scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAKRAL LANDSHAFTLARNING HOSIL BO'LISHI VA FUNKSIYALARI. FORMATION AND FUNCTIONS OF SACRAL LANDSCAPES

Saydaliyeva L.M.

Full text

396 SAKRAL LANDSHAFTLARNING HOSIL BO’LISHI VA FUNKSIYALARI. FORMATION AND FUNCTIONS OF SACRAL LANDSCAPES Saydaliyeva L.M. Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401104 Annotasiya. Maqolada sakral landshaft tushunchasi, uning kelib chiqishi va vazifalari yoritilgan. Keywords. Sacred territory, sacred place, sacred landscape, natural-historical trend, religious trend, sacralization, religious need, sacred geography. Annotation. The article describes the concept of sacred landscape, its origin and tasks. Kalit so‘zlar. Sakral hudud, muqaddas joy, sakral landshaft, tabiiy – tarixiy tendensiya, diniy tendensiya, sakrallashuv, diniy extiyoj, sakral geografiya. Kirish.Sakral hududlar, sakral landshaft yoki muqaddas joy tushunchasi turli xalqlarda dual tushunchalarni hosil qiladi. Bunga ko’ra ijobiy jihatdan Ollohning inoyati bilan yaratilgan joy, salbiy jihatdan tegish taqiqlangan ya’ni tabiiylashtirilgan hudud yoki buyum tushunchalariga ega. Sakral so’zining etimologiyasi lotincha “sacrum” – muqaddas buyum ma’nosiga ega bo’lib, muqaddas obyektlar haqidagi ma’lumotlarni beradi. Sakral atamasini birinchi marotaba IX asrda Fuld Monaxlari (Germaniya) tomonidan tilga olinadi. Fuld Monaxlari Yevangeniya gormoniyasi so’zini lotincha region-rayon, o’lka, landshaft – yagona muqaddas yer sifatida qaraganlar. Dunyo tarixiy taraqqiyotida muqaddaslashtirilgan hududlar, obyektlar ko’plab uchraydi. Bu tushuncha shuning uchun etnoslarning etnomadaniy xududlari sifatida dastlab 1617 yilda ingiliz tilida qo’llanilgan bo’lib, biron bir buyum, obyekt yoki xududga sadoqat ma’nosida keladi. Qadimgi gretsiyada sakral xududlar iero-ierotopiya (Lidom A.M. 2001) tushunchasi bilan izohlanib muqaddas, ilohiy, aziz joy sifatida e’tirof etiladi. Bunday hududlar esa sakral xududlarga mos keladi. Aslida ierotopiya tushunchasi sakral landshaftlarni Olloh tomonidan yaratilgan xududlar degan tushunchaga mos keladi. Ierotopiya ko’pincha ierofaniya atamasi bilan ham almashadi. Sakral landshaft atamasi M.Eliade (1994) tomonidan kiritilgan bo’lib, sakral landshaftlarning vertikal tarkibini bildiradi. Unga ko’ra sakral hududlar diniy, etnik, madaniy faoliyatlar amalga oshiriladigan maydonlar sifatida e’tirof etiladi. Sakral landshaftlar aslida kishilarni faoliyatlari birmuncha cheklangan hududlarni birlashtiradi. Shunga ko’ra dastlab, bunday joylar odamlar kam kelib ketadigan yoki qiyin boradigan, zarar yetkaza olmaydigan aholi yashash joylaridan alohida joylashgan hududlarda shakllangan. Masalan, tog’lardagi g’orlarda, buloqlar, qoyatoshlar, daraxtlar alohida 397 yakka obyekt sifatida sakrallashtirilgan bo’lsa, asta sekin ularni atrofida ziyoratgohlar, mozorlar, doimiy urf-odatlarni bajaradigan joylar, binolar, masjidlar, ibodatxonalar qurila boshlangan. Sakral hududlar asta sekin kengayib borib ziyoratgohlarga, muqaddas qadamjolarga aylangan. S.P.Romanchukning (2000) e’tirof etishiga ko’ra sakral landshaftlar tabiiy yoki tabiiy antropagen tizimlar bo’lib, insoniyatni birinchi navbatda diniy va madaniy ehtiyojlarni qondirish funksiyasi uzoq vaqtlar davomida saqlanib, rivojlanib boradi. Natijalar va muhokama. Dunyo miqyosidagi ilmiy tadqiqotlarda, xalqaro konferensiya va forumlarda sakral landshaftlar yoki hududlar haqida yetarlicha ma’lumotlarni yaqin vaqtlarga uchratish qiyin edi. Keyingi 20 yil ichida sakral hududlar yoki muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotlar ko’plab uchray boshladi. Bu albatta dunyo mamalakatlarida diniy turizmning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda sakral hududlar insoniyat madaniyatining mahsuli sifatida qaralib, boy diniy, ma’naviy meros sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa Rossiya hududida olib obrilgan tadqiqotlar, uning Osiyo qismida, Ural ortida mayda xalqlar va elatlarning diniy qadriyatlari, urf-odatlarini o’rganish asosida sakral hududlarning mantiqiy rivojlangan va bir-biridan farq qiluvchi urf-odatlar, diniy an’analar mavjud bo’lgan bir tizimlari aniqlandi. Mazkur hududlarda sakral landshaftlarning urochishesidan to joy tipigacha bo’lgan kategoriyalari aniqlandi, masalan, Beluxa tog’i Oltoy o’lkasida sakral landshaft toifasidagi joy kategoriyasiga to’g’ri kelsa, Baykal ko’li atroflaridagi butun dunyo ma’naviy merosiga kiritilgan hududlar esa sakral landshaft rayoni yoki probinsiyasini tashkil etadi. Sakral landshaftlarni hududiy joylashishi muayyan omillarga bog’liqdir. Ko’pincha holatlarda sakral hududlar bir muncha baland bo’lgan tepaliklar, tog’lar, qir-adirlar hududida joylashgan tepaliklar sun’iy yo’l bilan xosil qilingan baland tepaliklardan iborat. Bunday sakral hududlar diniy jixatdan yoki turli kasalliklarni davolash uchun ham shu joyning mahalliy tog’ jinsi yoki o’t giyohlaridan foydalanishi, suvdan iste’mol qilishni talab etadi. Masalan Farg’ona shahri yaqinida joylashgan Satkak buloqlari va unda yashovchi baliqlar aholi o’rtasidagi sariq kasalligini davolashga yordam beradi deb hisoblaydilar. Farg’ona shahri yaqinida Oq tepa ziyoratgohi ham turli kasalliklarni davolashda en bo’lib hizmat qilib kelgan. Sakral landshaftlar kategoriyasi antropogen landshaft kategoriyasi sifatida o’zida nafaqat sakral hududlarni, ularni yaqinida joylahsgan madaniy maishiy, xizmat ko’rsatish, xo’jalik yuritish obyektlarini ham xisobga oladi. Masalan islom olamida ham, xristianlik yoki provaslav dinida ham, buddizmda ham masjidlar, xaramlar, cherkovlar, ibodatxonalar faqat sakral husdudlarni emas, balki, bu yerdagi xodimlarni 398 boqish uchun ajratilgan ekin maydonlari, bog’lar, chorva mollarini boquvchi maydonlarni ham birlashtirgan. O’rta Osiyo hududida va Respublikamizda ham joylashgan masjidlar atrofida ularga qarashli vaqf yerlari bo’lgan va din xodimlari bu yerda dehqonchilik, chorvachilik bilan ham shug’ullanganlar. Sakral landshaft kategoriyasini aniqlashda ularni kishilarni moddiy, ma’naviy, ruhiy, diniy, xo’jalik funksiyalarini amalga oshiruvchi etnomadaniy region sifatida ko’rib, bu yerda etnoslarning muayyan muqaddas joylart bilan bog’liq diniy faoliyatlarini ham nazarda tutadi. Sakral geografiya muqaddas joylar, ziyoratgohlarning hududiy joylanishini tabiiy tarixiy, diniy, etnik jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Muqaddaslashuv esa ko’pincha sakral hududlarning diniy kategoriyalariga asoslanadi. Sakral geografiya hududlarning sakrallashuvini 2 ta aspektda amalga oshishini e’tirof etadi: 1) diniy aspekt; 2) tabiiy-tarixiy aspekt. Aslida sakral hududlarning shakllanishida har ikkala aspekt bir-birini to’ldiradi. Diniy sakral obyektlar yoki hududlar tabiatning o’ziga xos obyektlari (tepaliklar, g’orlar, buloqlar, o’rmonlar, daryolar)da shakllanadi. Respublikamiz va jumladan, viloyatimiz hududida joylashgan diniy sakral obyektlarning kelib chiqishi va hududiy joylashishida ham o’ziga xos qonuniyatlar bor. Bu birinchidan, diniy sakral obyektlarning alohida ajralib turuvchi tabiat obyektlarida joylashganligi, qadimgi savdo yo’llari yaqinida joylashganligi, nohush tabiat hodisalari kamroq sodir bo’ladigan hududlarda joylashganligi, o’lkamizga diniy targ’ibotlarni olib kelgan arab lashkarlari, sahobalari nomlari bilan bog’liq joyligi, rekreatsiya, dam olish va hordiq chiqarish maskanlarini tashkil etish mumkin bo’lgan go’zal tabiat obyektlari va ziyoratgohlarning bir hududda joylashganligi bilan bog’liqdir. Diniy sakral obyektlar hududiy joylashuviga ko’ra hamda diniy e’tiroflari, urfodatlari va an’analariga ko’ra birmuncha himoyalangan, tabiiylashgan bo’ladi. Diniy sakral obyektlarning bunday imkoniyati, ularni ko’p asrlar davomida saqlanishiga, muxofaza qilinishiga imkon yaratadi, lekin sobiq sho’rolar davrida yurtimizdagi minglab muqaddas qadamjolar buzib yuborildi, ularni o’rnida uy-joy binolari, ekinzorlar paydo bo’ldi. Xulosa.Sakral hududlar turli xalqlar va etnoslarning turmush tarzi, urf odatlari, diniy etiqodlari, ruxiy kechinmalari asosida shakllangan muayyan maqsadlarga xizmat qiluvchi muqaddaslashtirilgan tabiiy-tarixiy, ijtimoiy-madaniy obyektlarni areallarini birlashtiradi. Sakral hududlar muqaddas qadamjoylar sifatida etnoslarning xoxish va istaklarini amalga oshiradigan sakral obyektlar, kelib chiqishi tabiiytarixiy bo’lgan tog’lar, g’orlar, buloqlar, daraxtlar muqaddaslashtirilgan toshlardan 399 tortib, tarixiy-madaniy obyektlargacha o’zida birlashtirib, sakral landshaftlarning xosil bo’lishining tabiiy va tarixiy jihatlarini tadqiq etish, ularni funksiyalarini o’rganish ziyorat turizmini tashkil etishda muhim ahamiyatga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Volosik V.N. Kategoriyasakralnogolandshafta. 2. Завгородний Ю Сакральная география И феномен Паломничеcтво: Тайное или явное? Электронный портал .Режимдаступа http:|| turellgi ovs.com.va.-дата доступа 28.09.2013 3. Лавренова О. Культурный ландшафт от земли к космосу. Ноосферная концепция В.И.Вернадского И понитие культурного ландшафта биосфера Электронный научный журнал.2003.N2 Режимдоступа http:|| www (hst.ru|bi osphere103-21 4. Saydaliyeva L. M. FORMATION OF MEDICAL GEOGRAPHICAL ENVIRONMENT IN FERGANA REGION //Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research. – 2023. – Т. 10. – №. 11. – С. 366-369. 5. Saydaliyeva, L. M. "FORMATION OF MEDICAL GEOGRAPHICAL ENVIRONMENT IN FERGANA REGION." Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research 10.11 (2023): 366-369.