TOPISHMOQLARNING AYRIM LISONIY XUSUSIYATLARI HAQIDA
Abstract
Maqola o‘zbek xalq topishmoqlarining leksik-semantik va sintaktik xususiyatlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Tahlil topishmoqlarda jumboqlikni yaratuvchi asosiy mexanizmlar sifatida metafora, antropomorfizm va antiteza san’atlaridan faol foydalanilishini ko‘rsatadi. Sintaktik jihatdan, matnlar ixcham qoliplarda tuzilib, jumboqlanayotgan predmetning turli zid xususiyatlarini ta’kidlash uchun antiteza (qaramaqarshi qo‘yish) keng qo‘llanililishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Full text
4 2025 - OKTABR TOPISHMOQLARNING AYRIM LISONIY XUSUSIYATLARI HAQIDA Muhammadsodiq Shodmonov Alfraganus universitetitalabasi Annotatsiya Maqola o‘zbek xalq topishmoqlarining leksik-semantik va sintaktik xususiyatlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Tahlil topishmoqlarda jumboqlikni yaratuvchi asosiy mexanizmlar sifatida metafora, antropomorfizm va antiteza san’atlaridan faol foydalanilishini ko‘rsatadi. Sintaktik jihatdan, matnlar ixcham qoliplarda tuzilib, jumboqlanayotgan predmetning turli zid xususiyatlarini ta’kidlash uchun antiteza (qaramaqarshi qo‘yish) keng qo‘llanililishi haqida ma’lumotlar beriladi. Abstract This article is devoted to the study of the lexical-semantic and syntactic features of Uzbek folk riddles. The analysis shows that metaphor, anthropomorphism, and antithesis are actively used as the main mechanisms for creating riddles' enigma. Syntactically, the texts are constructed in compact forms, and information is provided on the widespread use of antithesis (juxtaposition of opposites) to emphasize the various contrasting characteristics of the object being puzzled. Kalit soʻzlar: topishmoqlar, lingvistik xususiyatlar, metafora, antiteza, obrazlilik, sintaksis, leksik-semantik, pragmatika, monopredikativ, zidlik Keywords: Riddles, linguistic features, metaphor, antithesis, imagery, syntax, lexical-semantic, pragmatics, monopredicative, opposition. Kirish Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hamma vaqt reallikka asoslanadi. Unda atrofimizdagi o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiyestetik tomonlari, xalqning urf-odatlari aks etadi. Unda tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni
5 2025 - OKTABR bir-biriga taqqoslash, o‘xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi 1 . Turk olimi Ilhan Bashgo‘z “Türk Folkloruna Giriş” nomli asarida folklor namunasi bo‘lgan topishmoq, maqol kabilarga umumiy folklor haqida quyidagi fikrni beradi: Başgöz, çalışmasının girişinde “Folk-lore: Halk kültürü, halk bilimi, tarif ve çalışma alanı” başlığı altında bir bilim olarak “folklor”u tanımlamayla işe başlar. Yabancı araştırıcılarca ortaya konan sekiz adet folklor tanımını iktibas eder ve folklor ürünlerinin, “Anonim olmak, yani yaratıcısı bilinmemek”, “Sözlü olmak” ve “Geleneksel olmak” özelliklerini kültürümüze ait iki bilmece, iki atasözü, iki mani, bir türkü ve bir kadı fıkrasını örnek vererek açıklar 2 . Tarjimasi: "Başgöz o‘z ishining kirish qismida 'Folklor: Xalq madaniyati, xalq bilimlari, ta’rifi va tadqiqot sohasi sarlavhasi ostida folklorni bir fan sifatida ta’riflashdan boshlaydi. U xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan sakkizta folklor ta’rifini keltiradi va folklor mahsulotlarining quyidagi xususiyatlarini — “Anonim bo‘lishi, ya’ni yaratuvchisining noma’lum bo‘lishi”, “'Og‘zaki bo‘lishi” va “An’anaviy bo‘lishi” — madaniyatimizga oid ikki topishmoq, ikki maqol, ikki mani, bir qo‘shiq va bir qiziqarli latifa orqali tushuntiradi." Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, topishmoqning og‘zaki va an’anaviy matn ekanligi uning til xususiyatlarini chuqur o‘ragnishni taqozo etadi. Chunki topishmoqning ta’sir kuchi, yashirin ma’noni ifodalash usuli bevosita leksik-semantik vositalar va sintaktik qurilish orqali amalga oshadi. Filologiya fanlari doktori, dotsent Saparniyazova Muyassar topishmoqlarning leksiksemantik vositalar va sintaktik qurilishining o‘rganilishining ahamiyati to‘g‘risida quyidagilarni keltiradi: “Xalq og‘zaki ijodiga doir manbalarning har biri lisoniy jihatdan tahlil qilinganda bir-biridan ancha farq qiladi. Dostonlar tili ertaklardan, maqol va matallar tili topishmoqlar tilidan, xalq qo‘shiqlari tili ham boshqa janr til xususiyatlaridan talaygina 1 Hamidova Muhayyoxon Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti N.: “Usmon Nosir media” nashriyoti, 2022, B – 42-43 2 Salahaddin Bekki Prof. Dr. İlhan Başgöz’ün Yayımlanmamış Bir Eseri [Türk Folkloruna Giriş] Üzerine folklor/edebiyat, cilt: 25, sayı: 100, 2019/4 S - 746
6 2025 - OKTABR farqlanadi. Shu jihatdan topishmoqlar tilini o‘rganish o‘zbek tilining sof o‘ziga xos xususiyatlarini – leksik-semantik jihatlari va grammatik qurilishidagi taraqqiyot bosqichlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.” Shu bois, ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarining til xususiyatlarini leksik-semantik va sintaktik yondashuvlar asosida tahlil qilish, ularda majoziy ma’noni yaratuvchi asosiy mexanizmlarni ochib berish maqsad qilingan. Xalq topishmoqlarining sintaktik xususiyatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, u o‘zida turli gap konstruksiyalarini: sodda gap – monopredikativ konstruksiyalar, qo‘shma gap – polipredikativ konstruksiyalarni namoyon etadi. A. Nurmonov sintaktik birliklarning uch tomoni mavjudligini ta’kidlaydi: 1) Sintaktika; 2) Semantika; 3) Pragmatika. Bu talqinga ko‘ra sintaktika lisoniy birliklarning shakliy munosabatlarini, semantika belgining borliq obyekti bilan munosabatini, pragmatika – belgining so‘zlovchi bilan munosabati haqidagi ta’limotni bildiradi. Lisoniy birliklarning bu tarzdagi talqini xalq topishmoqlari gap modellari uchun aynan mos keladi Xalq topishmoqlarida sodda gap qurilishining yig‘iq holati polipredikativ xarakterda bo‘ladi. Jumboqlanayotgan predmet – gap subyekti maqomida bo‘lib, uning bir necha belgilari keltiriladi. Masalan: Keta beradi, Kela beradi, Qocha beradi, Quva beradi. (Suv). Yoki: Yalt – yalt etadi, Yamlab ketadi. (O‘t - olov). Topishmoqlarning eng xarakterli belgilaridan biri shundaki, topishmoq javobi ham aksariyat hollarda gapning grammatik qurilishi bilan aloqador bo‘ladi. Topishmoq – gap qurilishida javobning «bo‘sh o‘rni» sezilib turadi. Qiyoslang: Suv keta beradi, kela beradi, qocha beradi, quva beradi. Yoki: Olov yalt-yalt etadi, yamlab ketadi. Topishmoqlarda gapning eng kichik qurilish qolipi shaklidagi, ya’ni faqat kesimning o‘zidangina iborat gap kuzatilmaydi. Sodda gap tipidagi topishmoqlar ko‘pincha tasviriy xarakterda bo‘ladi, shu sababli, jumboqlanayotgan predmetga xos xususiyatlarni ifodalash uchun ham predikat o‘z argumentlari bilan kengayib kelishi yoki bir necha predikatlar uyushishi talab qilinadi. Ba’zan esa bu predikatlar tasdiq-inkor shaklida bo‘ladi: Eshita-di, ko‘rma-ydi. (Quloq) 3 3 Saparniyazova Muyassar O‘zbek xalq topishmoqlarining sintaktik-semantik xususiyatlari Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi T – 2005 B – 19-21
7 2025 - OKTABR Yuqoridagi sintaktik tahlil shuni ko‘rsatadiki, topishmoqning jumboqli xarakteri uning gap qurilishida ham namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, sodda gap qoliplari (monopredikativ) ustunlik qilsa-da, polipredikativ (ko‘p kesimli) tuzilmalar jumboqlanayotgan predmetning turli xususiyatlarini sanash orqali tasviriy va harakatlantiruvchi kuchni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, subyektning nomlanmay qolishi va uning o‘rnini ko‘plab kesimlar (predikatlar) egallashi topishmoqning pragmatik funksiyasini — ya’ni tinglovchini fikrlashga va javobni topishga undash vazifasini — kuchaytiradi. Topishmoqlarning bu tarzda tuzilishi, ya'ni sintaktik ixchamlik va predikatlarning zich ulanishi bevosita ushbu janrning leksik-semantik asoslari bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, bunday sodda, ammo tasviriy gaplar faqatgina metaforik (majioziy) ma’no orqali haqiqiy mohiyatni yashira oladi. O'zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforaga asoslangan topishmoqlar tashkil etadi. Metafora bu - muayyan bir narsa yoki hodisaning tashqi ko'rinishi jihatidan boshqa bir narsaga o'xshashligi asosida ma'no ko'chish turi bo'lib, u topishmoqlarda tasvirdagi obrazlilikni ta'minlashga xizmat qiladi. Masalan: "Atrofi chakalakzor, o'rtasi yorug' yulduz", bu topishmoqda jumboqlanayotgan narsalardan birinchisi kipriklar, ko'chim esa "chakalakzor", ikkinchi jumboq ko'z bo'lib, unga nisbatan "yorug' yulduz" ko'chimi mohirona ishlatilgan. Ya'ni "Atrofi chakalakzor" ta'rifi bilan ko'z atrofidagi kipriklar ko'zni xuddi chakalakzordek o'rab turishiga ishora qilinsa, "o'rtasi yorug' yulduz" deya, kipriklar o'rtasida chaqnab turguvchi ko'z nazarda tutiladi 4 . “Metaforalarning majoziy jihatlaridan biri bu jonlantirish san'atidir, u badiiy matnga obraz berish, hissiy va emotsional bo‘yoq berish vositalaridan biridir. Metaforani qo‘llashning bu turida inson xususiyatlari, holatlari va harakatlari jonsiz narsalarga ko‘chiriladi. Shu yo‘l bilan nutqning ta’sirchanligini oshirishga, qo‘shimcha ma’noning (konnotativ ma’no) paydo bo‘lishiga erishiladi: Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray, 4 Mahmudova Nargiza, Xoshimova Mashxuraxon Topishmoqlarda ma’no ko‘chish turlari Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences April,2023 B – 423
8 2025 - OKTABR Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh. Qaragin titroqda — hammasi jonli, Qara, hammasining yuzi qontalash. Shoir bu o‘rinda harakatning o‘xshash tomonini boshqa narsaga ko‘chiradi. Masalan, u o‘zining achchiq xotiralariga "qalq" (tur, uyg‘on) deya murojaat qiladi, achchiq xotiralar qalqqanida esa yuragiga "chida, ber bardosh" deb aytadi. U xotiralarini xarakterga asoslab ko‘chiradi va ularni "yuzi qontalash" metaforalari bilan ko‘rsatadi. Insonga xos bo‘lgan qalq, chidash, bardosh berish kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar jonsiz narsaga – yurakka nisbatan qo‘llanib, kuchli emotsionallikni yaratadi 5 .” Yuqorida keltirilgan tadqiqotda jonlantirish (antropomorfizm) she’riy matn orqali berilganini ko‘rdik. Quyida ushbu mexanizmning xalq topishmoqlari materialida qanday namoyon bo‘lishini misol namunasida ko‘rib chiqamiz: Masalan: “Qo'li yo'q, oyog'i yo'q, eshikni ochar-yopar.” (Shamol) Bu yerda "Qo‘l" va "oyoq" so‘zlari (inson a’zolari leksikasi) inkor shaklida berilgan bo‘lsa-da, uning o‘rnini “ochar-yopar” fe’llari egallaydi. Shamolning ob’ektiv harakati insonning maqsadli harakati orqali tasvirlanadi. Bu orqali jumboqlanayotgan predmetning xususiyatlari tinglovchiga yanada tanish, jonli obraz orqali yetkazilib, topishmoqning badiiy-estetik ta’siri kuchaytiriladi. Metaforik ma’no yaratuvchi yana bir kuchli leksik-semantik va sintaktik vosita – bu antiteza (qarama-qarshi qo‘yish) hisoblanadi. “Antiteza – ma’no jihatida Keskin farq qiluvchi yoki qarama-qarshi bo‘lgan so‘z yoki iboralarni taqqoslashdir” 6 . Antiteza tushunchalarni yoki harakatlarni bir-biriga zidlash orqali katta kontrast yaratadi. Bu usul topishmoqning mantiqiy murakkabligini oshirish va tinglovchini obyektdagi ikki xil xususiyat haqida bir vaqtning o‘zida fikrlashga undash uchun juda zarur. 5 Izbosarova Shahnoza Metaphors in modern uzbek literature as a methodological tool (on the example of the work of Zulfiya, O.Hajiyeva, H.Khudayberdiyeva) EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) - Peer Reviewed Journal Volume: 6 | Issue: 10 | October 2020 P - 461 6 Usmonova Nilufar Topishmoq poetikasi Educational research in universal sciences Volume 2|Issue 12|2023 B – 308
9 2025 - OKTABR Masalan: Otdan baland, itdan past. Javob: Egar Egar oʻz funksiyasi jihatidan otdan balandda joylashadi (ustida oʻtiriladi), ammo yerdan olinganda itdan pastda turadi. Bu zidlik predmetning nisbiy joylashuvini taʼkidlaydi. Bunda sintaktik jihatdan teng qurilishdagi ikkita qarama-qarshi so‘z yordamida obyektga ikki xil, ammo bir-birini to‘ldiruvchi tavsif berilgan. XULOSA Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlari tilining leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot topishmoq janrining majoziy mohiyati uning lisoniy qurilmasida qanday aks etishini ko‘rsatdi. Sintaktik jihatdan, topishmoqlar ixcham, monopredikativ qoliplarda tuzilib, ko‘plab predikatlarning uyushishi orqali tasviriy kuchga ega bo‘ladi. Subyektning yashirin qolishi esa matnning pragmatik vazifasini – tinglovchini fikrlashga undashni ta’minlaydi. Leksik-semantik jihatdan, majoziy ma’noni yaratuvchi asosiy vosita metafora bo‘lib, u antropomorfizm (jonlantirish) va antiteza (qarama-qarshi qo‘yish) kabi mexanizmlar orqali kuchaytiriladi. Antiteza zid tushunchalarni (masalan, "baland/past" yoki "tirik/o‘lik") bir predmetga nisbatan qo‘llash orqali topishmoqning mantiqiy murakkabligini va estetik ta’sirini oshiradi. Xulosa qilib aytganda, topishmoqlar o‘zbek xalqining olamni obrazli idrok etish madaniyatini aks ettiruvchi, leksik-semantik va sintaktik vositalar uyg‘unlashgan noyob lisoniy manba hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Hamidova M. Boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyoti. – Toshkent: “Usmon Nosir media” nashriyoti, 2022. 2. Izbosarova Sh. Metaphors in modern uzbek literature as a methodological tool (on the example of the work of Zulfiya, O.Hajiyeva, H.Khudayberdiyeva). // EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) - Peer Reviewed Journal. – Volume: 6, Issue: 10. – October, 2020. 3. Mahmudova N., Xoshimova M. Topishmoqlarda ma’no ko‘chish turlari. // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – April, 2023
10 2025 - OKTABR 4. Salahaddin B. Prof. Dr. İlhan Başgöz’ün Yayımlanmamış Bir Eseri [Türk Folkloruna Giriş] Üzerine. // Folklor/Edebiyat, cilt: 25, sayı: 100, 2019/4. 5. Saparniyazova M. O‘zbek xalq topishmoqlarining sintaktik-semantik xususiyatlari. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. – Toshkent, 2005. 6. Usmonova N. Topishmoq poetikasi. // Educational research in universal sciences. – Volume 2, Issue 12. – 2023.