scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZARAFSHON BOTIG'INING ANTROPOGEN TA'SIR NATIJASIDA O'ZGARISHI

Mustafoyeva Sh.O'

Full text

473 ZARAFSHON BOTIG‘INING ANTROPOGEN TA’SIR NATIJASIDA O‘ZGARISHI Mustafoyeva Sh.O‘ Navoiy davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401316 Annotatsiya: Mazkur maqolada Zarafshon botig‘i hududida sodir bo‘lgan ekologik va geografik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Asosiy e’tibor inson faoliyati, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, yer resurslarining noto‘g‘ri boshqarilishi, sug‘orish tizimlarining kengaytirilishi hamda aholi zichligining ortishi kabi omillar ta’sirida yuzaga kelgan antropogen omillarga qaratilgan. Maqolada Zarafshon daryosi havzasi va atrof-muhitda ro‘y bergan degradatsiya, cho‘llanish jarayonlari, suv resurslarining kamayishi hamda biologik xilma-xillikning qisqarishi bo‘yicha ilmiy kuzatuvlar va statistik ma’lumotlar asosida tahlillar berilgan. Kalit so‘zlar: Аntropogen, botiq, landshaft, degradatsiya, cho‘l, chalacho‘l, voha, lalmikor dehqonchilik, arid, gidotexnik inshoat. Abstract: This article analyzes the ecological and geographical changes that have occurred in the Zarafshan Basin. The main attention is paid to anthropogenic factors that have arisen under the influence of human activity, namely, industry, agriculture, mismanagement of land resources, expansion of irrigation systems, and increased population density. The article provides an analysis of the degradation, desertification processes, depletion of water resources, and reduction of biodiversity in the Zarafshan River basin and its environment based on scientific observations and statistical data. Keywords: Anthropogenic, basin, landscape, degradation, desert, desert, oasis, shifting cultivation, arid, hydrotechnical construction. Аntropogen landshaftlar hamma geografik zonalarda, togʼli oʼlkalarda uchraydi va ular turli xil zonal sharoitlarda vujudga keladi. Har bir zona oʼzining antropogen landshaft spektriga ega. Masalan, arid zona uchun vohali-shahar, vohali-qishloq, vohali-qishloq xoʼjaligi, irrigatsion, vohali ko‘p namlangan, bahorikor qishloq xo‘jaligi kabi antropogen landshaftlar xarakterlidir. Olim A. Abdulqosimovning ilmiy tadqiqotlarida Cho‘l va chala cho‘llardagi voha landshaftlarining vujudga kelishidagi asosiy omillar: suv (sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilik qilinadigan yerlar) hamda inson mehnati, voha landshafti - inson xoʼjalik faoliyati taʼsirida shakllangan va uning boshqaruvida bo‘lgan, agrobiotsenozlar bilan qoplangan, sug‘orma hamda lalmikor dehqonchilik keng rivojlangan, turli xil zonallikka ega antropogen landshaftlar majmuasidir” deb ta’kidlagan. Aslini olganda, landshaftlar juda ko‘p va turli-tuman omillar ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi. Ular landshaftlarda turli sifat va xususiyatlarning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Agar landshaftlarning shakllanishida ma'lum bir turdagi omillar ahamiyatli hisoblansa, ularning tabaqalanishida yoki 474 rivojlanishida boshqa turdagi omillar, landshaftlarning o‘zgarishida esa yana bir boshqa guruh omillar ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch sanaladi. Shuning uchun ham inson faoliyati ta’sirida o‘zgargan landshaftlarni antropogen landshaftlar, deb atashdan ko‘ra, antropogen omil ta’sirida o‘zgargan landshaftlar, deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. Antropogen omillar ta'sirida landshaftlarning o‘zgarishi faqat u yoki bu komponentning o‘zgarishi natijasida bo‘lib qolmay, balki komponentlar orasidagi, qolaversa, landshaftlarning morfologik qismlari orasidagi modda va energiya almashinishi bilan ham bog‘liqdir. Natijada landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o‘zgarishi oxir-oqibat landshaftlar strukturasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Voha landshaftlari, asosan, sug‘oriladigan dehqonchilik va gidrotexnik obyektlar (kanallar, zovurlar, havzalar) ta'sirida shakllanadi, bu yerda tabiiy landshaftlar antropogen omillar ta'sirida o'zgaradi. Sug‘orish tizimlari orqali suv ta'minoti ta'minlanishi natijasida cho‘l va yarim cho‘l hududlarida o‘simliklar dunyosi rivojlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan vohalar vujudga keladi. Asosiy omillar: Sug‘orish: Kanallar, zovurlar va boshqa gidrotexnik inshootlar orqali suvning tarqalishi, qurg‘oqchil hududlarda dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish va o‘simlik dunyosini rivojlantirishga imkon beradi. Antropogen ta’sir: Insonning tabiatga faol aralashuvi (suv omborlari qurish, sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish) natijasida tabiiy relyef va landshaft shakllari o‘zgarib, vohalar vujudga keladi. Cho‘l va yarim cho‘l iqlimi: Arid (qurg‘oqchil) iqlim sharoitida voha landshaftlarining shakllanishi uchun sug'orish tizimlari zarur shart hisoblanadi. Voha landshaftlarining rivojlanishi: Cho‘lga suv tarqatish: Daryolardan suv olinib, kanallar orqali cho‘l hududlariga tarqatiladi. O‘simliklarning rivojlanishi: Suv ta’minoti natijasida cho‘l o‘simliklari o‘rniga dehqonchilik ekinlari va ko‘kalamzorlar paydo bo‘ladi. Landshaftning o‘zgarishi: Sug'orish tarmoqlari, zovurlar, yo'llar va aholi punktlari kabi inson tomonidan yaratilgan landshaft shakllari paydo bo'ladi, bu esa tabiiy cho'l landshaftining antropogen landshaftga aylanishiga olib keladi. Shuni taʼkidlab o‘tish joizki, bronza davrida insonning tabiiy landshaft komplekslariga ko‘rsatgan ta’siri miqdor koʼrsatkichdan sifat o‘zgarishga o‘tgan. Yaʼni sug‘orma dehqonchilik bilan band bo‘lgan joylarda tabiiy o‘simliklar o‘rnini madaniy ekinlar-agrolandshaftlar egalladi, sug‘oriladigan tuproqlarda agroirrigatsion yotqiziqlar shakllana boshladi, qiyalik joylarda irrigatsion eroziya natijasida antropogen jarliklar vujudga keladi. Аmmo, yuqori golotsenning birinchi yarmida 475 vujudga kelgan antropogen landshaftlar, ayniqsa ularning voha landshaft turlari mahalliy (lokal) xarakterga ega bo‘lgan. Bronza davrining ibtidoiy odamlari o‘z davriga va madaniyatiga xos tasviriy sanʼat bilan ham shug‘ullanganlar. Samarqand shahridan 20 km janubda joylashgan Qoratepa tog‘ining Ellisoy vodiysidagi qoyali toshlarda va G‘o‘bdin tog‘ining Qoraqasmoqsoy vodiysidagi qoyalarda ibtidoiy ovchilarning yovvoyi hayvonlarni ovlash manzarasi tasvirlangan. 50 dan ortiq suratlar topilgan. Qoyatoshlarda chavondozlar, har xil hayvonlarning suratlari, jumladan echki, tuya va boshqa hayvonlar tasvirlangan. Аrxeologlar bu suratlarni bronza va temir davrlariga oid deb taʼkidlashadi. Yuqori golotsenning ikkinchi yarmi arxeologlarning temir davriga toʼgʼri keladi. Bu davrga kelib aholining moddiy madaniyatida va ish qurollarida temir hukmronlik holatini egallaydi, sinfiy jamiyat va yirik davlatlarning shakllanish jarayoni boshlanadi. Eramizdan oldingi bir minginchi yildan boshlab, yaʼni aholi madaniyatida temir hukmronlik etgan vaqtdan boshlab ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti tezlashadi, texnika vositalari oʼsib boradi, inson tabiatning qonunlarinii oʼrganib olish yoʼli bilan undan foydalanishni kengroq koʼlamda boshlaydi. Shu bilan birga bu davrda insonning Zarafshon botigʼi landshaft komplekslariga chuqur taʼsir qilishining yangi bosqichi boshlanadi. Bu davrda Zarafshon botigʼining vodiy qismida, Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridagi soylarning sohillarida va Xatirchi tumanining Yangirabot qo‘rg‘onidan shimolroqda bir qator shahar seliteb landshaftlari barpo etilgan. Bular Аfrosiyob, Kofirqalʼa, Cho‘ldortepa, Quldortepa, Ishtixon, Rabinjon, Dabusiya, Kushaniya, Xoʼjaqo‘rg‘on kabi shaharlardir. Hozirgi vaqtda bu qadimiy shaharlar kuchli yemirilgan va vayronalarga aylangan antropogen tepaliklar boʼlib, ular madfun seliteb landshaftlar tarzida mavjuddir. Natijada antropogen voha landshaftlari barqaror rivojlanib Zarafshon botigʼining sharqiy qismidan gʼarbiy qismigacha keng uzliksiz polosa xosil qilib choʼzilib bordi. Eng yangi davrga kelib Zarafshon botig‘ida istiqomat qiluvchi aholining turli xildagi tabiiy landshaft komplekslaridan imkoni boricha toʼliq foydalanishga va ularni tubdan oʼzgartirishga harakat qilishi bir qator geoekologik, tabiatni muhofaza qilish hamda antropogen omillar taʼsirida regional va mahalliy tabiiy sharoitlarning salbiy va ijobiy oʼzgarishlarini prognozlashtirish kabi eng dolzarb muammolarni vujudga keltirmoqda. Bunday holat oʼz navbatida Oʼzbekiston voha landshaftlarini kompleks tadqiq etishga, vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni batafsil oʼrganishga, muhofaza qilishga jiddiy eʼtibor berishni va ularni turli xil masshtablarda geografik informatsion maʼlumotlar asosida kartalashtirishni har bir landshaftshunos geograf o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishni taqozo etadi. 476 Xulosa: o‘rnida shuni aytish kerakki voha landshaftlari kelib chiqish va shakllanish xususiyatlariga koʼra tabiiy landshaftlardan farq qilib, ular litogen, gidrogen, prolyuvial, allyuvial, karst, eol, glyatsial landshaftlar singari o‘zining mustaqil antropogen genetik qatorini tashkil etadi. Voha landshaftlari ham tabiiy landshaftlar singari strukturaviy tuzilishining murakkabligi, morfologik birliklarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi, ular landshaft tipologik kartalashtirishda muayyan geografik obʼekt boʼlib xizmat qiladi va antropogen landshaft sifatida oʼrganiladi. Shu bilan birga voha landshaftlari morfologik strukturasining aniq ifodalanganligi, mikroiqlim xususiyatlari, strukturali dinamik holati, komponentlarining kuchli transformatsiyalashganligi, agroirrigatsion yotqiziqlarning keng tarqalganligi, yer usti va yer osti suvlari rejimining antropogen omil taʼsirida oʼzgaruvchanligi bilan tutash tabiiy choʼl va chala choʼl landshaftlaridan farq qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Абдулқосимов А.А., Ярашев Қ.С. Антропоген ландшафтларни тарихий-генетик тадқиқ этиш муаммоси //Илмий тадқиқотлар ахборотномаси. – Самарқанд: СамДУ, 2005, № 3. – Б. 82-85 2. Абдулқосимов А., Абдурахмонова Ю., Давронов К. Зарафшон ботиғи воҳа ландшафтлари ва геоэкологияси (Монография). -Самарқанд, 2017. -301 б. 3. Абдулқосимов А.А., Аббосов С.Б. Ўзбекистон воҳа ландшафтларининиг шаклланиш ва ривожланиш тарихи.// География фани ва таълимнинг замонавий муаммолари.-Тошкент, 2015.-Б.9-13. 4. Raxmatullayev A. Voha landshaftlarida antropogen taʼsir tufayli ro‘y berayotgan tabiiy geografik jarayonlar // Geografiyaning dolzarb muammolari. – Samarqand, 2006. – B. 21-24. 5. Zokirov.Sh.Z. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik. Toshkent. “Universitet” 1998. 6. Khudoyberdieva, I. Analyzing of Influential Factors for the Development of Livestock and their Significance in Navoi Region. 7. Xudoyberdiyeva, I. A., & Ahmatova, S. N. (2024). ECONOMIC GEOGRAPHICAL DESCRIPTION OF KHARTICHI DISTRICT. Экономика и социум, (11-2 (126)), 516-520. 8. Latipov, N. F., & Komilova, N. K. (2022). INDICATORS OF URBAN ENVIRONMENT ASSESSMENT AND CRITERIA FOR THEIR SELECTION. Экономика и социум, (11-1 (102)), 129-134.