scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA XALQ MILLIY SPORT TURLARINING O'RNI

Ganjiyev Farhod

Abstract

x

Full text

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 26 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA XALQ MILLIY SPORT TURLARINING O’RNI Ganjiyev Farhod Navoiy Shahar 16-AFCHO’IM Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Ma’lumki, jamiyat rivojlanishiping har bir o’tish davrlarida odamlar, ayniqsa, ko’prok tarixga murojaat etishadi, o’tmish madaniyatiga xalq va millatlarning ruhiy madaniyati fenomeniga ananalariga, urf-odatlar, ertak, afsonalar, doston, maqol, matallar, o’yinlarga alohida qiziqishni o’zlarida namoyon etishadi. Ularning muhimligi va axamiyati shundaki, tarixiy rivojlanish, o’tmish avlodlarning hayot tajribalari xalq tarbiya tizimi, pedagogik va aniq tushunchalarni uyg’unlashtirishga olib keldi. O’zbskiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoda tan olinishi oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, tayyorlanadigan mutaxassislar sifatini ancha oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Yoshlar ijtimoiy faol, rivojlangan, ruhan boy va jismoniy baquvvat to’laqonli bo’lib tarbiyalanishi uchun umumta’lim maktablarida, o’quv yurtlarida tarbiyaviy o’quv jarayonini takomillashtirish darajasiii oshirishini talab etadi . O’sib borayotgan avlodni jismoniy tarbiyalash masalalariga hozirgacha juda ko’p tadqiqotlar bag’ishlangan. Shuni ham qayd etib o’tish kerakki, jahon pedagogik fani yoshlarning jismoniy tarbiyasi ularda jismoniy sifatlarni rivojlantirim, mashg’ulotlar orqali muntazam qiziqishni uyg’otish muammolariga alohida diqqat qilib keldi va kelmoqda. O’zbek xalq milliy raqs elemetlari va maxsus mashqlarning ta’lim—tarbiyaviy ahamiyati nihoyat darajada katta ekanligini amaliyot ko’rsatib turibdi. SHunisi achinarliki, bu tajribalar xozirga qadar maktab, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari amaliyotida qo’llanilmagan. Buning ustiga ko’pchilik o’qituvchilar o’zbek xalq milliy o’yinlari, raqs elementlari va maxsus mashqlarni yaxshi bilishmaydi. O’quv tarbiyaviy jarayonida o’zbek xalq o’yinlari milliy raqs elementlar va maxsus mashqlardan foydalanish haqidagi maxsus ilmiy kitoblar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalardan foydalanishmaydi. Maktabda o’zbek xalq milliy raqs elementlari va maxsus mashqlarni o’tkazish uslubiyotini (metodikasini) to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga ijtimoiy voqeiylik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma o’rtasida tug’ilib rivojlanib kelayotgan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlarini samarali qo’llash xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish o’quv — tarbiyaviy ishining muvaffaqiyatini ta’minlovchi, hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvohlik beradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya sistemasida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblaymiz. SHunga bog’lik holda umuminsoniy tarbiya tizimi xalq pedagogikasi tajribalaridan to’la holda, maktab o’quvchilari, oliy va o’rta o’quv yurtlari talabalarining jismoniy tarbiyasida qisman foydalanib o’zbek xalq o’yinlari raqs elementlari va maxsus mashqlarini qonuniy jihatdan ishlab chiqish zaruriyati kelib chiqadi va bu muammoning dolzarbligini ko’rsatadi.