scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FITOPREPARATLARNING QUYON URUG'DON TO'QIMALARIGA MORFOLOGIK TA'SIRI

Raxmonov Sunnatillo Sherqul o'g'li,Eshonqulov Sunnatilla Sharifjon o'g'li,Elmamatov Shahzod Inomiddin o'g'li

Abstract

Ushbu tadqiqotda fitopreparatlarning erkak quyonlar urug‘don (testis) to‘qimalariga ta’siri o‘rganildi. Eksperimental hayvonlarga fitoestrogen va antioksidant moddalarga boy dorivor o‘simlik ekstraktlari berilib, spermatogen epiteliy va Leydig hujayralarining morfologik o‘zgarishlari histologik va morfometrik usullar yordamida baholandi. Natijalar fitopreparatlar spermatogenezni faollashtirishini va urug‘don to‘qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilashini ko‘rsatdi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 682 UDK: 636.09:636.02:636.082 FITOPREPARATLARNING QUYON URUG‘DON TO‘QIMALARIGA MORFOLOGIK TA’SIRI Raxmonov Sunnatillo Sherqul o‘g‘li Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilikni va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali assistenti Eshonqulov Sunnatilla Sharifjon o‘g‘li Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilikni va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali assistenti Elmamatov Shahzod Inomiddin o‘g‘li Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilikni va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali assistenti Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda fitopreparatlarning erkak quyonlar urug‘don (testis) to‘qimalariga ta’siri o‘rganildi. Eksperimental hayvonlarga fitoestrogen va antioksidant moddalarga boy dorivor o‘simlik ekstraktlari berilib, spermatogen epiteliy va Leydig hujayralarining morfologik o‘zgarishlari histologik va morfometrik usullar yordamida baholandi. Natijalar fitopreparatlar spermatogenezni faollashtirishini va urug‘don to‘qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilashini ko‘rsatdi. Annotation. In this study, the effect of phytopreparations on the testicular tissue of male rabbits was studied. Experimental animals were given medicinal plant extracts rich in phytoestrogens and antioxidants, and morphological changes in the spermatogenic epithelium and Leydig cells were evaluated using histological and morphometric methods. The results showed that phytopreparations activate spermatogenesis and improve metabolic processes in testicular tissue. Kalit so’zlar. fitopreparat, fitoestrogen, antioksidant o’simlik ekstraktlari, Leydig hujayralar. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda gusht maxsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishini hisobga olgan holda quyonlarning jinsiy siklni o‘z vaqtida bo‘lishini o‘rganish borasida, reproduktiv organlarning morfometriyasini o‘rganish usullarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Zamonaviy chorvachilikda eng istiqbollilaridan bir yo'nalishi - quyonchilikdir. Quyonchilikning o'ziga xos xususiyati bor. Quyon go‘shtiga talabning yuqoriligini inobatga olsak, iqtisodiyotimiz uchun kam xarajat, yuqori maxsuldorlik hamda ko‘p avlod qoldirish orqali halqimizga yuqori sifatli gusht va jun maxsulotlarini etkizib berish oldimizda turgan asosiy masaladir. Zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanilgan holda, bu hayvonlarning ko'payishi katta xarajatlarsiz ekanligi iste'mol bozorining go'sht mahsulotlariga bo'lgan talabini yuqori ozuqaviy qiymatni ta’minlash dolzarbdir. Ushbu haqiqatni hisobga olgan holda, zamonaviy quyonchilik xususiy sektordan sanoat sektoriga o'tmoqda, intensiv usulda hayvonlarni ko‘paytirish xozirgi zamon talabidir. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 683 Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinganda bugungi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi faoliyat yuritayotganligi ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining quyonchilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish; - Quyon go‘shti mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni xalqaro sifat talablariga moslashtirish; - Quyon go‘shti va asal mahsulotlarining tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini oshirish; - Quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar doirasida sifatli quyon go‘shtini mamlakatda iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda respublikada umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilmoqda. Quyon go‘shtini sanoat usulida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish hisobiga quyon go‘shti iste’moli oshirib boriladi. Quyonchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun ishlab chiqaruvchilardan go‘sht mahsuloti va quyon terisini sotib oluvchi hamda qayta ishlovchi tashkilotlar tarmog‘i yanada kengaytiriladi. Quyonlar chorvachilik va laboratoriya tajribalarida keng qo‘llaniladigan hayvon hisoblanadi. Erkaklarning reproduktiv salohiyatini oshirish uchun gormonal preparatlar ishlatiladi, biroq ularning nojo‘ya ta’siri ham mavjud. Shuning uchun fitopreparatlar — dorivor o‘simliklardan olingan fitoestrogenlar va biofaol moddalar — tabiiy, xavfsiz va samarali vosita sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot obyekti va uslublari. Tadqiqot ishlarimiz Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vivariyasida, hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya kafedrasida olib borildi. Tadqiqotlar ikki bosqichda tashkil etilib, ikkala bosqichlarida fiziologik sog‘lom quyonlardan foydalanilgan. - Tadqiqot uchun 6 oylik sog‘lom 16 bosh erkak quyon tanlab olindi. - Ular nazorat (8 bosh) va tajriba (8 bosh) guruhlariga ajratildi. - Tajriba guruhiga 25 kun davomida asosan antioksidantlarga boy (zig‘ir urug‘i, qizilmiya ildizi ekstrakti) fitopreparatlar berildi. - Urug‘don to‘qimalaridan gistologik kesmalar tayyorlanib, gematoksilin-eozin bo‘yoqlari bilan bo‘yaldi. - Morfometrik ko‘rsatkichlar sifatida spermatogen epiteliy qalinligi, spermatogoniya hujayralar soni va Leydig hujayralar yadrosining diametri hisoblab chiqildi. Olingan natijalar va ularning tahlili. Ilmiy tadqiqot ishlarimizda o‘rganilishi va bajarilishi rejalashtirilgan ishlarimiz shu kungacha to‘liqicha o‘rganilmagan, olinadigan natijalarimiz oz bo‘lsa ham ilmiy va amaliy yangilik ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 684 hisoblanadi. Shu sababdan quyonlardan olinadigan avlodning sog‘lom holda olish uchun jinsiy organlarning morfometrik o‘lchamlarini zamonaviy usullarda aniqlash afzalroqdir. Buning uchun quyonlar fiziologik voyaga etganda reproduktiv organlari o‘zgarishlarini morfologik jihatdan baholash orqali jinsiy sikldagi o‘zgarishlarni ham inobatga olish muhim sanaladi. - Tajriba guruhida spermatogen epiteliy qalinligi 17% ga oshgani qayd etildi. - Spermatogoniya hujayralar soni nazoratga qaraganda 21% ga ko‘p bo‘ldi. - Leydig hujayralar yadrolarining o‘rtacha diametri esa 14% ga kattalashdi. - Urug‘don stromasida qon tomirlarning kengayishi va mikrosirkulyatsiyaning faollashuvi kuzatildi. Guruhlar Fitopreparat turi Urug’don og’irligi Seminifer naychalar uzunligi Spermatogenez faolligi Leydig hujayralar holati Umumiy morfologik o’zgarishlar Nazorat Preparat berilmagan Meyorda (1,6-1,8 g) 180200 mkm Me’yorida Normal, faol To’qima normal tuzilgan I-tajriba O’simlik ekstrakti A Biroz ortgan (5-7 %) 200220 mkm Spermatogen ez kuchaygan Leydig hujayralar soni ortgan To’qima faoliyati oshgan, degenerative o’zgarish ko’zatilmagan IItajriba O’simlik ekstrakti B O’rtacha pasaygan (8-10% 160170 mkm Spermatogen ez sustlashgan Liydig hujayralar kichraygan Qisman degenerative o’zgarishlar, vakuollanish IIItajriba Kombinatsiyalan gan Sezilarli ortgan (1215%) 220240 mkm Spermatogen ez faol, spermatazoid lar soni ko’p Liydig hujayralar yirik va faol To’qima me’yordan faol,reproduktiv potensial yuqori Xulosa -Natijalar fitopreparatlar urug‘don to‘qimalarining morfologik tuzilishini yaxshilashini ko‘rsatadi. - Spermatogen epiteliy hujayralarining proliferatsiyasi va Leydig hujayralarining faoliyati oshgani erkak quyonlarning urug‘lanish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 685 -Shu sababli chorvachilikda fitopreparatlar erkak nasldor hayvonlarning reproduktiv salohiyatini oshirishda istiqbolli vosita bo‘lishi mumkin. - Fitopreparatlar spermatogen epiteliy qalinligini oshirib, urug‘don faoliyatini faollashtiradi. - Leydig hujayralarining morfologik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. - Erkak quyonlarda reproduktiv samaradorlikni oshirish uchun tabiiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Adabiyotlar 1. Hafez E.S.E. Reproduction in Farm Animals. 7th ed. Lippincott Williams & Wilkins,2000. 2. Sharipov U., Xudoyberdiyev O. Dorivor o‘simliklardan olingan biofaol moddalar va ularning hayvonlarda qo‘llanilishi. Toshkent: Fan, 2020. 3. Jefferson W.N. Adult testicular function influenced by phytoestrogens. Reprod.Biol.Endocrinol.,2007;5:57–64. 4. Miroshnichenko O.S. Phytoestrogens and spermatogenesis regulation. Russian Journal of Physiology, 2019; 105(6): 645–652. 5. Axmedov Sh. Quyonlarda spermatogenezga fitopreparatlarning ta’siri. Samarqand veterinariya instituti ilmiy to‘plami, 2022; 3: 128–134. 6. Cunha S. Effect of competitive exclusion in rabbis using an autochthonous probiotic / S. Cunha, Â. Mendes, D. Rego, D. Meireles, R. Fernandes yet al. // World Rabbit Sci. – 2017. – Vol. 25. – Pp. 123–134. 7. Эшбуриев С.Б. Ҳайвонлар организмида витамин ва минералларнинг биологик аҳамияти. // Зооветеринария. – Тошкент, 2016.№7. – б. 20-22. 8. Шастина Е.В. Гематологические показатели кроликов при использовании универсального комбикорма в условиях промышленной технологии/ Е.В.Шастина, Н.П.Здюмаева, Е.В.Озерецковская// Кролиководство и звероводство. – 2019. – №2. – С. 13-16. 9. Снегов А., Самый полный справочник кроликовода/ А. Снегов.-Москва: Издательство АСТ, -2016. – 320с. 10. Рўзиев Р.И., Мансуров О.М., Арипходжаева Г.К. Ёш қуёнбоқарлар учун услубий қўлланма. Тошкент. 2017. 12. Б.