scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ TILINI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Abdusattarov Mavlon Sherali o'g'li

Abstract

Nowadays the time itself requires the use of modern and innovative methods in teaching the English language. As a consequence, in language teaching it involves developing several competencies. Competency is a complex of knowledge, skills and abilities directed to activity in using the language. This article focuses on the importance of developing students’ socio-cultural competence, targets and intended consequences.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 150 INGLIZ TILINI O‘QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJTIMOIYMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH Abdusattarov Mavlon Sherali o‘g‘li Samarqand tumani 38-maktab o‘qituvchisi Abstract:Nowadays the time itself requires the use of modern and innovative methods in teaching the English language. As a consequence, in language teaching it involves developing several competencies. Competency is a complex of knowledge, skills and abilities directed to activity in using the language. This article focuses on the importance of developing students’ socio-cultural competence, targets and intended consequences. Key words: competency, socio-cultural, skill, lingvodidactic, language, culture, communication, discursive, motivation, self-confidence, creativity Bugungi kunda maktab o’quvchilaridan tortib, Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham chet tillarini o’qitishning yangicha usuli qo’llanilmoqda. Ya’ni, dars mobaynida talaba nafaqat o’tilgan mavzuni tushunib olishi va albatta qo’shimcha savollarga ham javob berishi lozim. O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillar o’quv predmetiga Umumyevropa standarti (CEFR) darajalarining qabul qilinishi orqali talaba yoshlarga ingliz tilini o’rgatish jarayonida bir qancha kompetensiyalarini rivojlantirish talablari yoritilgan. Yaxshi bilamizki, davlatimizda chet tillarini o’qitishning zamonaviy va qulay shakli tadbiq etilgan bo’lib, bu orqali ta’lim jarayonida yangi muhitni shakllantirish, ya’ni o’quvchi yoshlar ongiga tez va oson yetib boruvchi axborot joylashtirish nazarda tutilgan. Jahon miqiyosida e’tirof etilgan Yevropa Kengashining “Chet tilini egallashning Umumyevropa kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash” (CEFR) dasturining ayrim ma’lumotlaridan foydalangan holda, mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalari uchun yangi ta’lim metodi ishlab chiqilgan. Jumladan, Umumyevropa standartiga muvofiq A1, A2, A2+; B1, B2, B2+; C1, C2, C2+ darajalarining qabul qilinishi orqali talaba yoshlarda bilim saviyasining yuqorilashi uchun yangi bosqich joriy etilgan[1]. Ingliz tilini o’rgatish orqali talabalarning kompetensiyalari rivojlantiriladi va malakali, o’z fikrini aniq va ravon yetkazib bera oladigan mutaxassis bo’lib yetishib chiqishini ta’minlaydi. Eski davrlardagi chet tillarini o’rgatish tizimiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, IX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chet tilini o’rganuvchilarga faqat va faqat kichik ma’lumotlardan to’plangan qoidalar o’qitilib, ularni yod olish topshirig’i berilgan holos. Bu orqali o’rganuvchida hech qanday natija yuz bermagan.Vaholanki, bu usul faqat miyaga amaliyotsiz nazariya singdirish degani [2].Ammo, bunday yo’l bilan biz maqsadimizga yeta olmasdik. Bugungi kunda ko’pgina ilmiy izlanishlar aynan zamon Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 151 talablariga to’laqonli javob beradigan, Umumyevropa talablarini o’z ichiga oladigan yangi ta’lim tizimini keng ommaga tadbiq etish va buni amalda qo’llashga qaratimoqda. Buning natijasida esa, mana bugun biz o’rganayotgan ta’lim metodi bizning sohamizga tez kirib keldi. Bir vaqtning o’zida ingliz tili grammatikasi, tinglash, eshitish orqali gapirish, yozish va o’qish singari amaliy ko’nlikmalar talaba yoshlarning bu tilni teran o’rganishiga zamin bo’lmoqda. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviylashtirilgan va yangilangan metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Til o’rgatish jarayonida bir nechta kompetensiyalarni rivojlantirish talab etiladi. Kompetensiya-tilni ishlatish jarayonidagi faoliyatga yo’naltirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar majmuidir. Bu jarayondagi kompetensiyaviy yondashuv nazariyasi – lingvodidaktik kategoriyalar, jumladan: ta’lim maqsadi, mazmuni, metodlari va prinsiplarini mujassamlashtirib, nutq faoliyati turlarini mukammal o’rgatish, til va madaniyatning o’zaro bog’liqligini nazarda tutadi [3]. Hozirgi zamon lingvodidaktik tamoyillarga binoan, ingliz tilini o’rgatishjarayonida kompetensiyalarning inobatga olinishi Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari talablaridan kelib chiqadi. Mazkur tilni o’rgatishda psixologik, pedagogik asoslar ham muhim ahamiyatga egadir. Alohida aytib o’tish joizki, ko’p millatli xalqimizda chet tilini o’rganayotgan talabalardan tashqari harxil soha vakillariga ham birinchi navbatda dunyo mamlakatlari fuqarolar bilan suhbatlashish imkonini beruvchi Speaking kommunikatsiya-ya’ni gapira olish, hayolidagi narsani yetkazib berish qobiliyati kerak bo’ladi. Shu asnoda biz bu yo’nalishda kommunikativ kompetensiyadan foydalanamiz. Bu kompetensiya talabalarda o’zlari qiziqayotgan davlat va ularning urf-odat dasturlari bilan yaqindan tanishish imkonini berish bilan birga o’z davlati haqida ham gapirib berish qobiliyatini o’stiradi. Ushbu kompetensiyani egallash orqali quyidagi kompetensiyalar shakllantiriladi: -Lingvistik kompetensiya-nutqiy (gapirish, tinglab-tushunish, tinglash, yozuv) va til kompetensiyalari(fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilishi va egallashni nazarda tutadi; -Ijtimoiy-lingvistik(nutqiy) kompetensiya-talabaning kommunikativ maqsadidan kelib chiqib, lingvistik shaklni tanlash imkonini beradi; -Duskursiv(og’zaki va yozma matn) kompetensiya-matnlarning lingvistik, stilistik va tarkibiy qismini bilib olishdan iborat; -Strategik (kompensator) kompetensiya-suhbat jarayonida tushunmovchiliklar paydo bo’lsa, takroran va uzr so’rash orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliayini ifodalaydi; -Ijtimoiy-madaniy kompetensiya-o’zi yashayotgan mamlakat madaniyatini chuqur bilish orqali tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyatini taqqoslay olishni o’z ichiga oladi; -O’quv-kognitiv kompetensiyalar esa, ingliz tili va madaniyatlarni bilishning mustaqil Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 152 bilimolish faoliyatidagi kompetensiyalar yig’indisi bo’lib, mazkur tilni zamonaviy ta’limtexnologiyalaridan foydalanish orqali o’rganishni nazarda tutadi. Demak, bilishimiz kerakki biz nazarda tutgan Ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini shakllantirish-bu o’z tarixini, madaniyatini, tilini va urf-odat dasturlarini yaxshi bilgan holda tili o’rganilayotgan davlatning tarixi va madaniyatini ham yaxshi bilib, ikkalasini taqqoslay olish yo’nalishidir. Bu kompetensiya talabalarda quyidagilarni kashf etadi:o’zaro, muloqot-kommunikativ kompetensiya;motivatsiya;o’ziga ishonch;Taqqoslash, tahlil qilish;o’z ustida izlanish, ijodkorlik;-ko’p o’qish, yetarli bilimga ega bo’lish;o’z tarixini va jahon tarixini ham chuqur o’rganish;o’z fikrlarini to’liq yetkazish, ya’ni notiqlik qobiliyatini rivojlantiradi. Talabaning ta’lim-tarbiya jarayoniga mos bo’lishini, ya’ni uning yuqoridagi aytilgan shaxsiy va tayanch kompetensiyalarini yuzaga keltirish uchun qo’llanilayotgan ta’lim modeli talabaning qaysi kompetensiyasini shakllantirishi yoki rivojlantirishini hisobga olgan holda oldindan maqsad qo’yib ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish lozim. Bugungi kunda dunyoda ilm-fan va texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligini inobatga olgan holda, yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet-tillarini mukammal bilish bo’lib qoldi. Xalqaro muloqot tillari o’rtasida yetakchi o’rinni egallab kelayotgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ingliz tilini o’qitish, o’rgatish ilmiy yondashuv asosida, davr talablariga to’la javob bera oladigan yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko’tarilib bormoqda. Demak ingliz tilini o’rganishda qo’shimcha matnlar o’qitish texnologiyasini ishlab chiqish va shu maqsadda kasbiy dasturlarni tuzish tamoyillarini amalga oshirishda, chet-tillarini chuqur o’rganishga qaratilgan har bir ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor berish zarur. Mutaxassis tayyorlash jarayonlarida ta’lim tizimi ustuvorligini jumladan,chet-tillar o’qitish yangidan-yangi texnologiya mexanizmlarini joriy qilishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumki, tafakkurning ifodasi, xalqlar o’rtasidagi aloqa ma’naviy va boshqa muloqatlar til orqali namoyon bo’ladi. Bunday texnologiyalar ta’lim tizimida o’z aksini topishi chet-tillini o’qitish saviyasini o’stiradi.Chet-tilida, jumladan ingliz tilida mutoala qilish malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Har bir oliy o’quv dargohida o’qitish yani kasbiy yo’nalishi bo’yicha, shuningdek, ingliz tilini mukammal o’zlashtirganlarga istiqboldagi ehtiyojlarni belgilash bo’yicha tarmoqlar metodikasini yaratishimiz lozim. Chet-tilida munosabatlar shartlar nutq, qo’shimcha kasbiy matnlar o’rganishningko’plab turlarini bilish davr talabi ekanligini ko’rsatib beradi. Boshqa tillar mohiyatini kamsitmagan holda, ayniqsa, ingliz tilida muloqat qilishda, nutqini tushunish mutolaa qilish va yozish, nutqiy faoliyat amaliyotida, ixtisoslik, mutaxassisligi bo’yicha keng tarmoqli va kasbiy adabiyotlarni o’qishda ularga tushuntirish annotatsiyalar, tezislar, Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 153 shuningdek, yozma axborot almashish jarayonlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati yaqqol namoyon bo’ladi va aniqlanadi. Eng quvonarli tomoni til o’rganish bilan bir qatorda, talablarda zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internetnin beqiyos imkoniyatlaridan ken foydalanishga qiziqishlari ortadi. Ingliz tilida o’qitishda yangi g’oyalar, texnologiyalardan foydalangandagina rivojlanishga, taraqqiyotga erishish mumkin bo’ladi. Axborot –kommunikativ texnologiya shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni aks ettiradi, har bir o’quvchining bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashlarigina emas, balki uning rivojlanish individual xususiyatlarini hisobga olgandagina unumli, ijobiy natijalarga erishish mumkindir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning ijtimoiymadaniy kompetensiyalarini shakllantirish borasida yuqoridagi metodlardan va albatta Umumyevropa standartlarining ayrim ma’lumotlaridan foydalangan holda o’qitish metodikasini olib borish yaxshi natija beradi. Shuningdek axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali ham chet tillarini o’rganish bizning ongimizga o’rganilayotgan tilning tez qabul qilinishiga zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Adambaeva F., Xadjanyazova G.The role of CEFR in teaching and learning foreign languages// “Chet tillarni o’rganishning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro-2014. 325-328 betlar 2. Гез Н.И. Формирование коммуникативний компетенции как обeкт зарубежной методики исследования. Иностранные языки в школе. 1999-N-2 C. 32-38. 3. YoqubovJ. Xorijiy tillarni egallashda til komptensiyalarining mohiyati va ularning nutq faoliyatini rivojlantirishdagi asosiy metodik tavsiyalar // Xorijiy tillarni o’qitishning buguni va ertasi.Xalqaro ilmiy maqolalar to’plami.2016 yil 30 sentabr.- Toshkent,2016.