scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O'RNI

Xolova, Zebiniso

Abstract

Mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasida ayollar iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va imtiyozlar tahlil etiladi. Shuningdek, xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanishida kichik biznes subyektlarining samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati va bu jarayonda duch kelinayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari xotin-qizlar bandligini oshirishda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 208 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O’RNI Xolova Zebiniso Farxodovna Buxoro viloyat hokimligi boshqaruv apparati viloyat hokimi o’rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i kotibiyat mudiri Annotatsiya. Mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasida ayollar iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va imtiyozlar tahlil etiladi. Shuningdek, xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanishida kichik biznes subyektlarining samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati va bu jarayonda duch kelinayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari xotin-qizlar bandligini oshirishda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar xotin-qizlar bandligi, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy faollik, tadbirkorlik muhiti, gender tengligi, davlat dasturlari, yangi ish o‘rinlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. Global miqyosda barqaror rivojlanishning asosiy ustunlaridan biri gender tengligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish bilan bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2030” dasturida bu masala alohida yo‘nalish sifatida 5-maqsadda “Gender tengligini ta’minlash” va 8-maqsadda “Barqaror iqtisodiy o‘sish, bandlik va munosib mehnatni ta’minlash” belgilangan.[1] Mazkur maqsadlarni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ayollarni iqtisodiy faol hayotga jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlashda eng samarali vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ayollar tadbirkorligini qo‘llabquvvatlash nafaqat ularning iqtisodiy mustaqilligini kuchaytiradi, balki butun jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyot, aholining farovon turmush darajasi va barqaror o‘sishni ta’minlashda xotin-qizlarning faol ishtirokini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan choratadbirlar, jumladan, imtiyozli kreditlar, grant dasturlari va konsalting xizmatlari orqali xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.[2] Natijada, ayollar o‘rtasida tadbirkorlik faolligi sezilarli oshib, ularning bandlik darajasi ham ortmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Aholimizning 18,0 milliondan ortiq 49,7 foizini xotin-qizlar tashkil etishini hisobga olsak, yurtimizdagi ijtimoiy maslalarning aksariyati ular hayoti bilan chambarchas bog’liq.[3] So’nggi yillarda ayollarni ijtimoiy himoyalash, ular uchun doimiy ish joyini yaratish va bandligini ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasigacha ko’tarilib, bu borada mahalla darajasigacha yuritiladigan vertikal tizim yaratildi. Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8-oktabrdagi jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 209 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo’yicha yangi ish tizimi – har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” joriy etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xotin-qizlar bandligini oshirishda uning roli va afzalliklari ilmiy tarzda o‘rganishga oid muammolar turli davlatlarda turli yechimga ega bo‘lgan. Masalan, g‘arbda taniqli iqtisodchi olimlar E.Giddens, G.Sillaste, T.Parsonning ilmiy ishlarida ayollar mehnatining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Amerikalik sotsiolog olimlar L.Vard, B.Tomos, A.Kante va G.Spenser kabilar ham o‘z ilmiy qarashlarida ayollar mehnatidan samarali foydalanish va buning natijasida iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beruvchi g‘oyalarni aytib o‘tganlar. Rossiyalik olimlar E.N.Fetshov, P.Sorokin, M.Rivkin, T.Zaslavskaya va L.Babayevalarning ayollar mehnatidan foydalanish masalalari bo‘yicha olib brogan ilmiy ishlarini alohida ta’kidlash mumkin. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollar mehnatidan foydalanish masalalariga oid nazariy va amaliy muammolar R.Ubaydullayeva, D.Raximova, M.Sobirova, S.Qosimova kabi olimlarning ishlarida ayollar mehnatidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda ayollar uchun doimiy ish joyini yaratish bilan birga oilaviy biznes kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari bo‘уicha juda kata ishlar amalga oshirilib, kichik biznesning ayollar bandligini oshirishdagi roli kuchaytirildi. Jahon miqyosida aholining iqtisodiy faolligini gender yondashuvlari asosida tahlil qilsak, ayollarning mehnatda bandligi tobora ortayotganligini alohida qayd etish joiz Ayniqsa O‘zbekiston aholisining iqtisodiy faolligida ayollarning salmog‘I boshqa davlatlarga nisbatan yuqori (1-jadval). 1-jadval Aholining iqtisodiy faolligi to‘g‘risida, %[4] Hudud miqyosi Ayollar Erkaklar Dunyo bo‘yicha 53.1 80,3 Rivojlangan mamlakatlarda 50,4 67,5 O‘tish davridagi mamlakatlarda 51,0 70,5 O‘zbekistonda 68,9 72,5 Dunyo miqyosida ayollarning iqtisodiy faolligi past ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy faolligi ko‘rsatkichi, rivojlangan yoki o‘tish davridagi mamlakatlardan yuqoridir. Jumladan iqtisodiyotda band bo‘lgan ayollar ulushi 45 %ga yetgani hamda ular orasida aholi turmush farovonligini oshirishda ibrat ko‘rsatilib, minglab ayollarimiz tadbirkorlik sohasining turli yo‘nalishlarida ishlab chiqarish korxonalarini ochib, xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilayotganini alohida ko‘rsatish kerak. “Ayollar tadbirkorligi Global indeksi” butun dunyoda ayollar tadbirkorligi rivoji istiqbollarini o‘lcha beradi. Ayollar tadbirkorligi rivoji sifatida 3 ta omil, ya’ni tadbirkorlik muhiti; tadbirkorlik ekotizimi va ayollarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istaklari belgilab beradi. Ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash, ularda biznes asoslari va kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkor ayollarni huquqiy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida 1991 yildan faoliyat yuritib kelayotgan “Tadbirkor ayol” uyushmasi muhim ahamiyatga ega. Uyushmaning 14 ta INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 210 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us hududiy bo‘limlari, 68 ta tuman va shahar bo‘linmalari mavjud bo‘lib o‘zida 15000 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektini birlashtirgan. Uyushmada 200 ga yaqin mutaxassislar xotin-qizlarning tadbirkorlik harakatini rivojlantirish, ularning iqtisodiy bilimlarini oshirish, qayta kasbga tayyorlash, oilaviy tadbirkorlikni keng targ‘ib etish orqali arollarning foydali mehnat bilan bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib keldi.[5] Bugungi davr, zamonaviy shart-sharoit, amaliy hayotning o‘zi turmush tarzini boyitishning bosh mezoni sifatida tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanishni, farovon hayotni asosi sifatida maydonga olib chiqmoqda. Bu borada oilaviy tadbirkorlik bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirish eng muhim omillardan bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shuni alohida, ta’kidlash kerakki, oilaviy tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyati, u ko‘p asrlik oilaviy an’analar, qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda rivojlanadi. Bu an’anaviylik qishloqlarda, katta shaharlarda asrlar davomida mavjud bo‘lgan. Ko‘pgina oilalar an’anaviy tarzda birgalikda hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan va oila har bir a’zosining o‘z o‘rni va roli bo‘lgan. Qayd etish lozimki, bugungi kunda oilalar daromadining 4/1 qismidan ortig‘i tadbirkorlik evaziga topilmoqda. Davlatimiz tomonidan bu ko‘rsatkichni yanada oshirish, oilalar daromadini 50% ehtiyoji tadbirkorlik evaziga qoplanishiga erishishni masalasi qo‘yilgan. Yevropa mamlakatlarida bir ishlovchiga 0,7 kishi mehnat yoshiga yetmagan bolalar va nafaqadagi keksalar to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich Respublikamizda 2,5 kishini tashkil qiladi. Bunday sharoitda albatta, faqat oylik maosh bilan oilaning ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda oilaviy biznes, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib soliq stavkalarining kamaytirilishi, imtiyozli kreditlar miqdorining oshib borishi, ishbilarmonlik muhitining yaratilishi hisoblanadi. O‘zbekiston 2019 yilda xalqaro “Doing Business” reyting ko‘rsatkichida jahon miqyosida biznes yuritishga qulay sharoit yaratilgan 20 talik safiga kirgani yuqoridagi mulohazaning mantiqiy tasdig‘i bo‘lib hizmat qiladi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon Banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqalar o‘z ma’ruza va chiqishlarida keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlar qatoriga chiqqanligini etirof etishmoqdalar. O‘zbekiston ishbilarmon ayollarining “Tadbirkor ayol” uyushmasi mamlakat iqtisodiyotida bozor munosabatlarini joriy etishda xotin-qizlarning faol ishtirok etishi uchun qulay shart-shroitlar yaratib, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznesda huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi ko‘plab ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirьoqda. “Tadbirkor ayol” uyushmasi avval boshida ayollar tadbirkorligi istiqbollarini namoyon etish maqsadida 1991 yilda o‘n ikki nafar tadbirkor ayol tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, respublikada xotin-qizlar tadbirkorligining ijobiy salohiyatini ochib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Ushbu ishbilarmon ayollar uyushmasi birligi yo‘lida 14 viloyat, 62 ta hududiy filiallari yagona tarmoqqa birlashtirgan bo‘lib, unda 200 ga yaqin mutaxassis ayollar tadbirkorligini kengaytirishga hissa qo‘shmoqda, iqtisodiy rivojlanish va himoya qilish uchun sharoit yaratmoqda, xotin-qizlarning ijtimoiy huquqlari, ularning tadbirkorligini va ijtimoiy tashabbuskorligini qo‘llabquvvatlash, innovatsiyalarni joriy etish orqali moliyaviy va axbirot resurslaridan foydalaninshni INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 211 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us ta’minlashga yordam berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy bilimlarni oshirish, kasbiy qayta tayyorlash va xotin-qizlarni foydali ish bilan ta’minlash uchun turli ta’lim dasturlarini amalga oshirilmoqda. Uyushmaga hozirgi kunda 70000 ga yaqin tadbirkor ayol a’zo bo‘lib, ular o‘z faoliyatlari davomida jami 70000 dan ziyodroq ish o‘rinlarini tashkil qilishdi. SHuningdek, 2017 yilga qadar 14000 dan ziyod xotin-qizlarga biznes yuritish asoslari o‘gatildi, ishsiz bo‘lganlarga kasb-hunar egallashlariga amaliy yordam beridi va hokazo. Bu kabi say-harakat shubhasiz, Respublikada, nafaqat O‘zbekistonda balki, xalqaro miqyosda ham namunali nodavlat jamoat uyushmasi sifatida qayd etildi. Masalan, 2012 yilda ushbu uyushma BMT ning Xotin-qizlar manfaati yo‘lidagi taraqqiyot jamg‘armasining (YUNIFEM) maxsus mukofoti, “Kasbga o‘qitish va mikrokriditlash orqali xotin-qizlarning iqtisodiy mavqeini oshirishga ko‘maklashish” yo‘nashi bo‘yicha mazkur tashkilotning sertifikati va mukofotlariga sazovor bo‘lgan edi.[7] Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini turmush tarzi, ayniqsa, qishloq hududidagi aholi, xususan xotin-qizlar, ko‘p bolali oilalarni iqtisodiy ahvolida ham tabiiyki, o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar bozor iqtisodiyoti sharoitida xotin-qizlarni ushbu sharoitga moslashtirish, bu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada xotin-qizlar uy sharoitidan ajralmagan holda mehnat qilishi uchun juda ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi. SHu boisdan ham ularni kasanachilik bilan mashg‘ul bo‘lishlari xotin-qizlarning o‘zlari uchun juda maqbuldir. Shu o‘rinda kasanachilik haqida shuni alohida ta’kidlash lozimki, kasanachilik - daromad keltiruvchi mehnat faoliyati sifatida XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqiloblari davrida zamonaviy tus olgan bo‘lib, bunda yirik korxonalar iqtisodiy maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan mahsulotlar ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining muayayn qismini aholining uy xo‘jaliklariga joylashtirgan. O‘sha davrlardan kasanachilikning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, birinchidan, korxonalarda ko‘p mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar band qilgan ishlab chiqarish maydonlari bo‘shashi, ikkinchidan, ijtimoiy muhofazani talab qilmagan arzon ishchi kuchidan foydalanish, uchinchidan, mahsulot sifati va uni standartlashtirish tartibiga qaratilishi belgilangan.[7] XX asrga kelib esa G‘arb mamlakatlarida, ayniqsa, Janubiy-sharqiy Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarida (Osiyo yo‘lbarslari) da uy mehnati yangi sifatda yuzaga chiqdi. Natijada yirik korxonalar va individual ishlab chiqaruvchilar orasida mehnat shartnomalariga asoslangan kooperatsiya shakllandi. O‘zbekistonda ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida kasanachilik sifat jihatidan yangi ko‘rinishda yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbarlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 24 may Qarori, “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshiiish to‘g‘risida”gi 2018 yil 7 iyun PQ-3777-son Qarori kabilar qabul qilindi. Bular orqali korxona buyurtmasiga ko‘ra mehnat faoliyati yurituvchi fuqaro va korxona orasidagi kooperatsiya shakli joriy qilindi. Mehnat faoliyatining bu shaklidan unumli foydalanish, birinchidan qishloq joylarida o‘tkir bo‘lib turgan ishsizlik muammosini hal etishga imkon beradi, ikkinchidan u yoki bu sababga ko‘ra ishlab chiqarishda ishtirok eta olmaydigan ayollar uchun ishlash imkoniyati yaratiladi, uchinchidan, kasanachilikning maoshi oila byudjetiga qo‘shimcha bo‘lib, daromad oshishiga olib INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 212 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us keladi va nihoyat insonlarning, ayniqsa ko‘p bolali ayollarning ishiga, bunyodkorlik faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Umuman olganda, xotin-qizlar iqtisodiy faoliyatida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bu orqali bandlikni ta’minlash, kichik biznes orqasidan iqtisodiy ta’minlanganlik, o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, iqtisodiy jihatdan avvalo o‘zini, oilasini shu orqali jamiyatni boyitishi, ko‘plab kishilarni foydali mehnat bilan band qilish, ijtimoiy hayot bobida inson mehnatidan qoniqish lozimligi hissi kabi ijobiy jihatlarni yuzaga chiqarib, iqtisodiy barqarorlikka zamin bo‘lib xizmat qiladi. MANBALAR: 1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Sustainable Development Goals (SDGs), 2015. https://sdgs.un.org/goals 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4235-son qarori, 2019yil 7-mart. 3. https://stat.uz/img/infografikalar/demografiya_uzb_p46235.pdf 4. Демоскоп weekly. Электронная версия бюллетеня Население и общество. Центр демографии и экологии человека Института народнохозяйственного прогнозирования РАН. – Москва. №377-378. http://esa.un.org/unpp 5. Ayollar jamoat tashkilotlari Forumi, 2016 yil. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining rasmiy sayti//www.wcu.uz 6. Махмудова Г. Роль неправительcтвенныхорганизаций в становлении и развитии женского предпринимательства в Узбекистане // http://www.fpa.su 7. O‘zbekistonda kasanachilik iqtisodiy-ijtimoiy zarurati// BIZNES-Ekspert. - №9, 30 sentyabr, 2018 yil (Economic and social necessity of home-based work in Uzbekistan//BUSINESSEXPERT.-№9, September 30, 2018).