scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SIRDARYO VILOYATI SAYXUNOBOD TUMANIDA REKREATSIYA VA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Baratova D.N.

Full text

347 SIRDARYO VILOYATI SAYXUNOBOD TUMANIDA REKREATSIYA VA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Baratova D.N. Guliston davlat universiteti, tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17400852 Annotatsiya: Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi rekreatsiyaturizm salohiyati, uning rivojlanish yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tahlil qilingan. Maqolada statistik ma’lumotlar, davlat dasturlari, investitsion loyihalar va mahalliy resurslarga asoslangan holda rekreatsiya-turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Rekreatsiya, turizm, ekoturizm, agroekoturizm, turistik xaritalar, GAT, transport logistikasi. Annotation: This article analyzes the recreational and tourism potential of the Saykhunabad district of the Syrdarya region, its development directions, existing opportunities, and proposed solutions. The article presents proposals for the development of recreation and tourism based on statistical data, state programs, investment projects, and local resources. Keywords: Recreation, Tourism, Ecotourism, Agro-ecotourism, Tourist maps, GIS (Geographic Information System), Transport logistics. Mamlakatimizda rekreatsiya va turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida qaralmoqda va uni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “2019-2025yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish” nomli PF-5611sonli Farmonining Konsepsiyasida (1-ilova) “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan” 1 ligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. So‘nggi yillarda Sirdaryo viloyatida ham ichki va tashqi turizm oqimlarini ko‘paytirish, yangi rekreatsion-turistik yo‘nalishlar yaratish va madaniy meros 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019-йил 5-январдаги “2019-2025-йилларда Ўзбекистон Республикасида туризм соҳасини ривожлантириш” номли ПФ-5611-сонли Фармони. 348 ob’ektlarini saqlab qolish bo‘yicha qator davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Viloyatning Sayxunobod tumani ham bu jarayonda o‘zining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish salohiyatiga qaramay, yetarlicha o‘rganilmagan va rivojlantirilmagan hududlardan biri sanaladi. Mazkur maqola Sayxunobod tumanidagi mavjud tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy resurslarini tahlil qilish orqali, hududda rekreatsiyaturizmni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Sayxunobod tumani Sirdaryo viloyatining markaziy qismida joylashgan. U 1970-yilda tashkil topgan bo‘lib, maydoni 45,2 km² , aholisi 78 500 kishini tashkil etadi. Tumanda 4 ta shaharcha (Sayxun, Sho‘ro‘zak, Sohil, Paxtakor) va 7 ta qishloq fuqarolar yig‘ini mavjud. Tuman geografik jihatdan Sirdaryo daryosi orqali Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lib, bu esa mintaqaviy rekreatsiya-turizm klasterlarini shakllantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Sayxunobod tumani hududi Sirdaryo daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, ekologik va agroturizmni rivojlantirish uchun qulay, tumanning ushbu qismlarida daryo bo‘ylab baliq ovlash, piknik zonalari tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashgan dalalarni sayyohlik yo‘nalishlariga aylantirish imkoniyati mavjud. Sirdaryo daryosi bo‘yida rekreatsiya-turizmni rivojlantirishdan maqsad Sirdaryo viloyatining rekreatsion-turistik salohiyatini rivojlantirish, hududlar iqtisodiyotida turizmning o‘rni va hissasini oshirish, rekreatsion-turistik xizmatlarni shakllantirish va sifatini yaxshilash, rekreatsiya-turizm infratuzilmasi va transport logistikasini yanada takomillashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, yangi rekreatsiya-turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, aholining dam olishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash muhim hisoblanadi.[3] Sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini ta’minlash maqsadida milliy urf-odat va an’analar, to‘y-marosimlar, ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etish hamda tabiatga sayohatlar uyushtirish rejalashtirishtirish imkoniyati mavjud.[1] Shu bilan birga, hududning turizm salohiyati va boy tabiiy resurslarini inobatga olgan holda, joylashtirish vositalari, sanatoriylar va dam olish maskanlari yetarli darajada rivojlantirilmagan, sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining pastligi va sonining chegaralangani sababli rekreatsion-turistik imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmay kelinmoqda. Sirdaryo viloyatining mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanishga erishish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va faol targ‘ib qilish orqali hududda 349 ushbu sohani rivojlantirish uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qila oladigan xalqaro darajadagi raqobatbardosh turizm va dam olish majmualari yaratishga imkoniyatlar yetarlicha, shunda turizm sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda aholi bandligi va farovonligi yanada oshiriladi.[2] Tuman hududidagi daryo bo‘yida 10,9 gektar hududda ekoturistik ob’ektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, mehmonxonalar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari hududda avtoturargoh, savdo hududlari, kempinglar majmuasi, o‘tov lagerlari, sendvich panel va boshqa turdagi yengil konstruksiyalarni joylashtirish vositalari barpo etilishi kerak. Bugungi kunda turizm infratuzilmasining holati, viloyatda 2024-yil holatiga ko‘ra, 51 ta mehmonxona, xostel va oilaviy mehmon uylari mavjud bo‘lib, yil davomida 74 000 mahalliy sayyohlar sayohat qilgan, 3500 kishi xorijga yuborilgan, 26 ta turoperator faoliyat yuritmoqda . Bu borada Sayxunobod tumanida ko‘rsatkichlar ancha past, hududda boryo‘g‘i 2 ta kichik mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Infratuzilmaning zaifligi sayyohlarni uzoq muddatga jalb qilish imkonini cheklaydi. Shu sababli quyidagi tavsiyalar bu muammolarni bartaraf etishi nazarda tutiladi: - daryobo‘yi hududida zamonaviy mehmonxonalar, jumladan, uymehmonxonalar, ijara uylar, butik-mehmonxonalar, kemping, glemping va boshqalarni o‘z ichiga olgan joylashtirish vositalari majmuasini yaratish; -Plyaj va sport turizmini rivojlantirish, tibbiy, shuningdek, ekstremal (paraplanlar va deltaplanlar) turizm bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli rekreatsiya-turizm infratuzilma obyektlarini yaratish: - suvda dam olish xizmatlari (suv chang‘isi, akvaskiper, FlyBoard va boshqa) hamda madaniy-ko‘ngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, ko‘ngilochar markazlar va b.) faoliyatini tashkil etish; - daryobo‘yi hududida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini, Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi statsionar va uyali aloqa faoliyatini ta’minlash, turistik infratuzilma obyektlarida, shu jumladan, mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda bank kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish uchun tadbirkorlik subyektlarini to‘lov terminallari bilan to‘liq ta’minlash hamda zaruriyatga ko‘ra, bank xizmatlariga talabdan kelib chiqqan holda bankomatlarni o‘rnatish; - daryobo‘yi hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress-holl, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, 350 turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan axborot markazlarini (“Visitor center”) tashkil qilish; - sport-sog‘lomlashtirish hamda boshqa rekreatsion-turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini yanada ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.[4] Bundan tashqari bugungi kunda investitsiya loyihalariga e’tibor qaratilgan holda 2024-2025 yillarda Sirdaryo viloyatida qiymati 207,8 mlrd so‘mlik 17 ta turizm loyihasi rejalashtirilgan. Jumladan, “Ravon Arena” MChJ tomonidan Sirdaryo tumanida 14 mlrd so‘mlik rekreatsion markaz qurilmoqda. Bu kabi yondashuvlar Sayxunobod tumaniga ham tatbiq qilinsa, infratuzilmaviy rivojlanish yanada jadallashadi. Tumanda rekratsiya-turizm salohiyatining rivoji nazariy jihatdan quyidagilar asosida amalga oshirilishi lozim: Hududiy differensiallashuv: Tanlangan har bir hududning o‘ziga xos resurslariga asoslangan rekreatsion-turizm turi (ekoturizm, agroekoturizm, qishloq turizmi); Mahalliy ishtirok: Rekreatsion-turizmda mahalliy aholini faol jalb etish va ularni xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish; GAT texnologiyalari: Tabiiy va madaniy obyektlarning xaritasini yaratish va marshrutlarni optimallashtirish. Sayxunobod tumanida turizmni rivojlantirish uchun quyidagi takliflar ilgari suriladi: 1. Agroturizm klasterlari tashkil etish – fermer xo‘jaliklari asosida “mehmonferma” modelini yaratish; 2. GAT asosidagi turistik xaritalarni yaratish – mintaqaning tabiiy, madaniy va iqtisodiy resurslarini interaktiv xaritaga tushirish; 3. Tumanda davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilmalar qurish – mehmonxonalar, kemping zonalari, transport xizmatlarini rivojlantirish; 4. Sayyohlar uchun ko‘rgazmalar va yarmarkalar o‘tkazish – mahalliy mahsulotlar, milliy taomlar va hunarmandchilik namoyishlari. Iqtisodiy o‘sish: Turistlar oqimining oshishi natijasida savdo, ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi iqtisodiy daromadlar ko‘rayadi, tadbirkorlik orqali qo‘shimcha soliq tushumlari orqali davlat byudjetiga hissa qo‘shadi, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik kuchayib, sarmoyalar jalb qilinadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratish: Savdo, umumiy ovqatlanish, transport, ko‘ngilochar tadbirlar va turizm sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yoshlar uchun ko‘ngilochar va madaniy obyektlarda ishlash imkoniyatlari yaratiladi. Qisqa 351 muddatli kasbiy tayyorgarlik kurslari orqali aholining mehnatga layoqatli qatlamini mehnat bozoriga jalb etish osonlashadi. Turistik oqimni oshirish: O‘zbekistonning turistik jozibadorligi oshadi. Turistik obyektlar va tadbirlarning ko‘payishi mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qiladi. Tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonining yillik o‘sishi tufayli ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari eksporti hajmining o‘sishiga olib keladi. Sirdaryo viloyatiga 2024-yilda 500 000 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa,natijada ushbu ko‘rsatkich 2026-yilda 620 000 nafarga yetishi kutilmoqda. Umumiy xulosa sifatida, yuqoridagi tavsiyaviy masalalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat olib borish, umumiy muvofiqlashtiruv, tezkor ko‘rib chiqish va viloyatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha muammoli masalalarni hal etish rekreatsion-turizmni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshirio‘ lozim bo‘ladi. Rekreatsion-turizmni izchil rivojlantirish orqali Sayxunobod tumani nafaqat viloyat, balki butun respublika miqyosida diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlardan biriga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Baratov P., Alimkulov N.R., Mamatqulov M. O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston tabiiy geografiyasi). Darslik. T.: Bookmany print. 2025. 2. Nig‘matov A.N, Tobirov O.Q Geografik turizm va uni baholahsda geografik axbarot texnologiyalari (Farg‘ona viloyati misolida), Monografiya. T.: 2023. 3. Nig‘matov A.N., Yuldashov A., Qarshiboyeva L., Tobirov O. Turizm va uni Sirdaryo viloyatida rivojlantirishning geografik jihatlari. Monografiya. Guliston. Navro‘z. 2021. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “2019 - 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish” PF-5611-sonli Farmoniga 1-ilova Konsepsiya.