SHARTNOMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA KUCHSIZ TOMONNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH
Full text
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 1 SHARTNOMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA KUCHSIZ TOMONNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH Xoliqov Abdulfayz Tolib oʻgʻli E-mail: [email protected] Annotatsiya Ushbu tezisda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda kuchsiz tomonning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda O‘zbekiston qonunchiligida bu boradagi himoya tizimi yetarli darajada samarali emasligi, “adgeziya shartnomasi” tushunchasi qonunlarda aniq belgilab qo‘yilmagani hamda sud amaliyotida bunday shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish tartibi mavjud emasligi ta’kidlanadi hamda xorijiy tajriba asosida kuchsiz tomonlarni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Kalit soʻzlar: shartnoma, kuchsiz tomon va “adgеziya shartnomasi”.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 2 Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaviy-huquqiy munosabatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim o‘rin tutadi. Shartnoma fuqarolik muomalasining asosiy huquqiy shakli bo‘lib, u orqali taraflar o‘z manfaatlarini uyg‘unlashtiradi, iqtisodiy aloqalar va xo‘jalik yuritish jarayonlari huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Shu boisdan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning mazmuni, ularning huquqiy asoslari va amaliy ahamiyatini chuqur o‘rganish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi 1 . Shartnomaviy munosabatlarning asosini erkinlik, tenglik va taraflarning ixtiyoriy kelishuvi tamoyillari tashkil etadi. Har bir tomon shartnoma shartlarini o‘z irodasiga ko‘ra belgilaydi va uni bajarish majburiyatini oladi. Shu sababli, shartnomalar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning barqaror ishlashini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy manbai hisoblanadi. Unda shartnomalarning turlari, tuzish tartibi, bajarilishi, bekor qilinishi va ularni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlari belgilangan. 1 Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1 va 353-moddalari, manba: https://lex.uz/docs/-111189.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 3 Amaliyotda shartnomaviy munosabatlar turli sohalarda — savdo, qurilish, transport, xizmat ko‘rsatish, mehnat va boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladi. Biroq, bu jarayonda ko‘pincha tomonlardan biri iqtisodiy yoki huquqiy jihatdan kuchsiz holatda bo‘lishi mumkin. Shu sababli, kuchsiz tomonning huquq va manfaatlarini himoya qilish shartnomaviy-huquqiy tartibga solishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar fuqarolik muomalasining asosi bo‘lib, u iqtisodiyot barqarorligini, tadbirkorlik erkinligini va fuqarolarning o‘zaro ishonch asosidagi hamkorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy bazasi doimiy takomillashib bormoqda. Biroq, amaliyotda ayrim muammolar, xususan, taraflarning teng huquqliligini ta’minlash, kuchsiz tomon manfaatlarini himoya qilish, shartnoma shartlarini adolatli belgilash kabi masalalar dolzarbligicha qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida shartnomaviy munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) tomonning huquq va majburiyatlarini himoya qilish masalalari qisman fuqarolik qonunchiligining umumiy qoidalari bilan tartibga solinib, ushbu umumiy tartib kuchsiz tomonning huquqlari samarali himoya qilinishini yеtarli darajada kafolatlamaydi.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 4 Huquqni qo‘llash amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, amaldagi fuqarolik qonunchiligida shartnomaviy munosabatlarda kuchsiz tomon – iste’molchilar, xodimlar, ijarachilar kabi shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan aniq normalar mavjud emas. Natijada, ular shartnoma shartlarini shakllantirishda ta’sir o‘tkaza olmaydi, bu esa huquqiy himoyaning samarasizligiga, sud orqali o‘z huquqlarini tiklashning qiyinlashishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma erkinligi tamoyili ba’zan kuchli tomon manfaatini himoya qilish vositasiga aylanib, iqtisodiy zo‘ravonlik va tenglikning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Kuchsiz tomonni himoya qiluvchi cheklovchi yoki muvozanatlashtiruvchi mexanizmlarning yo‘qligi ularning huquqiy zaifligini kuchaytiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qonunchiligida “adgeziya shartnomasi” tushunchasining aniq ta’rifi, uni boshqa shartnomalardan farqlash mezonlari va huquqiy himoya mexanizmlari belgilanmagan. Odatda, bunday shartnomalarda shartlar oldindan kuchli tomon tomonidan tayyorlanadi va kuchsiz tomon ularni o‘zgartira olmaydi, faqat to‘liq qabul qilishi yoki rad etishi mumkin (“take it or leave it” tamoyili). Shu sababli, amaliyotda adgeziya shartnomalarini aniqlashda bir xillik yo‘q, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirishning aniq tartibi ham mavjud emas. Fuqarolik kodeksida bu masala alohida ko‘rsatilmagani bois, adolatsiz shartlarga ega shartnomalarni sud orqali bekor qilish imkoniyati cheklangan.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 5 Xorijiy davlatlar qonunchilik amaliyotida (jumladan, Fransiya, Litva, Yevropa Ittifoqi) fuqarolik-huquqiy munosabatlarda kuchsiz tomon manfaatlarini himoya qilishga doir to‘g‘ridan-to‘g‘ri me’yorlar va maxsus qonunlar qabul qilingan. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, qonunchilikka “adgeziya shartnomasi” tushunchasining aniq huquqiy ta’rifi va uning asosiy belgilarini kiritish taklif etiladi. Bunda adgeziya shartnomasi – shartlari bir tomon (odatda kuchli tomon) tomonidan oldindan belgilangan, ikkinchi tomon esa ularni o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lmay, faqat qabul qilish yoki rad etish huquqiga ega bo‘lgan shartnoma sifatida e’tirof etilishi lozim. Shuningdek, “take it or leave it” tamoyiliga asoslangan, kuchsiz tomon manfaatlariga zarar yetkazuvchi bunday shartnomalarni sud orqali bekor qilish yoki o‘zgartirish imkonini beruvchi norma joriy etish zarur. Bundan tashqari, adgeziya shartnomalari matni ikkinchi tomon uchun to‘liq, sodda va tushunarli tilda bayon etilishi, unda murakkab huquqiy atamalardan foydalanilmasligi hamda tomonlar o‘rtasida adolatsiz shartlar mavjud bo‘lsa, ularni muzokara yoki sud tartibida ko‘rib chiqish tartibi qonunchilikda aniq belgilanishi taklif qilinadi.
ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 6 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati I. Qonunchilik hujjatlari 1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi // www.lеx.uz. 2. R Stevens, “The Contracts (Rights of Third Parties) Act 1999" (2004) 120 Law Quarterly Review 292. 3. J Steyn, “Contract Law: Fulfilling the Reasonable Expectations of Honest Men” (1997) 113 Law Quarterly Review 433. 4. H Wehberg, “Pacta Sunt Servanda” (1959) 53(4) The American Journal of International Law 775. II. Internet manbalari 1. https://lex.uz/docs/-4704. 2. https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_bgb/. 3. https://en.wikibooks.org/wiki/English_Contract_Law/Bibliography.