scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARG'ONA VODIYSIDA GLOBAL VA MINTAQAVIY O'ZGARISHLAR SHAROITIDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI

Xamidov A.A.; Mahmudova M.

Full text

490 FARG’ONA VODIYSIDA GLOBAL VA MINTAQAVIY O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI Xamidov A.A., Mahmudova M. Farg’ona davlat universiteti, O’zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401372 Annotatsiya:Maqolada Farg’ona vodiysida global va mintaqaviy o‘zgarishlar sharoitida olib borilgan tabiiy geografik tadqiqotlar natijasida vujudga kelgan g’oyalar asnosida hududda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga e’tibor berilgan hamda tabiatini ifloslanishini asosiy sabablari ko’rsatib o’tilgan Kalit so‘zlar: Antropogen tazyiq, ekologik vaziyat, suv resurslari, ekstensiv rivojlanish, mintaqaviy o‘zgarish, global masalalar Abstract: The article focuses on the issues of nature protection and rational use of natural resources in the region, and indicates the main causes of environmental pollution, based on ideas that emerged as a result of natural geographical research conducted in the context of global and regional changes in the Fergana Valley. Key words: Anthropogenic pressure, ecological situation, water resources, extensive development, regional change, global issues Farg’ona vodiysida ishlab chiqarishning muttasil taraqqiyoti, atrof-muhitga antropogen tazyiqning kuchayishi, sanoat, transport, qurilish, qishloq xo’jaligining turli chiqindilarini tabiiy muhitga beto’xtov chiqarilishi hududda ekologik vaziyatni o’tgan asrning 70-80-yillarda jiddiylashuviga olib kela boshlagan [1]. 1970-yillar va 1980-yillarning boshlarida tabiat muhofazasi masalalari hamda ekologik vaziyatning jiddiylashuvi Farg’ona vodiysida endigina kun tartibiga qo’yila boshlagan edi. Mavjud iqlimiy resurslar ayniqsi, suv resurslaridan oqilona foydalanishning geografik aspektlari, sug’oriladigan mintaqada antropogen omil ta’sirida landshaftlarning o’zgarishi va uning ekologik oqibatlari to’g’risida mahalliy olimlarning ilk bor ilmiy fikrlari e’lon qilindi. 1980-yillarning oxirlarida Yu.Sultonov (1989) Farg’ona vodiysida yuzaga kelgan hududiy hamda mahalliy ekologik ahvol va tabiat muhofazasi muammolarini tashvishlangan holda atroflicha va chuqur tahlil qildi. Bu maqola hududning tabiat muhofazasi yo’nalishidagi dastlabki chuqur ilmiy tahlili edi. Muallif ishda ko’pgina nozik masalalarni ko’tarib chiqqan. Masalan, konus yoyilmalaridagi barcha sanoat shaharlari (Qo’qon, Yangiqo’qon, Farg’ona, Quvasoy va h.k. yer osti va yer usti suvlarini o’z chiqindilari bilan ifloslay boshladi, bu jarayonning oldi olinmasa, gidroekologik muammo miqyosi kelajakda ortib, hududiy muammoga aylanishi ta’kidlab o’tildi. 491 Farg’ona vodiysining atrofi tog’lar bilan o’ralganligini e’tiborga olib, sanoat korxonalaridan chiqayotgan gazsimon chiqindilarni me’yorgacha kamaytirish zarurligini ta’kidladi, aks holda uning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari xunuk hodisalarga olib kelishini o’qtirdi. Hozirdayoq Farg’onaning Qirguli tumanidagi sanoat korxonalari chiqindilari ta’sirida uning yaqinidagi ekinzor, bog’zor, uzumzor, tutzorlar jiddiy zarar ko’rayotganini asosladi. Muallif hududda yerlarni intensiv o’zlashtirilishi munosabati bilan o’rmon, to’qay va yaylov o’simliklarining maydoni keskin kamayib ketganligi va bu jarayon tezkorlik bilan ilgarilab borayotganligini hamda uning nomaqbul oqibatlarini atroflicha tahlil qilib, istiqbolda yechimi murakkab bo’lgan noxush geoekologik muammolar tarkib topishini yozgan [2]. Ilk bor mahalliy olimlar Farg’ona vodiysida balandlik-landshaft mintaqalanishi ustivorligi tufayli modda va energiya almashuvi ikki tomonlama ta’minlanganini o’qtirib, tog’ yonbag’irlarida moddalarning quyi tomon gravitatsion oqimi hamda tekislikda shamol ta’sirida moddalarning tog’ yonbag’irlari tomon harakati yaxshi ifodalanganini ta’kidladilar. Antropogen tazyiqning kuchliligi va uning hududiy miqyosda sodir bo’layotgani Farg’ona vodiysida tabiiy komplekslarni saqlab qolish hamda ularning xilma-xiligini muhofaza qilish maqsadida, shuningdek, geosistemalarning muhim mahalliy xususiyatlarini himoya qilishda urochishcha kattaligidagi mikroqo’riqxonalar va mikrobuyurtmalar katta ahamiyatga ega bo’lishini alohida ta’kidladilar. Farg’ona vodiysi azaldan ixotazorlar o’lkasi, kanal va ariqlar, avtomobilь yo’llari yoqalari zich bir necha qatorli mevali va mevasiz daraxtzorlar bilan band bo’lgan, magistral ko’chalar chekkalaridagi mavjud manzarali daraxtzorlar avtomobil transportidan chiqadigan chiqindilarning katta qismini tozalab, shahar havosining tabiiy tozalanishiga ijobiy ta’sir etadi. Hozirda Farg’ona shahri hududidan yiliga 110-120 ming t., O’sh hududidan 50-60 ming t. gazsimon chiqindilar havoga ko’tarilmoqda. Bu vaziyatda shahar yo’llaridagi ixotazorlarning chiqindilarni assimilyatsiya qilish funktsiyasi yanada ortadi. Bal’zamli terak, oq deareya, oq akatsiya, sassiq daraxt (aylant), qayrog’och, lola, yapon sapurasi, oddiy shumtol, kashtan, chinor, kumushsimon jiyda va boshqalar chiqindilarga eng chidamli va ularni tozalashda samarali hisoblanadi. Bu g’oya vodiyning murakkab orografik va iqlimiy, aholi zich joylashgan sharoitida havoni chiqindilardan tozalashning eng maqbul varianti deb hisoblash mumkin [3]. Farg’ona vodiysi tabiati ikki yo’nalishdagi tazyiq ostida bo’lib keldi: birinchisi - tabiiy resurslardan har tomonlama va ekstensiv foydalanish jarayoni bo’lsa, 492 ikkinchisi - sanoat va boshqa turdagi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan tazyiqdir. O’tgan asrning 90-yillarigacha, (joylarda hozirda ham) tabiiy resurslardan ekstensiv foydalanish davom etdi. Aholi zich joylashgan, yaylov taqchil bo’lgan sharoitda yer, suv, iqlim, yashil o’simliklardan oqilona foydalanish naqadar ahamiyatli ekanligi har bir insonga ravshan. Lekin haqiqatda esa boyliklardan foydalanishda joylarda xo’jasizlikka, isrofgarchilikka, ularni sifat jihatdan buzilishiga yo’l qo’yilmoqda, natijada qashshoqlanish, sunьiy taqchillik, muomaladan chiqib ketish kabi nomaqbul hodisalar rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida xo’jaliklarning me’yorida barqaror o’sishiga salbiy ta’sir etishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy og’ir oqibatlarga olib kelmoqda. Gap antropogen omilning atrof-muhitga bo’lgan tazyiqini optimallashtirish ustida ketmoqda. I.Abdug’aniev sanoat, transport, qurilish ishlab chiqarishining tabiiy muhitga ta’sirini alohida ko’rsatgan holda uni antropogen tazyiq jihatdan ikkinchi o’rinda mustaqil tavsiflaydi. Bu mantiqan to’g’ri va borgan sari bu tazyiqning miqyosi, oqibatlari va kuchi ortib bormoqda. Bunga alohida ahamiyat berish vodiy sharoitida muhimdir. Istiqbolda ikkala tazyiq turlariga birinchi darajali ahamiyat berish va tegishli amaliy vazifalarni belgilash ayni muddaodir. Bu jihatdan mahalliy olimlarning geoekologik g’oyalari teranligi, amaliyligi va ta’sir miqyosining kengligi bilan ajralib turadi. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishining keng miqyosda rivojlanayotganligi tufayli hududda bir-biri bilan bog’liq geoekologik muammolar tarkib topmoqda. A.Qozoqov, K.Boymirzaev va boshqaraning o’qtirishicha, keyingi yillarda Norin daryosi orqali To’xtagul suv omboridan harorati juda (me’yordagidan 5-6 daraja) past suv kelayotganligi tufayli undan ekinlarni sug’orishda foydalanish natijasida vegetatsiyasi o’rtacha 20-25 kunga (masalan, g’o’za) kechikmoqda, bu esa hosildorlikni 25-30 foizga kamayishiga sabab bo’lmoqda [4]. Qurama va CHotqol tog’ etaklarida keyingi yillarda katta yer massivlari o’zlashtirilib, sug’orma yerlar maydoni kengaytirildi, shuningdek, yangi suv omborlari va selxonalar (20 dan ortiq), 100 dan ziyod nasos stantsiyalari, Katta Namangan va CHust kanallari ishga tushirildi. 1994-1995 yillardan e’tiboran, hozirgacha Yangiqo’rg’on, Uychi CHortoq tumanlarining adirlar orasida joylashgan tekisliklarda grunt suvlari sathining ko’tarilib ketayotganligi aniqlandi. Olimlar katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan keng qamrovli masalalarni yechimi to’g’risida tegishli g’oyalarni o’rtaga qo’ymoqdalar. Adirlar oralig’i va ortidagi tekisliklarda grunt suvlari sathining ko’tarilishi tuproq sho’rlanishi va botqoqlanishiga olib kelmoqda. Bu gidromorfli jarayonni avtomorf sharoit o’rnida vujudga kelayotganligi tuproq hosil bo’lish va rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir etishi turgan gap. Bu 493 ekologik-landshaft g’oyasi chuqur o’rganilib, ijobiy hal qilinishi darkor. Qadimdan kishilar sel, toshqin suvlari o’tib ketadigan o’zanlarni har doim ochiq tayyor holda saqlab kelganlar. Bundan olimlarning amaliy da’vati shundaki, ya’ni selxona, toshqin suvlari o’tadigan o’zanlarni vodiy sharoitida doim tayyor holda saqlash lozim. Farg’ona vodiysida balandlik-landshaft mintaqalanishi juda aniq klassik tarzda ifodalangan. Har bir mintaqa tabiiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, tabiati, resurslari, xo’jaligi, aholisining joylashuvida xilma-xillik yaxshi ifodalangan. Bunda tabiatdan foydalanish ham o’ziga xosligi va hududiyligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi balandlik-landshaft mintaqalari bir-biri bilan uzviy bog’liq, bu jarayonda modda va energiya almashuvi ustivor ahamiyatga ega. Mahalliy olimlar tog’, tog’oldi, adirlar, tekisliklar balandlik-landshaft mintaqalarini ajratib, ularning har biridagi mavjud landshaft-ekologik muammolarni tahlil qilishgan hamda ularni qulaylashtirish masalalarini ishlab chiqishgan. Farg’ona vodiysi tabiiy sharoitlarining antropogen tazyiq natijasida o’zgarib borishi uning ayrim xarakterli areallarini «tabiiy holda» saqlab qolish naqadar katta amaliy ahamiyatga molikdir, geosistemalarning muhim mahalliy xususiyatlarini himoya qilishda urochishcha kattaligidagi mikroqo’riqxonalar va mikrobuyurtmalar katta rol o’ynaydi. SHuning uchun ham har bir jamoa xo’jaligi hududida shunday mikroqo’riqxonalarni tashkil etish vaqti keldi [5]. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, hududning tabiatini muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqishda uning geoekologik ahamiyatini chamalashda siyosiy-ma’muriy chegarada emas, balki tabiiy geografik chegaralar darajasida ish ko’rish zarurligi ilmiy ham amaliy jihatdan to’g’ri yo’l ekanligini hayotning o’zi isbotlamoqda. Farg’ona vodiysidagi geoekologik muammolarni hal qilish uchun O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston respublikalari birgalikda harakat qilmoqlari lozim bo’lib qolmoqda. Bu respublikalarning har biri o’z mustaqilligi yo’lida rivojlanib borayotganligi ko’pgina geoekologik muammolarni birgalikda hal qilishga imkoniyat bermayapti, bularning o’ziga xos ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Bu respublikalarning birgalikdagi harakatisiz Farg’ona vodiysida kompleks tadqiqotlarning geoekologik ahamiyatini tasavvur qilish qiyin. CHunki, bu yerda yashayotgan kishilarning yashash hududi bitta, dini bir, suvi, tuprog’i bir, madaniyati, dunyoqarashi bir-biriga yaqin hisoblanadi [6]. 494 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Хамидов А.А. Физико-географические исследования в Ферганской долине и их геоэкологическое значение// Автореф. Дисерт. на соискан. уч степени кан.геогр. наук -Т.: Университет, 2006. -32 с. 2. Султанов Ю. Экологические проблемы Ферганской долины. Известия Узб. геогр. Общес. Т.15. -Ташкент: -1989. -С.24-28. 3. Абдуганиев И. Ландшафтные индикаторы нефтегазаносных структур в южной части Ферганской долины. //Автореф. дисс. канд. геогр. наук. -М.: -1976. -21.с. 4. Boymirzaev K.M. Farg‘ona vodiysining voha landshaftlari va ularni muhofaza qilish //Выделение и исследование природных-синтетических веществ, а также некоторые проблемы науки и экологии. Наманgан, 1994. 69-73-бет 5. Hamidov A.A. va boshq. Farg‘ona vodiysi landshaftlarini litogen asosini o‘rganishning asosiy ilmiy natijalari Сб. науч. Тр. КУУ. Osh, 2003.-S. 215-218. 6. Hamidov. A.A. va boshq. Farg‘ona vodiysining ekologik vaziyatlarini yaxshilashda tabiiy geografik va geoekologik g‘oyalar, qarashlardan foydalanish masalalari. Сб.науч.тр. КУУ.- Osh, 2003.-S.219-223.