ADABIYOT DARSLARINING TERAPEVTIK SALOHIYATI
Abstract
Mazkur maqolada adabiyot ta’limining terapevtik salohiyati, ya’ni o‘quvchi shaxsining emotsional, axloqiy va psixologik jihatdan sog‘lom rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Adabiy asarlarni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan empatik kechinmalar, identifikatsiya va refleksiya holatlari shaxsning o‘zini anglash va hissiy barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida izohlanadi.
Full text
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 56 ADABIYOT DARSLARINING TERAPEVTIK SALOHIYATI Akbaraliyeva Robiyaxon Tohirjon qizi Magistrant Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Pedagogika fanlari doktori, professor, Andijon davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Mazkur maqolada adabiyot ta’limining terapevtik salohiyati, ya’ni o‘quvchi shaxsining emotsional, axloqiy va psixologik jihatdan sog‘lom rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Adabiy asarlarni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan empatik kechinmalar, identifikatsiya va refleksiya holatlari shaxsning o‘zini anglash va hissiy barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida izohlanadi. Kalit so‘zlar: adabiyot ta’limi, biblioterapiya, emotsional intellekt, empatiya, refleksiya, shaxs rivojlanishi, estetik tarbiya, terapevtik pedagogika. Abstract. This article analyzes the therapeutic potential of literature education, that is, its impact on the emotional, moral and psychologically healthy development of the student's personality. Empathic experiences, identification and reflection states that arise in the process of studying literary works are interpreted as a factor ensuring the self-awareness and emotional stability of the individual. Keywords: literature education, bibliotherapy, emotional intelligence, empathy, reflection, personality development, aesthetic education, therapeutic pedagogy. Har davrda inson ruhiyatini tarbiyalash va ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirish ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sanalgan. Bu jarayonda adabiyot darslari nafaqat bilim beruvchi, balki ruhiy sog‘lomlashtiruvchi vosita sifatida alohida o‘rin tutadi. Har bir badiiy asar inson ichki olamining ko‘zgusidir; u o‘quvchini his qilishga, tushunishga, o‘zini tahlil etishga undaydi. Shu jihatdan, adabiyot darslarining terapevtik salohiyati zamonaviy ta’lim paradigmasida – ayniqsa, psixoijtimoiy barqarorlikni ta’minlash kontekstida – dolzarb yo‘nalishga aylanmoqda. Bugungi kunda psixologik stress, ijtimoiy beqarorlik va emotsional charchoq yoshlar orasida keng tarqalgan. Adabiyot darslari esa bu muammolarga qarshi madaniy-ruhiy immunitetni shakllantiruvchi muhim vositadir. Adabiyot inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi eng qadimiy va tabiiy psixoterapiya shaklidir. Badiiy so‘z orqali inson o‘z his-tuyg‘ularini nomlaydi, ularni tushunadi va boshqaradi. Shu jarayon katarsis holatini keltirib chiqaradi. Bettelxaym (1976) ta’kidlaganidek, “Ayniqsa bolalar uchun ertak va hikoyalar “psixik jarohatlarni ramziy qayta ishlash” imkonini beradi”. Shunday qilib, adabiyot darsi terapevtik jarayon sifatida psixologik ekspressiya, emotsional integratsiya va empatik o‘sishni ta’minlaydi. Adabiyot o‘qituvchisining roli bu jarayonda muhim. U nafaqat matnni tahlil qiladi, balki o‘quvchilarning hissiy rezonansini boshqaradi. Terapevtik adabiyot darslari quyidagi metodik komponentlarga asoslanadi:
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 57 1.Hissiy kirish (emotsional aktivatsiya). Darsni musiqiy fon, tasviriy san’at yoki muhit tasvirlari orqali boshlash. Misol uchun, 9-sinf o‘quvchilariga “Alpomish” dostonini o‘qitishda jang tasviri va xalq o‘yinlari aks etgan bir nechta suratlar taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon ularning doston mohiyatiga yetishlari uchun yordamchi vazifasini bajaradi. 2.Identifikatsiya. O‘quvchi o‘zini asar qahramoni bilan qiyoslaydi. Ushbu usulda kichik matnlar yordam beradi. O‘quvchi bu metod orqali shaxsiy axloqiy normalarini yaratadi, qahramonning ijobiy taraflarini o‘zlashtiradi. 3.Refleksiya. Identifikatsiyaning mantiqiy davomi bo‘lib, o‘quvchilar asardagi ma’lum voqealarga bo‘lgan his-tuyg‘ularini yozma va og‘zaki tarzda ifodalaydi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarga his-tuyg‘ularini to‘la ifoda olishlari uchun muhokamali savollar berilishi o‘rinli. (“Kumushning o‘limida faqat Zaynab aybdormi?”). Mariya Montessorining fikricha, har bir o‘quvchi o‘quv materiali va shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘zi tanlaydi, ya’ni o‘zi istagan mavzu bo‘yicha qancha istasa, shuncha shug‘ullanaveradi. Bu jarayonda u o‘z xususiy ritmi va yo‘nalishida tabiiy ravishda rivojlanib boradi. 4.Dialogik tahlil. O‘zaro suhbat orqali asardagi ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar muhokama qilinadi. Tahlil, albatta, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutgan bo‘lishi kerak. Tahlillar uchun qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri uning tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zda tutishidir.1Jahon adabiyoti namunalari bilan tanishtirishda qo‘llanishga qulay bo‘lgan ushbu usulda o‘zga mamlakatlarning axloqiy normalari milliy qadriyatlarimiz bilan qiyoslanib, o‘quvchilarning voqea-hodisalarga nisbatan oqilona xulosa chiqarishlariga yordam beradi. Zamonaviy neyropsixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emotsional intellekt – shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiy hayot kechirishida IQ darajasidan ham muhimroq. Adabiyot esa o‘quvchilarda emotsinal intellektni rivojlantirishning eng tabiiy yo‘lidir, chunki u emotsiyani nomlashni o‘rgatadi, boshqalar hissiyotiga nisbatan sezgirlikni oshiradi va axloqiy tanlovlar orqali ichki o‘sishni rag‘batlantiradi. Bugungi kunda “terapevtik pedagogika” tushunchasi jahon ta’limida faol rivojlanmoqda. Bu modelda adabiyotga diagnostik, profilaktik va rekonstruktiv vosita sifatida qaraladi. O‘qituvchi esa bu jarayonda “ruhiy yo‘lchi rolini bajaradi. Adabiyot darslarining terapevtik salohiyati ularning ma’naviy, emotsional va psixologik yo‘nalishlari birlashganligi bilan belgilanadi. Badiiy asar o‘quvchini o‘ylashga, his etishga, kechirishga va tushunishga o‘rgatadi. Shu orqali ta’lim jarayoni shaxsni faqat intellektual emas, balki ruhiy jihatdan ham yetuk inson sifatida shakllantiradi. Demak, adabiy ta’limda terapevtik yondashuvni joriy etish ruhiy sog‘lomlik, empatiya, sabr, o‘ziga ishonch va tolerantlikni kuchaytiruvchi eng samarali yo‘ldir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hasanov A. Adabiyot ta’limida emotsional kompetensiyani shakllantirish masalalari. – T., 2021. 2. Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T., 2018. 3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T., 2020. 4. Yo‘ldosheva M. Badiiy asar tahlilining psixopedagogik asoslari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. 1To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T. – 2020.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 58 5. Zunnunov A va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992.