scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN`AT O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNING O'RNI.

Muzropova Guljamol Mardonovna

Abstract

Ushbu maqola zamonaviy tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy shakllanishida ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari, ahamiyati va uni shakllantirish yo‘llariga bag‘ishlangan. Ma’lumotlarda ijtimoiy-madaniy kompetentlik atamasining mohiyati ochib berilib, uning madaniy xabardorlik, madaniy sezgirlik, madaniyatlararo muloqot qobiliyati, tolerantlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi asosiy komponentlari tahqir qilinadi. Xususan, mulohazalar O‘zbekistonning ko‘p millatli va boy madaniy kontekstida, tasviriy san’at o‘qituvchisining multikultural sinf muhitida samarali ishlashi, san’at asarlarini chuqurroq tahlil qilishi va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishidagi ahamiyati qayta ta’kidlanadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ushbu kompetentlikni rivojlantirishning amaliy usullari – o‘quv dasturlarini integratsiyalash, loyiha-usullaridan foydalanish, amaliyotni diversifikatsiya qilish va refleksiyani rag‘batlantirish kabi masalalar yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 201 TASVIRIY SAN`AT O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNING O‘RNI Muzropova Guljamol Mardonovna Navoiy Davlat Universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403333 Anotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy shakllanishida ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari, ahamiyati va uni shakllantirish yo‘llariga bag‘ishlangan. Ma’lumotlarda ijtimoiy-madaniy kompetentlik atamasining mohiyati ochib berilib, uning madaniy xabardorlik, madaniy sezgirlik, madaniyatlararo muloqot qobiliyati, tolerantlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi asosiy komponentlari tahqir qilinadi. Xususan, mulohazalar O‘zbekistonning ko‘p millatli va boy madaniy kontekstida, tasviriy san’at o‘qituvchisining multikultural sinf muhitida samarali ishlashi, san’at asarlarini chuqurroq tahlil qilishi va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishidagi ahamiyati qayta ta’kidlanadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ushbu kompetentlikni rivojlantirishning amaliy usullari – o‘quv dasturlarini integratsiyalash, loyiha-usullaridan foydalanish, amaliyotni diversifikatsiya qilish va refleksiyani rag‘batlantirish kabi masalalar yoritilgan. Kalit soʻzlar: Tasviriy sanʼat, oʻqituvchi tayyorlash, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, madaniy xabardorlik, madaniy sezgirlik, madaniyatlararo muloqot, tolerantlik, inklyuziv taʼlim, multikultural muhit, milliy qadriyatlar, pedagogik texnologiya, Oʻzbekiston konteksti. Annotation. This article is dedicated to the key components, significance, and methods of developing socio-cultural competence in the professional formation of a modern visual arts teacher. The article explores the essence of the term socio-cultural competence, highlighting its core components such as cultural awareness, cultural sensitivity, intercultural communication skills, tolerance, and social responsibility. In particular, the discussion emphasizes the importance of these competencies in the context of Uzbekistan's multiethnic and rich cultural environment, where visual arts teachers play a crucial role in effectively engaging in multicultural classroom settings, analyzing artworks more deeply, and promoting national values. The article also covers practical approaches to fostering this competence in higher education institutions, including curriculum integration, use of project-based methods, diversification of internships, and encouraging reflection. Keywords: Visual arts, teacher training, socio-cultural competence, cultural awareness, cultural sensitivity, intercultural communication, tolerance, inclusive education, multicultural environment, national values, pedagogical technology, Uzbekistan context. Аннотация. Данная статья посвящена ключевым компонентам, значению и методам формирования социокультурной компетентности в процессе профессионального становления современного преподавателя изобразительного искусства. В статье раскрывается сущность термина социокультурная компетентность, подчеркиваются её основные компоненты, такие как культурная осведомлённость, культурная чувствительность, навыки межкультурной коммуникации, толерантность и социальная ответственность. Особое внимание уделяется важности этих компетенций INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 202 в многонациональном и богатом культурном контексте Узбекистана, где преподаватели изобразительного искусства играют важную роль в эффективной работе в мультикультурной учебной среде, более глубоком анализе произведений искусства и продвижении национальных ценностей. Также рассматриваются практические подходы к развитию данной компетентности в учреждениях высшего образования, включая интеграцию в учебные программы, использование проектных методов, диверсификацию практики и стимулирование рефлексии. Ключевые слова: Изобразительное искусство, подготовка преподавателей, социокультурная компетентность, культурная осведомлённость, культурная чувствительность, межкультурная коммуникация, толерантность, инклюзивное образование, мультикультурная среда, национальные ценности, педагогические технологии, контекст Узбекистана. XXI asrda globallashuv jarayonlarining kuchayishi, madaniyatlararo muloqotning jadallashuvi va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarda ijtimoiy faollik, madaniy savodxonlik, tolerantlik, estetik did, tarixiy va madaniy merosga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirishda o‘qituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentligi muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tasviriy san’at fani o‘quvchilarning nafaqat estetik didini rivojlantirish, balki ularning ijtimoiymadaniy ongini shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan orqali o‘quvchilar milliy va jahon madaniy merosi, tarixiy san’at obidalari, milliy hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishadilar. Shu bois tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lish bilan birga, ijtimoiy-madaniy muhitga ongli munosabat bildira oladigan, yuksak madaniyatli pedagog bo‘lishi zarur. Bugungi kunda pedagogik ta’limda kompetentlik yondashuvi asosida o‘qituvchilarni tayyorlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojiga, madaniy merosni saqlash va uni yosh avlodga yetkazish borasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy globallashuv sharoitida ta’lim sohasi yangi pedagogik yondashuvlar va zamonaviy kompetentliklarni talab qilmoqda. Tasviriy san’at bu – faqat texnik ko‘nikmalar majmui emas, balki turli xalqlarning madaniyati, qadriyatlari va ijtimoiy munosabatlarining badiiy ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, tasviriy san’at o‘qituvchisi nafaqat rassom, balki madaniyatlararo muloqotni ta’minlovchi, tolerantlik va ijtimoiy mas’uliyatni targ‘ib qiluvchi tarbiyachi sifatida faoliyat yuritadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki jamiyatning yetuk va ongli a’zolarini tarbiyalovchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi shaxs sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, tasviriy san’at o‘qituvchilari san’at, estetika, tarixiy meros va milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda muhim o‘rin egallaydi. Shu bois, tasviriy san’at o‘qituvchisining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish – bu uning shaxsiy fazilatlari, kasbiy salohiyati va ijtimoiy ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi jarayondir. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik tushunchasi va tasviriy san’at o‘qituvchisi faoliyatidagi ahamiyati. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik — bu shaxsning jamiyatda samarali muloqot qilish, turli madaniyatlarni anglash va ularni qadrlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 203 qilish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ongli ishtirok etish qobiliyatidir. Bu kompetentlik insonning ijtimoiy ongini, madaniy sezgirligini va axloqiy mas’uliyatini shakllantiradi. Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari qo`yidagilarda namoyon bo‘ladi. Madaniy savodxonlik – milliy va jahon madaniyatlari, san’at va urf-odatlar haqida bilimga ega bo‘lish. Estetik did – go‘zallikni anglash, san’at asarlarini badiiy tahlil qilish qobiliyati. Ijodiy fikrlash – san’at orqali erkin, noan’anaviy va mustaqil fikr yuritish. O‘zlikni anglash va milliy g‘urur – o‘z xalqining tarixi, qadriyatlari va madaniy merosiga hurmat bilan qarash. Tolerantlik va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik – boshqa madaniyatlar vakillariga hurmat bilan yondashish va muloqot o‘rnatish. Tasviriy san’at o‘qituvchisi uchun ijtimoiy-madaniy kompetentlikning ahamiyati. Tasviriy san’at fani faqat chizmachilik ko‘nikmalarini emas, balki estetik tarbiya, madaniy ong, shaxsiy o‘sish va ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli, tasviriy san’at o‘qituvchisi quyidagi yo‘nalishlarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikka ega bo‘lishi zarur. Madaniyat va san’atni targ‘ib qilish – san’at asarlari orqali o‘quvchilarning madaniy ongini va qadriyatlar tizimini shakllantiradi. Milliy o‘zlikni rivojlantirish – milliy tarix, urf-odatlar va qadriyatlarni tasviriy vositalar orqali yosh avlod ongiga singdiradi. Estetik tarbiya berish – o‘quvchilarning go‘zallikni anglash, san’atni his etish va baholash qobiliyatini rivojlantiradi. Global madaniyat bilan tanishtirish – turli xalqlarning san’ati va madaniy oqimlari bilan tanishtirib, bag‘rikenglikni mustahkamlaydi. Ijodiy yondashuvni shakllantirish – o‘quvchilarning individual ijodiy imkoniyatlarini ochishga, erkin fikrlashga yo‘naltiradi. 1. Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy komponentlari № Komponent nomi Tavsifi 1 Madaniy xabardorlik O‘z va boshqa xalqlarning madaniy qadriyatlari, san’ati, urfodatlari va tarixini anglash, o‘rganishga qiziqish bildirishi 2 Madaniy sezgirlik (sensitivilik) Turli madaniy qatlamlarning his-tuyg‘ulari va dunyoqarashlariga nisbatan hurmat va hamdardlik bilan yondashish 3 Madaniyatlararo muloqot qobiliyati Turli madaniyat vakillari bilan erkin, to‘siqsiz va mazmunli muloqot olib borish qobiliyati 4 Tolerantlik va inklyuzivlik Xilma-xillikni qadrlash, har xil ijtimoiy, milliy va diniy guruh vakillarini qabul qilish 5 Ijtimoiy mas’uliyat San’at orqali jamiyatdagi dolzarb muammolarga (adolat, tinchlik, bag‘rikenglik) nisbatan ongli yondashuv 2. O‘qituvchilik faoliyatida ijtimoiy-madaniy kompetentlikning amaliy ko‘rinishlari № Ko‘rinish turi Mazmuni 1 Multikultural sinfda ishlash Etnik va ijtimoiy jihatdan xilma-xil sinf muhitida har bir o‘quvchining madaniy shaxsiyatini hurmat qilish 2 San’at asarlarini tahlil San’at asarlarini faqat estetik emas, balki madaniy va ijtimoiy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 204 № Ko‘rinish turi Mazmuni qilish kontekstda chuqur tahlil qilish 3 Qadriyatlarni targ‘ib qilish Darslar orqali vatanparvarlik, insonparvarlik, estetik did va milliy o‘zlikni shakllantirish 4 Inklyuziv ta’limni amalga oshirish Nogironligi bo‘lgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan san’at terapiyasi asosida ishlash 3. Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish yo‘llari № Yo‘nalish Tavsifi 1 O‘quv dasturlarini integratsiyalash San’at, madaniyatshunoslik, estetika, pedagogika va psixologiya fanlarini uyg‘un o‘rgatish 2 Amaliy va interaktiv metodlar Muzeylarga ekskursiyalar, madaniyatlararo seminarlar, san’at terapiyasi orqali madaniy ongni rivojlantirish 3 Ijodiy loyihalarni qo‘llabquvvatlash Milliy va jahon madaniyatini yorituvchi ko‘rgazma, tanlov va tashabbuslar orqali ijtimoiy mas’uliyatni oshirish O‘zbekiston – ko‘p millatli, boy tarixiy-madaniy merosga ega davlatdir. Mamlakatimiz hududida yashovchi turli millat va elat vakillarining farzandlari umumta’lim maktablarida yagona ta’lim tizimi asosida ta’lim-tarbiya olmoqda. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni tiklash, tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib etish, shuningdek, jahon madaniyati bilan samarali muloqot o‘rnatish zarurati yanada dolzarb masalaga aylangan. Mazkur jarayonda tasviriy san’at o‘qituvchisi muhim o‘rin egallaydi. U o‘quvchilarga nafaqat san’at asarlarini yaratish ko‘nikmalarini, balki o‘z milliy madaniyatining noyob jihatlarini anglash, u bilan faxrlanish va uni jahon madaniy kontekstida tushunish ko‘nikmalarini ham singdirishi lozim. Shu nuqtai nazardan, tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu kompetentlik o‘qituvchining nafaqat kasbiy salohiyatini, balki insoniy fazilatlarini, madaniyatlararo muloqotga tayyorlik, tolerantlik, bag‘rikenglik, estetik va ma’naviy ongini namoyon etadi. Zamonaviy tasviriy san’at o‘qituvchisi – bu faqat chizish yoki rangtasvirni o‘rgatadigan mutaxassis emas, balki o‘quvchilarda dunyoni estetik idrok etish, go‘zallikni anglash, boshqa xalqlar madaniyatiga nisbatan hurmat va hamdardlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi ma’naviy yetakchi hisoblanadi. Shu bois, oliy ta’lim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan, tizimli va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etishdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Tolibovich, S. S., & Mardonovna, M. G. (2023). EXPRESSION OF REALITY IN MODERN UZBEK FINE ART. Science and Innovation, 2 (2), 16-19. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 205 2. Mardonovna, M.G. (2023). ZAMONAVIY MODADA USLUBLARNING O‘RNI. Journal of Integrated Education and Research, 2(11), 18-22. 3. Guljamol, M. (2023). SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 2 (3), 191-197. 4. Mardonovna, M. G. (2023). The importance of the traditions of the teacher and disciple in the study of the traditional applied art of Bukhara. Intent Research Scientific Journal, 2 (2), 22-26. 5. Mardonovna, M. G. (2021). Artistic aspects of Bukhara applied art of the XIX century “On the example of Bukhara art ceramics”. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2 (2), 61-62. 6. Bobomurodova S. A. BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI INNOVATSION-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 73-82. 7. Xamidovna X. G., To’xtaqulovna V. A. TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI, HOZIRGI TA’LIM TIZIMIDAGI O ‘ZGARISHLAR VA XORIJIY DAVLATLARNING NUFUZLI OTMLARIGA QISQA MUDDATLI MALAKA OSHIRISH //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 3. – №. 29. – С. 87-91. 8. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016. 9. Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности //Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110. 10. Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons //Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1. 11. Шавдиров С. А. Ўқувчиларда тасвирий саводхонликка оид ўқув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик-психологик жиҳатлари //Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21. 12. SAN’AT S. A. S. T., TA’LIMIDA O. Q. O. Q. U. V., TALABLARI K. S. T. T. P. SAI. 2023.№ Special Issue 13 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/tasviriy-san’at-ta’limidao‘quvchilarning-o’quv-kompetensiyalarini-shakllantirish-tizimini-takomillashtirishningpedagogik (дата обращения: 03.12. 2023)