scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MALAKALI VOLEYBOLCHI QIZLARNING BIOLAGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA, MASHQLANISH JARAYONIDA MAXSUS MASHQLARNI ISHLAB CHIQISH

Mamtova Muqaddas Karimberdi qizi

Abstract

Bizga ma’lumki ayol tanasining fiziologik xususiyatlari yuqori malakali o‘quv jarayonini qurishda o‘ziga xos xususiyatlarga ehtiyoj sezadi. Xayz davrida malakali voleybolchi qizlar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlik bilan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 747 MALAKALI VOLEYBOLCHI QIZLARNING BIOLAGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA, MASHQLANISH JARAYONIDA MAXSUS MASHQLARNI ISHLAB CHIQISH Mamtova Muqaddas Karimberdi qizi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston, Chirchiq shahri E-mail: [email protected] Annotatsiya: Bizga ma’lumki ayol tanasining fiziologik xususiyatlari yuqori malakali o‘quv jarayonini qurishda o‘ziga xos xususiyatlarga ehtiyoj sezadi. Xayz davrida malakali voleybolchi qizlar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlik bilan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Аннотация: Как известно, физиологические особенности женского организма требуют особого подхода при построении высококвалифицированного учебного процесса. В период менструации важно с особой осторожностью подходить к планированию тренировок для квалифицированных волейболисток. Annotation: It is well known that the physiological characteristics of the female body require a specific approach when organizing a highly qualified training process. During the menstrual period, it is especially important to plan training sessions for skilled female volleyball players with great care. Kalit so‘zlar: Hayz davri, o‘rtacha yuklama, maksimal imkoniyat, funksional holat, ruhiy holat, energiyani oshirirish, maxsus mashqlar majmuasi, yengillashtirilgan usullar. Ключевые слова: менструальный период, средняя нагрузка, максимальная возможность, функциональное состояние, психическое состояние, повышение энергии, комплекс специальных упражнений, щадящие методы. Keywords: menstrual period, moderate load, maximum capacity, functional state, mental state, energy enhancement, special exercise complex, gentle methods. Kirish. Hech shubha yo‘qki ayol tanasining fiziologik xususiyatlari yuqori malakali o‘quv jarayonini qurishda o‘ziga xos xususiyatlarga ehtiyoj sezadi. Xayz davrida malakali voleybolchi qizlar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlik bilan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Hayz davri, organizmda bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgani uchun, mashg‘ulotlar intensivligini va turini hisobga olish zarur. Quyidagi biz tomonimizdan ishlab chiqilgan tavsiyalar sportchi qizlarimizning xayz davrida еngil va sog‘lom kechishi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot maqsadi. Malakali voleybolchi qizlarni yillik tayyorgarlik mashg'ulotlarida ularning funksional imkoniyatlarini inobatga olib, musobaqalarda maksimal imkoniyatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 748 Tadqiqotni tashkil qilish uslublari. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili; pedogagik kuzatuv, pedogogik testlash, pedogagik tajriba. 1-jadval Voleybolchi qizlarning menstrual siklga moslab ishlab chiqilgan sport rejasi (28 kunlik kalendar) Kun Sikl bosqichi Jismoniy holat Mashg‘ulot turi Parvarish 1–3 Hayz davri (1-bosqich) Holsizlik, og‘riq, energiya past Egiluvchanlik, еngil yugurish, past intensivlik, texnik mashqlar Ko‘p suyuqlik, issiq dush, kerak bo‘lsa dam olish 4–6 Hayz davri (davomi) Energiya biroz tiklanadi Yengil texnika, pass/qabul ishlari, qadamlar bilan sakrash mashqlari Temirga boy ovqatlar, mashg‘ulotni еngillashtirish 7–10 Hayz davri yakuni Energiyaning asta ko‘tarilishi Yengil to‘p kiritish va to‘siq qo‘yish mashqlari, pozitsion o‘yin, kuchsiz plyometriklar O‘zini qanday his qilayotganliga qarab yuklama berish 11–14 Follikulyar faza Energiya yuqori, kayfiyat yaxshi Kuchli kuch mashqlari, sakrash, tezlik, reaksiya tezligi Sprintlar, “chaqqonlik” mashqlari qo‘shish 15–18 Ovulyatsiya Energiya eng yuqorida, lekin xavfli Portlovchi harakatlar: to‘p kiritish, hujum, va; kuch mashqlari Tizzalarga e’tibor, bandaj yoki elastiklar bilan ehtiyot bo‘lish 19–22 Luteal faza (1-qism) Biroz charchoq, PMS boshlanishi Texnik drilllar, qabul, joylashuv, o‘yinni tahlil qilish Tuz iste'molini kamaytiring, shish kuzatilishi mumkin 23–26 Luteal faza (2-qism) Energiyaning pasayishi, PMS kuchli Qayta tiklovchi mashqlar, stretching, еngil o‘yin mashqlari Kaliyga boy ovqatlar: banan, grechka, avakado 27–28 Menstrual oldi davri Og‘riqlar boshlanishi mumkin Mashg‘ulotni еngillashtiring, mashqlarni qisqartiring Tana signaliga quloq tuting, kerak bo‘lsa orom oling Izoh: Malakali voleybolchi qizlarning 28 kunlik hayz sikli uchun ishlab chiqilgan raja. Yuqorida keltirilgan jadvalda voleybolchi qizlarning menstrual sikli uchun ishlab chiqilgan sport rejasi keltirilgan. Bunda 28 kunlik sikl va uning bosqichlari keltirilgan. 16-17 yoshli voleybolchi qizlarning olti kunlik mashg‘ulotlari jarayonida tezlik, sakrash, koordinatsiya va kuch muhim jismoniy sifatlarni takomillashtirish uchun beriladigan yuklamalar, qizlarning hayz davrida individual yondashuvni talab qiladi. Har bir qiz organizmi individual ekanligini xisobga olindi va 1-10 kungacha hayz davri o‘rganildi va tavsiyalar ishlab chiqildi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 749 Bunda qizlarning Jismoniy holatlarida past energiya, holsizlik, og‘riq, gemoglobin pasaygan bo‘lishi mumkin. Ushbu davrda og‘ir sakrash va portlovchi mashqlardan saqlanish kerak bo‘ladi. Yengil harakatlar (yengil yugurish, stretching, past intensivlikda texnika ishlash) bilan bajariladigan mashqlar ularning sog‘lig‘iga ziyon еtkazmasdan ushbu hayz davrini sog‘lom kechirishi uchun asosiy vositalrdan bo‘lib xizmat qiladi. Bunda mashg‘ulotni 20-30% kamaytirish, ko‘p suyuqlik ichish, issiq dush va orom muhim, temirga boy ovqatlar: go‘sht, ismaloq, olma, quruq mevalar tavsiya qilinadi. Agar og‘riq kuchli bo‘lsa - to‘liq dam olish 1-2 kun davomida tavsiya qilinadi. 11-14 kun: Follikulyar faza hisoblanib, organizmga energiya qaytadi. Energiya ko‘tariladi, tanada еngillik seziladi. Kuchli kardio va portlovchi mashqlarni qo‘llash mumkin bo‘ladi (sprint, sakrash, plyometriklar). Voleybol texnikasini va reaktsiya tezligini mashq qilish uchun ajoyib vaqt. Kuch mashqlari samarali (mushaklar yaxshi javob beradi). Mashg‘ulotlar davomiyligi va intensivligini oshiring. 15-18 kun: Ovulyatsiya davrida jismoniy holat: Eng yuqori energiya bosqichi, lekin bo‘g‘imlar yumshoqroq (shikastlanish xavfi) bo‘lishi kuzatiladi. Bundan tashqari organizmda tuxumxujayralari еtilishi jarayoni kichadi. Ovulyatsiya payti organizm ko‘proq stressga sezgir, kayfiyat o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. 19-28 kun: Luteal fazada (progesteron ko‘tariladi) charchoq tezroq bo‘ladi, suyuqlik ushlanadi Dinamik mashqlarni kamaytirish, texnik va pozitsion tayyorgarlikka urg‘u berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tiklanish mashg‘ulotlari: yoga, stretching, past-zo‘riqishli mashqlar tavsiya qilinadi. Kaliyga boy ovqatlar: banan, avakado, yog‘siz go‘sht, grechka maxsulotlari tavsiya qilinadi. Bu vositalar va usullar hayz davrida o‘zini yaxshi his qilishga yordam beradi va musobaqa uchun tayyorgarlikni oshiradi. Har bir voleybolchining ehtiyojlari bir-biridan farq qiladi, shuning uchun o‘z tanlovini shaxsiy tajribazga asoslanib amalga oshirish kerak bo‘ladi. 28 kunlik sikl (60%) eng ko‘p uchraydi, u 4-5 kun davom etadi. Jinsiy еtilish davrida nafas olish tizimining o‘sishi va rivojlanish sur’ati yuqori bo‘ladi, organizmning aerob imkoniyatlari oshadi. Yurak qon tomir tizimining jismoniy nagruzkalarga moslashish mexanizmlari ushbu davrda hali mukammal bo‘lmaydi. Malakali voleybolchi qizlarning ushbu funksional holatlarini hisobga olib, ularning menstrual davrida mashqlarni organizmga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida quyidagi metodikani ishlab chiqdik (2-jadvalga qarang). 2-jadval 16–17 yoshli voleybolchi qizlarda hayz davrida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish Oylik menstrual sikl miqdor ko’rsatkichi Oylik menstrual siklda o g‘riq darajasi Katta O‘rtacha Kichik Juda yuqori Mashg‘ulot yuklamasi bo‘lmaydi Mashg‘ulot yuklamasi bo‘lmaydi Kichik mashg‘ulot yuklamasi O‘rtacha Mashg‘ulot yuklamasi bo‘lmaydi Kichik mashg‘ulot yuklamasi O‘rtacha mashg‘ulot yuklamasi Kam Kichik mashg‘ulot yuklamasi O‘rtacha mashg‘ulot yuklamasi Katta mashg‘ulot yuklamasi ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 750 Izoh:. Ayollarda kuzatiladigan hayz davridagi og‘riq darajalari va hayz miqdorining o‘rtacha holati. Ushbu jadvalda ayollarda kuzatiladigan hayz davridagi og‘riq darajalari va hayz miqdorining o‘rtacha holatini hisobga olib ularni toifalarga ajratib olingan va mashg‘ulot yuklamalari rejalashtirilgan. Bunda uch kundan o‘n kungacha kuzatiladigan menstural vaqtida organizmdagi og‘riq darajalarini uchta qismga ajratildi: katta daraja, o‘rta daraja, kichik daraja. Bu davrda keladigan hayz miqdorini ham uch qismga ajratib olindi: juda yuqori miqdorda, o‘rta miqdorda va kam miqdorda. Ushbu holatdan kelib chiqib malakali voleybolchi qizlarning menstrual davrida beriladigan mashg‘ulotlarda mashqlarning qo‘llanilishi yuklamaning shiddati va hajmi o‘rta me’yor ko‘rsatkichlarida ishlab chiqildi. Yuqorida berilgan jadvalda, qizlardagi OMS da ajraladigan suyuqlik miqdori va og‘riq darajasiga qarab beriladigan mashg‘ulot yuklamasi rejalashtirilgan. Tahillarga ko‘ra, qizlarimizda hayz davrining birinchi, ikkinchi kunlarida og‘riq darajasi kata, ajralma miqdori esa yuqori bo‘lganligi sababli ularga mashg‘ulotlarida ortiqcha yuklama berilmaydi. OMS ning uchunchi va to‘rtinchi kunlarida qizlarning holatiga qarab ba’zan yuklama berilmaydi, boshqa holatda esa kichik yuklama berish mumkin bo‘ladi. Hayz davrining beshinchi, oltinchi va еttinchi kunlarida kam miqdorda suyuqlik ajralib, og‘riq holati o‘zgaruvchan va kam kuzatilganligi mashg‘ulotlarda kichik yuklama berish mumkin bo‘ladi. OMS ning oxirgi kunlarida qizlarni deyarli og‘riq va ajralmalar bezovta qilmasligini kuzatuvlarda aniq bo‘ldi va mashg‘ulotlar jarayonida katta yuklamalar berilishi mumkin bo‘ladi (1-rasmga qarang). 1-rasm. Malakali voleybolchi qizlarning menstrual davrida kuztiladigan muammolar va beriladigan yuklama hajmi Ushbu rasmda yuqorida berilgan jadvalda qizlardagi mensrtual davrida organizmdan ajraladigan suyuqlik miqdori va ularga berilishi kerak bo‘lgan yuklama hajmi keltirilgan. Bunda menstrual davrdagi ajraladigan suyuqlik miqdori va og‘riq darajasi 1 dan 10 gacha dep baholangan. Hayz davrining ilk kunida kam miqdorda suyuqlik ajraladi deb olindi bunda organizmdagi og‘riq xolati o‘rta deb belgilandi. Hayz davrining ikkinichi, uchunchi kunlarida ajraladigan suyuqlik miqdorini kop‘ deb olindi va bu davrda organizmdagi og‘riq darajasi xam yuqori dep xisoblangan. Bundan ko‘rinib turiptiki bu kunlar orasida voleybolchi qizlarning mashg‘ulot davridagi yuklamalar hajmi sezilarli ravishda pasaytiriladi. Hayz davrining 4-kunida ajraladigan ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 751 suyuqlik darajasini yuqori deb oldindi va og‘riq darajasi o‘rta deb hisoblandi. Bunda qizlarga beriladigam yuklamalar hajmini sezilarli oshirildi hayz davrining 5-6-kunlarida suyuqlik miqdorini o‘rtacha kam deb olindi va bu kundagi kam og‘riq darajasini ko‘rsatdi va qizlarning mashg‘ulot jarayonidagi yuklamalar hajmini oshirish mumkin bo‘ladi. 7-8 kunlari ajraladigan suyuqlik miqdorini ham kam deb olindi va bu davrda organizmdagi og‘riq darajasi deyarli bo‘lmaydi. Ammo ushbu kunlarda organizmda ovulyatsiya jarayoni kechishi hisobiga, ortiqcha yuklama berish sportchi qizlar organizmida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli qizlarning ish jizmoniy tayyorgarligini ushlab turish maqsadida kichik yuklama berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oxirgi, hayz davrining 9-10kunlarida organizmda deyarli hayz ajralmaydi va ushbu davrda kuzatiladigan og‘riqlar bezovta qilmaydi. Bundan ko‘rinib turiptiki qizlar organizmi katta mahg‘ulotlardagi yuklamalarni qabul qilishga tayyor hisoblanadi. Ayollar organizmining hayotiy faoliyati bioritm qonuniyatlariga asosan kechadi. Bu organizmning ish qobiliyati biror davrda yuqori, boshqa davrlarda past deganidir. Ayollarning asosiy biologik xususiyati - bu oylik menstrual sikl (OMS) vaqtida organizm funksional imkoniyatlarining to‘lqinsimon o‘zgarishidir. OMS deganda ayollar organizmida jinsiy еtilish davrida (menstruatsiya uning tashqi ko‘rinishidan biri hisoblanadi) har oy yuzaga keladigan siklik xususiyatli o‘zgarishlar tushuniladi. Yengil mashqlar:Hayz paytida og‘riq yoki noqulaylik bo‘lsa, еngil kardio (kardio - bu salomatlik. Darhaqiqat, kardio mashqlar nafaqat vaznni nazorat qilishda yordam beradi, balki teri holatini yaxshilaydi va kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek, mushaklarning tonusini oshirib, sog‘liq uchun faqat foyda keltiradi) mashqlar va yurish yoki velosipedda yurish yaxshi xisoblanadi. Chunki bu mashqlar qorin va bel sohasiga ortiqcha zo‘riqish bermaydi va qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Bundan xayz davrida tashqari sportchi qizlarimiz kayfyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuch mashqlari:Yengil vaznlar bilan kuch mashqlari (masalan, biseps, triseps - toshlar yordamida qo‘l mushaklari qo‘lning orqa mushaklari va yеlka kuchiga ishlovchi mashqlar) yoki tananing yuqori qismiga e’tibor berish. Cho‘zilish mashqlari:Qon aylanishini yaxshilash va mushaqlarni. Voleybol texnikasi:Oddiy texnik mashg‘ulotlar, masalan, to‘p bilan yuqoridan va pastdan qabul qilish va uzatishni mashq qilish. Bu mashqlar hayz davrida imkon qadar tanani ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi va qizlarimizni mashg‘ulotlar davrida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini saqlab qolishiga yordam beradi. Yengil kardio mashqlar: Tashqarida yoki treadmillda yurish mashqlari velosipedda еngil tezlikda harakatlanish. Kuch mashqlari: Biseps va triseps mashqlari. - еngil vaznlar bilan qorin va bel sohasiga ortiqcha zo‘riqish bermasdan bisepsni ko‘tarish. Trisepsni ko'tarish еngil vazn bilan triseps mashqlari. O‘tirgan holda to‘pni tutish - voleybol to‘pi bilan o‘tirib, muvozanatni saqlash mashqlari. Cho‘zilish mashqlari -qorin mushaklarini cho‘zish, bel va sonlarni cho‘zish, еlka va qo‘l mushaklarini cho‘zish. Voleybol texnikasi mashqlari - еngil to‘p uzatish mashqlari. Devorda yoki sherik bilan oddiy to‘p tutish mashqlari xam maqsadga muvofiqdir. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 752 Organizmni qayta tiklash uchun – bunda nafas olish mashqlari, oddiy yurish va cho‘zilish mashqlari sportchi qizlarimiz organizmini tinchlanish va stressni kamaytirish uchun asosiy vositalardan biri xisoblanadi. Hulosa. Ayollar o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil etish xususiyatlari. Sport natijalarining o‘sishi ayollarda, erkaklarda kabi, tanlangan sport turida ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida trenirovka nagruzkalarini me’yorlash samaradorligiga bog‘liq. Bunda OMS ning to‘lqinsimon tebranishlarini hisobga olgan holda yuklamalarni rejalashtirish trenirovka jarayonini tuzishda murakkab vaziyatlardan hisoblanadi. Bir qator mutaxassislar OMS fazalariga muvofiq holda trenirovka nagruzkalarining oylik siklini tuzish sxemasini taklif qiladilar. Bunga ko‘ra biz malakali voleybolchi qizlarning mashg‘ulot jarayoni va musobaqa davrlarini inobatga olgan holda, menstrual davrida ularning organizmiga ortiqcha yuklama bermagan holatda, ularning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarliklarini saqlab qolgan xolda ularni mashg‘ulotlarda va musobaqa jarayonida o‘z imkonyatlarini ko‘rsata olishlari uchun mashqlar kompleksini ishlab chiqildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Marques M.C., Tillaar R., Gabbett T.J. Physical performance characteristics of female volleyball players: a systematic review // Journal of Strength and Conditioning Research. – 2018. – Vol. 32 (10). – pp. 2869–2886. 2. Marques M.C., Tillaar R., Vescovi J.D., González-Badillo J.J. Changes in Strength and Power Performance in Elite Senior Female Professional Volleyball Players During the In-Season: // Journal of Sports Science and Medicine. – 2008. – P. 59–63. 3. Martins F. S., Santos A.B., da Silva L.A. Electromiographic analysis of femoral quadriceps in futsal and volleyball amateur athletes. Rev Bras Futsal Futeb. № 12 (47): 2020. – P. 153 –159. 4. Nedzad Osmankac., Josko Milenkoski., Serdar Uslu. Differences in Anthropometric Characteristics and Motor Abilities between Volleyball Players and Untrained Boys 17 Years Old. 2019. – P. 4 – 9. 5. Деминський О.Ц. Оптимизaция навчально-тренувального процессу. № 10. – 2006. – С. 96 – 99. 6. Зайцева А.Г. Педагогический контроль при реализaци полиметрических средств в подготовке волейболисток // Вестник спортивной науки. – 2021. – №4. – С. 52–58. 7. Зданевич А.A., Шаров А.В. Cовременные проблемы формирования и укрепления здоровья. 2015. – C.137–137.