FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMALAR TUZISH TARTIBINI RAQAMLASHTIRISHNI KIRITISH MASALALARI
Full text
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMALAR TUZISH TARTIBINI RAQAMLASHTIRISHNI KIRITISH MASALALARI Xoliqov Abdulfayz Tolib oʻgʻli E-mail: [email protected] Annotatsiya Mazkur tezisda fuqarolik huquqi tushunchasi va tamoyillari atroflicha o‘rganiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar davrida fuqarolik-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va bitimlarni tuzishda raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Kalit soʻzlar: shartnoma, bitim, qonun, qaror, taraflar, raqamlashtirish.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Bugungi kunda iqtisodiyotning raqamlashtirilishi va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi fuqarolik huquqida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tartibini raqamlashtirish fuqarolar va korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada tez, qulay va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi. Shartnomalar raqamli shaklda tuzilib, saqlanishi va ijro etilishi esa huquqiy munosabatlarning samaradorligini oshiradi hamda qonuniylikni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamli transformatsiya jarayonlari faol olib borilayotgan bir paytda, fuqarolik huquqida shartnomalarni raqamlashtirish tartibini qonunchilikka joriy etish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Mazkur maqolada fuqarolik huquqida shartnomalar tuzish jarayonining raqamlashtirilishi, uning afzalliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ta’kidlash lozimki, Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi 1 . Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar – bu shaxslar o‘rtasidagi mulk bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardir. Ular shaxslarning huquq va erkinliklarini o‘z ichiga oladi va juda keng ko‘lamda namoyon bo‘ladi. Masalan, oldi-sotdi, buyurtmalarni qabul qilish, turar joyni ijaraga olish yoki berish, korxonalar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish, qurilish ishlari, transport orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish, zarar uchun to‘lovlar, meros olish, hamda mulkni egallash, undan foydalanish va uni boshqarish kabi munosabatlar shu doiraga kiradi. Fuqarolik huquqida shaxslar o‘rtasida kelishuv — shartnoma bo‘lib, u ikki yoki undan ortiq shaxslarning huquq va majburiyatlarini yaratish, o‘zgartirish yoki 1 Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1 va 353-moddalari, manba: https://lex.uz/docs/-111189.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 bekor qilishga qaratilgan kelishuvdir. Shartnoma shaxslar o‘rtasidagi majburiyatlarni tasdiqlovchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin bo‘lib, odatda yozma shaklda ikki tomonlama kelishuv asosida tuziladi. Shartnoma shartlari tomonlarning roziligi bilan belgilanadi. Shartnoma orqali tomonlar o‘rtasida kelishuv yuzaga keladi: masalan, bir taraf xizmatni bajaradi, ikkinchi taraf esa unga pul to‘laydi. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda fuqarolik huquqida shartnomalar tuzish jarayonining raqamlashtirilishi – huquqiy munosabatlarni yanada samarali, tez va qulay amalga oshirish uchun zaruriyatga aylangan. Raqamli texnologiyalar shartnomalar tuzishda hujjatlarning ishonchliligi, xavfsizligi va shaffofligini ta’minlash imkonini beradi, bu esa fuqarolar va korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik, huquqiy va tashkiliy muammolarni oldindan aniqlab, ularni bartaraf etish lozim. Tezisda ko‘rsatilgan muammolarni hal etish va shartnomalar tuzish tartibini raqamlashtirishni samarali joriy etish uchun quyidagi takliflar beriladi: fuqarolik huquqida shartnomalar raqamli shaklda tuzilishi va saqlanishini tartibga soluvchi maxsus qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarur; raqamlashtirish jarayonida shartnomalarning haqiqiyligini va o‘zgartirilmasligini ta’minlash uchun zamonaviy elektron imzo va autentifikatsiya vositalarini keng joriy etish muhim hisoblanadi; shartnomalarni raqamlashtirish jarayonida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘maklashuvchi treninglar va o‘quv dasturlarini tashkil etish lozim;
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 raqamlashtirish bilan bog‘liq texnik muammolar va kiberxavfsizlikka doir xavflarni kamaytirish uchun mutaxassislar va tegishli tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash kerak; sud amaliyotida raqamlashtirilgan shartnomalar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda maxsus qoidalar va mexanizmlarni joriy qilish tavsiya etiladi; Yuqoridagi takliflar amalga oshirilganda, fuqarolik huquqida shartnomalar tuzish jarayonini raqamlashtirish samarali, ishonchli va barqaror huquqiy mexanizmga aylanishi mumkin. Natijada, fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’minlanadi.
STEP CONFERENCE http://bestarticle.fast-page.org/ volume 11. issue 11 October 2025 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati I. Qonunchilik hujjatlari 1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi // www.lеx.uz. 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonuni // www.lеx.uz. 3. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonuni // www.lеx.uz. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori // www.lеx.uz. II. Internet manbalari 1. https://lex.uz/docs/-4704. 2. https://www.norma.uz/oz/bizning_sharhlar/shartnoma_tuzamiz_nimaga_e tibor_qaratish_lozim