KATTA SINF O'QUVCHILARIDA MAQSAD YO'QLIGI VA TARBIYA MASALASI
Abstract
Tarbiya – bu bolaning yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradigan eng muhim jarayonlardan biridir. Oila tarbiyani boshlab beradi, lekin bola ko‘p vaqtini maktabda o‘tkazgani uchun maktabdagi tarbiya ham juda katta ahamiyatga ega. Maktab – bu nafaqat bilim beradigan joy, balki bolaga hayotda qanday yashashni, boshqalar bilan qanday muomala qilishni, odob-axloqni o‘rgatadigan muhitdir. Maktabda ustozlar bolalarga fanlarni o‘rgatish bilan birga, ularni tartibli, hurmatli, mehnatkash, to‘g‘riso‘z bo‘lishga ham o‘rgatadi.
Full text
401 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 KATTA SINF O‘QUVCHILARIDA MAQSAD YO‘QLIGI VA TARBIYA MASALASI Begasheva Nargiza Komiljon qizi 58-umum ta'lim maktab tarbiya fani o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17404607 Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: istedodga, ilmga, mashqqa. Arastu Tarbiya – bu bolaning yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradigan eng muhim jarayonlardan biridir. Oila tarbiyani boshlab beradi, lekin bola ko‘p vaqtini maktabda o‘tkazgani uchun maktabdagi tarbiya ham juda katta ahamiyatga ega. Maktab – bu nafaqat bilim beradigan joy, balki bolaga hayotda qanday yashashni, boshqalar bilan qanday muomala qilishni, odob-axloqni o‘rgatadigan muhitdir. Maktabda ustozlar bolalarga fanlarni o‘rgatish bilan birga, ularni tartibli, hurmatli, mehnatkash, to‘g‘riso‘z bo‘lishga ham o‘rgatadi. Har bir o‘qituvchi bola uchun namuna bo‘lishi kerak. Bolalar faqat darsda emas, balki ustozining harakatlaridan, so‘zlaridan ham ko‘p narsani o‘rganadi. Masalan, ustoz boshqalarga hurmat bilan muomala qilsa,o‘quvchilar ham bu fazilatlarni o‘zlashtiradi. Zamonaviy davrda bolalarga turli xil axborotlar ta’sir qilmoqda. Televizor, telefon, internet orqali yaxshi-yomon narsalarni ko‘rishmoqda. Shuning uchun maktabda tarbiya ishlari har doim davom etib turishi kerak. O‘qituvchilar faqat darsni o‘rgatib qo‘ymasdan, bolalar bilan suhbatlashib, ularning qanday fikrlayotgani, nima bilan qiziqayotganini ham bilib borishlari muhim. Bugungi kunda maktabda o‘qiyotgan katta sinf o‘quvchilari orasida uchrayotgan eng Kata muammolardan biri — bu maqsadsizlikdir. Ko‘plab o‘quvchilar hayotda nima qilishni xohlayotganini bilmaydi, kelajak rejalari yo‘q, o‘zini sinab ko‘rishga ham intilmaydi. Bu holat oddiy tuyulishi mumkin, lekin aslida bu chuqur tarbiya muammosi bilan bog‘liq. Bola voyaga yetgani sayin, undan mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish va hayotiga javobgarlik olish talab etiladi. Lekin agar bola bolalikdan to‘g‘ri tarbiya olmagan bo‘lsa, bu qobiliyatlar unda shakllanmaydi. Ayniqsa, oila va maktab tarbiyasi kuchli bo‘lmasa, bola o‘z oldiga maqsad qo‘yishni ham o‘rganmaydi. Bu yerda ota-onaning ham o'rni juda katta. Chunkiy ota onadan kurib urnak olib farzand o'z hayotini boshlaydi. Ota -onalar va pedagoklar birlashib bir birini tushunga va qullagan holda ish olib borishlari kerak. Misol uchun maktabda dakki eshitgan bolani ota onasi o'qituvchiga kelib noroziligini bildirishi juda notugri. Ota onaning farzanda eng katta yaxshiligi unga chiroyli tarbiya berishidir. Tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri esa — bolaga hayot yo‘li tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Ya’ni, yaxshi tarbiya ko‘rgan o‘quvchi hayotda o‘z o‘rnini topishga intiladi, maqsad sari harakat qiladi. Aksincha, tarbiyada bo‘shliqlar bo‘lsa, bola o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, dangasa, befarq bo‘lib qoladi. Katta sinf — bu hayotiy tanlovlar bosqichi. Kasb tanlash, oliy ta’limga tayyorlanish, mustaqil fikrga ega bo‘lish shu davrda shakllanadi. Bu davrda ota-onalar va ustozlar bolaning yonida bo‘lishi, uni ruhlantirib, maqsad sari yo‘naltirishi kerak. Afsuski, ayrim hollarda o‘quvchilar yolg‘iz qolib ketishadi: na oilada, na maktabda yetarli e’tibor bo‘ladi. Boshqa tomondan, tarbiya — bu faqat tanbeh berish yoki qoidalar qo‘yish emas.
402 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Tarbiya — bu bolaning ichki dunyosiga kirib, uni tushunishga harakat qilishdir. O‘quvchining nima haqida o‘ylayotgani, nimalarga qiziqayotgani, qanday orzu-umidlari borligi haqida suhbatlashish muhim. Shu orqali biz ularga kerakli ma’lumot va yo‘l ko‘rsatmalarni bera olamiz. Yaxshi tarbiya ko‘rgan bola o‘z oldiga maqsad qo‘yishni erta o‘rganadi. Masalan, kitob o‘qishga odatlangan, ota-onasidan mehnatsevarlikni ko‘rgan, ustozidan sabr va intilishni o‘rgangan bola albatta hayotda nimagadir erishishni xohlaydi. Chunki u o‘zining qadrini, vaqtining qiymatini biladi. Xulosa qilib aytganda, katta sinf o‘quvchilarida maqsad yo‘qligi — bu faqat yoshga bog‘liq holat emas, balki chuqur tarbiyaviy muammolarning natijasidir. Agar biz tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, har bir o‘quvchi o‘z yo‘lini topadi. Tarbiya orqali biz ularga faqat hozirgi hayot uchun emas, balki butun kelajak uchun poydevor yaratamiz