scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATI KO'LLARI SUVIDAGI BIOGEN MODDALAR MIQDORI

Nishonov B.E.; Sattarova F.Yu.

Full text

477 XORAZM VILOYATI KO‘LLARI SUVIDAGI BIOGEN MODDALAR MIQDORI Nishonov B.E., Sattarova F.Yu. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401328 Annotatsiya. Maqolada Xorazm viloyatidagi ko‘llar suvidagi biogen moddalar miqdorining yil davomida o‘zgarishlari keltirilgan. 2022 yilda viloyatdagi Sho‘rko‘l, Yangiqadam, Otbotgan, Sardoba va Echkiyor ko‘llarida nitritlar va nitratlar, Otbotgan va Sardoba ko‘llarida ammoniy, fosfatlar va umumiy fosfor miqdorlari boshqa ko‘llarga nisbatan yuqoriroq ekanligi aniqlangan. Tayanch so‘zlar: ko‘l, suv, biogen moddalar, ammoniy, nitritlar, nitratlar, fosfatlar, umumiy fosfor, Xorazm viloyati. Abstract. The article examines changes in the concentration of biogenic substances in the water of lakes of the Khorezm Province. It was found that concentration of nitrites and nitrates were higher in Shorkul, Yangikadam, Otbotgan, Sardoba, and Echkiyor lakes in the province, and ammonium, phosphates, and total phosphorus were higher in Otbotgan and Sardoba lakes than in other lakes in 2022. Key words: lake, water, ammonia, nitrites, nitrates, phosphates, total phosphorus, Khorezm Province. Biogen moddalar yer usti suvlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, ular suv havzalarining biologik mahsuldorligini belgilaydi. Suv ob’ektlariga biogen moddalar – azot va fosforning mineral o‘g‘itlar va yuvish vositalari qoldiqlari sifatida ko‘p miqdorda tushishi natijasida evtrofikatsiya sodir bo‘ladi. Evtrofikatsiya natijasida suvda yashovchi organizmlar tez rivojlanadi, bu avvalo suvning organoleptik xususiyatlarining yomonlashishiga, suv organizmlarining nafas olishi va ularning nobud bo‘lishida oksidlanish jarayonlariga sarflanishi tufayli kislorod tanqisligiga olib kelishi mumkin [1]. Shu sababli, yer usti suvlaridagi biogen moddalar miqdorining o‘zgarishlarini o‘rganish gidrokimyoviy va ekologik jihatdan muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida joylashgan Xorazm viloyatida 450 dan ortiq ko‘llar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati sug‘orish-tashlama ko‘llar hisoblanadi [3]. Ushbu ko‘llardagi biogen moddalar (azot va fosfor birikmalari) miqdorining o‘zgarishlari ko‘llardan sug‘orish, baliqchilik va rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun ahamiyatlidir. Ishning maqsadi Xorazm viloyatidagi tanlab olingan ko‘llardagi biogen moddalar konsentratsiyasining mavsumiy o‘zgarishlarini o‘rganish hisoblanadi. Buning uchun, 2022 yilda Xorazm viloyatidagi 7 ta ko‘llardan - Yangiariq tumanidagi Sho‘rko‘l, Bog‘ot tumanidagi Yangiqadam va Ta’mirchi, Tuproqqal’a tumanidagi Otbotgan, Chegara, Sardoba va Echkiyor ko‘llaridan yil davomida oylik suv namunalari olindi. Olingan namunalar qabul qilingan uslubiyatlar bo‘yicha biogen 478 moddalar (ammoniy, nitritlar, nitratlar, fosfatlar va umumiy fosfor) uchun tahlil qilindi [2]. Tahlillarga ko‘ra Sho‘rko‘l, Yangiqadam, Otbotgan, Sardoba va Echkiyor ko‘llarida nitritlar va nitratlar, Otbotgan va Sardoba ko‘llarida ammoniy, fosfatlar va umumiy fosfor miqdori boshqa ko‘llarga nisbatan yuqoriroq ekanligi aniqlandi (1jadval). 1-jadval - Xorazm viloyati ko‘llari suvida biogen moddalar miqdori Ko‘llar Biogen moddalar, mg/dm3 nitrit azoti nitrat azoti ammoniy azoti fosfatlar umumiy fosfor oraliq o‘r t. oraliq o‘r t. oraliq o‘rt. oraliq o‘rt. oraliq o‘rt. Sho‘rko‘l 0-0,91 0,1 0 0-1,76 0,4 7 0-0,09 0,00 2 00,002 0,00 1 00,010 0,001 Yangiqadam 0-0,32 0,0 3 0-0,85 0,1 9 0-0,08 0,01 00,011 0,00 1 00,016 0,004 Ta’mirchi 0-0,42 0,0 4 0-0,44 0,1 0 0-0,06 0,01 00,018 0,00 2 00,022 0,004 Otbotgan 0-0,45 0,0 7 0-0,49 0,1 0 0-0,13 0,02 00,032 0,00 3 00,046 0,007 Chegara 0-0,04 0,0 1 0-0,07 0,0 2 0-0,06 0,01 00,011 0,00 1 00,028 0,007 Sardoba 0-0,11 0,0 2 0-0,32 0,0 9 0-0,10 0,02 00,025 0,00 3 00,060 0,010 Echkiyor 0-0,15 0,0 3 0-0,20 0,0 4 0-0,05 0,01 00,003 0,00 1 00,022 0,004 Ko‘llar suvidagi biogen moddalarning miqdorlari mavsumiy o‘zgarishlarga ega. Tahlillarga ko‘ra, ko‘llar suvida biogen moddalar asosan kuz-qish faslida ko‘proq uchraydi. Buni yilning issiq vaqtida vegetatsiya davrida biogen moddalarning suv o‘tlari tomonidan fotosintez jarayoniga jadal sarflanishi bilan izohlash mumkin. Xususan, ko‘llar suvida ammoniy asosan yanvar-mart oylarida, eng yuqori miqdori esa mart oyida kuzatiladi, faqat Sho‘rko‘lda eng yuqori miqdor yanvarda kuzatilgan. Nitritlarning maksimal miqdori ham mart oyida kuzatiladi, 479 shuningdek, noyabr oyida ham biroz yuqori miqdorda uchraydi (1-rasm). Nitratlar ko‘llarda yil davomida kuzatilib, yuqori miqdorlari mart va noyabr oylariga to‘g‘ri keladi (1-rasm). 1-rasm. Ko‘llar suvidagi nitrit azoti va nitrat azoti miqdorlarining oylar bo‘yicha o‘zgarishi Nitratlar konsentratsiyasiga biologik omillar ko‘proq ta’sir qiladi, chunki nitratlar suv organizmlari tomonidan juda faol iste’mol qilinadi. Biomassa miqdorining kamayishi bilan nitratlar konsentratsiyasi asta-sekin ortib boradi. Shuningdek, suv havzalarida kislorod yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda, ammoniy azotining nitritlar va nitratlarga aylanishiga olib keladigan nitrifikatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. O‘rganilgan ko‘llarda fosfatlar va umumiy fosfor ham asosan yanvar-mart oylarida, eng yuqori miqdori mart oyida kuzatiladi, faqat Sardoba ko‘lida eng yuqori miqdor yanvar oyida kuzatilgan. May-dekabr oylarida ko‘llar suvida fosfor birikmalari deyarli aniqlanmagan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Науменко М.А. Эвтрофирование озёр и водохранилищ. - СПб.: РГГМУ, 2007. - 100 с. 2. Семенов А.Д. Руководство по химическому анализу поверхностных вод суши.- Л.: Гидрометеоиздат, 1977.- 541 с. 3. B.Nishonov, D.Fayzieva, M.Shanafield, M.Rosen, J.Scott, L.Saito, J.Lamers. Investigating the water quality of small lakes in Khorezm region, Uzbekistan. // Abstracts of the 4th International Conference on Water Observation and Information System for Decision Support BALWOIS 2010. 25-29 May 2010, Ohrid, Republic of Macedonia. - Volume II. -PP. 522-523.