scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY BADIYI PEDAGOGIK TA'LIM MUASSASASIDA BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI MAKTAB O'QUVCHILARIDA ILLUSTRATIV RASM ISHLASHGA OID KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARINI BELGILASHNING PEDAGOGIK TALABLARI

Sobirov Sarvar Tursunmurotovich, Mirxosilov Mirsaid Ravshan o'g'li

Abstract

Maqolada oliy badiiy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida illustrativ rasm ishlash kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar hamda ularni belgilashning pedagogik talablari tahlil etiladi. Kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, STEAM integratsiyasi, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish asosida samarali shart-sharoitlarni yaratish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan. Pedagogik talablar tizimi o‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish, o‘quvchilar estetik didini yuksaltirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 237 OLIY BADIYI PEDAGOGIK TA’LIM MUASSASASIDA BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI MAKTAB O‘QUVCHILARIDA ILLUSTRATIV RASM ISHLASHGA OID KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARINI BELGILASHNING PEDAGOGIK TALABLARI 1Sobirov Sarvar Tursunmurotovich, 2Mirxosilov Mirsaid Ravshan o‘g‘li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi dotsenti 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at” yo‘nalishi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17403468 Annotatsiya. Maqolada oliy badiiy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida illustrativ rasm ishlash kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar hamda ularni belgilashning pedagogik talablari tahlil etiladi. Kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, STEAM integratsiyasi, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish asosida samarali shart-sharoitlarni yaratish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan. Pedagogik talablar tizimi o‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish, o‘quvchilar estetik didini yuksaltirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: badiiy ta’lim, pedagogik shart-sharoit, pedagogik talab, kompetensiya, illustrativ rasm, STEAM, raqamli texnologiya. Аннотация. В статье рассматриваются педагогические условия подготовки будущих учителей изобразительного искусства в высших художественно-педагогических учебных заведениях к формированию у школьников компетенций по иллюстративному рисунку, а также педагогические требования к определению этих условий. Научно обоснованы механизмы создания эффективных условий на основе компетентностного подхода, личностно-ориентированного образования, интеграции STEAM, использования цифровых технологий и синтеза национального и международного опыта. Подчеркивается, что система педагогических требований направлена на развитие профессионального мастерства учителей, формирование эстетического вкуса учащихся и эффективную организацию образовательного процесса. Ключевые слова: художественное образование, педагогические условия, педагогические требования, компетенция, иллюстративный рисунок, STEAM, цифровые технологии. Abstract. The article analyzes the pedagogical conditions required for preparing future fine arts teachers at higher pedagogical institutions to develop school students’ competencies in illustrative drawing, as well as the pedagogical requirements for determining these conditions. It substantiates mechanisms for creating effective conditions based on competency-based approaches, learner-centered education, STEAM integration, digital technologies, and the INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 238 synthesis of national and international experiences. The system of pedagogical requirements is highlighted as essential for developing teachers’ professional skills, enhancing students’ aesthetic taste, and organizing the educational process effectively. Keywords: art education, pedagogical conditions, pedagogical requirements, competence, illustrative drawing, STEAM, digital technology. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida san’at fanlari, xususan tasviriy san’at ta’limi sifatini oshirish, o‘quvchilarda badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. “Kelajak o‘qituvchisi” konsepsiyasi hamda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida pedagog kadrlar tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvni kuchaytirish asosiy vazifa sifatida belgilangan 1 . Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida illustrativ rasm ishlash kompetensiyalarini shakllantirishga tayyorlash jarayonida samarali pedagogik shart-sharoitlarni belgilash zarur. Chunki har qanday kompetensiyani rivojlantirish uchun ta’lim muhitida o‘ziga xos tashkiliy, metodik va ijtimoiy omillar uyg‘unlashgan bo‘lishi talab etiladi. Mazkur maqolada pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, ularni belgilashning pedagogik talablari tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari ilmiy asoslab beriladi. Pedagogik shart-sharoit tushunchasi pedagogika fanida o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlovchi tashkiliy, metodik, psixologik va ijtimoiy omillarning majmui sifatida qaraladi 2 . Bu tushuncha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv va konstruktivizm nazariyasi bilan uzviy bog‘liq. L.S.Vygotskiy ta’kidlaganidek, ta’lim jarayonida shaxs rivojlanishi ijtimoiy muhit bilan bevosita bog‘liq, shu boisdan pedagogik shart-sharoitlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirishi lozim 3 . J.Dewey esa ta’limning asosiy vazifasini shaxsning hayotiy tajriba asosida o‘zini namoyon etishida ko‘radi 4 . Mazkur nazariy qarashlar asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida pedagogik shart-sharoitlarni belgilashning aniq talablari ishlab chiqilishi zarur. Pedagogik shart-sharoitlarni belgilashning asosiy talablari. Kompetensiyaviy yondashuvga moslik Shart-sharoitlar bo‘lajak o‘qituvchilarda nafaqat bilim, balki amaliy ko‘nikma va ijodiy tafakkurni ham shakllantirishi kerak. Pedagogik shart-sharoitlarni belgilashning asosiy talablari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: - Shaxsga yo‘naltirilganlik. Talabalar va o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, psixologik xususiyatlarini hisobga olish. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022. 2 Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования. – М.: Народное образование, 2003. – 112 с. 3 Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. – М.: Педагогика, 1991. – 94 с. 4 Dewey J. Art as Experience. – New York: Minton, Balch & Company, 1934. – 353 p. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 239 - Innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Raqamli platformalar, grafik dasturlar, virtual ko‘rgazmalar ta’lim jarayoniga integratsiya qilinishi zarur. - STEAM integratsiyasi. San’atni boshqa fanlar bilan integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda kompleks tafakkurni rivojlantirish. - Ijodiy muhit yaratish. To‘garaklar, ustoz-shogird an’analari, ijodiy laboratoriyalar orqali san’at ta’limida kreativ muhitni shakllantirish. - Xalqaro tajriba uyg‘unligi. UNESCO, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribalarini mahalliy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish. - Milliy qadriyatlarga asoslanish. O‘zbek amaliy san’ati, milliy naqsh va bezaklarni illustrativ rasm ta’limida qo‘llash. Mazkur mavzuning dolzarbligi bir necha omillar bilan belgilanadi: - O‘zbekiston ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning kuchaytirilishi. - Globallashuv jarayonida yoshlarning ijodiy tafakkuri va vizual idrokini rivojlantirish ehtiyoji 5 . - San’at ta’limida raqamli texnologiyalarning keng qo‘llanilishi. - Milliy san’at merosini asrab-avaylash va uni zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashtirish zarurati 6 . Pedagogik shart-sharoitlarni belgilashda yuqoridagi talablarni inobatga olish quyidagi natijalarga olib keladi: - Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati yuksaladi. - O‘quvchilarda illustrativ rasm ishlash kompetensiyalari samarali shakllanadi. - Ta’lim jarayonining innovatsionlik darajasi oshadi. - Milliy va xalqaro tajriba uyg‘unlashadi. - Estetik tarbiya va ijodiy tafakkur rivojlanadi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarida illustrativ rasm ishlash kompetensiyalarini shakllantirishga tayyorlash samarali pedagogik shartsharoitlarni belgilashni taqozo etadi. Bu shart-sharoitlarni belgilashda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilganlik, innovatsion texnologiyalar, STEAM integratsiyasi, ijodiy muhit va milliy hamda xalqaro tajriba uyg‘unligi asosiy talablar sifatida qaraladi. Mazkur talablarni amalga oshirish san’at ta’limida sifatni oshirish, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va estetik didni rivojlantirish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022. 2. Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования. – М.: Народное образование, 2003. – 112 с. 3. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. – М.: Педагогика, 1991. – 94 с. 5 Eisner E. The Arts and the Creation of Mind. – Yale University Press, 2002. – 264 p. 6 Хамидов М., Тўхтасинов А. Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 2019. – 214 б. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 240 4. Dewey J. Art as Experience. – New York: Minton, Balch & Company, 1934. – 353 p. 5. Eisner E. The Arts and the Creation of Mind. – Yale University Press, 2002. – 264 p. 6. UNESCO. Road Map for Arts Education. – Lisbon: UNESCO, 2006. – 37 p. 7. Хамидов М., Тўхтасинов А. Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 2019. – 214 б. 8. Шарипова М. Иллюстратив расм ва болалар ижодий тафаккури. – Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2021. – 176 б. 9. 10. Sobirov S.T. “IMPORTANCE OF ILLUSTRATIONS FOR PERCEPTION OF CONTENT OF THE BOOK”. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 4, 2020 Part II ISSN 20565852. P 98-101.