scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FIZIK MODELLAR

Satullaev N.J.; Rametullayev A.A.; Inaev Q.J; Zaliev E.D.

Full text

393 FIZIK MODELLAR Satullaev N.J., Rametullayev A.A., Inaev Q.J., Zaliev E.D. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401065 Annotatsiya: Fizika fanida bizni o‘rab turgan tabiatdagi hodisalarni tushunish, tasvirlash va bashorat qilish uchun modellardan foydalaniladi. Fizik model — bu real hodisani soddalashtirib, uning muhim jihatlarini ajratib ko‘rsatishga yordam beradigan nazariy yoki matematik ifodadir. Kalit so‘zlari: Model, mexanizm, suyuq, jarayon,gaz, neft. Abstract: In physics, models are used to understand, describe, and predict phenomena in the nature that surrounds us. A physical model is a theoretical or mathematical expression that helps to simplify a real phenomenon and highlight its important aspects. Key words: Model,mechanism, liquid, process,gas, oil. Neft va gaz konlari ishini loyihalash va ishlatish bosqichlarida ko’pdan ko'p murakkab masalalarni yechishga togri keladi. Yechilishi kerak bolgan masalalarning aksariyati qatlam ichida quduq tubi va uning ichida, shuningdek yig’ish shoxobchalari neft va gazni tayyorlash qurilmalari ichidagi jarayonlarga bog’liq ya’ni boshqacha qilib aytganda bolib otayotgan jarayonlarni ko’zimiz bilan ko'rib qolimiz bilan ushlab ko’ra olmaymiz, jarayonlar yopiq tarmoqlarda bo'lib o ’tadi. Demak, bunday masalalarni yechish uchun oddiy usullar to'g'ri kelmaydi. Yuqorida aytib o'tilgan jarayonlarni to’g’ri tahlil qilish, bu jarayonlarning yo'nalishi va keyingi taraqqiyoti qay yo'sinda bo'lishi, bu ozgarishlarni oidindan bashorat qilish uchun modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. X o ’sh model nima? modellashtirish qanday bo'ladi? Umuman olganda, «modellashtirish» atamasi oz ichiga juda keng ma'noni oladi. Modellashtirish deganda faqat qandaydir mashina yoki mexanizmni kichik bir nusxasini chizish va uni yasash hamda ana shu nusxada qandayda bir masalalarni yechichni tushunish kerak emas. Balki modellashtirish asosida qandaydir bir jarayonning hosil bo'lishi, unga bo'ladigan tashqi va ichki ta’sirlar natijasida bo’ladigan o’zgarishlar va pirovardida jarayon qanday hollar bilan yakunlanishi yoki davom etishi mumkinligi hal etilib, shu jarayonlar uchun umumiy yoki xususiy qonuniyatlar keltirib chiqariladi. Fizik modellar - bu haqiqiy mashina yoki mexanizmning bir necha baravar kichraytirilgan nusxasi bolib , bir xil yoki har xil fizik qonuniyatlarga boysunishi mumkin. Masalan. samoliyotning kichik modeli (odatda 1;25 munosabatda) aerodinamik quvur ichida tekshirilganda bir xil qonunlarga boysunsa, neft 394 qatlamining elektrolitik modeli suyuqliklarni qatlamda sirqishini elektr zanjiridagi zaryadlangan ionlarning tartibli harakatiga qiyoslanib o'rganiladi va har xil fizik qonunlarga bo'ysinishi inobatga olinadi. Fizik modellar tashqi ko'rinishiga qarab turli-tumandir, Eng oddiy ko’rinishdagi model 1-rasmda keltirilgan. Bu modelda qatlamning g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, suyuqlik bilan to’yinganligi, harorati va bosimi, shuningdek, qatlam suyuqligining fizik omillari ma'lum bir munosabatda amalga oshirilishi mumkin. 1rasmda qatlamdan neftni suv, gaz yoki har xil eritmalar bilan siqib chiqarish uchun qo’llanilishi mumkin bo'lgan model sxemalaridan biri keltirilgan. 1-rasm.Neft va gaz konlaridagi jarayonlarni o'rganish uchun qo’llaniladigan fizik model. 1 - qum bilan tolatilgan bo’lma - qatlam nusxasi; 2issiq suv aylanuvchi bo’lma: 3suzgichlar: 4,5-bosim o'Ichagichlar; 6katta bosimli inert gazli ballon; 7, 8. 9mos holda neft, SAM , kislota yoki suv uchun maxsus idishlar; 10iskanja: 11termostat; 12issiq suv haydovchi nasos; 13suyuqliklar yig’iluvchi idish. Yechiladigan masalalarga qarab fizik modellar har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Masalan, qatlamga issiqlik yoki elektr zaryadi bilan ta’sir qilish 395 modellashtirilayotgan bo’lsa, 1rasmda ko’rsatilgan modelga mos holda Issiqlik yoki elektr zaryadli ta’sir qiluvchi manbalar o ’rnatilishi mumkin. Fizik modellar juda keng qo'llanilib, ilmiy tadqiqotlarning ko'p qismi ana shu modellar orqali olib boriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Nurmuhamedov H.S. tahr. ost. Gazlarni qayta ishlash texnologiyasi, jarayon va qurilmalari. – Т.: «FAN VA TEXNOLOGIYA», 2016, 856 б. 2. 2.Ракеш К.Бхаргава. Нефтегазовые технологии. -2003 №5. 3. Вчера, сегодня и завтра нефтяной и газовой промышленности России. М.: Издводородлар. 1995. 4. Абрасимов А.А., Гуреева А.А. Экологические аспекты применения нефтепродуктов. М., 1997.