TASVIRIY SAN'ATDA KOMPOZITSIYA FANINI O'QITISHNING PEDAGOGIK –PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’at yo‘nalishida “Kompozitsiya” fanini o‘qitishning pedagogik va psixologik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kompozitsiya o‘qitishning didaktik prinsiplari, psixologik mexanizmlari va ularning talabalarning ijodiy kompetensiyalariga ta’siri o‘rganiladi. Maqola bo‘lajak san’at pedagoglarini tayyorlashda samarali yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 261 TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYA FANINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK –PSIXOLOGIK ASOSLARI 1Tursunov Mannon O‘tkir o‘g‘li, 2Ulashov Shamshodbek Hasan o‘g‘li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at yo‘nalishi 2kurs magistranti , 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17403583 Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’at yo‘nalishida “Kompozitsiya” fanini o‘qitishning pedagogik va psixologik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kompozitsiya o‘qitishning didaktik prinsiplari, psixologik mexanizmlari va ularning talabalarning ijodiy kompetensiyalariga ta’siri o‘rganiladi. Maqola bo‘lajak san’at pedagoglarini tayyorlashda samarali yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: kompozitsiya, pedagogik metodlar, psixologik yondashuv, ijodiy tafakkur, o‘zbek san’ati. Аннотация. Настоящая статья посвящена анализу педагогических и психологических основ преподавания дисциплины «Композиция» по направлению изобразительного искусства в высших учебных заведениях Узбекистана. В исследовании рассматриваются дидактические принципы преподавания композиции, психологические механизмы и их влияние на творческие компетенции студентов. Статья способствует внедрению эффективных подходов в подготовке будущих педагогов искусства. Ключевые слова: Композиция, педагогические методы, психологический подход, творческое мышление, узбекское искусство. Annotation. This article is devoted to the analysis of pedagogical and psychological foundations of teaching the "Composition" course in the visual arts direction at higher education institutions in Uzbekistan. The study examines the didactic principles of teaching composition, psychological mechanisms, and their impact on students' creative competencies. The article contributes to the implementation of effective approaches in preparing future art educators. Keywords: Composition, pedagogical methods, psychological approach, creative thinking, Uzbek art. Tasviriy san’at ta’limi O‘zbekistonning oliy pedagogik ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi. “Kompozitsiya” fani bu jarayonda markaziy rol o‘ynaydi, chunki u talabalarga nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki ijodiy tafakkur, estetik idrok va tanqidiy tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bu fan orqali talabalar asarning tuzilishini, elementlar munosabatini va g‘oyaviy ma’noni o‘rganib, o‘z ijodlarida milliy va zamonaviy elementlarni uyg‘unlashtirishni o‘rganadilar. Biroq, O‘zbekistonda kompozitsiya o‘qitishda an’anaviy metodlar ustunlik qiladi, bu esa innovatsion va psixologik yondashuvlarning yetishmasligiga olib keladi. Natijada, talabalarning ijodiy salohiyati to‘liq rivojlanmaydi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ta’limiy islohatlar ham ayni muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Jumladan, 2019-yil 8 - oktyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 262 tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF 5847 - sonli prezident farmoni 1 da ta’lim jarayonini zamonaviy metodlar va innovatsion texnologiyalar bilan boyitishni, shuningdek, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi yangi dasturni joriy etishni ko‘zda tutadi Ushbu maqoladan ko‘zlangan maqsad kompozitsiya fanini o‘qitishning pedagogik va psixologik asoslarini tahlil qilib, samarali metodlarni taklif etish, mashhur o‘zbek rassomlari asarlariga asoslangan milliy san’at an’analari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar (raqamli dasturlar) integratsiyasi orqali oliy ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqishdan iborat. Natijada, mazkur ishning ahamiyati ortmoqda, chunki u ta’limdagi ijodiy jarayonni psixologik va pedagogik jihatdan bog‘lab, talabalarning g‘oyaviy o‘sishini ta’minlaydi. Kompozitsiya fanini o‘qitishning pedagogik asoslari didaktika va zamonaviy ta’lim nazariyalariga tayanadi, xususan, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida talabalarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan. Asosiy printsiplar, bosqichmabosqich rivojlantirish, nazariy bilimlardan amaliy ko‘nikmalarga o‘tish, bu jarayon talabalarning ijodiy tafakkurini mantiqiy ravishda rivojlantiradi. O‘qitish jarayoni talabalarning yosh va tajriba xususiyatlariga moslashtirilishi kerak. Masalan, bakalavriatda oddiy shakllar (geometrik shakillar) dan boshlab ishlash va asosiy qonunlarni o‘rganish, keyingi bosqichlarda esa murakkab kompozitsiyalar yaratish talab etiladi. Bu yondashuv talabalarning mustaqil tadqiqot qilish qobiliyatini rivojlantirib, g‘oyaviy chuqurlikni oshiradi. Didaktik vazifalar uch guruhga bo‘linadi, ular talabalarning ijodiy jarayonini mantiqiy bog‘laydi. Bilim berish, kompozitsiya qonunlari (oltin kesim, muvozanat, retim, markazlashuv)ni o‘rgatish, shu bilan talabalarga nazariy asos berish va ularning fikrlashini tizimli qilishdan iborat. Malaka shakllantirish, eskiz chizish, natyurmort, manzara va boshqa janirlarda kompozitsiyalar yaratish orqali amaliy ko‘nikmalar va talabalar tadqiqot loyihalari orqali g‘oyaviy integratsiyalarni amalga oshirish. Tarbiya, Estetik qadriyatlar va milliy san’at an’analarini singdirish, bu orqali talabalarning kasbiy etikasi va ijodiy motivatsiyasi shakllanadi. O‘qituvchilik sifati oliy ta’limda hal qiluvchi omil hisoblanadi. U pedagogik mahoratga ega bo‘lib, talabalarni rag‘batlantirishi va shaffof baholash mezonlarini qo‘llashi kerak. Masalan, baholash rubrikasi ijodkorlik (40%), texnika (30%), g‘oya va tadqiqiy chuqurlik (30%) bo‘lishi mumkin. Bu talabalarning o‘sishini rag‘batlantiradi va adolatli baholashni ta’minlaydi. Pedagogik yondashuvda integratsiya muhim ahamiyatga ega, chunki u pedagogik va psixologik asoslarni uzviy bog‘lab, talabalarning yaxlit ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kompozitsiyani nafaqat tasviriy san’at sohasi bilan cheklanmay, balki tarix, psixologiya, musiqa, arxitektura, adabiyot, geografiya, sotsiologiya va boshqa ko‘plab fanlar bilan bog‘lash orqali talabalar milliy va xalqaro rassomlar asarlarini chuqur tahlil qilib, o‘zlarining yangi ijodiy namunalari va loyihalarini yaratadilar. Bu jarayon talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, ularni turli fanlar orasidagi bog‘lanishlarni anglashga o‘rgatadi, natijada ularning dunyoqarashi kengayadi va amaliy qo‘llash qobiliyati ortadi. Masalan, mashhur o‘zbek va markaziy osiyolik rassomlaridan O‘rol Tansiqboyev manzaralari, Bahodir Jalolov tarixiy asarlari, A. Abdullayiv, M. Saidov, P. Benkov, A. Mamajonov, N. Qo‘ziboviv, A. Aliqulov ijod namunalari va qolaversa mahobatli rangtasvir ustasi Mirali Maxmudovning tarixiy 1 https://lex.uz/docs/-4545884.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 263 kompozitsiya asarlarini tahlil qilish orqali talabalar O‘rta Osiyo voqealari tasviri, ijtimoiy o‘zgarishlar, milliy identifikatsiya, sotsiologik nuqtai nazardan jamiyatning madaniy taraqqiyoti, arxitekturadagi muvozanat va proporsiya tamoyillari, o‘rganadilar. Portretlarda shaxsiy histuyg‘ular va ruhiy holatlar chuqur ifodalangan bo‘lib, talabalar psixologik ta’sirni, masalan, ranglar va yuz ifodalari orqali his etishni o‘rganadilar. Manzara asarlari orqali geografik xususiyatlar, tabiiy muhit va ekologik muvozanatni ko‘rish mumkin. Talabalar bu asarlar orqali iqlim, landshaft va inson-tabiat munosabatlarini o‘rganadilar, bu esa ekologik ongni rivojlantiradi. Ushbu integratsiya nafaqat talabalarning ijodiy qobiliyatini oshiradi, balki san’atni ko‘p qirrali fanlar orqali o‘rganishga yordam beradi, bu esa zamonaviy ta’limda muhimdir. Kompozitsiya, o‘qitishning psixologik asoslari talabalarning idrok, xayol va emotsional jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra ta’lim, ijtimoiy o‘zaro ta’sir orqali sodir bo‘ladi. Guruhli mashqlar talabalarni bir-biridan o‘rganishga undaydi, bu esa ijodiy jarayonni kuchaytiradi. Masalan, talabalar bir-birining eskizlarini tahlil qilib, o‘z g‘oyalarini rivojlantiradilar. Psixologik xususiyatlar yoshga qarab farqlanib, bolalarda oddiy shakllar (doira, kvadrat) bilan ishlash osonroq bo‘lsa, o‘smirlarda murakkab g‘oyalar rivojlantiriladi. Dars mobaynida o‘qituvchi talabalarning psixologik holatini hisobga olshi va stressni kamaytirishi kerak bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat qo‘rquvni keltirib chiqarishi mumkin, ammo o‘qituvchi tomonidan berilgan ijobiy fikr, mulohazalar va qo‘llab-quvvatlash bu muammoni hal qiladi. Idrok jarayoni kompozitsiya o‘qitishda muhim rol o‘ynaydi. Idrok ob’ektni butun holda aks ettirish bo‘lib, unda emotsional ta’sir va ma’nolilik xususiyatlari mavjud. Kompozitsiya darslarida talabalar shakl, rang va chiziqlarni tahlil qilib, estetik idrokni rivojlantiradilar. Masalan, o‘zbek suzani naqshlaridagi simmetriya o‘quvchida muvozanat hissi yaratadi, bu ularning emotsional holatini barqarorlashtiradi. H. Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasiga ko‘ra, ijodkorlik o‘yin orqali rivojlanadi. O‘qitish jarayonida o‘yinli mashqlar integrativ yondashuv asosida qo‘llanilishi mumkin. Masalan, “Raqamli kompozitsiya o‘yini” deb nomlangan mashqni joriy etish mumkin. talabalar mobil ilovalar yordamida mashhur rassomlar asarlari elementlarini real vaqt rejimida o‘z fotosuratlari yoki video sahnasiga joylashtiradilar va guruh oldida bu “virtual galereya”ni taqdim etib, tarixiy, psixologik, ekologik va boshqa jihatlarni muhokama qiladilar. Masalan, Tansiqboyevning tog‘li manzaralarini zamonaviy shahar muhitiga bilan bog‘lash orqali yangi manzara kompozitsiya yaratish mumkin. O‘zbek kontekstida milliy san’at psixologik idrokni boyitadi ya’ni milliy san’at kompozitsiya namunalarimiz talabalarda tinchlik va o‘zligini anglash hissi uyg‘otadi. Artterapiya elementlari, masalan, erkin chizish sessiyalari, talabalarning stressini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi va guruhli loyihalarda ham talabalar o‘zaro maslahatlashib, ijodiy g‘oyalarni rivojlantiradilar, bu oliy ta’limning ilmiy muhokamalariga mos kelib, psixologik va pedagogik asoslarni g‘oyaviy jihatdan birlashtiradi. Pedagogik va psixologik asoslarning integratsiyasi kompozitsiya o‘qitishni yanada samarali qiladi. Masalan, loyihaviy ishlar talabalarning idrokini faollashtiradi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mashhur rassomlar asarlariga asoslangan psixologik metodlar talabalarning motivatsiyasini yanada kuchaytirib, g‘oyaviy yituklikni ta’minlaydi. Maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’at yo‘nalishida “Kompozitsiya” fanini o‘qitishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilindi. Tadqiqot
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 264 natijalari shuni ko‘rsatadiki, kompozitsiya fani talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda markaziy o‘rin tutadi, chunki u nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki estetik idrok va g‘oyaviy chuqurlikni shakllantiradi. Pedagogik metodlar bosqichma-bosqich rivojlantirish va integratsiya printsipiga asoslanib, didaktik vazifalarni (bilim berish, malaka shakllantirish va tarbiya) mantiqiy bog‘laydi. Masalan, oltin kesim, muvozanat va ritm kabi qonunlarni o‘rgatish orqali talabalar o‘zbek san’ati an’analariga asoslangan loyihalarni yaratishni o‘rganadilar. Bu jarayon o‘qituvchining rag‘batlantiruvchi roli va shaffof baholash orqali talabalarning o‘sishini ta’minlaydi. Psixologik yondashuv esa talabalarning idrok va emotsional jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan bo‘lib, Vygotskiy nazariyasiga ko‘ra, guruhli mashqlar va o‘yinli usullar (masalan, raqamli kompozitsiya o‘yini) orqali ijtimoiy o‘zaro ta’sirni kuchaytiradi. O‘zbek san’ati namunalari, xususan, O‘rol Tansiqboyevning manzaralari va Bahodir Jalolovning tarixiy asarlari tahlili talabalarda muvozanat va o‘zlik hissi uyg‘otib, stressni kamaytiradi va art-terapiya elementlarini integratsiya qiladi. Ushbu integratsiya talabalarning ijodiy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi, chunki pedagogik metodlar psixologik mexanizmlarni (idrok, xayol) g‘oyaviy jihatdan birlashtiradi. Natijada, mazkur tadqiqot kompozitsiya o‘qitishni zamonaviy pedagogik metodlar va psixologik yondashuvlar orqali takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatdi, bu O‘zbekiston ta’lim islohotlariga mos keladi. Kelajakda raqamli texnologiyalarning psixologik ta’sirini eksperimental o‘rganish va ko‘proq milliy rassomlar ijodini integratsiya qilish orqali bo‘lajak san’at pedagoglarining tayyorgarligini yanada yaxshilash mumkin. Ushbu yondashuv o‘zbek san’ati an’analarini saqlab, ijodiy tafakkurni global darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Sultanov X.E. Tasviriy san’at kompozitsiyasi. O‘quv qo‘llanma. T.: Yangi chirchiq book, 2023. – 124 b. 2. X.E. Sultanov, S.T. Sobirov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. T.:ZEBO PRINT, 2021. – 166 b. 3. M.J. Maxmudov. Kompozitsiya . O‘quv qo‘llanma. T.: Yangi chirchiq book, 2023. – 136 b. 4. Sh, I. U. Rajabov Sh. Z, Tursunov M. U, Tasviriy san‟ at darslarida grafik materiallarda ishlash texnologiyalari. “Tasviriy san‟ at va muhandislik grafikasi fanlarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning muammolari va yechimlari” mavzusida Xalqaro miqyosida ilmiytexnik anjumanining Ma’ruzalar to’plami, Andijon–2020 y, 287. 5. Nasritdinova, U., Sultonov, X., Muratov, H., Ankabaev, R., Ismatov, U., & Abdumajitov, A. (2024). Application of geoinformation systems in the agricultural complex. In BIO Web of Conferences (Vol. 105, p. 03005). EDP Sciences. 6. U.Sh.Ismatov, M.O‘.Tursunov., Rassom hayoti va ijodi. O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojida Ro‘zi Choriyev ijodining o‘rni va ahamiyati Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to’plami. Termiz-2021. 7. Muratov, X. X. (2021). Elektron ta'lim resurslari va multimediali elektron o‘qitish vositalari orqali ta'lim muhitining rivojlanishi. Academic research in educational sciences, 2(1), 11301136. 8. Muratov, X. X. (2020). Qalamtasvir. Toshkent Ijod-print. 9. Sobirov S.T. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. Darslik. T.:ZEBO PRINT, 2025. – 332 b.