scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILINING TARIXIY TARAQQIYOTIDA TILLARARO ALOQALAR VA LUG'AVIY TA'SIR MASALALARI

Sharipova Nargiza Muhammadovna

Abstract

mazkur maqolada o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa tillar bilan aloqalari, lug‘at tarkibining shakllanishida turkiy va noturkiy tillarning o‘rni hamda ikki tillilik hodisasi tahlil qilinadi. Xususan, mo‘g‘ul, fors-tojik, arab, uyg‘ur, turkman va ozarbayjon tillari bilan til kontaktlari hamda ularning o‘zbek tili leksikasiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy davridagi ikki tillilik an’analari va zamonaviy davrda yuzaga kelgan yangi ko‘p tillilik jarayonlari til taraqqiyotining muhim bosqichlari sifatida ko‘rib chiqiladi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 252 O‘ZBEK TILINING TARIXIY TARAQQIYOTIDA TILLARARO ALOQALAR VA LUG‘AVIY TA’SIR MASALALARI Sharipova Nargiza Muhammadovna [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17404118 Annotatsiya. mazkur maqolada o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa tillar bilan aloqalari, lug‘at tarkibining shakllanishida turkiy va noturkiy tillarning o‘rni hamda ikki tillilik hodisasi tahlil qilinadi. Xususan, mo‘g‘ul, fors-tojik, arab, uyg‘ur, turkman va ozarbayjon tillari bilan til kontaktlari hamda ularning o‘zbek tili leksikasiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy davridagi ikki tillilik an’analari va zamonaviy davrda yuzaga kelgan yangi ko‘p tillilik jarayonlari til taraqqiyotining muhim bosqichlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, til kontaktlari, lug‘aviy qatlam, ikki tillilik, arab tili, fors-tojik tili, mo‘g‘ul tili, turkiy tillar, Alisher Navoiy, tipologik tahlil. O‘zbek tili lug‘at tarkibining boyishida ichki manbalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular til taraqqiyoti uchun asosiy resurslardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamida turkiy so‘zlar sezilarli ulushni tashkil etadi. Biroq dunyodagi hech bir til faqat o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga rivojlanmaganidek, o‘zbek tili ham faqat milliy qatlam bilan cheklanib qolmaydi. Tarixiy jarayonda tashqi manbalar, ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar ham lug‘at boyligining takomillashuvida muhim rol o‘ynagan. Umuman, sof holda yashovchi til mavjud emas. Shu bois o‘zbek tili ham ichki resurslar bilan bir qatorda tashqi manbalardan ham keng foydalangan. Turkiy tillarning etimologik tarkibi va ularning o‘zaro aloqalari masalasi bir qator turkologik tadqiqotlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, N.A.Baskakov, G.Aydarov, S.Sevortyan singari olimlarning ishlarida tarixiylik tamoyili chuqur yoritilgan. Shunga qaramay, turli turkiy tillarning ma’lum tarixiy davrlarda o‘zaro aloqada bo‘lishi tabiiy jarayon bo‘lib, bunday munosabat natijasida tilning, xususan, lug‘at tarkibining shakllanishida muayyan izlar qolishi tabiiydir [1.19-81]. Natijada barcha tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham ikki asosiy qonuniyat kuzatiladi: 1) eski qatlamning yangi elementlar bilan almashishi; 2) boshqa tillardan so‘z qabul qilinishi. Demak, o‘zbek tili lug‘at tarkibining taraqqiyoti ikki manbaga tayangan holda amalga oshgan: a) ichki imkoniyatlar, b) tashqi manbalar. Bir tilning boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirishi oddiy va mexanik jarayon emas, balki murakkab ijtimoiy-tarixiy hamda lingvistik sharoitlar bilan uzviy bog‘liq hodisadir. Lug‘at tarkibiga yangi so‘zlarning kirishi uchun avvalo real muhit va sharoit talab qilinadi. Bunday sharoit esa ko‘pincha tillararo hamkorlik – ya’ni til kontaktlari orqali yuzaga keladi. O‘zbek tilining boshqa tillar bilan kontakti ham uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida murakkab shakllanish bosqichlarini bosib o‘tgan [2.49-112;6.382-390]. U urug‘ va qabila tillari, xalq tili, milliy til hamda uyg‘onish davri (Renessans) davrida boshqa ko‘plab qardosh va begona tillar bilan aloqada bo‘lgan. Bu aloqalar o‘z navbatida lug‘at tarkibida sezilarli iz qoldirgan. Turkiy qabila va urug‘ tillari qadimdan Markaziy Osiyoda yashab kelgan eroniy tillar bilan muayyan munosabatlarda bo‘lgan. Masalan, so‘g‘d, sak, massaget, baqtriya, xorazmiy singari Oktabr, 2025-Yil 253 qadimgi xalqlar tillari turkiy tillar bilan aloqada yashagan. Bundan tashqari, qadimgi Baqtriya podsholigi davrida yunon (grek) tilining ham faol ta’siri mavjud bo‘lgan [3.12-19]. Shuningdek, arxeologik va tarixiy manbalarda ko‘plab toponimlarning so‘g‘d tiliga oidligi qayd etilgan. Demak, qadimgi turkiy va eroniy tillar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishiga zamin yaratgan. Bu aloqalarni uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Turkiy urug‘ va qabila tillarining qadimgi eroniy qabila va urug‘ tillari bilan o‘zaro aloqasi (qadimgi davrlarda). 2. O‘zbek tilining fors-tojik adabiy tili bilan aloqasi (IX–XV asrlarda). 3. O‘zbek tilining tojik xalq shevalari va xalq tili bilan aloqasi (qadimdan hozirgacha). Mazkur davrlar davomida o‘zbek tiliga ko‘plab eroniy va tojikcha so‘zlar kirib kelgan va ular til lug‘at tarkibining muhim qatlamini tashkil etgan [1.23-96;2.123-167]. O‘zbek tili qadimiy turkiy qabila va urug‘ tillari shakllanish jarayonida boshqa tillar, xususan, mo‘g‘ul va oltoy tillari bilan aloqadorlikda bo‘lgan. Bu til aloqalari turli bosqichlarda – qadimiy davrlarda, oltoy tillari bilan o‘zaro ta’sir jarayonida hamda XIII asrdagi mo‘g‘ullar istilosi davrida yuzaga kelgan. Natijada hozirgi o‘zbek tili leksikasida uchraydigan qator so‘zlar yoki turk-mo‘g‘ul tillariga umumiy bo‘lgan qatlam shakllangan. Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan adabiy tilda umumturkiy va mahalliy sheva elementlaridan tashqari, qadimgi uyg‘ur, turkman, ozarbayjon, arab va fors-tojik so‘zlari ham keng o‘rin egallaydi. Masalan, qadimgi uyg‘ur tilidan kirgan camuğ (hamma), arıg (saf, toza), osığ (naf, foyda), o‘ğon (xudo), ukuş (ko‘p), uksuk (oz), qayu (qaysi), bitik (yozuv, xat) kabi birliklarni keltirish mumkin. Eski o‘zbek tilidagi o‘g‘uzcha qatlam esa bir nechta manbalarga tayanadi: 1) dialektal komponent sifatida singib ketgan o‘g‘uz shevalari, 2) mahalliy o‘g‘uz lahjalari ta’siri, 3) o‘sha davrdagi turkman va klassik ozarbayjon adabiy tillarining o‘zbek tiliga ta’siri [8.234-365]. Demak, tarixiy jarayonlarda o‘zbek tili uyg‘ur, ozarbayjon, turkman kabi qardosh tillar bilan aloqada bo‘lib, ularning ta’sirini qabul qilgan. Shu bilan birga, fors-tojik va arab tillari bilan ham bevosita kontaktlar mavjud bo‘lgan. O‘zbek tili rivojida boshqa tillar bilan muloqot turli bosqichlarda har xil shakllarda namoyon bo‘lgan. Masalan, xitoy, hind va qadimgi yunon tillaridan faqat cheklangan miqdorda so‘zlar o‘zlashtirilgan. Sovet davrida esa yangi kontaktlar tufayli ikki tillilik hodisasi kuchaydi: ayrim hududlarda o‘zbek aholisi qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar yoki qoraqalpoq tillarida ham bemalol muloqot qila oladigan darajaga yetdi. Bu holat tarixiy-lingvistik tamoyillarga mos keladigan tabiiy jarayon sifatida izohlanadi. Alisher Navoiy davrida ikki tillilik keng tarqalib, ko‘plab ijodkorlar o‘zbek va tojik tillarida birdek asarlar yaratgan. Keyinchalik bu an’ana boshqa shoirlar – Maxmur, Gulxaniy, Fazliy, Nodira ijodida ham davom etdi. Arablarning Movarounnahrda hukmronligi davrida esa arab tili davlat, din va ilm-fan tili sifatida ustuvorlik kasb etdi. VII–IX asrlarda o‘zbek tiliga arab tilidan katta miqdorda so‘zlar o‘zlashgan bo‘lsa, keyingi davrlarda bunday jarayon sustlashdi. Ba’zi arabcha elementlar esa asta-sekin faol qo‘llanilmay qolgan. XX asr boshlarida esa arabcha atamalar ilmiy terminologiyada qayta jonlangan. Oktabr, 2025-Yil 254 Hozirgi globallashuv davrida yangi turdagi bilingvizm – o‘zbek-ingliz ikki tilliligi shakllanmoqda. Bu jarayon tarixiy o‘zbek-arab yoki o‘zbek-tojik ikki tillilik hodisalaridan farqli, yangi sifat belgilariga ega. Chet tillarining, xususan, ingliz tilining ta’lim, fan va madaniyat sohasi orqali kirib kelishi o‘zbek adabiy tilining xalqaro mavqeini kengaytirmoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tili rivoji davomida qardosh va qardosh bo‘lmagan ko‘plab tillar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, bu jarayonlar esa uning leksik, fonetik va tipologik xususiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Айдаров Г. Язык орхонского памятника Бильге-Кагана. Алма-Ата, 1966. 2. Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. 11, часть первая. М., 1952. С.217-224 3. Буранов Дж. Сравнительная типология английского и тюркских языков. М.: 1983. - С.226. 4. Виноградов В.В. Русский язык. М., 1972. С.296. 5. Дыйканов К., Худайбергенов С. Қырғыз тилинин морфологияси. Фрунзе, 1957. С.114118. 6. Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературногоязыка. М. – Л., 1960. С.382-390. 7. Батманов И. А. Язык енисейских памятников древнетюркских письменностей. Фрунзе,1959. 8. ДТС. — Древнетюркские диалекты и их отражение в современных языках. Фрунзе, 1971. 9. Севортян Э.В. Из истории прилагательных в тюркских языках, - сб. “Тюркологические исследования», М.-Л., 1963, С.58-68. 10. Сопоставительная грамматика русского и казахского языков. Алма-Ата, 1966. С.355357 11. Сравнительная грамматика русского и туркменского языков. Ч. 1. Фонетика и морфология. Ашхабад, 1964. С. 201-235.__