Full text
416 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA ZAMONAVIY MEXANIZMLAR: COMPLIANCE, WHISTLEBLOWING VA INTEGRITY AUDIT INSTITUTI Turdibekova Sevinch Bahodir qizi TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi. +99895-890-19-08. [email protected] Elbayev Anvar Yusuf oʻgʻli TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi, +99888-808-17-10. elbayev[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17406531 Annotatsiya. Korrupsiya – jamiyatning nafaqat iqtisodiy poydevorini, balki axloqiy-ruhiy qatlamlarini ham yemiruvchi, davlat institutlariga ishonchni izdan chiqaruvchi eng xavfli ijtimoiy-huquqiy illatlardan biridir. Ushbu ilmiy ish korrupsiyaga qarshi kurashda an’anaviy jazoga yo‘naltirilgan yondashuvlardan tashqari, zamonaviy profilaktik mexanizmlarni – compliance nazorati, whistleblowing instituti va integrity audit tizimini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, milliy qonunchilikni global antikorrupsiya standartlari bilan qiyosiy-huquqiy asosda o‘rganadi. Mazkur tadqiqot korrupsiyani faqat jinoyat emas, balki tizimli kasallik sifatida talqin qiladi va uni bartaraf etish uchun davlat, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi mas’uliyat uchburchagini ilmiy asoslab beradi. Annotatsiyada korrupsiya hodisasining psixologik ildizlari – manfaat to‘qnashuvi, axloqiy tanazzul va jazosizlik sindromi chuqur ochib beriladi. Aynan shu omillar compliance tizimlarining asosiy vazifasi – halollik madaniyatini shakllantirish va xodimlarda “insonga nisbatan vijdon oldidagi hisobot” tuyg‘usini paydo qilish zaruratini tug‘dirishini asoslaydi. Whistleblowing mexanizmi esa, qo‘rquv, bosim va ijtimoiy stigmani yengib o‘tgan holda ichki axborot beruvchilarning huquqiy maqomini mustahkamlash orqali korrupsiyani ildizidan fosh etishda eng samarali vosita sifatida o‘rganiladi. Integrity audit konsepsiyasi esa tashkilot va davlat idoralarida halollik infratuzilmasini yaratish, korrupsiya risk xaritasini diagnostika qilish va barqaror “etik boshqaruv” madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi paradigmaning nazariy asosini tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, u korrupsiyaga qarshi kurashishni nafaqat jazolash mexanizmi, balki huquqiy mafkura va ongni mustahkamlovchi antikorrupsiya siyosati sifatida yondashadi. Shuningdek, ushbu ish xalqaro tajriba – AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar modelidagi compliance kodekslari, whistleblower himoya qonunlari va ISO 37001 antikorrupsiya standartlarini O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi. Mazkur ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundaki, u korrupsiyaning faqat jinoyatlar statistikasida emas, balki inson qalbida boshlanadigan jarayon ekanini ta’kidlab, huquqiy mexanizmlar bilan bir qatorda psixologik immunitet va ma’naviy mas’uliyatni ham davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirish zarurligini ilgari suradi. Shu tariqa, mazkur annotatsiya korrupsiyaga qarshi kurashni jamiyatda “qo‘rquv siyosati”dan “halollik falsafasi” sari o‘tishni talab qiluvchi yangi konseptual nazariy asos sifatida taqdim etadi. Kalit so‘zlar: Korrupsiya, Compliance tizimi, Whistleblowing instituti, Integrity audit, Halollik siyosati, Antikorrupsiya mexanizmlari, Huquqiy islohotlar, Etik boshqaruv, Davlat boshqaruvi shaffofligi, Xalqaro antikorrupsiya standartlari. MODERN MECHANISMS IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: COMPLIANCE, WHISTLEBLOWING AND INTEGRITY AUDIT INSTITUTE
417 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Annotation. Corruption is one of the most dangerous socio-legal vices that erodes not only the economic foundation of society, but also the moral and spiritual layers of society, and undermines trust in state institutions. This scientific work is aimed at analyzing modern preventive mechanisms in the fight against corruption, in addition to traditional punitive approaches - compliance control, whistleblowing institute and integrity audit system, and studies national legislation on a comparative legal basis with global anti-corruption standards. This study interprets corruption not only as a crime, but also as a systemic disease and scientifically substantiates the triangle of responsibility between the state, business and civil society to eliminate it. The abstract deeply reveals the psychological roots of the corruption phenomenon - conflict of interest, moral degradation and impunity syndrome. It is these factors that justify the main task of compliance systems - the formation of a culture of honesty and the need to instill in employees a sense of "accountability to a person before conscience." The whistleblowing mechanism is studied as the most effective tool for exposing corruption at its root by strengthening the legal status of internal informants, overcoming fear, pressure and social stigma. The integrity audit concept is the theoretical basis of a new paradigm that serves to create an infrastructure of honesty in organizations and government agencies, diagnose a corruption risk map and form a sustainable "ethical management" culture. The scientific novelty of the study is that it approaches the fight against corruption not only as a punishment mechanism, but also as an anti-corruption policy that strengthens legal ideology and consciousness. This work also deeply analyzes the possibilities of implementing compliance codes, whistleblower protection laws and ISO 37001 anti-corruption standards in Uzbekistan, based on international experience - the model of countries such as the USA, Great Britain, South Korea, Singapore. The practical significance of this scientific work is that it emphasizes that corruption is a process that begins not only in crime statistics, but also in the human heart, and puts forward the need to make psychological immunity and moral responsibility, along with legal mechanisms, a component of state policy. Thus, this annotation presents the fight against corruption as a new conceptual theoretical framework that requires a transition from the “politics of fear” to the “philosophy of honesty” in society. Keywords: Corruption, Compliance system, Whistleblowing institution, Integrity audit, Integrity policy, Anti-corruption mechanisms, Legal reforms, Ethical governance, Transparency of public administration, International anti-corruption standards. СОВРЕМЕННЫЕ МЕХАНИЗМЫ БОРЬБЫ С КОРРУПЦИЕЙ: КОМПЛАЕНС, ИНСТИТУТ ОСВЕДОМИТЕЛЬСТВА И АУДИТ ДОБРОСОВЕСТНОСТИ Аннотация. Коррупция – один из самых опасных социально-правовых пороков, который подрывает не только экономические основы общества, но и морально-духовные слои общества, подрывает доверие к государственным институтам. Данная научная работа направлена на анализ современных превентивных механизмов борьбы с коррупцией, помимо традиционных карательных подходов – комплаенс-контроля, института осведомительства и системы аудита добросовестности, а также на сравнительно-правовое исследование национального законодательства с мировыми антикоррупционными стандартами. В исследовании коррупция трактуется не только как преступление, но и как системное заболевание, и научно обосновывается треугольник ответственности государства, бизнеса и гражданского общества по её искоренению. В реферате глубоко раскрываются психологические корни феномена коррупции – конфликт интересов, моральная деградация и синдром безнаказанности.
418 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Именно эти факторы обосновывают главную задачу систем комплаенса – формирование культуры честности и необходимость воспитания у сотрудников чувства «ответственности перед человеком, а не перед совестью». Механизм информирования о фактах коррупции рассматривается как наиболее эффективный инструмент разоблачения коррупции в корне путём укрепления правового статуса внутренних информаторов, преодоления страха, давления и социальной стигматизации. Концепция аудита добросовестности является теоретической основой новой парадигмы, служащей созданию инфраструктуры честности в организациях и государственных органах, диагностике карты коррупционных рисков и формированию устойчивой культуры «этичного менеджмента». Научная новизна исследования заключается в том, что оно рассматривает борьбу с коррупцией не только как механизм наказания, но и как антикоррупционную политику, укрепляющую правовую идеологию и сознание. В работе также глубоко анализируются возможности внедрения кодексов комплаенса, законов о защите информаторов и антикоррупционных стандартов ISO 37001 в Узбекистане, основанные на международном опыте – модели таких стран, как США, Великобритания, Южная Корея, Сингапур. Практическая значимость данной научной работы заключается в том, что она подчёркивает, что коррупция – это процесс, берущий начало не только в статистике преступлений, но и в душе человека, и выдвигает необходимость сделать психологический иммунитет и моральную ответственность, наряду с правовыми механизмами, компонентом государственной политики. Таким образом, данная аннотация представляет борьбу с коррупцией как новую концептуальнотеоретическую основу, требующую перехода от «политики страха» к «философии честности» в обществе. Ключевые слова: Коррупция, Система комплаенса, Институт информирования о фактах коррупции, Аудит добросовестности, Политика добросовестности, Антикоррупционные механизмы, Правовые реформы, Этическое управление, Прозрачность государственного управления, Международные антикоррупционные стандарты. KIRISH. Korrupsiya – bu jamiyatning tashqi ko‘rinishdan ko‘ra chuqurroq, yashirin qatlamlarida ildiz otgan, davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni yemiruvchi, iqtisodiy o‘sish jarayonlarini falaj qiluvchi, eng muhimi esa inson ongidagi adolat tushunchasini parchalovchi murakkab ijtimoiyhuquqiy hodisadir. U nafaqat davlat byudjetiga yetkazilgan moddiy zarar bilan o‘lchanadi, balki jamiyat ruhiyatiga solgan ma’naviy zarbasi, halollik va burch tuyg‘usining yemirilishi bilan yanada xavfli tus oladi. Korrupsiya mavjud bo‘lgan ijtimoiy makonda qonun ustuvorligi zaiflashadi, davlat xizmatining ma’nosi buziladi va fuqarolarda “adolat – nazariya, manfaat – amaliyot” degan xavfli tafakkur shakllanadi. Zero, korrupsiya faqat jinoyat emas – u davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch shartnomasining buzilishidir. Bugungi globallashuv davrida korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazoga asoslangan repressiv choralarga tayanib bo‘lmasligi aniq bo‘ldi. Zamonaviy huquqiy tafakkur ushbu muammoni tizimli kasallik sifatida baholab, uni ildizidan bartaraf etish uchun institutsional, psixologik va ma’naviy profilaktikani talab qilmoqda. Aynan shu nuqtada compliance mexanizmlari, whistleblowing instituti va integrity audit tizimi korrupsiyaga qarshi kurashning uch poydevoriga aylanadi.
419 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Compliance – tashkilot ichida halollik me’yorlarini huquqiy majburiyat darajasiga ko‘taradi; whistleblowing – jinoyatni fosh etishni fuqarolik jasorati maqomiga olib chiqadi; integrity audit esa – tizimdagi yashirin risklarni aniqlab, adolatni institutsional jihatdan himoya qiladi. Korrupsiya bilan kurashish uchun qonun chiqarishning o‘zi yetarli emas – huquqiy normalar ijtimoiy ong va tashkiliy madaniyat bilan uyg‘unlashishi zarur. Agar jamiyatda korrupsiya “iqtisodiy foyda” emas, balki “axloqiy halokat” sifatida qabul qilinmasa, hech bir qonun uni yenga olmaydi. Shu bois mazkur ilmiy izlanishda korrupsiyaga qarshi kurash yuridik kategoriyadan tashqariga chiqib, ma’naviy-psixologik immunitet yaratish jarayoni sifatida yondashiladi. Zero, qonun qo‘rquv uyg‘otadi, lekin halollik – vijdon uyg‘otadi. Huquqiy davlat esa faqat qo‘rquvga emas, vijdonga tayanishi lozim. O‘zbekiston yangi davr islohotlarida korrupsiyaga qarshi siyosatni strategik yo‘nalat sifatida belgilab, “halol jamiyat” konsepsiyasini ilgari surmoqda. BMT, OECD va Transparency International tavsiyalari asosida compliance departamentlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimlari, davlat xizmatchilari uchun axloq kodekslari shakllanmoqda. Biroq xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka ko‘r-ko‘rona emas, balki huquqiy mentalitet bilan uyg‘unlashtirib implementatsiya qilish masalasi hali yechimini kutmoqda. Shu sababli mazkur maqola korrupsiyaga qarshi institutsional mexanizmlarni huquqiy-nazariy, qiyosiy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilishga qaratiladi. Korrupsiya – qonunni buzish emas, adolatni xiyonat qilishdir. Demak, unga qarshi kurash – bu huquqiy kurashdan ham avval, axloqiy uyg‘onishdir. Mazkur kirish aynan shu falsafani huquqiy asos sifatida ilgari suradi: adolat faqat sudda emas – tizimda, vijdonda va jamiyat idealida bo‘lishi kerak. Shundan boshlab, biz korrupsiyaga qarshi kurashni jazodan boshqasini tasavvur qila olmaydigan jamiyatdan, halollikni mafkuraviy qadriyatga aylantirgan jamiyat sari tahlil qilamiz. XULOSA. Korrupsiyaga qarshi kurash bugun nafaqat huquqiy islohotlarning, balki davlat barqarorligi, milliy tarakkiyot va jamiyat ma’naviy salohiyatining markaziy strategik yo‘nalishiga aylangan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, korrupsiya oddiy jinoyat yoki ma’muriy qoidabuzarlik sifatida emas, balki tizimli, ko‘p qatlamli va psixologik-axloqiy ildizlarga ega bo‘lgan ijtimoiy kasallik sifatida baholanishi lozim. Uni faqat jazolash mexanizmlari bilan cheklash – ildizni inkor etib, faqat shoxlarni kesish bilan barobar. Shu boisdan, ushbu maqola yondashuvni tubdan o‘zgartirib, korrupsiyaga qarshi kurashni institutsional halollik falsafasi, compliance madaniyati, whistleblowing jasorati va integrity audit mexanizmlari orqali yengish g‘oyasini ilgari surdi. Korrupsiyaning eng katta xavfi moddiy zarar emas – u jamiyatning adolatga bo‘lgan ishonchini yemiradi, fuqaroni davlatdan emas, vositachidan najot izlashga majbur etadi, iroda va vijdon mezonlarini buzadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash qonun bilan bir qatorda ongni, ruhiyatni, burch tuyg‘usini ham himoya qilishni talab qiladi. Compliance tizimlari – har bir tashkilot va davlat organida halollikni normativ qoidaga aylantirish; Whistleblowing – jinoyatni yashirish emas, uni oshkor etish jasoratini qonuniy himoya ostiga olish; Integrity audit esa – korrupsiya ildizlarini aniqlab, tizimdagi “ko‘rinmas xatoliklarni” oldindan bartaraf etish vositasidir. Bularning barchasi jazoga yo‘naltirilgan yondashuvdan profilaktika va halollik madaniyatiga o‘tishni anglatadi. Maqolada shuningdek xalqaro tajriba – Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlar modelida korrupsiyaga qarshi siyosat nafaqat qonunchilik, balki mafkura, motivatsiya, rag‘bat tizimi va fuqarolik nazorati bilan rivojlanganligi ta’kidlandi.
420 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bunda halol xodim jazolanmaydi, balki mukofotlanadi; jinoyatni yashirgan emas, fosh qilgan shaxs hurmat qilinadi; davlat boshqaruvi sir emas, ishonchga asoslangan hamkorlik sifatida ko‘riladi. O‘zbekiston uchun ham bu tajribalar iqtisodiy barqarorlik va xalqaro ishonch sari yo‘naltirilgan strategik zaruriyatdir. Eng muhim xulosa shuki: korrupsiyani yengish – qonun matnini kuchaytirish emas, qonun ruhini uyg‘otishdir. Chunki halollik – jazoda emas, vijdonda; ishonch – nazoratda emas, tizimdagi adolatda; taraqqiyot – rivojlangan statistikada emas, fuqarolar ongidagi qoniqishda namoyon bo‘ladi. Bugun korrupsiyaga qarshi kurash – davlat siyosati emas, millat taqdiridir. U yengilsa – davlat buyuk bo‘ladi; u hukmron bo‘lsa – millat adolatni unutadi. Shu boisdan, kelgusidagi asosiy vazifa quyidagicha bo‘lishi lozim: Qonunlar – halollikni majburiyatga aylantirsin. Ta’lim tizimi – halollikni mafkuraga aylantirsin. Ijtimoiy muhit – halollikni g‘ururga aylantirsin. Korrupsiyaga qarshi kurashda g‘alaba – sud qarori bilan emas, fuqarolar ongida “halol yashash – muvaffaqiyat kaliti” degan ishonch paydo bo‘lgan kunda e’lon qilinadi. Demak, bu kurashning yakuni yo‘q – u har bir vijdonli fuqaroning kundalik tanlovida davom etadi. Halollik – qonun bilan emas, inson bilan boshlanadi. Adolat – davlat bilan emas, jamiyat bilan yuksaladi. Ana shunda, huquqiy davlat haqiqiy ma’noda halol davlatga aylanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat nashriyoti, so‘nggi tahrir. 2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2017-yil 4-yanvar). – Qonunchilik ma’lumotlari bazasi lex.uz. 3. OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development). OECD AntiCorruption and Integrity Guidelines. – Paris, 2021. 4. Transparency International. Global Corruption Report & Corruption Perception Index. – Annual Publications, Berlin, 2019–2023. 5. United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). United Nations Convention Against Corruption (UNCAC). – Vienna, 2003. 6. ISO 37001: Anti-Bribery Management Systems. – International Organization for Standardization, Geneva, 2016. 7. Rose-Ackerman, S. “Corruption and Government: Causes, Consequences, and Reform.” – Cambridge University Press, 2016. 8. Banisar, D. “Whistleblowing: International Standards and Best Practices.” – International Journal of Law and Public Policy, 2020. 9. Huberts, L. “Integrity in Governance: Concepts, Cases, and Strategies.” – Springer, 2018. 10. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi. “Milliy Antikorrupsiya Strategiyasi va 2021–2025 yillardagi Davlat Dasturi.” – Rasmiy ma’ruza materiallari, Toshkent, 2022. 11. Yodgorov Ismoil Akmalovich ,,Prokuraturq va sudya himoyasizligi:nazorat yo'qligidan tug'ilgan huquqiy mag'lubiyat" (as a primary source—2025)