PUSHTANI OLISH BILAN BIR VAQTDA SABZI URUG'LARINI EKADIGAN KOMBINASIYALASHGAN MASHINANI URUG' AJRATGICH DISKINING PARAMETRLARINI ANIQLASH
Abstract
Maqolada sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaning urug‘ ajratuvchi ishchi qismining, urug‘ ajratuvchi diskning paramerlari va ish rejimlarini tajribaviy tadqiq etish bo‘yicha o’tkazilgan tajriba natijalari asosida olingan parametrlar keltirilgan bo‘lib. Parametrlarni olishda maxsus GOST lardan foydalanilgan holda tajribalar o‘tkazildi. Tajribani o’tkazishda 3 turdagi sabzi navlarini urug‘larida o‘tkazildi.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 UDK 631.33.1 PUSHTANI OLISH BILAN BIR VAQTDA SABZI URUG'LARINI EKADIGAN KOMBINASIYALASHGAN MASHINANI URUG‘ AJRATGICH DISKINING PARAMETRLARINI ANIQLASH Babojanov Atabek Berdiboy o‘g‘li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Jo‘rayev Asliddin Nasriddin o‘g‘li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Fayzulloyev Muxriddin Nasriddin o'g'li Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq va suv xo‘jaligi texnikatexnologiyalari” kafedrasi assistenti. [email protected] Djumaboyeva Shohista Baxtiyor qizi Buxoro davlat texnika universiteti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi magistr talabasi [email protected] Annotatsiya; Maqolada sabzi urug‘ini ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaning urug‘ ajratuvchi ishchi qismining, urug‘ ajratuvchi diskning paramerlari va ish rejimlarini tajribaviy tadqiq etish bo‘yicha o’tkazilgan tajriba natijalari asosida olingan parametrlar keltirilgan bo‘lib. Parametrlarni olishda maxsus GOST lardan
newjournal.org zenodo.org 2 foydalanilgan holda tajribalar o‘tkazildi. Tajribani o’tkazishda 3 turdagi sabzi navlarini urug‘larida o‘tkazildi. Kalit so‘zlar; Qurilma, nazariy tadqiaotlar, sabzavot, ekinlar, sabzi urug‘i, shikastlanishi, ajratgich, ishchi qisimlari, tadqiqotlar. Kirish. Butun dunyoda shu jumladan respublikamizda sabzi urug’lari pushtaga ekib kelinmoqda, urug’larni pushtaga ekish orqali o’simlikni o’sib rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar yaratiladi va buning hisobiga o’simlikdan yuqori hosildorlikka erishish mumkin. Maqolada sabzi urug‘larini ekadigan qurilmaning urug‘ ajratuvchi qismi tahlil qilingan bo’lib, qurilmaning parametrlari tajriba yo‘li bilan aniqlangan bo‘lib bunda qurilmaning parametlarining qiymatlari sabzi urug‘larini ekish jarayonida sabzi urug‘lariga kam shikast yetkazishi inobatga olingan bo’lb, bu esa sabzi urug‘larining unib chiqish darajasiga tasir qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda sabzi urug’larini erta bahorda asosiy ekin sifatida, bug‘doy dalarida takroroiy ekin sifatida ekib kelinmoqda. Ekish diskining asosiy konstruktiv parametrlari va ish rejimi quyidagilar (3.1-rasm). 3.1-rasm. Urug‘ ajratgich diskining konstruktiv parametrlari Da.d. – urug‘ ajratgich disk diametri; dd – diskning urug‘ ajratgich teshiklari markazlari bo‘yicha diametri;
newjournal.org zenodo.org 3 dt –urug‘ ajratgich diski teshigining diametri; Zt – urug‘ ajratgich diski teshiklar soni; Mt – disk teshiklarining qadami; na.d – urug‘ ajratgich diskining aylanishlar soni; by – urug‘ ajratgich diskdagi yo‘lakcha eni. Urug‘ ajratgich diski uyachasining diametrini aniqlash uchun oldingi bajarilgan tadqiqotlar natijalariga tayanib, urug‘lar o‘lchamining o‘rtacha qiymatiga bog‘langan quyidagi ifodadan foydalanamiz. L-urug‘ ajratgich diski uyachasining uzunligi, h-diskning qalinligi. max 1,L b k (3.1) max 2,h a k (3.2) bunda bmax – urug‘ning maksimal eni, m; amax– urug‘ning maksimal qalinligi, m; k1–teshik devori bilan urug‘ orasida qoladigan tirqish, m; k2–teshikda yotgan urug‘ bilan diskning ustki tekisligi orasidagi tirqish, m. Bizning tadqiqotimizda bmax=2,9 mm, amax=1,3 mm shu bilan birga k1=0,3 mm, k2=0,7 mm hisoblashlar asosida L≥3,2 mm va h≥2 mm. Urug‘ ajratuvchi teshik aylana bo‘lganligini inobatga olinsa L≥dt, ya’ni urug‘ ajratgich diski teshigining diametri dt=3,0 mm deb qabul qilamiz. Diskning urug‘ ajratgich teshiklari markazlari bo‘yicha diametri dd ni konstruktiv nuqtai-nazardan kelib chiqib hamda 1-bobdagi va adabiyotlardagi ma’lumotlarga tayangan holda qabul qilamiz. Sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalka uchun dd =170 mm =0,17 m deb qabul qilamiz. Urug‘ning maksimal o‘lchamini quydagi ifodadan aniqlaymiz.
newjournal.org zenodo.org 4 '3, max o r ll (3.3) bunda lo‘r – urug‘lar uzunligining o‘rtacha qiymati, m; σ - urug‘lar uzunliklarining o‘rtacha kvadratik chetlanishi. Hisoblashlar natijasida lmax=4,1 mm ekanligi aniqlandi. Urug‘ ajratgich diskidagi yo‘lakcha eni by ni quyidagicha aniqlanadi .< t y t max d b d l (3.4) Yoki (3.7) ifodani hisobga olgan holda (3.9) ifodani quydagicha yozishimiz mumkin: 3. y t o r b d l (3.5) Demak, sabzi urug‘larini ekish uchun ajratgich diskidagi yo‘lakcha eni by˂7,1 mm bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqib by=5 mm deb qabul qilamiz Disk teshiklarining qadamini aniqlashda urug‘ qalinligi h bo‘lgan diskdan erkin tushishini etiborga olinsa, urug‘ning diskdan o‘tish vaqti quyidagicha 2. h tg (3.6) Urug‘ uyacha tubiga tushish uchun ketgan t vaqt mobaynida uyacha bilan urug‘ birgalikda harakatlanadigan masofa uzunligi Mt quyidagicha aniqlanadi. 2, d t itr MT (3.7) bunda T – tayanch-yuritma g‘ildirakning aylansh davri, s; rd - diskning urug‘ ajratgich teshiklari markazlari bo‘yicha radiusi, m; i – tayanch-yuritma g‘ildirakdan ekish diskiga harakat uzatishlar nisbati. Nazariy hisoblashlarga asosan rd=dd/2=170/2=85 mm, i=1,5, T=0,5 s, t=0,02 s, Mt=32 mm, ga teng bo‘ldi.
newjournal.org zenodo.org 5 Urug‘ ajratgich diskining aylanishlar soni seyalkaning dalada harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional ravishda bog‘langan. Odatda seyalkaning ekish diski aylanma harakatni tayanch-yuritma g‘ildirakdan uzatmalar mexanizmi orqali oladi. Shuning uchun quyidagi ifodani yozishimiz mumkin: . 1 a ad Vi nD , (3.8) bunda Va – agregatning harakatlanish tezligi, m/s; D1 – tayanch-yuritma g‘ildirakning diametri, m; Ikkinchi tomondan, diskning aylanishlar sonini ajratgich teshiklar markazlari bo‘yicha aylanma tezlik orqali ifodalashimiz mumkin. .а ad d U nd . (3.9) Diskning miqdorlovchi teshiklari markazlari bo‘yicha aylanma tezligini (3.12) va (3.13) ifodalarni o‘zaro tenglashtirib topish mumkin: 1 d аa d U V i D (3.10) Urug‘ ajratgich diskining burchak tezligi ωd ni quyidagi ifodadan topish mumkin: 2. d а d d U (3.11) Seyalkaning tezligini Va =1,5 m/s, ajratgich teshiklar joylashgan aylana diametrini dd=170 mm, teshiklar qadamini Mt=32 mm va tayanch-yuritma g‘ildirakning diametri D1=353 mm va diskning ajratgich teshiklari markazlarining tezligi Ua=1,08 ayl/s, diskning burchak tezligi ωd=12,7 rad/s deb qabul qilsak, (3,12) ifodaga asosan diskning aylanishlar soni na.d.=2,01 s-1=120,6 min-1 ga teng bo‘ladi.
newjournal.org zenodo.org 6 Urug‘ ajratgich diskidagi teshiklar soni aylananing uzunligini teshiklar qadamiga bo‘lish va kam tomonga yaxlitlash yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni (3.11) ifodani e’tiborga olsak, , t t d d ZM (3.12) bunda bizga ma’lum qiymatlardan foydalanib, ekish diskidagi teshiklar soni Zt ≥ 16 dona bo‘lishi kerakligini aniqlaymiz. Urug‘ ajratgich diski diametrini aniqlashda uning miqdorlovchi teshiklardan diskning chetigacha bo‘lgan masofa disk teshiklarining qadamiga teng bo‘lishi kerak, degan fikirga asoslanamiz. disk teshiklarining qadami m va diskning to‘liq diametrini aniqlash ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: ,.a d d t D d M . (3.13) Sabzi urug‘larini pushtaga ko‘p qatorlab ekadigan seyalkaning urug‘ ajratgich disk diametri Da.d.=200 mm deb qabul qilamiz. Xulosa; O‘tkazilgan tajribalarda sabzi urug’larining kam shikastlanishi qurilmaning ajratuvchi diskning diametri 200 mm bo’lganda erishildi. Adabiyotlar ro‘yxati. 1. Бабич С.В. Усовершенствование методики оценки всхожести семян овощных культур / Диссертация кандидата сельскохозяйственных наук. - Москва, 2009. - 120 с. 2. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxoʻjayev O. Sabzavotchilik. – Toshkent: 2009. – B. 256-298. 3. Xakimov R., Xakimov A., Toshmuxammedov A. Sabzavot va poliz ekinlari urugʻchiligi. – Toshkent: 2003. – B.50-126. 4. Попов А.А.. Технологии и технические средства производства столовой моркови и свеклы на Северо-Западе Российской Федерации / А.А. Попов, А.М. Валге// Рос. акад. с.-х. наук, Гос. науч. учреждение Сев.-Зап.
newjournal.org zenodo.org 7 науч.-исслед. ин-т механизации и электрификации сел. хоз-ва (ГНУ СЗНИИМЭСХ). – СанктПетербург: [СЗНИИМЭСХ], 2007. – 216 с. 5. Тараканов Г.И. Овощеводство: учебник для ВУЗов / Тараканов Г.И., Мухин В.Д., Шуин К.А.; под. ред. Г.И. Тараканова и В.Д. Мухина. - 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Колос, 2003. – 427 с. 6. Сабзи уруғини экиш машинасининг кoнструктив схемасини яратиш / КД Астанақулов, АБЎ Бабажанов, КОЎ Имомов Academic research in educational sciences 3 (3), 74-79 7. Physical-Mechanical Properties of Soil and Carrot Seed / B Atabek, D Shohista, X Ramazonbek. / Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education. 8. Development of a seeder design for precise sowing of carrot seeds on a ridge / AB Babojanov, AK Dulliev, AR Turdibekov IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 1076 (1), 012071. 9. Development of a pneumatic drum-type seeding apparatus for two-row seeding soybean and mung bean / KD Astanakulov, KA Baimakhanov, GB Alpamyssova, AB Babojanov. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 839 (5), 052062.