scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK FANLARNI O'QITISH METODIKASI FANI PRINSIPLARI

Gulmuratova Aziyza Marat qizi

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy prinsiplari, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Pedagogika fanlarini o‘qitishda ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi, zamonaviylik va milliylik, ma’lumotlarning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi, talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi hamda tashabbuskorligini shakllantirishga doir prinsiplar tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi, didaktik vositalar majmui hamda o‘quv jarayonini maqbullashtirish tamoyillari nazariy va amaliy asosda bayon etilgan. Maqolada pedagogik fanlarni o‘qitishning metodik prinsiplari orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari ochib berilgan.

Full text

407 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH METODIKASI FANI PRINSIPLARI Gulmuratova Aziyza Marat qizi Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi. email: gulmuratovaaziza1@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.17405919 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy prinsiplari, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Pedagogika fanlarini o‘qitishda ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi, zamonaviylik va milliylik, ma’lumotlarning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi, talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi hamda tashabbuskorligini shakllantirishga doir prinsiplar tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi, didaktik vositalar majmui hamda o‘quv jarayonini maqbullashtirish tamoyillari nazariy va amaliy asosda bayon etilgan. Maqolada pedagogik fanlarni o‘qitishning metodik prinsiplari orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik fanlar, o‘qitish metodikasi, prinsiplar, ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi, zamonaviylik, milliylik, izchillik, tizimlilik, mustaqillik, ijodiy faollik, ta’lim va tarbiya bog‘liqligi. PRINCIPLES OF THE SCIENCE OF TEACHING METHODOLOGY OF PEDAGOGICAL SUBJECTS Abstract. This article covers the main principles of the science of teaching methodology of pedagogical subjects, their role and significance in the educational process. The principles of scientificity, unity of theory and practice, modernity and nationality, clarity, consistency and systematicity of information in teaching pedagogical subjects, the formation of creative activity, independence and initiative of students are analyzed. Also, the interrelation of the content of education and upbringing, the set of didactic tools and the principles of optimizing the educational process are described on a theoretical and practical basis. The article reveals ways to increase the effectiveness of the educational process through methodological principles of teaching pedagogical subjects. Keywords: Pedagogical sciences, teaching methodology, principles, scientificity, unity of theory and practice, modernity, nationality, consistency, systematicity, independence, creative activity, connection between education and upbringing. ПРИНЦИПЫ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ДИСЦИПЛИН Аннотация. В статье рассматриваются основные принципы методики преподавания педагогических дисциплин, их роль и значение в образовательном процессе. Анализируются принципы научности, единства теории и практики, современности и народности, ясности, последовательности и системности информации в преподавании педагогических дисциплин, формирования творческой активности, самостоятельности и инициативы учащихся. Также на теоретической и практической основе раскрывается взаимосвязь содержания образования и воспитания, комплекса дидактических средств и принципов оптимизации образовательного процесса. В статье раскрываются пути повышения эффективности образовательного процесса посредством методических принципов преподавания педагогических дисциплин. 408 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ключевые слова: Педагогические науки, методика преподавания, принципы, научность, единство теории и практики, современность, народность, последовательность, системность, самостоятельность, творческая активность, связь образования и воспитания. Pedagogik fanlarni o‘qitishning metodikasining prinsiplari o‘quvtarbiya jarayonlarining tashkiliy-didaktik asoslariga qo‘yiladigan ijtimoiy-pedagogik talablarni, uni boshqarishda rioya qilinadigan meyorlar sifatida amal qiladi. Fikrimizcha, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitish metodikasining prinsiplarini belgilashda quyidagilarga asoslanadi: 1) pedagogik fanlar oldida jamiyat ehtiyoji va talablaridan kelib chiqqan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi yo‘llari; 2) pedagogik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari; 3) ta’lim muassasalarida pedagogik fanlarni o‘qitishning didaktikmetodik shart-sharoitlari. O.Roziqov va boshqa “Didaktika” darsligi mualliflarining yozishlaricha “Prinsiplar umumdidaktik kategoriyalar bo‘lib, ular ta’limning barcha turlari (individlar, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang‘ich, o‘rta, professional, oliy), su’ektlari (o‘qituvchilar, o‘quvchilar kollektivi) o‘quv-tarbiya jarayonlarining hamma komponentlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir”1. Demak, prinsiplar umuman, jumladan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitish metodikasining prinsiplari jamiyat ehtiyoj va talablari asosida pedagogika fanining maqsad, 1 Roziqov O. va boshqalar “Didaktika” darsligi –T.: O‘zR F A “Fan”, 1997, 149-bet. 15 vazifalariga, o‘qitish qonunlariga, pedagogik fanlarni o‘qitishning didaktik-metodik shart-sharoitlariga va nihoyat umumdidaktik kategoriya sifatlariga ta’limning turlariga, darajalariga, subektlariga, o‘quvtarbiya jarayonining komponentlariga daxldor qoidalar ekan, pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasini o‘rgatishda ularga avval yaqin zaruriy holat hisoblanadi hamda oliy ta’limda ushbu fanni o‘rgatuvchilarni barcha barchasi bu prinsiplarni bilishlari lozim degan xulosa qilib chiqadi. Pedagogika adabiyotlarni o‘rganish pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining quyidagi prinsiplari tizimi mavjudligini asoslashga da’vat etdi. 1. Ilmiylik prinsipi. 2. Pedagogik fanlarni o‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi prinsipi. 3. Pedagogika mazmunini o‘zlashtirishda zamonaviylik va milliylik prinsipi. 4. Pedagogika ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi, izchilligi va tizimliligi prinsipi. 5. O‘qituvchi rahbarligida talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi va tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish prinsipi. 6. Pedagogik ma’lumotlarni o‘rganishda ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipi. 7. O‘qitishda didaktik vositalar majmui prinsipi. 8. Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish prinsipi. 9. Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash prinsipi. Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har qanday ma’lumot ilmiy asosga ega bo‘lsagina taraqqiyotga hissa qo‘sha oladi. Zero, ilmiy bilim bu tajribada sinalgan, fan, texnika rivojini ta’minlab, svilizatsiyaning ilgarilashga mos kelishini ifodalaydi. Ma’lumki, o‘qitishning ilmiylik prinsipi “fan-o‘quv predmeti” kesimida amalga oshadi. O‘quv predmeti fan asoslab bergan ma’lumotlar asosida ko‘riladi. Bunda ilmiy bilimlar borliqdagi qonuniyatlarni o‘zlashtirish, nazariy ma’lumotlarni anglash sari olib boradi. Chunki, ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan har bir o‘quv 16 predmeti, jumladan pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti ham o‘ziga ta’luqli bo‘lgan fanning umumiy asoslaridan iborat bo‘lgan. Bunda fanda tushuncha va kategoriyalarning ko‘pligi, mazmunan boyligi, qo‘llanish doirasining kengligi bilan o‘quv predmetidan yuqori turadi. 409 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 O‘quv predmeti esa ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, real o‘quv imkoniyatlarini, qiziqishlari asosida yaratildi. Shuning uchun o‘quv predmetlaridagi ma’lumotlar ham ilmiylik prinsiplariga asoslangan deb aytish mumkin. Ilmiylik prinsipida, ilmiy bilimlar, fan asoslarini egallash jarayonida ta’lim oluvchilarga aqliy qobiliyat, ijodiy tafakkur rivojlanadi, ilmiy dunyoqarash tarkib topa boradi. Shuning uchun pedagogika o‘rgatishda o‘qituvchi (talabalar) ilmiylik prinsipini qo‘llar ekan talabalar diqqatini ilmiy ko‘nikmalar, ularni kuzatishga, pedagogik voqelikdagi narsa va hodisalarni mohiyatini tahlil qilishga, aniq xulosalar chiqarishga o‘rgatishi lozim. Bu esa o‘quv fanining ilmiy mazmunini o‘zlashtirib olishga va kelgusida fanni chuqur egallab, uni o‘z faoliyatiga keng qo‘llashga yordam beradi. Pedagogik fanlarni o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi muhim ahamyat kasb etadi. Zero, bu pedagogika nazariyasidan egallagan bilimlari, amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq holda olib borilishini ta’minlaydi. “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” kesimida yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Shu bilan birga bu prinsip pedagogika fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxsiy qarashlari asosida voqelikdagi voqealarni tahlil qilishni nmazarda tutadi. Bu esa bilimlarni hayotga tadbiq etishda talablarning amaliy faoliyati mehnatini birlashtiradi hamda nazariy bilimini amaliy faoliyati uzviyligini ta’minlaydi. Nazariya bilan amaliyotnig birligi g‘oyasi metodika fanining muhim xususiyatlaridan biri. Chunki bunda talabalar pedagogika fanlari nazariy ma’lumotlarini o‘quv tarbiya muassasalarida qo‘llashning mazmuni, metod va usullarini o‘rganib oladilar. Buni jonli amalga oshirish uchun talabalar maktabgacha ta’lim o‘quv yurtlariga, maktablarga, o‘rta maxsus va kasb hunar bilim yurtlariga ekskursiya uyshtiradilar, u yerlardagi mehnat jarayoni bilan tanishadilar va o‘zlari egallagan bilimlarni amaliy hodisalar bilan solishtiradi. Bunda nazariy malumotlar ifodalangan adabiyotlar bilan talabalarni takroriy tanishtirish mashg‘ulotlari muhim metodik ahamyat kasb etadi. Shuning nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlashda ilg‘or 17 pedagogik tajribalar yoritilgan audio, video ma’lumotlar ham shu natijaga erishishni ta’minlaydi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining zamonaviylik prinsipi talabalarga bayon etilayotgan ma’lumotlar zamonaviy va milliy asosda bo‘lishini ta’minlaydi. Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan mamlakatda ta’lim tizimi jahon talablariga mos andoza va milliy asosda qurildi. Ta’lim muassasalarining uzluksizligi amalga oshirilishi natijasida, ularning moddiy texnika bazasi, o‘quv tarbiya jarayonlarining yuqori sifati o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiya ta’minlandi. Endi bunday o‘quv yurtlarida ishlaydigan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi uchun tayyorlangan o‘quv fanlarining mazmuni milliy asosda ko‘rildi. Shunga asosan pedagogika va psixologiyada o‘qitiladigan pedagogika fanlarining mazmunidagi malumotlarni milliy xususiyatlar asosida aks ettirishda davr talabi bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z navbatida mazkur fanni o‘qitishni milliy asosda qurishni taqozo qiladi. Zamonaviy va milliylik ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi zamonaviy texnik qurilmalar, vositalar, o‘quv adabiyotlaridan o‘rinli maxsulli foydalanish taqdirdagina yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat va yuqori malakali insonlar bo‘lishini anglatadi. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining muhim prinsiplaridan yana biri ma’lumotlarning tushunarliligi, ularni bayon etishning izchilligi va tuzimliligidir. Asosan tushunarlilik ta’lim beruvchidan ma’lumotlarning hajmi qiyinlik darajasi ta’lim oluvchilarning yoshi, real o‘quv imkoniyati, individual xususiyatlarigha muvofiq bo‘lishi lozimligini uqtiradi. Prinsipga amal qilish jarayonida ta’lim beruvchi mavzu bo‘lim, savollarni o‘rganish vaqtini belgilashni yoddan chiqarmasligi zarur. 410 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Shunindek tushunarlilik prinsipi yangi tushuncha, darliklardagi hozirgi zamon fan, texnika yutuqlarini, terminlar hajmini, o‘rganayotgan muammoning o‘quv dasturidagi o‘rnini, o‘qitish metodlari va usullarini o‘qituvchi tomonidan aniq belgilanishi lozimligini talab qiladi. O‘qitish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan individual xususiyatlarga o‘quvchilarning qiziqishlari, rivojlanish darajasi, his tuyg‘ulari, temperamenti, xarakter xususiyatlari, qobiliyati, mayli, turmush tarsi kiradi. Tushunarlilik prinsipi izchillik va tizimlilik 18 prinsipi bilan o‘zaro aloqadorlik tarzida qo‘llanilib, bunda masalalarni o‘rganishda a) ma’lumdan nomalumga; b) oddiydan murakkabga; v) aniqdan noaniqqa g) osondan qiyiga d) umumiydan xususiyga qoidalariga amal qilish asosida olib boriladi. Ta’limning izchillik prinsipiga Y.A.Komenskiy asos solgan, so‘ngra bu prinsiplar rus pedagogi K.D.Ushinskiy tomonidan rivojlantirilgan. Tajribaning ko‘rsatishicha izchil va tizimni bayon etilgan malumotlar ongli o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Parcha-qism asosida bayon etilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish qiyin. Shuning uchun bilimlar izchilk muayyan tizim asosida bayon etilsa ular o‘zaro bog‘lanadi va ikkinchisi birinchisini to‘ldiradi. Shunga asosan bilimlarni o‘zaro bog‘liqlikda yaxlit muayyan izchillik, tizimlilik yo‘nalishida o‘rganish mukammal takomillashib boruvchi shaxsning shakllanishini amalga oshiradi. Izchillik va tizimlilik butun o‘quv tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish darslarning ma’lumotlarini ratsional ta’minlashga yordam beradi, bilimlar tushunarli o‘zlashtiriladi, mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Pedagogik ma’lumotlarni o‘zlashtirishda talabalarning ijodiy faolligi mustaqilligi va tashabbuskorligi prinsipi fanda muhim ahamyat kasb etib gullab, xosilni ko‘p beruvchi daraxtga o‘xshaydi. Talaba pedagogika fanlari materiallarini ijodiy o‘zlashtirsa qo‘shimcha adabiyotlardan bilimlarni mustaqil to‘ldirsa albatta bu tashabbus ko‘rsatib mehnat qiladigan shaxs bo‘ladi. “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham nazarda tutilgan masalalardan biri talabalarda ijodiy faollikni mustaqillikni, tashabbuskorlikni shakllantirishi orqali malakali, maxoratli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Mustaqillik o‘z yo‘nalishida ijodiy faollikni tarbiyalaydi, ijodiy faollik tashabbuskorlikka undaydi. Bular o‘zaro sabab va natija shaklida bog‘langan pedagogik hodisadir. Zero, “Haqiqiy mustaqillikga erishmagan joyda talabalarning ijodiy faollikni ” tashabbuskorligi to‘g‘risida gapirib bo‘lmaganidek, pedagogik fanlarni o‘qitishda metodika fani o‘z ta’lim oluvchilarida mustaqillikni ta’minlamay turib pedagogik bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish faol va tashabbuskor bo‘lishni tarbiyalash murakkabdir. Darhaqiqat mustaqillik prinsipi davr ijtimoiyiqtisodiy taraqiyot talab etayotgan prinsip hisoblanadi. Chunki, mustaqillik talabalarda erkin fikrlashni, ijodiy qobiliyatni, aqlan teranlilikni shakllantiradi. 19 Shuni ta’kidlash joizki, har qanday mustaqillik, mustaqil bilim olish aqliy faoliyatni shakllantiradi. Faollik shaxsiy intellektual faoliyat belgisi tarzida mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Shu jihatdan bu ikki prinsip pedagogika fanlari mazmunidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha adabiyotlarda seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanish, mustaqil ish bajarish, referat yozish, testlar tuzishda qo‘l keladi va ijodiy aqliy faoliyatning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Pedagogik fanlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular yoshlarga ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotda shaxsiy kamolot, aqliy yetuklik, jismoniy barkamollik kabi ta’limtarbiya ma’lumotlaridan xabar beradi. Shu bois pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi ko‘proq ta’lim-tarbiyaning uzviy bog‘liqligiga e’tibor qaratib, pedagogik bilimlarni o‘rganish uchun ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipiga amal qiladi. Chunonchi, bu prinsip talabalarga bilim berish, ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy ongliligini ijyimoiy faoliyatini, ma’naviy yetuklikni tarbiyalashdan iborat prinsip hisoblanib, bunda egallangan pedagogik bilim konikma, malakalarni ijtimoiy hayotda qo‘llashni o‘rgatadi va ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi. 411 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. - T., 2020. 2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017. 4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017. 5. Hasanboeva O., Djamilova N. Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi. - T.: 2008. 23. 6. Ibragimov X.I. Pedagogika-psixologiya – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007 24. 7. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. 8. Илина Т.А. Педагогика: Курс лексий: Учебное пособие для студентов пед. ин-тов. — М.: 9. Просвещение, 1984. - 496 с. 318 26. Ismoilova Z. Pedagogikadan amaliy mashg’ulotlar. – T.: Fan, 2001. 27. 10. Карандашев B.H. Методика преподавания психологии - М. Спб 2007 28. Карандашев В. Н. Методика преподавания психологии: Учебное пособие. — СПб.: Питер, 2006. — 250 11. Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI. Modern Science and Research, 3(12), 396-400.