘azablanish alami ham bor edi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham sof o‘zbek (qipchoq) va aralash (o‘g‘uz) lahjalari ta'sirida unlilarning o‘zaro moslashishi uchraydi. M.: ürmak, o‘rmoq, uchun, unum, butun, uzun8va boshqalar. Ushbu misollarda unli tovushlar qalin-ingichkalik va cho‘ziq-qisqalik qolipiga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh tovushlarning jarangli-jarangli, jarangsiz-jarangsiz, sirg‘aluvchi-sirg‘aluvchi, portlovchi-portlovchi shaklida joylashuv qolipi asosida bir-biriga moslashishi mavjud. 3Навоий Алишер. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 16-жилд. –Тошкент: “Фан”, 2000. –7-бет. 4Ҳожиев Азим. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “Ўз МЭ”, 2002. – 87-бет. 5Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. – Тошкент. “Ўқитувчи”, 1982. – 130-бет. 6Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. – Тошкент. “Ўқитувчи”, 1982. – 11-бет. 7Малов С.Е. Памятники древнетюрской письменности. – Москва-Ленинград, 1951. – Стр. 96 8Фитрат Абдурауф. Танланган асарлар, IV жилд. – Тошкент: “Маънавият”, 2006. – 142-бет. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 539 Nutq tovushlari nutq a’zolari ishtirokida hosil bo‘luvchi eng kichik nutq birligidir. Nutq tovushlari (fonemalar) og‘zaki nutqning eng kichik, bo‘linmaydigan qismi bo‘lib, ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi. M.: ona, opa, ota, og‘a. Fonema (yunoncha “rhonema” – “tovush”) til moddiy tomonining eng kichik birligi, farqlovchi fonologik belgilarning barqaror yig‘indisi9. Fonemalarning uch tomoni bor: 1) talaffuz (fonologik); 2) tebranish (akustik); 3) vazifaviy (ma’no farqlash). Tabiiy (fizik) tovushlar ma’noni o‘zgartira olmaydi, ketma-ket talaffuz qilinadi, lekin biror ma'no ifodalashi mumkin. M.: paq-paq, pir-pir, shir-shir. Nutq a’zolari nutq tovushlari hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi unsurlardir. Al-Forobiy nutq tovushlari, undosh tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni, unli tovushlarning xususiyatlari, tovush o‘zgarishlari va so‘zning fonetik me’yori haqidagi izohlarni bayon qilgan10. Inson tanasining bo‘g‘iz qismida joylashgan nutq a’zolarining ishlash faoliyatini jahonda birinchi bor tibbiyot ilmining ulug‘ olimi Ibn Sino o‘z asarida amaliy jarrohlik natijalariga tayangan holda ilmiy asoslab bergan. Abu Ali ibn Sinoning “Asbob xudut al-huruf” (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”//“Fonetika haqida risola”, 1024) asari11 yozilganidan so‘ng tilshunoslik aniq ilmiy tahlilga asoslangan nazariy fanga aylandi. Ushbu asarda inson tanasining bo‘g‘iz qismi, tovush hosil qiluvchi a’zolar anatomiyasi va tovushlarning paydo bo‘lish sabablari ilmiy dalillar asosida bayon qilingan. Abu Ali ibn Sino mazkur nazariyani asoslash uchun tovush, havoning to‘lqinlanishi, to‘lqinsimon harakat, to‘qnashuv, portlash, to‘lqinsimon harakatning zarralarga bo‘linishi, tovush tonining balandlik, tovush tonining og‘irlik darajasi, sodda tovushlar, murakkab tovushlar, havoni to‘suvchi kichik a’zo (organ), havo to‘suvchi ulug‘ a’zo (organ), to‘silgan havo mo‘lligi, to‘silgan havo ozligi, tovushning paydo bo‘lish o‘rni torligi, tovushning paydo bo‘lish o‘rni kengligi, tovush shaklining do‘lmaloqligi, bo‘g‘iz, qalqonsimon kemirchak, tutash kemirchak, qopqoqsimon kemirchak, paylar va mushaklarning ahamiyatini aniq ko‘rsatib bergan. Tilshunos olim bu bilan inson bilan maymun orasidagi ulkan farqni ilmiy asoslagan. Mazkur ilmiy dalillar esa inson maymundan kelib chiqmaganligini aniq tasdiqlaydi. Hozirgi davr til ilmida nutq tovushlari hosil bo‘lishida ishtirok etish darajasiga ko‘ra nutq a’zolari ikki asosiy turga bo‘linadi: faol nutq a’zolar; nofaol nutq a’zolar12. Nutq a’zolari: nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Bular: o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar, jag‘lar, tanglay va burun bo‘shlig‘i. Ular ikki xil bo‘ladi: 1) faol organlar ishlamasa, biz umuman gapira olmaymiz. Bular: nutq (un) paychalari, yumshoq tanglay, til, pastki jag‘ va lablar; 2) nofaol organlar ishlamasa, biz tovushlarni buzib talaffuz qilamiz. Bular: qattiq tanglay, tish, yuqori jag‘ va burun bo‘shlig‘i. Nutq tovushlari ikki xil bo‘ladi: a) unli fonemalar; b) undosh fonemalar. Mazkur fonemalar lingvopoetik vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 9Ҳожиев Азим. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “ЎзМЭ”, 2002. – 121-бет. 10 Лафасов У.П. Тил назарияси (Тилшунослик). – Тошкент: “ТДШУ”, 2023. – 64-бет. 11 Ибн Сино, Абу Али. Асбоби худут ал хуруф (Фонетика ҳақида рисола). – T.: “Ўзбекистон”, 1979. – 5-бет. 12 Ҳожиев Азим. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “ЎзМЭ”, 2002. – 71-бет. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 540 Turkiy tillar, jumladan o‘zbek tilida unlilarning talaffuzi muhim ahamiyatga ega, bu esa ularning lingvopoetik vosita13 sifatidagi beqiyos o‘rnini belgilab beradi. Har qanday milliy tilning tovush tizimi o‘zgachadir. Ana shu o‘ziga xoslik o‘zbek tiliga ham tegishli bo‘lib, o‘sha xususiyat uning jozibadorligini yanada kuchaytiradi. Xassos adibimiz Abdulla Qodiriy milliy tilimizdagi hamma imkoniyatlardan foydalanib tasvirdagi lingvopoetik asoslarni yuqori darajaga olib chiqqan. So‘zlashuvda unli va undoshlarning talaffuzga aloqador jihatlar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Jonli tildagi bunday muhim nuqtalar yozuvchi tomonidan izlab topilgan va keyinchalik ulardan o‘z asarlarida foydalangan. Bizga ma’lumki, Qodiriy madrasa ta’limini olgan14. Tilimizdagi ohang bilan bog‘liq nozik tovlanishlar ayniqsa, din ahllari nutqida yorqin namoyon bo‘ladi. Adib ana shu sifatlardan kelib chiqqan holda o‘zbek milliy tilining tovushlar bilan aloqador tomonlariga kitobxonning diqqat-e’tiborini qaratgan. Bu esa tasvirning yanada hayotiy15, ishonarli bo‘lishiga zamin hozirlagan. Yozuvchi nutq tovushlari lingvopoetik vosita sifatida jonli til16ga aloqador ekanligini chuqur anglagan. Nutq tovushlarining lingvopoetik vosita ekanligi, ularni cho‘zish,ikkilantirish, almashtirish va moslashtirish natijasida namoyon bo‘ladi Adib tomonidan unli tovushlarni cho‘zish vositasida yuzaga chiqarilgan turli ma’nolar ona tilimizdagi milliy va o‘zbekona jozibani aks ettirgan. M.: 1. Tushunmaslik lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: – A-a-a,–dedi Hasanali va qaytadan qulog‘ini tirqishg‘a olib bordi (24-bet). 2. Anglash lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: Eyxa-a-a, Mutal akang nimalarni qilmadi?! (241-bet) 3. Piching lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: –Haa-a-a-a, menam aytdim... Uy bu yoqda qolib, endi qayoqqa ketapsiz, taqsir? (589-bet). 4. Yaqinlik lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: – Ha-a-a, bizning Hasanali-ku! –dedi, –kel, Hasan ko‘rishaylik, Otabek esonmi? (85-bet). 5. Kinoya lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: –Haa-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizning gumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari? (122-bet). 13 Lafasov U.P. Qodiriy asarlarida folklorga xos lingvopoetik vositalarning aks etishi. International ScientificMethodological Electronic Journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2025, vol. 11, No 1 (60), pp. 202-218. 14 Қодирий Ҳабибулла. Отамдан хотира. – Тошкент: “Янги аср авлоди”, 2005. – 29-бет. 15 Қодирий Ҳабибулла. Отамдан ҳақида. – Тошкент: “Адабиёт ва санъат”, 1983. – 98-бет. 16 Қўчқортоев И., Исабеков. Туркий филологияга кириш. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1984. – 38-бет. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 541 6. Qo‘rquv lablanmagan, quyi-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: – Yemaydi seni! – yeydi, aka, yeydi! Manovi bek akangning ko‘ziga qara...voy-voya(ya)-a-a, qo‘yuvor! (527-bet). 7. Davomiylik lablanmagan, yuqori-tor, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: – Qo‘y desam bo‘lmadi, bir poy kafshimni ikavi huzur qili-i-ib yeb yatipti! (524-bet). 8. Norozilik lablangan, quyi-keng, til orqa unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: ... – booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi, endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim (313-bet). 9. E'tiroz lablanmagan, o‘rta-keng, til oldi unlisini cho‘zish vositasida ifodalangan. M.: Be-e-e, go‘rnimi, taqsir, – dedi Safar bo‘zchi, – u gapni qo‘ying, nafsilamr gap yaxshi (462-bet). 10. Ajablanish lablanmagan, o‘rta-keng, til oldi unlisini cho‘zish orqali namoyon bo‘lgan. M.: – E-ey, Zokir aka, sen chaqirdingma... Ha, nima gap? (524-bet). 11. Ta’kid lablangan, o‘rta-keng, til orqa unlisini cho‘zish orqali aks etgan. M.: Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor?17 12. Zavqlanish lablangan, o‘rta-keng, til orqa unlisini cho‘zish orqali aks etgan. M.: – O‘ho‘, o‘ho‘, sabil, –dedi Rahim pullarni terib. –Xudo bularni ham ko‘b ko‘rdi chog‘i, akun, Qo‘qoning bizga to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz chog‘i, Sharif? (610-bet) Abdulla Qodiriy unli tovushlardan lingvopoetik vosita sifatida foydalanar ekan, ularning nutqdagi qo‘shimcha uslubiy ma’nolariga e’tibor qaratgan. O‘zbek tili dunyo tillaridan undoshlar talaffuzidagi alohida uyg‘unlik va moslashuvchanlik mavjudligi bilan ajralib turadi. Mazkur qoidaga ko‘ra jarangli bilan jarangli, jarangsiz bilan jarangsiz, portlovchi bilan portlovchi, sirg‘aluvchi bilan sirg‘aluvchi bir-birini talab qilishini (sezgir, o‘tkir, chopqir, olg‘ir)18 ilmiy dalillar tasdiqlaydi. Bu holat esa tilimizda undoshlar talaffuzi muhim ahamiyatga ega ekanligini, ular nozik uslubiy qirralarni yuzaga chiqara olishi mumkinligini belgilab beradi. Yozuvchi undosh tovushlarni cho‘zish vositasida turli ma'nolarning yuzaga chiqishi ona tilimizdagi ohoriy joziba ekanligini ko‘rsatib bergan. M.: 1. Siqilish lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz, o‘zlashma undoshni cho‘zish bilan anglatilgan. M.: O‘n besh daqiqalardan so‘ng ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborg‘ach, o‘rnidan turdi19. 17 Қодирий Абдулла. Ўткан кунлар. Меҳробдан чаён. – Тошкент: “Адабиёт ва санъат”, 1994. – 176-бет. 18 Лафасов У.П. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: “ТДШУ”, 2021. – 67-бет. 19 Қодирий Абдулла. Ўткан кунлар. Меҳробдан чаён. – Тошкент: “Адабиёт ва санъат”, 1994. – 188-бет. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 542 2. Qiynalish lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz, o‘zlashma undoshni cho‘zish bilan anglatilgan. M.: Tag‘in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so‘ngra o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lg‘an edi, ichkaridan “ufff” degan ixrash eshitdi (23-bet). 3. Ezilish lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz, o‘zlashma undoshni cho‘zish bilan anglatilgan. M.: Orada bir muncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kimningdir uf-f-f, deb yuborg‘ani eshitildi (237bet). 4. G‘azab chuqur til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, o‘zlashma undoshni cho‘zish orqali ifodalangan. M.: Hozirgi borliq alamini tamakudan oladirg‘andek hudaychi keltirgan chilimga yopishdi-da, shig‘-g‘-g‘ etdirib, sarxonani sindirish darajasiga yetkuzib tortdi (117-bet). 5. Norozilik chuqur til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, o‘zlashma undoshni cho‘zish orqali berilgan. M.: ... Jannat opa qo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sarxonani sindirib yuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida chilimni Sodiqqa uzatib, ... (180-bet). 6. Sarxushlik lab-lab, portlovchi, jarangli, sonor (burun) tovushini cho‘zish vositasida o‘z aksini topgan. M.: – M-m-myenga zarurati bo‘lmasa k-kimga bor?! (206-bet). 7. Mastlik lab-lab, portlovchi, jarangli, sonor (burun) tovushini cho‘zish vositasida berilgan. M.: Qorong‘uda zanjirni timiskilar ekan, “kim?” deb so‘radi va javobig‘a “m-m-m-man” degan sarxush tovushni eshitdi (206-bet). 8. Ta’kid sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, sonor, shovqinli tovushini cho‘zish vositasida o‘z aksini topgan. M.: –M-m-menga zarurati bo‘lmasa k-kimga bor?! (206-bet). 9. Piching lab-lab, portlovchi, jarangli, sonor (burun) tovushini cho‘zish vositasida yuzaga chiqqan. M.: – Himmm, – dedi maxdum, – qishlog‘ingizda oqsoqol yo‘qmi? (509-bet) 10. O‘pkalash til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli undoshni cho‘zish orqali o‘z ifodasini topgan. M.: Ey-y-y, barakalla sizga, Shokirbek, qayog‘larda qolib ketdingiz! (223-bet) 11. Siqilish til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli undoshni cho‘zish orqali berilgan. M.: Rahmat uflab oldi: –Ey-y-y, bek aka, bizning boshqa tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin! (250-bet) 12. Murojaat til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli undoshni cho‘zish orqali izohlangan. M.: Ey-y-y-yy-y-y... – Bozor aro yig‘ilishib gul terganlar! (612-bet). 13. Qo‘rquv lab-lab, sirg‘aluvchi, jarangli undoshni cho‘zish orqali bayon qilingan. M.: Juda tili shishib qolg‘an edi xumsaning – “bov-v – bov-v” deb g‘uldirab javob beradi. (242-bet) 14. Alam lab-lab, portlovchi, jarangli, sonor (burun) tovushini cho‘zish orqali aks etgan. M.: Homiddan besh-olti qadam narida yotqan Sodiqning “hm-m-m” degan tovshi eshitildi. (249250-betlar) 15. Qiynalish til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni cho‘zish bilan ifodalangan. M.: Chumolini og‘ritmag‘an kishiga kim ham adovat qilsin –xrrr…(414-bet). ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 543 16. Ta’kid til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni cho‘zish bilan ifodalangan. M.: Uchavi ham fotihaga yuz siypashkan edilar, yana atrofni gurrr etkan kulgi bosti (526-bet). 17. Tortinish undosh tovushlarni cho‘zish orqali aks ettirilgan. M.: –Bitta ya-ya-ya-rimtadan uch-to‘rt t-t-tanga q-q-qarzlarim bor edi, Homid aka (238-bet). 18. Minnatdorchilik undosh tovushlarni cho‘zish orqali aks ettirilgan. M.: R-rahmat, H-homid aka, siz j-jonni ayamasangiz, m-myen ham yo‘lingizga boshimni tikdim, jamshidning arvoyi! (239-bet). 19. Mulohaza undosh tovushni cho‘zish orqali aks etgan.. M.: –Himmm,–dedi maxdum, – qishlog‘ingizda oqsoqol yo‘qmi? (509-bet). So‘z ustasi undosh tovushlarni ikkilantirish bilan har xil ma'nolarning yuzaga chiqishi ona tilimizning o‘ziga xos milliy usul ekanligini ko‘rsatib bergan. M.: 1. Ishora til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan ko‘rsatilgan. M.: Mendan yashirib yurgan bir sirringiz bor? (26-bet). 2. Noaniqlik til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan ko‘rsatilgan. M.: Dor ostidan qaytish sirri, qo‘lidan kishanlarni olish sababi ularni juda shoshirgan, shuning uchun qushbegining og‘ziga qaragan edilar (100-bet). 3. Aniqlik til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan ko‘rsatilgan. M.: Farishtadek sof holda qolmoqchi bo‘lg‘an Homidning bu hol sirrini ochar, yuzidagi niqobini olishg‘a, raqiblar ila yuzma-yuz kelishka majbur etar edi (94-bet). 4. Joziba undosh tovushni ikkilantirish orqali aks etgan. M.: – Yanglishasan, Ra'no, – dedi Anvar, – men bu gulning qizarish sirrini ham bilaman, buning qizarishig‘a ham sen sabab, sening qip-qizil labing…(432-bet). 5. G‘am til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish orqali ko‘ringan. Yozuvchi bu ifodada xalq dostonlarida uchraydigan saj usulidan foydalangan. M.: Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni zirr etdirib va xasta yuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi (215-bet). 6. Anglash til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor (titroq) tovushni cho‘zish bilan ifodalangan. M.: – O‘zim ham bilib turibman, bu yerda ahmoq bor, deb o‘ylaysanmi? – Xo‘sh? – Xonim20g‘a arzim bor! Yana gurr etkan kulgi bog‘ni tutib ketdi (522-bet). 7. Shodlik til oldi, sirg‘aluvchi, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan anglatilgan. M.: – Xonimg‘a (ayol kishiga) arzim bor! Yana gurr etkan kulgi bog‘ni tutib ketdi. (522-bet). 8. Noilojlik til oldi, sirg‘aluvchi, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan berilgan. M.: Qurolsizlandirilg‘an yasovullar gurr etib turli tomong‘a sochilg‘an xalq ichidan do‘st-dushmanni ajratolmay garangsidilar (625-bet) 20 Бундаги кулгига сабаб “хонимға” сўзидир. Чунки бизда “хоним” деб хотин кишига айтиладир (муал.) ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 544 9. Asabiylashish til oldi, sirg‘aluvchi, sonor (titroq) tovushni ikkilantirish bilan izohlangan. M.: Sultonalining rangi o‘chib, qovoq ostlari pirr-pirr ucha boshlag‘an edi (569-bet). 10. Bezovtalik lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz, o‘zlashma undoshni ikkilantirish bilan anglatilgan. M.: –“Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar... Uff” (24-bet). 11. Norozilik lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz, o‘zlashma undoshni ikkilantirish bilan anglatilgan. M.: Xotin paranjasi bilan ayvonning oldig‘a o‘lturib olg‘ach, “uff” deb chayqaldi va “ancha yo‘l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya?” deb shikoyatlandi (168-bet). 12. Hayajon til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ikkilantirish orqali berilgan. M.: Uchchavi ham yurakni to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar. (260-bet) 13. Xursandlik til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli undoshni ikkilantirish orqali ifodalangan. M.: Usta Alim kelg‘uchining istiqboli uchun o‘rnidan turdi: “Eyy, usta Farfi, keling-keling, bormisiz!” dedi (223-bet) 14. Achinish til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni takrorlash orqali uqtirilgan. M.: Eh, essiz musulmonchiliq, shunchalik ham insofsizlik bo‘ladimi, ... (230-bet) 15. Haqorat til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz, undoshni ikkilantirish orqali namoyon bo‘lgan. M.: Turpoqqa ag‘nadingmi, eshshak! (514-bet) 16. Kuchaytirish til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ikkilantirish orqali ko‘rsatilgan. M.: To‘rttavi, biri orqasidan birga chizilishib, shahsufa yonig‘a bordilar. (525-bet) 17. Alam til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ikkilantirish orqali berilgan. M.: Yarim ochiq irinlari ichidagi oq tishlari bilan tilini g‘archcha tishlagan-da, go‘yo shu turmushda, shu besar xalq ichida tug‘ilg‘ani uchun “attang” o‘quydir (80-bet). 18. Ishora til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ikkilantirish orqali berilgan. M.: Oftob oyim “bachcha-machchadir” deb o‘ylag‘an edi (33-bet). 19. Seskanish til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovushni ikkilantirish bilan ifodalangan. M.: Anvarning vujudi g‘izz etib ketdi: qarshisida boyag‘icha o‘lturgan Ra’noga “tur, jo‘na” degan kabi ishorat qildi, lekin Ra’no qimirlamadi (574-bet). 20. Qasam ma’nosi undosh tovushni ikkilantirish orqali aks etgan. M.: –Bilib turg‘an bo‘lsangiz, –dedi Sultonali o‘pkalik qiyofada, –nega mendan shubhalanasiz? –Yo‘q, yo‘q, uka, men xudoy haqqi... (550-bet). 21. Ma’qullash undosh tovushni ikkilantirish orqali aks etgan.. M.: Sen bilan men bo‘lsaq qattig‘ nonni ham yeya beramiz: jazzasi (jazosi) choyg‘a bo‘ktirish-da (457-bet). 22. Ta’kid undosh tovushni ikkilantirish orqali aks etgan.. M.: –Zarari yo‘q, toza ivibsiz, Safar aka. Asli bu kun ham chakki ovora bo‘lgansiz. –Jazzasi choponni solib tashlash-da, mirzam, – dedi Safar choponini yeshib (603-bet). ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 545 23. Izoh undosh tovushni ikkilantirish orqali aks etgan. M.: – Habba! – dedi maxdum, – endi nima qoldi; orada go‘daklik xavfidan boshqa hyech gap yo‘q (414-bet). 24. Noxushlik til oldi, portlovchi, jarangli, qorishiq undoshni undoshni ikkilantirish bilan ifodalagan. M.: Och qoringa tushkan o‘tkir may vij-j etdirib me'dani qaynatdi-da, tomoq ostini lovullatmoqqa oldi (190-bet). 25. Ishonch chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undoshni ikkilantirish bilan ifodalagan. M.: Kishi avvalo moxxov yoki pes bo‘lmasin: bo‘ldimi, betdan bo‘lmasa – yelkadan, qo‘ldan suv ochmasa – oyoqdan, har holda oqaberadir (441-bet). 26. Norozilik lab-lab, portlovchi, jarangli, burun undoshni ikkilantirish bilan ifodalagan. M.: Kamonchasiga o‘q qadab yotqan Mahmud o‘rta eshikda turg‘an opasig‘a qaradi. –Hmm?–Beri kel (577-bet). 27. Ont ichish chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shoqinli undoshni ikkilantirish bilan ifodalagan. M.: – Yo‘q, yo‘q, uka, men xudoy haqqi... – Bo‘lmasa, nega mulla Abdurahmon to‘g‘risidag‘i savolimga tuzuk javob bermaysiz? (550-bet). Adib undosh tovushlarni almashtirish va moslashtirish orqali ham turli ma’nolarni ifodalash tilimizning noyob jihati ekanligini aniqlagan. M.: 1. Hayronlik undosh tovushni almashtirish21 orqali aks etgan. M.: –Dadam yima (nima) qilardi? –deb so‘radi turg‘an joyidan (403-bet). 2. Yaqinlik undosh tovushni almashtirish orqali aks etgan. M.: –Ra'napa, Ra'napa! –deb Mansur yig‘i aralash o‘zidan chopib o‘tmakchi bo‘lg‘an Mahmudning ustidan Ra'no opasig‘a arz qildi (402-bet). 3. Jig‘iga tegish undosh tovushni almashtirish orqali aks etgan. M.: –Bildim, bildim: mullataning xotini, mullataning xotini! –dedi Mahmud va ichkariga qarab qochti (403-bet). 4. Azoblanish undosh tovushni moslashtirish orqali aks etgan. M.: – Yo‘l bo‘lsin? – Ketyappan. – Xayr, kechiringiz22. 5. Ta’kid undosh tovushni moslashtirish orqali aks etgan. M.: – Men buni bilib turippan, taqsir. – Bilib turg‘an bo‘lsangiz, – dedi Sultonali o‘pkalik qiyofatda, – nega mendan shubhalanasiz? (550-bet). 6. Qistash undosh tovushni moslashtirish orqali aks etgan. M.: Anvar piyolaga choy quyib, Ra'noga uzatti: – Ma, Ra'no, ich. Ra'no ichmayman degandek, bosh chayqadi (572-bet). Abdulla Qodiriy o‘z tasvir uslubida undoshlardan lingvopoetik vosita sifatida o‘rinli foydalangan holda turli uslubiy ma’nolarni yuzaga chiqara olgan. 21 Маҳмудов Қозоқбой. Ўзбек тилининг тариий фонетикаси. Тошкент: – “Ижод”. 2006. – 69-бет. 22 Қодирий Абдулла. Ўткан кунлар. Меҳробдан чаён. – Тошкент: “Адабиёт ва санъат”, 1994. – 620-бет.