SHARTNOMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA KUCHSIZ TOMONNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI: HUQUQNI QO'LLASH AMALIYOTI VA XORIJIY TAJRIBA TAHLILI
Full text
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) SHARTNOMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA KUCHSIZ TOMONNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI: HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTI VA XORIJIY TAJRIBA TAHLILI Xoliqov Abdulfayz Tolib o‘g‘li E-mail: [email protected] Annotatsiya: mazkur maqolada shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda kuchsiz tomonning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari, amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shartnomaviy munosabatlarda kuchsiz tomonlarning huquqlari samarali himoyalanmayotganligi, “adgеziya shartnomasi” tushunchasining aniqlanmaganligi va sudda bunday shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish mexanizmlarining mavjud emasligi ta’kidlanadi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning tajribalari asosida shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda himoya mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Kalit so‘zlar: shartnoma, shartnomaviy-huquqiy munosabat, kuchsiz tomon va “adgеziya shartnomasi”. Abstract: This article analyzes the issues of protecting the rights and interests of the weaker party in contractual legal relations, as well as problems in current legislation and law enforcement practices. It emphasizes that in the legislation of the Republic of Uzbekistan, the rights of weaker parties in contractual relations are not effectively protected, the concept of the “adhesion contract” is undefined, and there are no mechanisms for annulment or modification of such contracts in courts. Additionally, based on the experience
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) of foreign countries, proposals are made to strengthen protection mechanisms in contractual legal relations. Keywords: contract, contractual legal relations, weaker party, “adhesion contract”. Аннотaция: В данной статье анализируются вопросы защиты прав и интересов слабой стороны в договорно-правовых отношениях, а также проблемы действующего законодательства и правоприменительной практики. Подчеркивается, что в законодательстве Республики Узбекистан права слабой стороны в договорных отношениях эффективно не защищены, понятие «договор присоединения» не определено, а также отсутствуют механизмы отмены или изменения таких договоров в судебном порядке. Кроме того, на основе опыта зарубежных стран предлагаются меры по усилению механизмов защиты в договорно-правовых отношениях. Ключевые слова: договор, договорно-правовые отношения, слабая сторона, «договор присоединения».
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Bugungi kunda shartnomaviy-huquqiy munosabatlar zamonaviy fuqarolik huquqining muhim bo‘lagi hisoblanadi va jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu munosabatlarda tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini teng huquqli tarzda belgilash hamda himoya qilish tamoyillari asosiy ahamiyatga ega. Biroq amaliyotda ko‘pincha kuchsiz tomonlar – iste’molchilar, kichik tadbirkorlar, ishchilar va boshqalar – o‘z huquq va manfaatlarini to‘liq himoya qila olmaslik holatlari uchrab turadi. Bu esa shartnomaviy munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lgan taraflar tomonidan iqtisodiy va huquqiy ziddiyatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. I. Amaldagi qonunchilik Shartnomaviy munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) tomonning huquq va majburiyatlarini himoya qilish masalalari qisman fuqarolik qonunchiligining umumiy qoidalari bilan tartibga solinib, ushbu umumiy tartib kuchsiz tomonning huquqlari samarali himoya qilinishini yеtarli darajada kafolatlamaydi. Jumladan, Fuqarolik kodeksida fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkinligi (1-modda) hamda fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin hisoblanishi (354-moddasi) belgilangan 1 . Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan 1 Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1 va 354-moddalari, manba: https://lex.uz/docs/-111189.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno 2 . Bundan tashqari, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda shartnomalardagi zaif tomonning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator huquqiy normalar belgilangan. Xususan, Qonunning: 21-moddaga ko‘ra, shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi 3 . 23-moddasiga ko‘ra, davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi 4 . Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste’molchi qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega. II. Mavjud muammolar Huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili quyidagi muammolarning mavjudligini ko‘rsatmoqda: 1. Amaldagi fuqarolik qonunchiligida shartnomaviy munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) tomonning huquq va majburiyatlarini himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy normalar nazarda tutilmagan. Mazkur holat esa quyidagi salbiy huquqiy oqibatlarga olib kelmoqda: Huquqiy himoyaning samarasizligi. Amaldagi shartnomaviy 2 Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 354-moddasi, manba: https://lex.uz/docs/-111189. 3 Oʻzbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21moddasi, manba: https://lex.uz/docs/-4704. 4 Oʻzbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 23moddasi, manba: https://lex.uz/docs/-4704.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) tomon sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan shaxslar (iste’molchilar, ish beruvchiga nisbatan xodimlar, ijarachilar) shartnoma shartlarini shakllantirish jarayonida haqiqiy ta’sir o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qolmoqda. Mazkur holat amalda ushbu subyektlarning qonuniy huquq va manfaatlari to‘liq himoya qilinishini ta’minlash imkonini cheklab, ularning haq-huquqlari sud orqali tiklanishini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda. Iqtisodiy zo‘ravonlik va kelishuv erkinligining suiiste’mol qilinishi. Fuqarolik huquqining umumiy tamoyillaridan biri bo‘lgan shartnoma erkinligi ayrim hollarda kuchli tomon manfaatini yakka himoya qilish vositasiga aylanmoqda. Qonunchilikda kuchsiz tomonni himoya qilishga qaratilgan cheklovchi yoki muvozanatlashtiruvchi mexanizmlarning mavjud emasligi uning huquqiy jihatdan zaif mavqeini mustahkamlab qo‘yadi. 2. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida “Adgeziya shartnomasi” tushunchasining huquqiy ta’rifi, uning qolgan shartnomalardan farqlash mezonlari hamda huquqiy himoya mexanizmlari mavjud emas. Shartnoma taraflari o‘rtasida iqtisodiy, ma’lumot yoki muzokara qobiliyati jihatidan nomutanosiblik mavjud bo‘lgan shartnoma adgeziya shartnomasi deb ataladi. Adgeziya shartnomasining boshqa shartnomalardan farqlovchi asosiy xususiyatlari: 1) shartnoma matni oldindan standart tarzda sotuvchi/ijrochi tomonidan tayyorlangan bo‘ladi; 2) xaridorning (kuchsiz tomon) muhim shartlarni muzokara qilish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi u faqat shartnomani to‘liq qabul qilishi yoki shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin bo‘ladi (anglo-sakson huquqida “take it or leave it” tamoyili);
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) 3) bitim, odatda, ko‘p sonli mijozlar uchun bir xil shartlarda qo‘llanadi. Buning natijasida, shartnoma tuzuvchilar yoki sud tomonidan adgeziya shartnomalarini qolgan turdagi shartnomalardan farqlash va aniqlashda qiyinchilik hamda turli xil amaliyotning vujudga keltirishiga sabab bo‘ladi. 3. Qonunchilik hujjatlarida shartnoma tuzuvchi tomonning huquq va manfaatlariga zarar еtkazuvchi “take it or leave it” (shartlarni qabul qil yoki shartnoma tuzma) tamoyili asosida tuzilgan shartnomalarni sud orqali bekor qilish yoki o‘zgartirishga qaratilgan aniq huquqiy mexanizmlar mavjud emas. Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga ko‘ra, amalda tasdiqlanib kuchga kirgan shartnomalar sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda. Bunda, shartnoma bo‘yicha kuchsiz tomonga adolatsiz yoki nohaq shartlar yuklatilgan hamda uning shartnoma shartlarini muhokama qilish va ularga o‘zgartirish kiritish imkoniyati cheklangan holatlarda, bunday shartnoma sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi, bekor qilinishi yoki (zarur hollarda) o‘zgartirilishi to‘g‘risida qoida amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan. III. Xorijiy tajriba Xorijiy davlatlar qonunchilik amaliyotida (jumladan, Fransiya, Litva, Yevropa Ittifoqi) fuqarolik-huquqiy munosabatlarda kuchsiz tomon manfaatlarini himoya qilishga doir to‘g‘ridan-to‘g‘ri me’yorlar va maxsus qonunlar qabul qilingan. I. Xorijiy davlatlar qonunchilik hujjatlari:
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) 1. Fransiya Fuqarolik kodeksining 1110-moddasida “Adgeziya shartnomasi” tushunchasining huquqiy ta’rifi berilgan. Unga ko‘ra: Adgeziya shartnomasi – bu tomonlardan biri tomonidan oldindan belgilanib, muhokama qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan qator shartlarni o‘z ichiga olgan shartnoma. “Le contrat d’adhésion est celui qui comporte un ensemble de clauses non négociables, déterminées à l’avance par l’une des parties” 5 . Fuqarolik kodeksining 1171-moddasida shartnomaviy munosabatlarda ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) tomonning huquq va majburiyatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy normalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra: Adgeziya shartnomasida, agar shartnomaning bir tomoni tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan va muzokara qilish imkoni bo‘lmagan har qanday shart ikkala tomonning shartnoma doirasidagi huquq va majburiyatlari o‘rtasida jiddiy nomutanosiblikni yuzaga keltirsa, u shartnoma matnida mavjud emas deb hisoblanadi. Jiddiy nomutanosiblikka baho berish shartnomaning asosiy predmeti yoki uning bahosi ko‘rsatilayotgan xizmatga mosligi nuqtai nazaridan emas, balki tomonlar o‘rtasidagi huquqiy muvozanat nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. “Dans un contrat d'adhésion, toute clause non négociable, déterminée à l'avance par l'une des parties, qui crée un déséquilibre significatif entre les droits et obligations des parties au contrat est réputée non écrite. L'appréciation du déséquilibre significatif ne porte ni sur l'objet principal 5 Code civil of France, article 1110, res: https://www.legifrance.gouv.fr/codes/article_lc/LEGIARTI000036829815.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) du contrat ni sur l'adéquation du prix à la prestation” 6 . Bundan tashqari, Fransiya Fuqarolik kodeksining 1195-moddasi esa majburiyatlarni bajarishni juda og‘irlashtiradigan oldindan sezilmagan holatlar yuzaga kelganda, shartnomani sud orqali o‘zgartirish yoki bekor qilish mexanizmini belgilab beradi. Bu ham “take it or leave it” shartnomalaridagi adolatsizlikka qarshi huquqiy mexanizm hisoblanadi. Shartnoma tuzilgan paytda oldindan ko‘zda tutilmagan holatlar o‘zgarishi oqibatida, riskni o‘z zimmasiga olishga rozilik bermagan tomondan biri uchun majburiyatlarni bajarish haddan tashqari og‘ir (qimmat) bo‘lib qolsa, u qarshi tomondan shartnomani qayta muzokara qilishni talab qilishi mumkin. Qayta muzokara davomida u o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi. “Si un changement de circonstances imprévisible lors de la conclusion du contrat rend l'exécution excessivement onéreuse pour une partie qui n'avait pas accepté d'en assumer le risque, celle-ci peut demander une renégociation du contrat à son cocontractant. Elle continue à exécuter ses obligations durant la renégociation” 7 ; 2. Litva Fuqarolik kodeksining 6.160 va 6.185-moddalarida Adgeziya shartnomalari haqida huquqiy normalar belgilangan. Unga ko‘ra, 6.160moddada shartnomalarni muzokarali shartnomalar va Adgeziya shartnomalariga bo‘linishi belgilangan. 6.185-modda esa standart shartlar hamda Adgeziya tushunchasiga ta’rif belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: Adgeziya shartnomasi – bu tomonlar o‘rtasidagi muzokara qilinmagan, kuchliroq tomon tomonidan tayyorlangan standart shartlar bilan tuzilgan shartnoma. Zaif tomon esa shartnomaning barcha shartlarini qabul qilish yoki 6 Code civil of France, article 1171, res: https://www.legifrance.gouv.fr/codes/article_lc/LEGIARTI000036829815. 7 Code civil of France, article 1195 res: https://www.legifrance.gouv.fr/codes/article_lc/LEGIARTI000036829815.
PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) rad etish huquqiga ega 8 . 3. Germaniyada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning BGB (Bürgerliches Gesetzbuch) 307-moddasida kuchsiz tomonni noqulay ahvolga soladigan, adolatsiz shartlarni sud orqali bekor qilish bo‘yicha huquqiy normalar belgilangan. Unga ko‘ra: Umumiy shartlarda keltirilgan qoidalar, agar ular foydalanuvchining shartnoma tarafini nohaq ravishda noqulay ahvolga solsa, haqiqiy emas deb topiladi. Agar qoida aniq va tushunarli bo‘lmasa, nohaq noqulaylik mavjud deb hisoblanadi. “§ 307 BGB-Inhaltskontrolle (Control of Contract Terms) (1) Bestimmungen in Allgemeinen Geschäftsbedingungen sind unwirksam, wenn sie den Vertragspartner des Verwenders unangemessen benachteiligen. Eine unangemessene Benachteiligung ist im Zweifel anzunehmen, wenn eine Bestimmung nicht klar und verständlich ist 9 .” 4. AQShda Federal savdo komissiyasi (FTC) iste’molchilarni aldash yoki adolatsiz shartlardan himoya qilish uchun mas’ul bo‘lib, zaif tarafning manfaatlari sud orqali himoya qilinadi. Xususan, iste’molchilar o‘z huquqlari buzilganda klass da’vosi (class action lawsuit) orqali shirkatlarga qarshi da’vo qo‘zg‘atishi mumkin. II. Xalqaro shartnomalar: Yevropa Ittifoqining 93/13/EEC sonli Direktivasi “Iste’molchilar shartnomalarida adolatsiz shartlar” (Unfair Terms in Consumer Contracts Directive) doirasida ustun mavqega ega bo‘lmagan (kuchsiz) taraf iste’molchilarni himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy normalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur direktivaning: 3-moddasiga ko‘ra, agar shartnomadagi shart alohida muzokara 8 Civil code of the republic of Lithuania, article 6.185, res: http://jafbase.fr/docUE/Lituanie/CodCiv.htm. 9 German Civil Code BGB, article § 307, res: https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_bgb/.