scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QIZILQUM YAYLOVLARIDA DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YERLAR MELIORATSIYASI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

Xudoyberdiyeva I.A.; Mustafoyeva Sh.O'.

Full text

509 QIZILQUM YAYLOVLARIDA DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YERLAR MELIORATSIYASI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA) Xudoyberdiyeva I.A., Mustafoyeva Sh.O‘. Navoiy davlat universiteti. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17401415 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qizilqum cho‘lida joylashgan Navoiy viloyatidagi yaylov yerlarining degradatsiyaga uchrashi sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan meliorativ tadbirlar tahlil qilingan. Degradatsiyaga qarshi kurashda ilmiy asoslangan yaylov boshqaruvi, agromeliorativ usullar va ekologik yondashuvlar muhimligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Melioratsiya, degradatsiya, eroziya, sho‘rlanish, yaylov, suv, chorva mollari, tuproq. Abstract: This article analyzes the causes and consequences of the degradation of pasture lands in the Navoi region, located in the Kyzylkum desert, and the reclamation measures being implemented to eliminate them. The importance of scientifically based pasture management, agroreclamation methods, and ecological approaches in combating degradation is highlighted. Keywords: Reclamation, degradation, erosion, salinization, pasture, water, livestock, soil. O‘zbekiston hududining katta qismini cho‘l va chala cho‘l zonalari tashkil etadi. Xususan, Qizilqum cho‘li — mamlakatdagi eng yirik tabiiy yaylovlardan biri bo‘lib, u yerda chorvachilik, ayniqsa, qo‘y va echki boqish an’anaviy tarmoqlardan hisoblanadi. Biroq so‘nggi yillarda antropogen omillar va iqlim o‘zgarishlari natijasida Qizilqum yaylovlarida yer degradatsiyasi jadallashmoqda [1]. Bu esa mintaqaning ekologik barqarorligi va iqtisodiy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yaylovlarida yer degradatsiyasi quyidagi asosiy sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda: - Chorva sonining haddan tashqari ko‘payishi — yaylovlarning me’yoridan ortiq yuklanishi tuproq zichlanishi va o‘simlik qoplami yemirilishiga olib kelmoqda. - Iqlim o‘zgarishlari — yog‘ingarchilikning kamayishi, haroratning oshishi va qurg‘oqchilik davrlarining uzayishi yaylovlarda o‘simliklarning tabiiy tiklanish imkoniyatini cheklamoqda [2]. - Notog‘ri yaylov boshqaruvi — mavsumiy, rejali boqishning yo‘qligi va chorva hayvonlarining bir xil hududda uzoq muddat boqilishi yer sifatini pasayishiga olib kelmoqda. - Tuproq sho‘rlanishi va eroziya — suv manbalarining kamayishi, noto‘g‘ri sug‘orish va shamol eroziyasi degradatsiyani kuchaytiradi [3]. Navoy viloyatida jami 1,1 mln. gektar yaylov yer maydonlari shundan, Uchquduq tumanida 443 ming gektar, Tomdi tumanida 374 ming, Konimex tumanida 510 150 ming, Nurota tumanida 50 ming, Qiziltepa tumanida 15 ming, Navbahor tumanida 13 ming, Xatirchi tumanida 9 ming, Karmana tumanida 6 ming gektar degradatsiyaga uchragan maydonlar tumanlar va konturlar kesimida xatlovdan o‘tkazilgan. Yaylov maydonlarida chorva mollarini almashlab boqish bo‘yicha tizim yaratilgan bo‘lib, viloyatda degradatsiyaga uchragan maydonlarda chorva mollarini boqish taqiqga olingan hamda chorvachilik yurituvchi sub’ektlarga ikkilamchi ijaraga foydalanishga ajratilmagan. Yaylov turlari bo‘yicha chorva mollarini muddatli boqish grafiklari tuzish va unga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi [4]. Degradatsiyaga uchragan maydonlarda mavjud tik quduqlar xatlovdan o‘tkazilib, 377 ta quduqlar aniqlangan. Shundan, 215 ta quduqlar rekonstruksiya qilindi. Yaylov holatini tiklash bo‘yicha Konimex tumanida 2,0 ming gektar, Qiziltepa tumanida 1,5 ming gektar, viloyat bo‘yicha 3,5 ming gektar maydonda cho‘l-yaylov ozuqa o‘simliklari urug‘chiligi tashkil etilgan bo‘lib, Nurota tumanida 120,0 gektar, Navbahor, Xatirchi va Karmana tumanlarida 100,0 gektardan jami 300,0 gektar viloyat bo‘yicha jami 420,0 gektar maydonda saksavul, cherkez va boshqa cho‘lyaylov ozuqa ekinlari ekish rejalashtirilib, yaylov yerlarining melioratsiyasi ularning tabiiy unumdorligini tiklash va uzoq muddatli foydalanish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan [5]. Navoiy viloyatida quyidagi meliorativ choralar amalga oshirilmoqda: - Yaylov o‘simliklarini sun’iy urug‘lantirish o‘ziga xos iqlimga mos, chidamli o‘simlik turlarini tiklash [6]. - Tuproq yumshatish va zich qatlamlarni buzish shamol eroziyasiga qarshi texnologiyalarni qo‘llash. - Yerdan unumli foydalanish yaylovlarning davriy almashinuvi orqali tuproq tiklanishini ta’minlash. - Qo‘shimcha suv manbalarini yaratish quduqlar qazish, yomg‘ir suvlari yig‘iladigan inshootlar qurish. - Yomg‘ir suvlari oqimini boshqarish suv eroziyasiga qarshi tizimlarni yaratish. - Cho‘lga chidamli o‘simliklarni ekish (saksaul, cherkez va boshqalar) qum ko‘chishini oldini olish va mikroiqlimni yaxshilash [7]. Xulosa qilib aytganda Qizilqum yaylovlarida yuzaga kelayotgan yer degradatsiyasi mintaqa ekologik muvozanatini izdan chiqaruvchi jiddiy muammodir. Navoiy viloyatida olib borilayotgan meliorativ tadbirlar ijobiy natijalar berayotgan bo‘lsa-da, bu jarayonni tizimli ravishda, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida kengaytirish zarur. Melioratsiya faqat texnik tadbir 511 emas, balki barqaror yaylov boshqaruvining ajralmas qismidir. Shu boisdan, davlat siyosatida va mahalliy boshqaruv tizimida degradatsiyaga qarshi kurash masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Murtazaev, Isabek B., et al. “Some prospective directions of effective development of the economy of Navoi region.” Psychology and education 58.1 (2021): 2047-2057. 2. Анопин, Владимир Николаевич. "Адаптивно-ландшафтный подход к рекультивации деградированных урбанизированных территорий Нижнего Поволжья." Природные системы и ресурсы 2 (2011): 31-39. 3. Ганеев, И. Г., and А. А. Кулагин. “Ремедиация и рекультивация техногенно деградированных земель.” Вестник Оренбургского государственного университета 6 (2009): 554-557. 4. Khudoyberdieva, I. Analyzing of Influential Factors for the Development of Livestock and their Significance in Navoi Region. 5. Xudoyberdiyeva, I. A., & Ahmatova, S. N. (2024). ECONOMIC GEOGRAPHICAL DESCRIPTION OF KHARTICHI DISTRICT. Экономика и социум, (11-2 (126)), 516-520. 6. Худойбердиева, И. А., & Утаева, Р. О. (2024). КЛАССИФИКАЦИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ОТРАСЛЕЙ С ЭКОНОМИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКОЙ ТОЧКИ ЗРЕНИЯ (НА ПРИМЕРЕ ЖИВОТНОВОДСТВА НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ). Экономика и социум, (12-1 (127)), 1155-1161. 7. Navoiy viloyat qishloq xo‘jaligi ma’lumotlari 2025-y