YOSHLARNING IJTIMOIY DUNYOQARASHI VA MILLIY MA'NAVIYATI SHAKLLANISHIDA GLOBALLASHUV JARAYONLARINING FALSAFIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari, ayniqsa, yoshlarda “men kimman?”, “qaysi qadriyatlarga tayanishim kerak?” kabi savollarga yechim topish jarayonida qanday o‘rin tutayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy ma’naviyat va madaniy merosni asrab qolishda yoshlar tarbiyasi, ta’lim tizimi va falsafiy yondashuvning ahamiyati yoritiladi.Tadqiqot xulosalari globallashuv shart-sharoitlarida milliy qadriyatlarning ahamiyati va yoshlarning shaxsiy dunyoqarashini shakllantirishda muvozanatni saqlash zarurligini asoslab beradi. Millatning ma’naviy yuksalishi, uning tarixi, tili, urf-odatlari va an’analari yoshlar ongida mustahkam joy olishi uchun milliy tarbiya va falsafiy anglash muhim o‘rin tutadi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 46 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us YOSHLARNING IJTIMOIY DUNYOQARASHI VA MILLIY MAʼNAVIYATI SHAKLLANISHIDA GLOBALLASHUV JARAYONLARINING FALSAFIY TAHLILI Aminjonov Qurbon Habibullaevich O‘zbekiston Milliy uneversiteti tadqiqotchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari, ayniqsa, yoshlarda “men kimman?”, “qaysi qadriyatlarga tayanishim kerak?” kabi savollarga yechim topish jarayonida qanday o‘rin tutayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy ma’naviyat va madaniy merosni asrab qolishda yoshlar tarbiyasi, ta’lim tizimi va falsafiy yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot xulosalari globallashuv shart-sharoitlarida milliy qadriyatlarning ahamiyati va yoshlarning shaxsiy dunyoqarashini shakllantirishda muvozanatni saqlash zarurligini asoslab beradi. Millatning ma’naviy yuksalishi, uning tarixi, tili, urf-odatlari va an’analari yoshlar ongida mustahkam joy olishi uchun milliy tarbiya va falsafiy anglash muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: Globallashuv, ijtimoiy dunyoqarash, milliy ma’naviyat, yoshlar tarbiyasi, madaniy tahdidlar, falsafiy tahlil, milliy o‘zlik, axborot jamiyati, madaniy integratsiya, qadriyatlar muvozanati, inson kapitali, mafkuraviy barqarorlik Globallashuv oʻzining koʻp qirrali tabiatiga qaramay, shaxsning ijtimoiy dunyoqarashi va milliy maʼnaviyatini saqlash bilan bogʻliq tashvishlarni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro munosabatlar va integratsiyaning jadal rivojlanishi bilan ajralib turadigan ushbu jarayon madaniy xilma-xillik va milliy jamoalarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash uchun muhim afzalliklarga va jiddiy tahdidlarga olib keladi. Globallashuv shaxsning ijtimoiy dunyoqarashi va milliy maʼnaviyatiga sezilarli darajada yaxshi yoki yomon taʼsir koʻrsatadi. Globallashuv barcha sohalarda jumladan, iqtisod, madaniyat almashinuv, va texnika rivojlanishga koʻplab foyda keltirsa-da, ijtimoiy barqarorlik va milliy oʻziga xoslikka tahdid solishi muqarrar. XX asrda yoshlar muammosi deb nomlangan bir qator dolzarb va keskin masalalar jamoatchilik hukmiga xavola qilinib, XXI asrga oʻtkazildi. Oʻsmirlik insonning ichki dunyosini, dunyoqarash qoidalarini, ahloqi normalarini shakllantirish juda muhim boʻlgan davr hisoblanadi. Boshqacha aytganda, yoshlik inson oldida: “Men kimman?”, “Nima uchun yashamoqdaman?”, “Olam yaxshiroq bo‘lishi uchun nima qilish darkor?” singari abadiy savollar ilk bor koʻndalang boʻladigan yosh. Bu savollardan birontasiga boʻlsa-da, javobning topilmasligi hayotni bunyodkorona barpo etishdan
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 47 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us voz kechish bilan barobar. Yoshlar koʻpincha kutishga hamda xatolardan saboq chiqarishga tayor boʻlishmaydi. Ular haqiqat va dolzarb hayotiy masalalarga javob izlab, oʻzlariga qiziqishni, haqiqat mavjudligini his etgan hamda maʼnaviy haqiqat lazzatini topgan joyga murojaat etishadi. Yuqorida koʻrib oʻtganimizdek, bugungi kunda “globallashuv” tushunchasi toʻgʻrisida xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan ancha-muncha fundamental asarlar eʼlon qilingan. Oʻzbekistonda bu borada koʻp boʻlmasa-da, tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin, achchiq boʻlsa ham, haqiqatni tan olib aytishimiz lozimki, Oʻzbekistonda bu oʻta murakkab va ayni paytda ziddiyatli masalaga bagʻishlangan fundamental ilmiy tadqiqot olib borilganicha yoʻq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, “Biz boshimizdan kechirayotgan hozirgi globallashuv davri oʻta shiddat bilan oʻzgarayotgan va turli tahdidlar koʻpligi bilan oldimizga hal etishni kechiktirib boʻlmaydigan gʻoyat murakkab majburiyatlarni qoʻymoqda”. Haqiqatan ham, bugun insoniyat yashayotgan davr, oʻtmishdagilardan farq qiladi. Bu davrga yagona iqtisodiy makonning yuzaga kelishi asos boʻldi. Shuni ham hisobga olish kerakki, iqtisodiyotda sodir boʻlgan bu oʻzgarishlar ham tasodifiy holat emas, balki taraqqiyotning obyektiv qonuniyati hisoblanadi. Chunki, bir tomondan insoniyatning ortib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati ortib borgan boʻlsa, ikkinshi tomondan, dunyoda insoniyatning oʻsib borishi va unga toʻgʻri keladigan iqtisodiyotni rivojlantirishni taqozo qildi. Lekin iqtisodiyotdagi oʻsish hali yer yuzida yashayotgan xalqlarning ehtiyojlarini qondirish darajasigacha koʻtarilganicha yoʻq. Bu borada yana taraqqiyotda oldinga chiqib olgan mamlakatlar yagona iqtisodiy makonning egalariga aylanishga erishdilar. Ayniqsa, ushbu mamlakatlarda shakllantirilgan transmilliy korporatsiyalar ularning iqtisodiyotdagi gegemonligini taʼminlashga xizmat qildi. Bu globallashuvning mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar amaliyoti uchun tengsizlikning chuqurlashuviga oʻzining taʼsirini oʻtkazadi. Lekin bu jarayonning mamlakatlar, xalqlar, millatlar va ular hayotining boshqa sohalariga oʻtkazadigan taʼsiriga nisbatan qarashlar ijobiy boʻlganligi bois, uning istiqbolda yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan salbiy jihatlari eʼtibordan chetda qolib kelgan edi. Bugun ana shu “istiqbol” davrining bosqichi boshlandi, deyishimiz mumkin. Shuning natijasida hozirgi globallashuvning nafaqat nazariy jihatlari haqida bir qator gʻoyalar ishlab chiqilgan, hamda, uning rivojlanishga oʻtkazayotgan yaxshi va yomon tomonlari amaliyotda oʻzining aksini topib kelmoqda. “Albatta, globallashuv butun dunyoda roʻy berayotgan, ortga qaytmaydigan jarayon. Boshqa mamlakatlar qatori biz uchun ham zaruriy. Lekin u biryoqlama boʻlmasligi
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 48 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us kerak. Globallashuv milliy oʻzlikni yoʻqotish degani emas! Dunyo tamadduni turli xalqlarning oʻziga xos anʼanalari, madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari bilan goʻzal va boy hisoblanadi. Ularning har biri yashash va ravnaq topishga haqli. Lekin qaysidir davlat yoki davlatlar, qaysidir xalq yoki xalqlar globallashuvni oʻz mentalitetidan kelib chiqib, oʻzgalarga tiqishtirishi kishilik jamiyatiga toʻgʻri kelmaydigan holat hisoblanadi. U holda bu jarayon bir tomondan foyda qilsa, ikkinshi tarafdan jiddiy zarar keltirishi, asriy qadriyatlarga shikast yetkazishi, xalq oʻz ildizidan ayrilgan “omma”ga, millat oʻz qiyofasini yoʻqotgan “manqurt”ga aylanib qolishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday xatarga yoʻl qoʻymaslikning chorasi bitta: oʻzgalar qadriyatini kamsitmagan holda oʻz qadriyatlarimizni mahkam turib himoya qilishimiz, lozim boʻlsa, jumlai jahonga koʻrsatishimiz kerak”. Insoniyat XXI asrga qadam qoʻyishida XX asrda oʻz boshiga tushgan ogʻir kulfatlardan tegishli xulosalar chiqarishi, ularning yana takrorlanmasligining chora-tadbirlarini koʻrishi lozim edi. Afsuslar boʻlsinki, amalda unday boʻlmadi, fan, texnika, texnologiyalar tasavvur qilib boʻlmas darajada rivojlandi, taraqqiy qilgan davlatlarning jahon iqtisodiyoti ustidan nazoratini oʻrnatishi, rivojlanayotgan davlatlarning tabiiy resurslarini qoʻlga kiritish maqsadida, turli rangli inqiloblarni suniy keltirish, eng xavflisi, oʻzlari ishlab chiqqan eng zamonaviy qurollarni ishga solib, bu mamlakatlardagi begunoh insonlarni nobud qilishgacha borib yetdilar. XX asrda insoniyat oʻz boshidan ikkita jahon urushini kechirib, katta moddiy, maʼnaviy talofatlarni koʻrib, bu jahonning ikki tizimga ajralishi va ular oʻrtasidagi zidddiyatlarning kushayishi sharoitida yashagan boʻlsa, XXI asrga kelib, ikki tizim barbod boʻlgan boʻlsa ham, ammo kurash tugamadi. Insoniyat yangi shakl va mazmunda kuchayib borayotgan sharoitda yashashga majbur boʻlmoqda. Bugungi kunga kelib bu kurash yuksak rivojlanishga erishgan, oʻz qoʻlida mavjud boʻlgan ilmfan, texnika va texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda, globallashuvni tezlashtirayotgan va butun jarayonga yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasida muammoli ziddiyatlarning kuchayib ketishiga olib keldi. Shu bilan bir vaqtda, taraqqiy topgan mamlakatlarning orasida ham gegemonlik uchun kurash shiddatli davom etishigacha yetib keldi. Bu kurashning xatarli jihati shundaki, atom qurollarini ishlab chiqish va uni ommalashtirishdek harakatlar yuzaga keladiki, buning oʻziyoq XXI asrda insoniyat oʻtgan asrga nisbatan ham kushli tahdidga roʻbaroʻ kelayotganligini tasdiqlab turibdi. Haqiqatan ham, yangi axborot tezligining vujudga kelishi bir qator afzalliklarni yuzaga keltirdi. Ular butun dunyoda fan-texnika, texnologiya sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlarni ommalashtirishda insonlar, millatlar, xalqlar, mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanishiga ijobiy taʼsir oʻtkazmoqda. Bir soʻz bilan
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 49 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us aytganda, bugun vujudga kelgan axborot tizimi dunyoni bir butunligini taʼminlagan real omilga aylandi. Bizga maʼlumki, dunyo ziddiyatlar girdobida rivojlanar ekan, albatta, unda tahdidlar ham bisyor boʻladi. Ularni butunlay bartaraf etishning esa hech qanday iloji ham yoʻq. Chunki manfaatlar va ularning chegarasizligi ziddiyatlarni bartaraf etishga imkon qoldirmaydi. Bundagi asosiy imkoniyat esa oʻrta yoʻl, yaʼni manfaatlarni oʻzaro muvozanatga keltirish hisoblanadi. Xuddi ana shu imkoniyatgina bugun dunyo va insoniyatning qaysidir darajada nisbatan tinch yashashini taʼminlamoqda. Agar insoniyat oʻz taraqqiyoti davomida tahdidlarning oldini olish yoʻlidan bora olmaganida edi, u bugungi darajadagi yutuqlarni qoʻlga kiritmagan boʻlar edi. Millatlar maʼnaviyatiga nisbatan yuzaga keladigan tahdidlarning tahliliga kirishar ekanmiz, ularning shakllanish jarayonini ham maʼlum bosqichlarga ajratib, oʻziga xos xususiyatlari dinamikasi va amal qilish holatlariga asosiy eʼtibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Zero, millatning etnik birlik boʻlib birlasha boshlagan dastlabki bosqichida mavjud boʻladigan xavflar bilan uning barqaror rivojlanishida paydo boʻladigan yoki amal qiladigan xavflar darajalari turlicha va ularning tahdidga aylanish imkoniyatlari ham bir darajada boʻlmaydi. Ular, yuqorida taʼkidlaganimizdek, millatning yuksalish jarayoniga mos ravishda kuchayib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida. — T.: “O‘zbekiston”, 2020. 2. Marks K. Iz rannix filosofskix proizvedeniy / Per. s nem. — M.: Politizdat, 1961. 3. Marks K., Engels F. Nemis ideologiyasi. — T.: Fan, 1990. 4. Hasanov Sh.H. Globallashuv va ma’naviyat. — T.: Akademnashr, 2013. 5. Toshpulatov Sh. Milliy o‘zlik va globallashuv: nazariy va amaliy muammolar. — T.: Fan, 2011. 6. Mamajonov N. Milliy mafkura va globallashuv. — T.: Sharq, 2008. 7. Nazarov Q.N. Falsafa. Darslik. — T.: “O‘zbekiston”, 2020. 8. Hamidov M.M. Globallashuv va yoshlar: mafkuraviy tahdidlar va barqarorlik. // “Falsafa va huquq” jurnali. — 2022. — №1. — B. 45–52. 9. Huntington, S. P. The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order. — New York: Simon & Schuster, 1996. 10. Giddens, A. Runaway World: How Globalization is Reshaping Our Lives. — London: Profile Books, 1999. 11. Robertson, R. Globalization: Social Theory and Global Culture. — London: SAGE Publications, 1992.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 50 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us 12. Bauman, Z. Globalization: The Human Consequences. — New York: Columbia University Press, 1998. 13. G‘ulomov A. va b. Globallashuv va milliy manfaatlar. — T.: “O‘zbekiston”, 2015. 14. Sattorov A. Milliy mafkura va global muammolar. — T.: “O‘qituvchi”, 2007.