FENOMENOLOGIYA – BADIIY TADQIQOT METODI SIFATIDA
Abstract
Bugungi adabiyotshunoslik metodologiyasida badiiy asarning yangi qirralarini ochish, unga mohiyatan haqqoniy yondashish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunoslik tarixida metod tushunchasi ancha eski. Ammo badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik turg‘un jarayon emas. Shunday ekan bu o‘zgaruvchan hodisada yangi tahlil usullarining paydo bo‘lishi, borlarining iste’moldan chiqishi tabiiy. Ushbu maqolada 17-asr oxiri 18-asr boshlarida termin sifatida ishlatila boshlangan, biroq kam e’tibor qaratilgan fenomenologik tahlil usulining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga doir masalalarga to‘xtalganmiz.
Full text
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 27 FENOMENOLOGIYA – BADIIY TADQIQOT METODI SIFATIDA Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizi Turon universiteti dotsenti. F.f.f.d Annotatsiya: Bugungi adabiyotshunoslik metodologiyasida badiiy asarning yangi qirralarini ochish, unga mohiyatan haqqoniy yondashish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunoslik tarixida metod tushunchasi ancha eski. Ammo badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik turg‘un jarayon emas. Shunday ekan bu o‘zgaruvchan hodisada yangi tahlil usullarining paydo bo‘lishi, borlarining iste’moldan chiqishi tabiiy. Ushbu maqolada 17-asr oxiri 18-asr boshlarida termin sifatida ishlatila boshlangan, biroq kam e’tibor qaratilgan fenomenologik tahlil usulining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga doir masalalarga to‘xtalganmiz. Annotation: In today's methodology of literary studies, the issue of opening up new facets of a work of art, an essentially truthful approach to it, becomes important. In the history of literary studies, the concept of method is much older. But fiction and literary studies are not a stagnant process. So it is natural for new methods of analysis to appear in this variable phenomenon, the withdrawal of all those that exist from consumption. This article focuses on the emergence and development of the method of phenomenological analysis, which began to be used as a term in the late 17th century at the beginning of the 18th century, but with little attention. Kalit so‘zlar: metodologiya, fenomen, fenomenologiya, tahlil, uslub, ong, ishlab chiqaruvchi tafakkur, qabul qiluvchi tafakkur. Key words: methodology, phenomenon, phenomenology, analysis, style, mind, producer thinking, receptive thinking. Hegelning “Ruh fenomenologiyasi” (“Phenomenologie des Geistes”), Kantning tasavvur, tajriba, idrok to‘g‘risidagi asarlarida fenomenga asosan falsafiy nuqtayi nazardan yondashish orqali yaratilgan. Kant materiyadagi bilimlarni hissiy va intellektual deb ikkiga ajratadi hamda ularni hodisalar va obyektlar dunyosiga bo‘ladi. Hodisalar makon va zamonga, obyektlar esa aql kategoriyalariga bo‘ysunadi1. Hegel esa hodisalarni ruh bilan bog‘lab talqin qiladi. Husserl Kantni sezgirlik va idrokni qat’iy ajratgani uchun bir necha bor tanqid qilgan bo‘lsa-da, biroq uning g‘oyalari o‘zining klassik fenomenologiyasiga asos bo‘lganini alohida e’tirof etadi. Husserlning shogirdi M.Haydegger “Borliq va vaqt” falsafiy asarida “fenomen”ning asl ma’nosiga nisbatan “Bu o‘zini ko‘rsatadigan narsadir. Uni yunonlar ham oddiygina borliq deb ataydilar. Borliq o‘zini bizning unga qanday yondashuvimizga qarab namoyon qiladi... Hodisalar so‘zi borliqning o‘zi, ular borliqda qay shaklda bo‘lsa o‘z ma’nosini shundayligicha bildiradi, anglatadi va faqat tashqi ko‘rinish sifatida namoyon bo‘ladi. Fenomen esa mavjudlikning tafakkurimizga qabul qilinib, unda o‘zini namoyon etish holatini anglatadi” deya ta’riflaydi2. Agar Haydeggerning fikriga asoslansak, fenomenologiya bilan borliq, olamdagi narsalar, hodisalarni o‘z tili orqali tushuna boshlaymiz. Dunyoni, ilm-fanni o‘rganishdan oldin insonni o‘rganish kerak. Materiyadagi barcha narsa inson mavjudligiga, inson mavjudligi esa ongga asoslanadi. Fenomenologik usul dunyoga ilmiy qarashdan ko‘ra ko‘proq badiiy qarashdir. Haydegger bunday qarashni “hermenevtik fenomenologiya” deb ataydi3. Hermenevtika – matnlarni sharhlash bo‘lsa, fenomenologik hermenevtika – matnni sharhlash orqali muallif ongiga, shaxsiyatiga yaqinlashish va bu bilan matndagi asl mohiyatni yuzaga chiqarishdir. D.Quronov “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da Haydeggerning shogirdi G.Gadamer “matnni talqin 1Hegel. Phenomenology of spirit. Trans: Millier V. Oxford university Press,1977. – P.82. 2Heidegger M. Being and time. Trans:Stambaugh J. London; Harper Torchbooks,1972 – P.9. 3Heidegger M. Being and time. Trans:Stambaugh J. London; Harper Torchbooks,1972 – P.19.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 28 qilish amaliyoti va nazariyasi bo‘lmish hermenevtikaga ekzistensional fenomenologiyani payvandlaydi” deya izoh beradi4. Biroq olim lug‘atda fenomenologiya istilohi haqida to‘xtalib o‘tmaydi. Haydeggerdan oldinroq Shpet 1918-yilda yakunlangan “Hermenevtika va uning muammolari” asarida hermenevtika va fenomenologiyani birlashtirish g‘oyasini ilgari surgan. Biroq muallif asarda “hermenevtik fenomenologiya” atamasini aynan ishlatmagan. Bu nazariyalarning paydo bo‘lishiga badiiy asardan siyosiylik, ijtimoiylik yoki butunlay boshqa g‘oyalarni qidirib tahlilga noto‘g‘ri yondashish sabab bo‘lgan. Husserlning shogirdlaridan Roman Engarden fenomenologiya bilan dastlab I.Kant, keyin Hegel shug‘ullanganini ta’kidlab, 1900-1901-yillarda bir-biridan mutlaqo bexabar uchta asar nashr etilganini yozadi. Bular – Edmund Husserlning “Mantiqiy tadqiqotlar”, Aleksandr Pfenderning “Visiyat fenomenologiyasi”, Maks Shelerning “Transendental va psixologik metod” asarlari. Asr boshlarida rivojlangan fenomenologik harakatlar birinchi jahon urushi yillarida to‘xtagan bo‘lsada, Husserl ikkinchi yirik asari “Sof fenomenologiya uchun g‘oyalar”ni yozib tugatdi. Husserlning vafotidan keyin 1950-yilda uning ijodiy merosi to‘planib 11 jilddan iborat “Husserliana” asari nashr etildi. Ammo bu nashr Husserlning barcha merosini jamlamagan. Uning o‘rganilmagan matnlari, izlanishlari hali talaygina. Ikkinchi jahon urushi yillarida ham sohaga ko‘p e’tibor qaratilmadi, urushdan keyin Fransiyada uning shogirdi M.Haydegger tufayli fenomenologiya rivojlandi. Shuning uchun Fransiyada fenomenologiyani Haydegger nomi bilan bog‘lab o‘rganishadi. Husserl “Mantiqiy tadqiqotlar” asarida asosan falsafa va mantiqning fenomenologik nazariyasini yoritadi va asarning kirish qismida terminga nisbatan “psixologizmga qaytish” degan ta’rifni beradi5. Keyingi “Sof fenomenologiya va fenomenologik falsafa g‘oyalari” asarida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri fenomenologiyaning o‘ziga e’tibor qaratib, atamani “ong mohiyati haqidagi fan” deb nomlaydi. Husserlning ingliz tiliga tarjima qilingan “Sof fenomenologiya va fenomenologik falsafa g‘oyalari” (“Ideas pertaining to a pure phenomenology and to a phenomenological philosophy”) asarida fenomen atamasining to‘la ma’nosi sharhlab fenomenologiyaning butunlay mustaqil soha ekanini isbotlaydi. “Fenomenologiya nazariyasi, boshqa barcha fanlarga nisbatan yagona pozitsiyani tavsiflash va falsafa uchun muhim bo‘lgan fan sifatida namoyon etishimiz kerak bo‘lgan yangi fan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati tabiiy fikrlashdan uzoqdir va shuning uchun bizning davrga kelibgina rivojlanish yo‘lini bosib o‘tmoqda”6. Husserlning bu fikrlari uzoq vaqtlardan buyon ma’lum bo‘lgan boshqa fanlar ham fenomenga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Biz psixologiyani ruhiy hodisalar haqidagi fan, tabiatshunoslikni jismoniy hodisalar haqidagi, geometriyani shakliy hodisalar haqidagi fan, tarix fanida tarixiy hodisalar, madaniyat fanida madaniy hodisalar to‘g‘risida gap borishi va bu fikr qolgan barcha ilmlar uchun ham amal qilishini ko‘ramiz. Qaysi makon, qaysi zamon, qaysi fan doirasida va qanday qo‘shimcha belgilarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar hodisalarning barchasi fenomenologiyaga taalluqlidir. Fenomenologiya mazmuniy jihatdan qadimdan mavjud bo‘lsa-da, Husserl sabab alohida sohaga aylandi. U yo‘q narsani yaratmagan edi, fenomenologiya asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan, lekin nomlanmagan. Hind va buddist faylasuflar turli xil meditatsiyalar orqali erishilgan ong holatlari, Dekart, Yung va Kant idrok, tafakkur va tasavvur holatlarini tavsiflaganlarida fenomenologiyani ifodalashgan. Shunga qaramay, fan Husserlga kelibgina mustaqil maqomga ega bo‘ldi. 4Қуронов. Д, Мамажонов. З, Шералиева. М. Адабиётшунослик луғати. – Т; Akademnashr, 2013. – б.210 5Husserl E. Logical investigations. Trans: Findley N. New-York: Preface, 2001. – 9 p. 6Husserl E. Ideas pertaining to a pure phenomenological philosophy. Trans: Kertsen. Boston: Lancaster, 1983. – P.17.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 29 Fenomenologiya alohida fan sifatida ong tuzilmalari yoki tajribani o‘rganadi deb tushuniladi. Hodisalar tajribada qanday paydo bo‘lishi, qay shaklda boshdan kechirilishi va inson tafakkurida qanday ma’no ifodalashi haqidagi savollarga javob beradi. Shuning uchun sohaning falsafaga tegishli qismini boshqa yo‘nalishlardan ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Fenomenologiya ontologiya, epistemologiya, mantiq kabi falsafiy yo‘nalishlardan tubdan farq qilsa-da, ammo ular bilan bog‘liq ravishda o‘rganiladi. Husserl klassik fenomenologiyasida ong tushunchasining quyidagicha izohlaydi: Ong o‘zicha mavjud bo‘lgan mohiyat yoki instinkt emas, balki cheksiz oqimdir. Uni chegaralab bo‘lmaydi. Ongning asosiy xususiyati, qasdlilik yoki niyatlilik, ya’ni biror narsaga yo‘nalganlik. Ong doim nimagadir qaratiladi va nimadir haqida bo‘ladi. Husserlning bu fikri keyinchalik psixologlar tomonidan intensionallik ruhiy xastalarda ham kuzatiladimi yo‘qmi degan bahsmunozalarni keltirib chiqarganki, ushbu masala tadqiqot maqsadi doirasiga kirmagani uchun to‘xtalib o‘tmadik. Ong tuzilmalarini tashkil etuvchi hodisalar borliqning odamga ko‘rinadigan subyektiv shakllaridir. Ijodkor haqiqiy dunyo obyektlari bilan emas, balki obyektlarning o‘z ongida ko‘rinadigan shakllari bilan ishlaydi. Borliq insonga o‘z ongi hodisalari yig‘indisida ko‘rinadi. Bu fikr inson obyektni idrok etar ekan, uni o‘ziga tegishli mazmun bilan to‘ldirishini anglatadi. Bunda obyekt umumiy emas, individual qabul qilinadi. Ushbu konsepsiya asosida fenomenologiyaning funksiyalaridan kelib chiqib uni badiiy matn tahliliga moslashtiramiz. Ya’ni hodisalarni idrok etuvchi ong tajribasidagi mavjudligini hisobga olgan holdagina o‘rganish lozim. Bunday yondashuvda fenomenologik tadqiqot jarayoni idrok etuvchi ong tajribasiga kiritilmagan biror narsani hisobga olmaydi. Fenomenolog matn tahlilida jamiyat taraqqiyotidagi ma’lum bir davrga xos barcha xarakterli xususiyatlarni tarixiy zamondan tashqariga surib qo‘yadi. Ongni borliq yig‘indisi sifatida, yaxlit tushunadi. Ong tajribalar oqimi sifatida harakatlanganda hodisalar uning elementiga aylanadi. Badiiy adabiyotda “ong oqimi” termini ham ishlatiladi. “Ong oqimi oliy materiyaning funksiyasi bo‘lib, tashqi olamni insonga xos idrok etib tushunish jarayonidir”, – deya ta’rif beradi mazkur jarayonga Tilovoldi Jo‘rayev7. Izohli lug‘atlarda esa “Ong – obyektiv olamning insongagina xos bo‘lgan oliy darajadagi aksidir”, “Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishidir”, deb izohlanadi8. Husserl fenomenologiyada psixologiya bilan mantiqni birlashtirishga erishdi. Fenomenologiyaning badiiy adabiyotga tegishli tomoni shu yerda ko‘rinadi. Adabiyotshunos yoki oddiy o‘quvchi matnni qabul qilar ekan, unga faqatgina adabiy nuqtayi nazardan yondashmaydi (aslida, adabiyotning negizida falsafa bo‘lib, syujet obrazlarning psixologik holatlari bilan yoritiladi – T.M.). Voqelikning nafaqat badiiy, balki falsafiy, psixologik, mantiqiy tomonlarini ham o‘zi sezmagan holda taftish qiladi. Idrok etuvchi ongda yaratuvchi ongidagi fenomenlarga nisbatan xayrixohlik yoki ziddiyat paydo bo‘lib, badiiy ijod jarayonining ko‘lami kengayadi. Ammo fenomenologiya nazariyasi bugungi zamonaviy ong falsafasiga aylangunicha ko‘pgina bosqichlardan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Zamonaviy ong falsafasida “fenomenologiya” atamasi ko‘pincha ko‘rish, eshitish, tanish hidni tuyish, maza-ta’m yoki boshqalarning tajribalarini turli sezgilar orqali his qilib, ularning tajribasi qanday ekanligini tavsiflash uchun ishlatiladi. Fenomenologik metodning “narsa mohiyatiga qaytish” usuli ijodkorning ongidagi hodisalarni qisqartirish, ya’ni ortiqchasini olib tashlashi orqali amalga oshiriladi. Qisqartirish jarayoni 7Jo‘rayev. T. Ong oqimi va syujet. Ong oqimi. Modern. – Farg‘ona: “Farg‘ona”, 2009. – B.62. 8Словарь русского языка в четырех томах. Изд, третье, стереотипное. М; Русские язык, 1988. – С.184.; Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. М.: “Рус тили” нашр, 1981. 1-том. Б.537.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 30 muallif-yozuvchining o‘zi tomonidan ijodiy ravishda tanlash, saralash orqali amalga oshiriladi. Muallif tafakkuridagi shaxsiy tajribalari bilan ishlab, ularni xotiralar, umidlar, armonlar, istaklar, fantaziyalarini takroriy yozish orqali yuzaga chiqaradi, bu tajribalarni qabul qiluvchi markazlar esa o‘quvchi idrokidir. Muallif tafakkurida ahamiyati kamroq bo‘lgan narsalarni qisqartiradi, qisqarishga uchramagan asarning asosiy g‘oyasi esa sof ong orqali namoyon bo‘ladi. Muallifning qaysi obyektni tanlashi ixtiyoriy. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Hegel. Phenomenology of spirit. Trans: Millier V. Oxford university Press,1977 2. Heidegger M. Being and time. Trans:Stambaugh J. London; Harper Torchbooks,1972. 3. Қуронов. Д, Мамажонов. З, Шералиева. М. Адабиётшунослик луғати. – Т; Akademnashr, 2013. 4. Husserl E. Logical investigations. Trans: Findley N. New-York: Preface, 2001. – 9 p. 5. Husserl E. Ideas pertaining to a pure phenomenological philosophy. Trans: Kertsen. Boston: Lancaster, 1983. 6. Jo‘rayev. T. Ong oqimi va syujet. Ong oqimi. Modern. – Farg‘ona: “Farg‘ona”, 2009. 7. Словарь русского языка в четырех томах. Изд, третье, стереотипное. М; Русские язык, 1988. – С.184.; Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. М.: “Рус тили” нашр, 1981. 1-том.