TIBBIY TURIZM GEOGRAFIYASI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MINTAQAVIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Full text
333 TIBBIY TURIZM GEOGRAFIYASI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MINTAQAVIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Abatova A.U., Ramanbergenov O'. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17400813 Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiy turizm geografiyasining nazariy asoslari, rivojlanish omillari va mintaqaviy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tibbiy turizmning zamonaviy shakllari - davolash, sanatoriya-kurort, reabilitatsiya va profilaktika yo‘nalishlari misolida uning geografik jihatdan joylashuvi va rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Dunyo miqyosida tibbiy turizm markazlari (Hindiston, Turkiya, Tailand, Germaniya, Shveysariya) hamda ularning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, Respublikamiz tabiiy-geografik sharoitlari, shifobaxsh manbalari va ekologik resurslari asosida tibbiy turizmni rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola tibbiy turizmni milliy iqtisodiyotning istiqbolli tarmog‘i sifatida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: tibbiy turizm, sog‘lomlashtirish, sanatoriya-kurort, tabiiy resurslar, reabilitatsiya. Abstract:This article provides a scientific analysis of the theoretical foundations, development factors, and regional characteristics of medical tourism geography. Using the example of modern forms of medical tourism - therapeutic, sanatorium-resort, rehabilitation, and preventive - its geographical location and development trends are highlighted. On a global scale, medical tourism centers (India, Turkey, Thailand, Germany, Switzerland) and their economic efficiency have been studied. The prospects for developing medical tourism based on the natural and geographical conditions, therapeutic sources, and ecological resources of and the Republic are also shown. The article also contains scientific and practical recommendations for the development of medical tourism as a promising sector of the national economy. Keywords: medical tourism, geography, health improvement, sanatorium, natural resources, rehabilitation. So‘nggi yillarda global turizmning muhim tarmoqlaridan biri sifatida tibbiy turizm (medical tourism) tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 30 milliondan ortiq insonlar tibbiy xizmat olish maqsadida boshqa davlatlarga safar qilmoqda. Bunday turizm turi nafaqat sog‘lomlashtirish, balki iqtisodiy foyda, madaniyatlararo almashinuv va xalqaro hamkorlikni ham rivojlantirmoqda. Tibbiy turizm geografiyasi – bu tibbiy xizmatlar, sog‘lomlashtirish maskanlari, mineral suvlar, sanatoriyalar va iqlimiy kurortlarning joylashuvi, tabiiy va iqtisodiy omillarini o‘rganuvchi yo‘nalishdir. Ushbu maqolada tibbiy turizmning geografik xususiyatlari, mintaqaviy tafovutlari hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tibbiy turizm tushunchasi va mohiyati Tibbiy turizm - bu insonlarning sog‘lig‘ini tiklash yoki yaxshilash maqsadida boshqa hudud yoki
334 davlatga sayohat qilishi jarayonidir. U sog‘lomlashtirish, davolash, reabilitatsiya yoki profilaktika xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Tibbiy turizm quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi: -Davolash turizmi – operatsiyalar, stomatologiya, kosmetik jarrohlik, kardiologiya kabi xizmatlar.Sanator-kurort turizmi – mineral suvlar, balneologiya, loy bilan davolash. -Reabilitatsiya turizmi – jarrohlikdan keyingi sog‘lomlashtirish, fizioterapiya. -Profilaktik turizm – sog‘lom turmush tarzini saqlash, stressni kamaytirish maqsadidagi sayohatlar. Tibbiy turizmning shakllari va yo‘nalishlari. Tibbiy turizm shakllari hududiy va ijtimoiy jihatdan farqlanadi: 1. Ichki tibbiy turizm – fuqarolarning o‘z mamlakati ichida boshqa mintaqaga sog‘lomlashtirish maqsadida borishi. 2. Xalqaro tibbiy turizm – xorijiy davlatga tibbiy xizmat uchun sayohat qilish. 3. Eko-sog‘lomlashtirish turizmi – tabiiy muhitda, iqlimiy sharoitlar asosida tiklanish (masalan, tog‘, dengiz, cho‘l iqlimi). Eng mashhur tibbiy yo‘nalishlar: Hindiston – arzon va sifatli jarrohlik xizmatlari; Turkiya – kosmetik va stomatologik xizmatlar; Tailand – reabilitatsiya va spa markazlari; Germaniya va Shveysariya – yuqori texnologik tibbiyot markazlari; O‘zbekiston – senator - kurort va tabiiy sog‘lomlashtirish maskanlari. Tibbiy turizmning geografik omillari, Tibbiy turizm rivojlanishida quyidagi geografik omillar muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Tabiiy omillar: Mineral suvlar, termal manbalar, shifobaxsh loylar. Iqlim sharoitlari (masalan, tog‘ yoki dengiz iqlimi). Ekologik tozaligi va havo sifati. 2. Iqtisodiy omillar: Tibbiy xizmat narxlari, transport infratuzilmasi. Xalqaro investitsiyalar va davlat dasturlari. 3. Ijtimoiy omillar: Aholi sog‘liq madaniyati, xizmat sifati. Malakali mutaxassislar mavjudligi. Dunyo mamlakatlarida tibbiy turizm markazlari Bugungi kunda dunyoning bir qancha mamlakatlari tibbiy turizm bo‘yicha yetakchi hisoblanadi: Bu mamlakatlarda turizm va tibbiyot o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyotning yangi tarmog‘ini shakllantirmoqda. Xulosa. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy turizmning rivojlanish istiqbollari. O‘zbekiston tabiiy sharoitlari va resurslari jihatidan tibbiy
335 turizm uchun katta imkoniyatlarga ega. Xususan: Chimyon, Zomin, Chorvoq, Termiz – tog‘li sog‘lomlashtirish maskanlari. Buxoro, Xiva – sanator-kurort va iqlimiy turizm markazlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Chimboy, Moynaq, Shumanay hududlarida joylashgan tabiiy shifobaxsh loylar, tuzli ko‘llar va issiq manbalar tibbiy turizm uchun istiqbolli zonalardir. Qoraqalpog‘istonda tibbiy turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari: -Orolbo‘yi ekologik-reabilitatsion markazlarini yaratish. -tibbiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish (sanatoriya markazlar). -Xorijiy investorlar jalb etish va xalqaro marketing. -Mahalliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish. O‘zbekiston, ayniqsa Qoraqalpog‘iston hududi o‘zining tabiiy resurslari va geografik joylashuvi bilan bu sohada katta salohiyatga ega. Shu bois, davlat siyosati darajasida tibbiy turizmni qo‘llab-quvvatlash va uni turizm geografiyasi bilan uyg‘un rivojlantirish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlari, 2024-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hisobotlari, 2023–2024 3. “Medical Tourism Association” (MTA), Global Report 2024. 4. Mirzayev A. “Turizm geografiyasi” – Toshkent, 2022. 5. Qodirov S. “Sog‘lomlashtirish va tibbiy turizm asoslari” – Samarqand, 2021.