scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

STOMATOLOGIYADA STOMATIT TURLARI, DAVOSI VA PROFILAKTIKASI

Orifova, Farziyo O'tkirbrk qizi

Abstract

Ushbu maqolada stomatit — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq epiteliy qavatining yallig‘lanishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda kasallikning asosiy turlari — allergik, gerpetik, bakterial, virusli, zamburug‘li, nurlanish va kimyoviy stomatitlarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilarining xususiyatlari hamda davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, stomatitni davolashda qo‘llaniladigan dorivor preparatlar, xalq tabobatida qo‘llaniladigan vositalar va shilliq qavatni tiklashga yordam beruvchi preparatlar keltirilgan. Maqola yakunida stomatitning oldini olish choralari, jumladan, og‘iz gigiyenasiga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, immunitetni mustahkamlash va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya etishning ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan.

Full text

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 104 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17406426 STOMATOLOGIYADA STOMATIT TURLARI, DAVOSI VA PROFILAKTIKASI Orifova Farziyo O‘tkirbrk qizi Qo‘qon universiteti Andijon filiali Tibbiyot fakulteti Stomatologiya yo‘nalishi 205-guruh talabasi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada stomatit — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq epiteliy qavatining yallig‘lanishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda kasallikning asosiy turlari — allergik, gerpetik, bakterial, virusli, zamburug‘li, nurlanish va kimyoviy stomatitlarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilarining xususiyatlari hamda davolash usullari yoritilgan. Shuningdek, stomatitni davolashda qo‘llaniladigan dorivor preparatlar, xalq tabobatida qo‘llaniladigan vositalar va shilliq qavatni tiklashga yordam beruvchi preparatlar keltirilgan. Maqola yakunida stomatitning oldini olish choralari, jumladan, og‘iz gigiyenasiga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, immunitetni mustahkamlash va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya etishning ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i, shilliq qavat, yallig‘lanish, allergik stomatit, gerpetik stomatit, bakterial stomatit, virusli stomatit, zamburug‘li stomatit, davolash, profilaktika, gigiyena. АННОТАЦИЯ В данной статье представлена подробная информация о стоматите — воспалении слизистой оболочки полости рта. Рассмотрены основные виды заболевания: аллергический, герпетический, бактериальный, вирусный, грибковый, радиационный и химический стоматит, их причины возникновения и клинические проявления. Освещены современные методы лечения, включая применение лекарственных препаратов, средства народной медицины, а также препараты, способствующие регенерации слизистой оболочки. В заключение акцентировано внимание на мерах профилактики стоматита: соблюдении RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 105 гигиены полости рта, правильном питании, укреплении иммунитета и личной гигиене. Ключевые слова: стоматит, полость рта, слизистая оболочка, воспаление, аллергический стоматит, герпетический стоматит, бактериальный стоматит, вирусный стоматит, грибковый стоматит, лечение, профилактика, гигиена. ABSTRACT This article provides a detailed overview of stomatitis — an inflammation of the oral mucosa. The main types of the disease are examined, including allergic, herpetic, bacterial, viral, fungal, radiation-induced, and chemical stomatitis, along with their etiology and clinical manifestations. Modern therapeutic approaches are highlighted, covering pharmacological treatment, traditional remedies, and agents that promote mucosal regeneration. The article concludes with a discussion on stomatitis prevention, emphasizing the importance of oral hygiene, proper nutrition, immune system strengthening, and adherence to personal hygiene practices. Keywords: stomatitis, oral cavity, mucosa, inflammation, allergic stomatitis, herpetic stomatitis, bacterial stomatitis, viral stomatitis, fungal stomatitis, treatment, prevention, hygiene. Stomatit — bu og‘iz bo‘shlig‘i shilliq epiteliy qavatining yallig‘lanishidir. Odatda, stomatit bolalik bilan bog‘liq kasallikdir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu kasallik kattalarda ham tobora ko‘p kuzatilmoqda. Yallig‘lanish ko‘pincha lablarda, yonoqlarda, tanglayning ichki yuzasida uchrashi mumkin. Ba’zida stomatit til ostida ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi sabablari atrof-muhitning salbiy ta’siri va organizmning immun qobiliyatlarining sustlashishidir. Odatda, stomatit belgilari kasallik kelib chiqishi sababidan qat’iy nazar o‘xshash bo‘ladi. O‘tkir og‘ir intoksikatsiya,isitma va boshqa jiddiy alomatlar kam kuzatiladi. Allergik stomatit: Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi allergiyadan aziyat chekishadi. Biroq, allergik reaktsiyalarning namoyon bo‘lishi butunlay turlicha bo‘lishi mumkin.Ba’zilarda allergiya sabab kuzatiladigan stomatit uchraydi. Bu yangi protez o‘rnatilgandan yoki notanish dori vositasidan foydalanish natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holda stomatit alohida xastalik sifatida gapirilmaydi. Og‘izning shilliq qavatida yaralar paydo bo‘lishi allergiya belgisi hisoblanadi.Bunday stomatitni davolash, asosan, allergenni aniqlash va chiqarib tashlashdan iborat bo‘lib, keyin yuqorida bayon qilingan antigistaminlarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Dori moddalarini tabletkalar shaklida qabul qilish yoki ularni applikatsion qo‘llash mumkin. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 106 Gerpetik stomatit:Odamlarda stomatitga olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha viruslar orasida, oddiy gerpes virusi ehtimoli eng keng tarqalgan. Bundan tashqari, 10 nafar kattalardan 9 tasi bu virusni tashuvchisi hisoblanadi. Ko‘pgina odamlar yoshligida birinchi bor gerpes virusi bilan uchrashadi. Birinchi aloqadan keyin virus inson organizmida butun umr qoladi. Ammo sog‘lom immunitet tizimi uning namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun ham inson oddiy gerpes virusi tashuvchisi ekanligini bilmasligi mumkin.Muammolar turli salbiy oqibatlar natijasida immunitetni zaiflashtiradigan bir paytda boshlanadi. Agar bu vaqtda og‘iz shilliq qavatiga zarar yetkazilsa, bu ehtimollik yuqori bo‘lgan omillar majmui og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishiga olib keladi.Odatda, kattalardagi gerpetik stomatitda intoksikatsiya sindromi rivojlanishi kuzatilmaydi. Tanglayda, tilda yoki lablarning ichki yuzalarida pufakchalarning shakllanishi birdan sodir bo‘ladi, zudlik bilan ko‘p miqdorda birbiriga yaqin joylashgan pufakchalar hosil bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay ular yoriladi, og‘riqli eroziya maydonini yaratdi Katta yoshdagi odamlarda stomatitlar zararli ta’sirning xususiyatiga qarab bir necha turga bo‘linadi. Bakterial stomatitkelib chiqish sabablari:og‘iz bo‘shlig‘ida strepto va stafilokokklar gram-musbat bakteriyalar turlarining patologik ko‘payishidir. Bunda tezda eroziya yaralarga aylanuvchi yiringli yaralar paydo bo‘ladi. Virusli stomatit-Epshtein-Bar virusi yoki oddiy gerpes virusi yuqishi (gerpetik stomatit) hisoblanadi.bunda shilliq pardalarda shaffof suyuqlik saqlagan pufakchalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar ikkilamchi patogenlar bilan infektsiyalangandan keyin suyuqlik xiralashadi, pufakcha yorilishi va eroziya hosil bo‘ladi. Zamburug‘li stomatit-Candida turiga mansub zamburug‘larning, immunitetning pasayishi yoki antibiotiklarni uzoq vaqt davomida qabul qilish natijasida kelib chiqadi. Namoyon bo‘lishi: oq plastinkaning shakllanishi, bu eroziya va og‘riqli histuyg‘ularga olib keladi. Nurlanish stomatitnurlanish natijasida olingan ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida paydo bo‘ladi. Eroziya va zichlangan shilliq qavatning shakllanishi orqali namoyon bo‘ladi. Kimyoviy stomatitog‘iz bo‘shlig‘I shilli qavatining ishqorlar yoki kilotalar bilan kuyishi natijasida kelib chiqadi. Namoyon bo‘lishi: chuqur yaralar paydo bo‘lib bu yaralar shilliq qavatning shikastlanishini keltirib chiqaradi. Davolash: Gigiena qoidalariga rioya qilmaganlikdan kelib chiqqan kataral stomatit va aftalarsiz holda shilliq pardalarning yallig‘lanishini juda oddiy uyda davolash mumkin, davolash bir hafta davom etadi.Stomatit infektsiya belgilari bilan yanada jiddiyroq bo‘lsa, tish shifokoriga murojaat qilish kerak. Davolash surunkali kasallik rivojlanishini oldini olish, og‘riqni kamaytirish, shilliq qavatni tiklash va RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 107 ikkilamchi kasallikning tarqalishi oldini olish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga olishi kerak. Davolanish davomida tezroq tiklanish uchun agressiv oziq-ovqatlardan vaqtincha tiyilish (nordon, sho‘r, haddan ziyod qattiq, juda issiq yoki sovuq oziqovqatlar), va og‘izni tez-tez zararsizlantirish vositalario bilan chayishga harakat qiloish kerak. Stomatit oziq-ovqat iste’mol qilishga, so‘zlashishga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa va bemor uchun jiddiy noqulayliklarni yaratadigan bo‘lsa, shifokor og‘riq qoldiruvchi mahalliy preparatlarni tayinlanlashi mumkin. Xalq tabobati vositalari orasida tabiiy mahsulotlar, masalan kalanxoe sharbati, moychechak, gulhamishabahor (kalendula), mavrak (shalfey) damlamalari shilliq pardalarga antibakterial, tinchlantiruvchi va shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi dorilar, antiseptiklar Stomatitni davolash doimo antibakterial dorilarni o‘z ichiga olishi kerak. Ushbu preparatlar shimish, malham, gel, sprey, tabletka, chayish va boshqa shakllarda qo‘llanilishi mumkin. Spreylar: Ingalipt, Geksoral, Lugol; Kamistad — lidokain asosli gel, — kuchli og‘riq qoldiruvchi va moychechak — tabiiy samarali antiseptik; Elyudril — og‘izni chayish uchun va stomatitga qarshi ko‘p ishlatiladigan suyuqlik; Stomatidin (geksetidin) — antiseptik yaratish, dezenfekte va samarali oson anestetik ta’sir ta’minlaydi; Kameton — efir moylari asosida tayyorlangan, antimikrob va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va mahalliy og‘riqsizlantirish hususiyatiga ega. Aerozol va sprey shaklida chiqariladi; Aktovegin — stomatitning dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi, jarohatlangan to‘qimalarni davolashga yordam beradi. Shilliq qavatning tiklanishini jhadallashtiruvchi preparatlar: Solkoseril — stomatologiya amaliyotida ko‘p ishlatiladigan preparatdir. Pasta shaklida ishlab chiqariladi. U to‘qimalarning hujayraviy oziqlanishini yaxshilashga yordam beradi va ularni tiklash jarayonini tezlashtiradi. Karotin — yog‘li suyuqlik, tashqi qo‘llaniladi. Preparatning faol moddasi betakaroten — antioksidant, retinolga o‘xshash, hujayralarga himoyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Chakanda (oblepixa) va na’matak yog‘lari ajoyib tabiiy shifobaxsh mahsulotlardir. Vinilin (Shostakovskiy balzami) — antiseptik. U yaralarni o‘rab oladi, ularni tozalaydi va tiklanishni tezlashtiradi. RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 4 | ISSUE 8 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 108 Stomatit profilaktikasi. Stomatitning oldini olishda eng avvalo og‘iz gigiyenasiga rioya qilish zarur. Tishlarni kuniga ikki-uch marta to‘g‘ri texnika bilan yuvish, antibakterial va ftoridli pastalardan foydalanish, tish cho‘tkasini muntazam almashtirish kasallik xavfini kamaytiradi. Har yili stomatologik ko‘rikdan o‘tish va professional tozalash ham foydali hisoblanadi. Profilaktikaning yana bir muhim yo‘nalishi — to‘g‘ri ovqatlanish. Ratsionda meva-sabzavot, oqsil va sut mahsulotlari bo‘lishi, B guruhi vitaminlari, C vitamini va temir yetishmasligi oldini olish zarur. Juda achchiq, sho‘r va qattiq ovqatlarni kamaytirish ham shilliq qavatni asrashga yordam beradi. Immunitetni mustahkamlash stomatitning qaytalanishini oldini oladi. Sog‘lom turmush tarzi, yetarli uyqu, chiniqish, surunkali kasalliklarni davolash va stressni kamaytirish bunda asosiy omillardir. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik shikastlanishlarning oldini olish, protez va breketlarni to‘g‘ri ishlatish, yumshoq cho‘tkadan foydalanish tavsiya etiladi. Shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilish ham ahamiyatli. Bolalarda umumiy qoshiq, o‘yinchoq yoki idishlardan foydalanmaslik, kattalarda esa virusli kasalliklar davrida infeksiyalardan ehtiyot bo‘lish stomatit tarqalishini kamaytiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Хамидов А., Абдуллаев Ш. Stomatologiya asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2018. 2. Мусаев Б. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari va ularning davolash usullari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. Шарипов Қ., Нурматов А. Bolalar stomatologiyasi. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2017. 4. Соловьёв М.М. Стоматология: учебник. — Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2019. 5. Пахомов Г.Н. Клиническая стоматология. — Санкт-Петербург: СпецЛит, 2020. 6. Neville B.W., Damm D.D., Allen C.M., Chi A.C. Oral and Maxillofacial Pathology. — 4th ed. Philadelphia: Elsevier, 2016. 7. Greenberg M.S., Glick M. Burket’s Oral Medicine. — 12th ed. Shelton: People’s Medical Publishing House, 2015. 8. Scully C. Oral and Maxillofacial Medicine: The Basis of Diagnosis and Treatment. — 3rd ed. London: Churchill Livingstone, 2013.