TOPOGRAFIYADAN TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI AMALIY MASHG'ULOTLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Full text
422 TOPOGRAFIYADAN TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI AMALIY MASHG‘ULOTLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI Davronova R.Sh. Nizomiy nomidagi O’zMPU, tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401210 Annotatsiya. Maqolada talabalarning kasbiy kompetentligini amaliy mashg’ulotlar orqali takomillashtirish medodikasining mazmun mohiyati, amaliy mashg’ulotlarning ahamiyatida masala va mashqlarning vazifalari yoritib berilgan. Shuningdek, topografiyadan berilgan amaliy mashg’ulotlarning bajarish metodikasi ochib berilgan. Kalit so’zlar: innovatsiyon kompetentlik, innovatsiyon faoliyat, fazoviy voqea va hodisalar, masala, mashq, gorizontal, interpolyatsiya usul, rumb burchagi, qatorlar, zonalar. Abstract. The article discusses the content and essence of the methodology for improving students' professional competence through practical exercises, the importance of practical exercises, the tasks of exercises, and the methodology for performing practical exercises in topography. Keywords: innovation competence, innovation activity, spatial events and phenomena, problem, exercise, horizontal, interpolation method, rhumb angle, lines, zones. Bugungi globallashuv zamonda geografiya fanlarni o’qitishda talabalarning topografik, kartografik va GAT (geografik axborot tizimlar)dan nafaqat auditoriya va kichik hududlarda planlar olish hamda turli fanlar integratsiyasi juda muhumligi, bo’lajak geografiya o’qituvchilarining innovatsiyon kompetentligini rivojlantirishga asosli o’zlashtirishi, balki innovatsiyon faoliyatda faol shaxsiy pozitsiyani egallashi, o’z potensial imkoniyatlarini ocha olishi lozimligi yoritilgan. Bo’lajak geografiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini amaliy mashg‘ulotlar ya’ni topografiyadan masala va mashqlar orqali takomillashtirish natijasida, talabalarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashini, “Topografiya, kartografiya va GAT” fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash va rivojlantirish jarayonida muhim sanaladi. Topografiyadan masalalar yechish umumta’lim maktablarda pedagogik faoliyatida va talabalarining amaliy hayotda zarur bo‘ladigan muhim kompetensiyalaridan biri ekani ilmiy asoslangan. Shuningdek, talabalarni amaliy mashg’ulotlar orqali o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirish omili ekani ko‘rsatib berilgan [2]. Amaliy mashg‘ulotlardan foydalanishning asosiy maqsadi birinchidan pedagogika oliy o‘quv yurtlarining geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalarini topografiyadan har xil tipdagi amaliy ishlar, masalalar va ularning ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan profesor-o‘qituvchilar uchun talabalar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator amaliy mashg‘ulotlarni taklif etishdir.
423 Topografiyadan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish topografik tasavvurlarning borishini yoritib berishga, eksperimental xususiyatiga ega bo‘lgan va kartografiya, informatika, fizika, matematika, geometriya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini asoslab berishga qaratilgan. Topografiyaning turli yo‘nalishlariga asoslangan amaliy va masalalar yechimi geografik qonuniyatlarni, matematik va kartografik metodlardan to’g’ri foydalanish, alohida fazoviy voqea va hodisalarlarning kelib chiqishi, sabab oqibatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘ziga xos tomonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi [1]. Talabalarlar topografiyadan amaliy mashg‘ulotlarni ayrim darslarda emas balki doimo butun geografiya kursini o‘qitish davomida aniq ma’lum tartibda ishlab borgan taqdirdagina topografiyadan masala, mashqlar yechish malakalariga atroflicha ega bo‘lib boradilar. Topografiyadan foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari: Masala bu – o‘rtaga qo‘yilgan muammoni yechimini topishda talaba tomonidan o‘zlashtirgan bilimlarni qo‘llash orqali ma’lum natijaga erishishdir. Bunda, muammoli savollardan iborat bo‘lib, ma’lum bir topografik voqea va hodisalar yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Talabada topografik ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Masalada savollardan foydalanishning asosiy maqsadi topografik tushunchalarni o‘zaro bog‘lash, aniqlik kiritish va anglab yetishdir. Mashq – talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan harakatlardir. Mashq qilish bilimni – ko‘nikmaga, ko‘nikmani – malakaga aylanishini ta’minlaydigan jarayondir. Mashq talabalarda malaka va ko‘nikma hosil qilishda amaliyot bilan bog‘langan eng samarali metodir. Bunda, talaba oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo‘lish uchun qilingan mashaqqatli mehnatdir. Mashq qilish orqali talaba o‘quv va amaliy ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladi, avval o‘zlashtirgan bilimlarini yodga soladi. Mashq qilmay o‘quv va amaliy ko‘nikma va malakaga ega bo‘linmaydi. Talabalarni topografiyadan amaliy mashg’ulotlarda masala va mashqlarni bajarishi natijasida, mashg’ulot davomida ijodiy fikrlash faoliyatini faollashtirishdan iborat. Talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtirishda topografik masalalar yechishda ular nafaqat fazoviy voqea va hodisalar, balki ularning kelib chiqish sabablari hamda xususiyatlarini esda saqlab qolishga, rivojlanish qonuniyatlari va oqibatlari haqida fikrlash, bayon etishga, ma’lumotlarni taqqoslashga, ularni o‘xshashlik hamda farqli tomonlarini aniqlashga, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga o‘rgatadi. Topografiyadan amaliy mashg’ulotlarda masala va mashqlardan foydalanish orqali:
424 Birinchidan, masala va mashq yechish topografiyani o‘rganishning bosh maqsadi – olingan bilimni amaliyotga qo‘llash imkonini ta’minlaydi. Ikkinchidan, masala va mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi. Uchinchidan, masala talabalarni topografik fikrlash va xulosalar chiqarishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham, masala so‘ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobni aniqlash emas, balki fikr yuritish obyekti sifatida qaralishi lozim. Topografiyadan masalalar talabalar fikrini uyg‘otishi, ularni topografik kartalar bilan ishlashga o‘rgatishi, rivojlantirishi, shakllantirishga qaratilishi kerak. Topografiyadan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish vositalariga: o’quv adabiyotlar bilan ishlash, topografik kartalar va planlar, topografik va geodezik asboblar, GAT texnologiya va maxsus dasturlar o’rnatilgan kompyuterlar, tarqatma didaktik materiallar, qo’shimcha ilmiy adabiyotlar va kosmik suratlar, statistik, ko’rgazmali (illustrasiya) qurollar, joylardagi voqea-hodisalar va kuzatish natijalari bilan ishlash hisoblanadi. Geografiyadan o‘quvchilarni olimpiadalarga va bilimlar bellashuvi sinovlariga tayyorlashda ham topografiyaga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarish muhim ahamiyatga ega. Mazkur mashg’ulotda mashq va masalalarning o‘zi keltiribgina qolmasdan, uning yechish usullari, ayrim topografik qonuniyatlar mazmuni, tegishli uslubiy ko‘rsatmalar, qonuniyat va jarayonlarni ifodalovchi qimmatli ma’lumotnoma keltirildi. Shuning uchun topografiyani o‘qitishda foydalaniladigan amaliy mashg‘ulotlarda masala va mashqlardan foydalanish bo‘yicha ayrim metodik ko‘rsatmalarga to‘xtalib o‘tamiz [3]. 1-amaliy mashg’ulot. Berilgan rasmdagi C nuqtaning mutloq balandligini aniqlang. Metodik ko‘rsatma: Agar biror nuqta ikki gorizontal orasida joylashgan bo’lsa, bu nuqtaning balandligini ikki usul bilan aniqlash mumkin. a) Interpolyatsiya usuli. Bunda C nuqta 205 va 210 m balandlikka ega bo’lgan gorizontallar orasining qancha qismini tshkil etishini interpolyatsiyalab aniqlanadi. Bu misolda u gorizontallar oralig’ining 2/3 qismini tashkil etadi. Shunda C nuqta 205 m li gorizontalga nisbatan taxminan 3,6 m balandda joylashgan bo’lib, uning mutloq
425 balandligi 205+3,6=208,6 m bo’ladi. b) Ikkinchi usulda C nuqtadan har ikkala gorizontalga perpendikulyar chiziq o’tqaziladi. So’ngra kartadagi C1C2 va C1C oraliqlar o’lchanib (masalan, C1C2=7 mm va C1C=5 mm bo’lsin) proportsiya tuziladi va bu proportsiya yechiladi. C1C2 =7 mm – 5 m C1C = 5 mm – x m x=3,6 m, Demak, C nuqtaning mutloq balandligi 205+3,6=208,6 m. 2-Amaliy mashg‘ulot: Azimut burchagi 1450 bo‘lsa, rumb (r) burchagini aniqlang. Metodik ko‘rsatma: Meridianning yaqin tomoni bilan yo‘nalish chizig‘i orasida hosil bo‘lgan burchakka rumb burchagi (r) deb ataladi. Rumb burchaklari 00 dan 900 gacha hisoblanadi hamda gorizont tomonlari yozib qo‘yiladi. Mazkur A=1450 II chorakda joylashganligi sababli va rumb burchagini aniqlashda quydagi formula yordamida aniqlanadi: r=1800 – A Yechilishi: A=1450 j.shq., II chorakda joylashgan bo‘lib uni quydagicha bajariladi: r=1800-1450=350 ya’ni, II chorak bo‘lgani uchun r=350 j.shq., bo’ladi. 3-Amaliy mashg‘ulot: Berilgan L-32-A nomenklatura bo’yicha varaqlarning kengligi, uzunligi va masshtabini aniqlang. Metodik ko‘rsatma: 1:1 000 000 masshtabli kartaning nomenklaturasi uchun ekvatordan qutblarga tomon har 40 dan parallellar o’tkazilib, bularni lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi va ular qatorlar deyiladi. Meridianlar oralig’i har 60 dan bo’linadi va 60 ta bo’lak hosil bo’ladi va ular zonalar deyiladi. Yechish: 1)1:1 000 000 masshtabli karta varag’iga meridianlar va paralellar bo’yicha teng ikkiga bo’linsa, 4 ta 1:500 000 masshtabdagi karta varaqlari hosil bo’ladi, ular rus alfavitlarining bosh A, Б, В va С harflari bilan belgilanadi. Bu kartaning har bir varagining kattaligi kenglik bo’yicha 2 gradusdan, uzunlik bo’yicha 3 gradusdan bo’ladi. Demak, karta varaqlar kengligi 20, uzunlik 30 va masshtab 1:500 000 bo‘ladi. 4-Amaliy mashg‘ulot: Mаgnit аzimuti 750 gа teng, og‘ish burchаgi +60 bo‘lsа hаqiqiy аzimutni аniqlаng. Metodik ko‘rsаtmа. Hаqiqiy аzimutni topish uchun mаgnit аzimutigа og‘ish burchаgini qo‘shish kerаk. Og‘ish burchаgi mаgnit аzimutigа nisbаtаn shаrq tomongа og‘sа u mаnfiy (–), g‘аrb tomongа og‘sа u musbаt (+) ishorа bilаn belgilаnаdi. Yuqoridаgi qoidаgа аsosаn 750 + (+60) = 810 gа teng bo‘lаdi [3].
426 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Alimkulov N.R., Safarov E., Xolmurodov Sh.A. Topografiya va kartografiya asoslari. T., Fan va texnologiyalar, 2018. 2. Karimov I., Xolmurodov Sh. Kartografik informatsion tizimlar. Jizzax. Ruhsora servis, 2023. 176 b. 3. Xolmurodov Sh.A. Topografiya va kartografiya asoslaridan laboratoriya mashg’ulotlari. -T.: Ilm-Ziyo-zakovat, 2024. 156-b.