scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'ATDA NATYURMORT CHIZISH QONUN-QOIDALARI

Xudaynazarova Ug'iloy Sharifovna, Dehqonboyeva Dilafruz Davron qizi, Raxmatov Axmadbek Ilhom o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada tasviriy san’atning muhim janrlaridan biri bo‘lgan “natyurmort” ning mazmun-mohiyati, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda uni chizishning asosiy qonun-qoidalari tahlil qilinadi. Natyurmortda predmetlarning joylashuvi, yorug‘lik va soya uyg‘unligi, ranglarning muvozanati, kompozitsion tuzilish kabi elementlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, natyurmort chizish jarayonining o‘quvchilar estetik didini shakllantirish, kuzatuvchanligini oshirish va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 302 TASVIRIY SAN’ATDA NATYURMORT CHIZISH QONUNQOIDALARI 1Xudaynazarova Ug‘iloy Sharifovna, 2Dehqonboyeva Dilafruz Davron qizi, 3Raxmatov Axmadbek Ilhom o‘g’li 1CHDPU “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi, 2CHDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 3bosqich talabasi 3CHDPU Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17407725 Annotatsiya. Mazkur maqolada tasviriy san’atning muhim janrlaridan biri bo‘lgan “natyurmort” ning mazmun-mohiyati, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda uni chizishning asosiy qonun-qoidalari tahlil qilinadi. Natyurmortda predmetlarning joylashuvi, yorug‘lik va soya uyg‘unligi, ranglarning muvozanati, kompozitsion tuzilish kabi elementlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, natyurmort chizish jarayonining o‘quvchilar estetik didini shakllantirish, kuzatuvchanligini oshirish va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: Natyurmort, tasviriy san’at, kompozitsiya, yorug‘lik va soya, rang uyg‘unligi, perspektiva, estetik did. Аннотация. В статье рассматривается одно из важных направлений изобразительного искусства — “натюрморт”. Анализируются его сущность, исторические этапы развития и основные законы построения композиции. Особое внимание уделено расположению предметов, роли света и тени, цветовой гармонии, а также законам перспективы. Также показано значение рисования натюрморта в формировании эстетического вкуса, наблюдательности и художественного мышления учащихся. Ключевые слова. Натюрморт, изобразительное искусство, композиция, свет и тень, цветовая гармония, перспектива, эстетический вкус. Annotation. This article examines “still life” as one of the essential genres of fine art. It analyzes its essence, historical stages of development, and the main principles of still life drawing. Particular attention is given to composition, object arrangement, light and shadow balance, color harmony, and perspective rules. The article also highlights the importance of still life drawing in developing students’ aesthetic taste, observation skills, and artistic thinking. Keywords. Still life, fine art, composition, light and shadow, color harmony, perspective, aesthetic taste. Natyurmort (frans. nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy sanʼat janri. Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham Natyurmort deb ataladi. Asosan, dastgohli rassomlik (rangtasvir va grafika), qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef) ishlanadi. Natyurmortda «jonsiz buyumlar» (Mas, uyroʻzgʻor buyumlari, qurol-aslahalar va b.)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq, vazadagi gul va b.) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni toʻldirish uchun baʼzan Natyurmortga odamlar, hayvonlar, kushlarni ham INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 303 kiritish mumkin. Maishiy asosidan ajratib olingan mayda narsalarning muhimligi boshqa janrlarga nisbatan Natyurmortda namoyon boʻladi. Natyurmortda tasvirlanayotgan (mustaqil aks ettirilayotgan yoki kartinalarda asar mazmunini boyitadigan va toʻldiradigan) buyumlar oʻz egasining feʼl-atvorini, qiziqishini yoritishga yoki buyumlarning shakli, rangi, fakturasi, tuzilishidagi ritmik, dinamik va statik holatlarini koʻrsatishga qaratilgan. Natyurmort qadimgi Misrda devorga ishlangan freskalarda, ellinizm davri mozaikalarida, Xitoyda («qush va gullar») kompozitsiya boʻlagi sifatida maʼlum boʻlgan; Yevropada oxiri boshlaridan mustaqil ahamiyatga ega boʻldi, keng tarqala boshladi, eng taraqqiy etgan davriga toʻgʻri keladi, XVIII asrdan «Natyurmort» atamasi qoʻllanila boshlandi. Italyan rassomi M. Karaeajo va uning izdoshlari (karavajizm) Natyurmortning keng tarqalishida muhim rol oʻynadi: gul va mevalar, dengiz inʼomi — baliq, qisqichbaqalar sevimli mavzuga aylandi. Gollandiya (V. K. Xeda, P. Klas va b.), Flandriya (F. Sneyders, Ya. Feyt), Ispaniya (F. Surbaran Fransiya ) (J. B. Sharden) va boshqalarda yuksak taraqqiyotga erishdi. P. Sezann, A. Matiss, J. Brak va boshqalar natyurmortga koʻproq eʼtiborni qaratganlar. XX asrda natyurmort realistik anʼanalarini Meksikada D. Rivera, D. Sikeyros, Italiyada R. Guttuzolar davom ettirdi. Rossiyada Natyurmort XVIII asrda paydo bo‘ldi, ko‘zni aldaydigan «xuddi oʻziga oʻxshash» (aldamchi) rasmlar ishlashdan (G. N. Teplov, P. G. Bogomolov va b.) shakllanib bordi, XIX asrning 1-yarmida haqqoniylikka, borliqni oʻzidan goʻzallik topishga harakat qilindi (M. A. Vrubel, K. Korovin, I. E. Grabar va boshqalar), shakl, faktura va bezakdorlik borasidagi yutuqlarga erishildi (P. Kuznetsov, P. P. Konchalovskiy, A. Kuprin va b.). Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida natyurmort unsurlari qadimgi davr sanʼatida (Masalan, Afrosiyob devoriy rasmlarida — vazadagi mevalar), miniatyura sanʼatida (Masalan, Kamoliddin Behzodning Shayboniyxon portretida tasvirlangan buyumlar — siyohdon, qamchi) uchraydi. Natyurmortning haqiqiy shakllanishi va rivojlanishi XX asr ning 30—50-yillariga toʻgʻri keladi. Ayni shu davrda rassomlarning ijodida natyurmortning dastlabki namunalari paydo boʻldi: L. Nasriddinov («Nonli Natyurmort»), Sh. Hasanova («Xitoy chinnisi bilan ishlangan Natyurmort»); M. Kurzin, V. Rojdestvenskiy, V. Ufimsev, N. Kashina, 3. Kovalevskaya, O. Tatevosyan, S. Abdullayev, V. Fadeyev, Yu. Yelizarovlar yaratdilar. 60— 80yillarda L. Salimjonova, Yu. Taldikin, R. Choriyev, V. Burmakin, Ye. Melnikovlar ijodida natyurmort keng oʻrin tutadi. Rassomlar R. Ahmedov, A. Ikrom-jonov, M. Nuriddinov va boshqalar natyurmort janrida samarali ijod qilib, natyurmortning taraqqiyotini taʼminladilar. • Natyurmort chizishda eng muhim jihatlardan biri – bu kompozitsiya. • Predmetlar tartibida muvozanat, uyg‘unlik bo‘lishi kerak. • Juda ko‘p predmet qo‘yishdan ko‘ra, kamroq predmet bilan asosiy g‘oyani ifodalash maqsadga muvofiq. • Predmetlarning joylashuvi ko‘rish nuqtasi va sahnaning markaziy diqqat markaziga mos bo‘lishi lozim. Yorug‘lik manbai bitta bo‘lishi kerak (tabiiy yoki sun’iy). • Yorug‘lik va soyaning to‘g‘ri joylashtirilishi predmetlarning hajmini, chuqurligini ko‘rsatadi. • Yorug‘lik predmetlarning shaklini bo‘rttirib, ularning o‘zaro nisbatini yanada ravshanlashtiradi. • Ranglar o‘zaro mos bo‘lishi zarur. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 304 • Juda keskin kontrastlardan saqlanish tavsiya etiladi, lekin asosiy detalni ajratish uchun kontrast rangdan foydalanish mumkin. • Ranglar kompozitsiyaning umumiy kayfiyatini belgilaydi. Masalan, iliq ranglar natyurmortga samimiylik, sovuq ranglar esa jiddiylik baxsh etadi. • Predmetlarning kattaligi chizilayotgan joyga qarab to‘g‘ri joylashtiriladi. • Oldingi predmetlar yirikroq, orqa fondagilar esa kichikroq tasvirlanishi kerak. • Perspektiva qoidalariga rioya qilish natyurmortning realistik chiqishini ta’minlaydi. • Har bir predmetning o‘ziga xos fakturasi (ya’ni yuzasining tuzilishi: shisha silliqligi, mato yumshoqligi, meva sershiraligi) to‘g‘ri berilishi lozim. • Kichik detallarga e’tibor qaratish chizmaga jon bag‘ishlaydi. Natyurmort chizish o’quvchilarga quyidagi ko’nikma va malakalarni rivojlantiradi • O‘quvchilarni predmetlarni to‘g‘ri ko‘rish va tasvirlashga o‘rgatadi. • San’atning asosiy qonun-qoidalarini amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. • Estetik didni tarbiyalaydi, sabr-toqat va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Natyurmort chizish – tasviriy san’atning muhim janrlaridan biri bo‘lib, u rassomni kuzatishga, detallarni his etishga, rang va shakllarni uyg‘unlashtirishga o‘rgatadi. To‘g‘ri tanlangan kompozitsiya, yorug‘lik va rang muvozanati, perspektiva qoidalariga amal qilish natijasida natyurmort asari san’atkorning badiiy mahoratini namoyon etadi. Natyurmort tasviriy san’atning eng qadimiy va muhim janrlaridan biri sifatida san’atkor ijodida ham, ta’lim jarayonida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda kundalik hayot buyumlari, jonli va jonsiz predmetlarning uyg‘unlikda tasvirlanishi nafaqat estetik go‘zallikni yoritadi, balki rassomning kuzatuvchanligi, badiiy tafakkuri va texnik mahoratini ham namoyon etadi. Shuningdek, natyurmort o‘quvchilarda sabr-toqat, diqqat-e’tibor, puxtalik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. O‘zbekiston rassomchiligi tarixida bu janrning rivojlanishi milliy an’analar bilan uyg‘unlashgan holda boy tajriba yaratdi. Bugungi kunda natyurmortni o‘rgatish metodikasini zamonaviy texnologiyalar, fanlararo integratsiya va individual yondashuv asosida takomillashtirish tasviriy san’at ta’limining dolzarb vazifalaridan biridir. Demak, natyurmort chizish qonun-qoidalarini o‘rgatish jarayonida kompozitsiya, rang uyg‘unligi, yorug‘lik va soya, perspektiva hamda faktura kabi elementlarga qat’iy amal qilish nafaqat badiiy sifatni ta’minlaydi, balki yosh avlodning estetik didini shakllantirish va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Aliakbarova Sh. “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. 2. Juraev A. “Kompozitsiya asoslari”. – Toshkent: San’at, 2010. 3. Гомбрих E. “История искусства”. – Moskva: Искусство, 1998. 4. Xudoyberdiyev S., Ahmedov R. “Tasviriy san’at asoslari” – Toshkent: O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2012. 5. Internet manbalari: [www.fineartamerica.com](http://www.fineartamerica.com), [www.artcyclopedia.com](http://www.artcyclopedia.com) 6. Khudoynazarova, O. Oliy pedagogik ta’limda talabalarga inson portretini tasvirlashda plastik anatomiyaning nazariy asoslari. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 305 7. Sultanov Xaytboy Eralievich. (2023). A cluster approach as a tool for supporting the integration of indisciplinary research and educational networks. current research journal of pedagogics, 4(11), 91–98. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-16