scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Usmanov M.R.

Full text

400 JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Usmanov M.R. Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti g.f.f.d.(PhD). DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401123 Annotatsiya: Ushbu maqolada Turizm, Jizzax viloyati o‘zining noyob tabiati va betakror tarixiy obidalari, me’moriy yodgorliklari, bundan tashqari prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan turizmni rivojlantirishga oid qaror va farmonlari, viloyatda joylashgan arxeologiya yodgorliklari, arxitektura (tarixiy obida ziyoratgohlar) va monumental hamda diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, viloyatining tog‘li va tekislik hududlari, mehmonxona, oilaviy mehmon uylari, turkompaniya faoliyati, Baxmal tumanining turistik marshrurtlari, turizm sohasida loyihalar, turizm istiqbollari haqida taklif va tafsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Turizm, viloyat geografik o‘rni, turizmni rivojlantirishga oid qaror va farmonlar, arxeologiya yodgorliklari, arxitektura (tarixiy obida ziyoratgohlar) va monumental hamda diqqatga sazovor joylar soni, gastronomik turizm, mehmonxona, oilaviy mehmon uylari, turkompaniya, turistik marshrutlar va turizm istiqbollari. Annotation: This article provides information about tourism, Jizzakh region with its unique nature and unique historical monuments, architectural monuments, as well as the resolutions and decrees of our President Sh.M. Mirziyoyev on the development of tourism, archaeological monuments, architecture (historical monuments and shrines) and monumental and interesting places in the region, hotels, mountainous and plain areas of the region, hotels, family guest houses, tour company activities, tourist routes of Bakhmal district, projects in the tourism sector, and tourism prospects. Keywords: Tourism, geographical location of the region, decisions and decrees on the development of tourism, archaeological monuments, architecture (historical monuments and shrines) and the number of monumental and interesting places, gastronomic tourism, hotels, family guest houses, tour companies, tourist routes and tourism prospects. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi [1]. Jizzax viloyati o‘zining noyob tabiati va betakror tarixiy obidalari, me’moriy yodgorliklari, milliy o‘ziga xosligi va an’anaviy taomlari bilan bizning mintaqamiz turizmning jadal rivojlanishi uchun istisno emas edi. Bugungi kunda ushbu sanoat mintaqa rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Hozirda viloyatda 427 madaniy meros ob’ekti davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, ulardan 100 tasi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, 268 tasi arxeologik va 59 tasi monument yodgorliklari hisoblanadi. Viloyatda Nurota va Zomin qo‘riqxonalari, Zomin milliy tabiat bog’i, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, 9 ta o‘rmon xo‘jaligi va Qizilqumning cho‘l hududlari mavjud. Viloyatda o‘rmonlar 72 ming gektar maydonni egallaydi, 50 turdagi hayvonlar va qushlar va 1000 turdagi o‘simlik turlarini uchratish mumkin [2]. 401 Jizzax viloyati arxeologiya, arxitektura, monumental va diqqatga sazovar ob’ektlari haqida ma’lumotlar № Tuman, shahar Arxeologik ob’ektlar, ta Arxitektura ob’ektlari, ta Monumental san’at ob’ektlari soni, ta Shu ob’ektlar ichida diqqatga sazovor joylari Jami 1. Jizzax shahri 9 13 9 8 39 2. Sh.Rashidov tumani 40 4 7 0 51 3. Zarbdor tumani 11 3 8 0 22 4. Zomin tumani 73 33 3 13 122 5. Yangiobod tumani 18 11 1 2 32 6. G‘allaorol tumani 47 9 15 2 73 7. Baxmal tumani 55 11 2 1 69 8. Forish tumani 15 15 4 4 38 9. Zafarobod tumani 0 0 0 0 0 10. Paxtakor tuman 0 0 3 0 3 11. Arnosoy tumani 0 0 1 0 1 12. Do‘stlik tumani 0 0 0 0 2 13. Mirzacho‘l tumani 0 1 4 0 5 JAMI 268 100 59 30 427 Ma’lumki, viloyatining tog‘li hududlarida ya’ni Zomin, Baxmal, Forish va Yangiobod tumanlarida ziyorat turizmini, Sharof Rashidov, G‘allaorol, qisman Do‘stlik va Paxtakor tumanlarida gastronomik, Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimi atrofidagi Arnasoy, Forish tumanlari va vohada o‘zining alohida o‘rniga ega Jizzax shahrida ekoturizm, gastronomik hamda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud hisoblanadi [3]. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda turizm xizmatlari, sayyohlar oqimi va infratuzilma yuksalib bormoqda. Bugungi kunda viloyatda 170 ta 4 ming 959 o‘rinli mehmonxona, oilaviy mehmon uylari mavjud bo‘lib, ularning soni 258 taga, o‘rinlar soni 6 ming 614 taga yetgan. Bu esa o‘z navbatida viloyatga kelayotgan xorijiy sayohlarni to‘liq joylashtirish imkoni yaratilganidan dalolat beradi. Viloyatning eng ko‘p tashrif buyuradigan joylarida 4 ta turistik ma’lumot markazi (infokiosklar) tashkil etildi [4]. 402 Hozirgi vaqtda viloyatda jami 12 ta turkompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 30 ga yaqin yangi marshrut ishlab chiqilgan. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda hamda boshqa ekoturizm manzillari bo‘ylab 3-5 kunlik turizm marshrutlari yaratilgani ham tahsinga loyiq. Misol tariqasida Baxmal tumanining turistik marshrutlariga quyidagilarni aytib o‘tish joiz deb hisoblaymiz. 1. G‘allaorol tumanidan boshladi Sa’d Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi → Baxmal tumanidagi “Malik Ajdar” ziyoratgohi → Dong‘ora dam olish maskani → “Paloxmon ota” ziyoratgohi → Tagob qishlogidagi “Terakli ota” ziyoratgohi → Tangatopdi ota ziyoratgohi → Temirqadam qishlog‘idagi “Xo‘ja Ko‘ndalang ota” ziyoratgohi → Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi “Muxammad Said Xo‘ja Abu Said Mo‘min Holiq Xo‘ja” ziyoratgohi. 2. Baxmal tumani markazidan boshlanadi → Baxmal tumani markazida “O‘smat ota” ziyoratgohi → “Novqa ota” ziyoratgohi → “Novqa ota tepa” yodgorliklari → “Bog‘i Mozor ota” ziyoratgohi → Jum-jum qishlog‘idagi “Sa’dulla Izbosarov” dam olish maskani → “Nushkent tepa” yodgorliklari. 3. Baxmal tumanidan boshlanadi → Xo‘ja Ko‘ndalang ota ziyoratgohi → “Baxmal oromgoxi”- sanatoriyasi → “Boyqo‘ng‘ir o‘tovlari” dam olish maskani. 4. Baxmal tumanidan boshlanadi → Qatortol qishlog‘ida “Do‘lana” dam olish maskani va betakror tog‘ manzaralari hamda ekoturistik mintaqalari va boshqalar. Joriy yilda viloyat bo‘yicha turizm sohasida 30 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shundan 4 ta mehmonxona, 12 ta turizm dam olish va xizmat ko‘rsatish maskani, 2 ta turistik davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi, 2 ta “Hostel”, 2 ta oilaviy mehmon uyi, 1 ta ijara yotoqxona, 7 ta umumiy ovqatlanish va 1 ta “Motel” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda [5]. Prezidentimizning 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha 403 chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida birgina Baxmal tumanining O‘rmonchi qishlog‘ida turizm sohasini rivojlantirish borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi [6]. Umuman olganda Jizzax viloyati o‘zining tabiiy turistik ob’ektlari, tarixiy qadamjolari, arxitektura, monumental va diqqatga sazovar turistik destinatsiyalari bilan alohida ajralib turadi. Kelajakda ushbu sohani rivojlantirish orqali hududga yanada turistik oqimning ko‘payishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga olib keladi. Shu bilan birga, quyidagi masalalarga e’tibor qaratish turizm istiqbolida muhim ahamiyatga egadir: - Jizzax viloyatining geografik o‘rni va joylashuvidan kelib chiqqan holda turizm sohasiga o‘ziga xos yondoshish; - tabiiy sharoit va o‘ziga xos iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanishuv, rekreatsiya va dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarini kartalashtirish va turist qabul qilish yukini geografik va ekologik baholash; - qadim tarixi va buyuk kelajagini aks ettiruvchi turistik reklamalarni xilma xil ko‘rinishda, turli tillarda yanada ko‘paytirish; - diniy turizm istiqboli yuqoriligini inobatga olib islom diniga ehtiqot qiluvchilar ko‘p bo‘lgan davlatlar turizm bozorini o‘rganish va ularni qiziqtirish; -turizm moddiy texnik bazasini yanada kuchaytirish; - Sog‘lomlashtirish va dam olish, kurortlar tizimiga xorijiy sayyohlarni jarb qilish orqali rekreatsiya turizmiga e’tiborni kuchaytirish va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Usmonov M.R. “Turizm geografiyasi”. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, SamDU, 2019. 256 b. 2. Комилова Н.К., Усманов М.Р. Жиззах вилоятида туристик дестинaтцияларни ташкил этишнинг худудий жихатлари. Монография – Жиззах. ЖДПУ “Таҳририй-нашриёт бўлими нашри”, 2023. – 208 бет. 3. Komilova, N. Q., Usmanov, M. R., & Karimov, I. E. (2021). “ZOMIN” TURISTIKREKREATSION ZONASINI RIVOJLANTIRISh ISTIQBOLLARI. Журнал естественных наук, 3(5), 311-315. 4. Lapasovich, M. O., Nematovich, N. O., Yakubovich, Z. B., Rustamovich, U. M., & Tolipov, F. (2020). HISTORICAL AND ETHNOGRAPHIC CHARACTERISTICS AND SOCIOSPIRITUAL FACTORS OF VISITING TOURISM IN UZBEKISTAN. Journal of Critical Reviews, 7(6), 47-50. 5. Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M. M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study. Estudios de economía aplicada, 39(6), 12. 6. https://www.mtgazeta.uz/news/jizzaxda-turizmni-rivojlantirishimkoniyatlari.htm