KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI METODLARI (ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANIDA)
Abstract
Maqolada kredit-modul tizimi sharoitida talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar – vizuallashtirish, muammoli ta’lim, keys-stadi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, interaktiv yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur metodlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning talabalarning mustaqil izlanishlari, ilmiy tafakkuri hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mustaqil ishlarni baholash mezonlarining shaffofligi va aniq yondashuvlari haqida ham fikr yuritilgan.
Full text
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 83 KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI METODLARI (ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANIDA) Kalandarova Dilnoza Samandarovna Buxoro davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasi kata o‘qituvchisi [email protected] Rahmonova Shabnamoy Chori qizi Buxoro davlat pedagogika institutining “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi talabasi [email protected] Annotatsiya: Maqolada kredit-modul tizimi sharoitida talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar – vizuallashtirish, muammoli ta’lim, keys-stadi, axborotkommunikatsion texnologiyalar, interaktiv yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur metodlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning talabalarning mustaqil izlanishlari, ilmiy tafakkuri hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mustaqil ishlarni baholash mezonlarining shaffofligi va aniq yondashuvlari haqida ham fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Kredit-modul tizimi, mustaqil ish, samarali metodlar, odam anatomiyasi, fiziologiya, keys-stadi, vizuallashtirish, interaktiv ta’lim, laboratoriya ishlari, baholash mezonlari. Аннотация: В статье анализируются вопросы эффективной организации самостоятельной работы студентов в условиях кредитно-модульной системы. В частности, особое внимание уделяется эффективным методам, используемым при освоении дисциплины «Анатомия и физиология человека» – визуализации, проблемному обучению, кейс-стади, информационно-коммуникационным технологиям, интерактивным подходам и практическим занятиям. Отмечается роль этих методов в образовательном процессе, их значение в развитии самостоятельной исследовательской деятельности, научного мышления и профессиональных навыков студентов. Также рассматриваются прозрачность и понятность критериев оценки самостоятельной работы. Ключевые слова: кредитно-модульная система, самостоятельная работа, эффективные методы, анатомия, физиология человека, кейс-стади, визуализация, интерактивное обучение, лабораторные работы, критерии оценки. Abstract: The article analyzes the issues of effective organization of students' independent work in the context of the credit-module system. In particular, special attention is paid to effective methods used in mastering the science of human anatomy and physiology - visualization, problem-based learning, case studies, information and communication technologies, interactive approaches and practical exercises. The role of these methods in the educational process, their importance in the development of students' independent research, scientific thinking and professional skills are highlighted. The transparency and clear approaches of the criteria for assessing independent work are also considered.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 84 Keywords:Credit-module system, independent work, effective methods, human anatomy, physiology, case studies, visualization, interactive learning, laboratory work, assessment criteria. Kirish Hozirgi davrda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga olib chiqishni talab etmoqda. Kredit-modul tizimi talabaning mustaqil ta’lim olishini kengaytirishga, o‘z ustida izchil ishlashini ta’minlashga va o‘z bilimini mustaqil nazorat qilishga yo‘naltirilgan. Ayniqsa, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kabi murakkab fanlarni o‘zlashtirishda talabalar faqat auditoriya mashg‘ulotlari bilan cheklanib qolmay, keng qamrovli mustaqil ishlarni ham samarali tashkil etishlari zarur. Bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlarning to‘g‘ri tanlanishi va amaliyotga joriy etilishi talabaning kasbiy tayyorgarligi, tahliliy fikrlashi va ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini belgilab beradi. Asosiy qism Kredit-modul tizimida samarali metodlarga ehtiyoj Kredit-modul tizimi talabaning bilim olish jarayonida mustaqil faoliyatini kengaytirishni talab qiladi. Ayniqsa, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kabi murakkab, ko‘plab terminlar va jarayonlarni o‘z ichiga olgan fanni o‘zlashtirishda metodlarning to‘g‘ri tanlanishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Samarali metodlar nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtiradi, balki talabaning izlanish, tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Quyida ba’zi metodlar haqida so’z boradi: Ma’lumotlarni vizuallashtirish metodlari Ta’lim jarayonida murakkab ma’lumotlarni talabalarga tushunarli va yodda saqlashga qulay shaklda yetkazish eng muhim vazifalardan biridir. Anatomik tuzilmalar va fiziologik jarayonlarni so‘z orqali tushuntirish yetarli bo‘lmagan hollarda vizual metodlar asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham ma’lumotlarni vizuallashtirish metodlari keng qo‘llaniladi. Bu metodlar orqali nazariy bilimlar turli grafikalar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar yoki animatsiyalar yordamida talabalarga taqdim etiladi. Ayniqsa, anatomiya va fiziologiya fanida vizual vositalar o‘quv jarayonini samarali qilishda beqiyos ahamiyatga ega. Anatomik atlas va 3D-modellar yordamida talaba murakkab tuzilmalarni fazoda tasavvur qila oladi. Videodarslar va animatsiyalar fiziologik jarayonlarni dinamik ko‘rinishda anglashga yordam beradi. Diagrammalar va sxemalar esa murakkab mexanizmlarni oddiy va izchil ko‘rsatib beradi. Bu usullar orqali talaba ko‘rish orqali idrok etadi, eslab qolish samaradorligi esa sezilarli darajada ortadi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosidagi metodlar Bugungi kunda ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga mos tashkil etishda axborotkommunikatsion texnologiyalar (AKT) asosidagi metodlar muhim o‘rin tutadi. Bu metodlar
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 85 talabalarga o‘quv materiallarini an’anaviy usullardan ko‘ra tezroq, qulayroq va samaraliroq tarzda o‘zlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, anatomiya va fiziologiya kabi murakkab fanlarni o‘rganishda AKT asosidagi vositalar talabalar uchun juda katta ko‘makchi bo‘ladi. AKT asosidagi metodlarga — multimedia taqdimotlar, interaktiv ta’lim dasturlari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar va onlayn test tizimlarini misol qilish mumkin. Masalan, inson skeleti tuzilishini 3D formatda aylantirib ko‘rish imkonini beruvchi dasturlar talabada chuqurroq tasavvur hosil qiladi. Yoki yurakning qisqarish jarayonini animatsiya orqali ko‘rsatish oddiy og‘zaki tushuntirishdan ko‘ra samaraliroq bo‘ladi. AKT asosidagi metodlarning samaradorligi shundaki: Ta’lim jarayonini qiziqarli qiladi – grafik, animatsiya va ovozli izohlar talabaning e’tiborini tortadi. Bilimlarni chuqurlashtiradi – murakkab jarayonlarni ko‘rgazmali va dinamik shaklda ko‘rish orqali tushunish yengillashadi. Masofaviy o‘qitishni qo‘llab-quvvatlaydi – elektron platformalarda topshiriqlarni bajarish, onlayn mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mustaqil ta’limni rivojlantiradi – talaba darsdan tashqari paytda ham elektron manbalar orqali bilimini kengaytirishi mumkin. Talabalar uchun foydali tomonlari esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Ko‘rgazmali o‘rganish imkoniyati – organizm tizimlarini real ko‘rinishda ko‘rish. 2. Texnologik savodxonlikni oshiradi – AKT bilan ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. 3. Tezkor muloqot imkoniyati – o‘qituvchi va talaba o‘rtasida onlayn aloqa samarali tashkil qilinadi. 4. Ijodiy va mustaqil fikrlashni kuchaytiradi – talabalar prezentatsiya, grafik yoki video materiallar yaratib, bilimlarini mustahkamlaydilar. Shu bois, axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosidagi metodlar anatomiya va fiziologiya fanida o‘quv jarayonini yanada zamonaviylashtirish, talabalarda tahliliy va ijodiy yondashuvni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Interaktiv metodlar Talabalarni faol jalb etuvchi metodlar ham mustaqil ta’limning samaradorligini oshiradi. “Aqliy hujum” (brainstorming) usuli orqali talaba qisqa vaqt ichida ko‘plab g‘oyalarni ilgari suradi, ulardan eng maqbulini tanlaydi. “Blits-so‘rov” va “Savol-javob” metodlari bilimni tezkor tahlil qilish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Kichik guruhlarda ishlash esa talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini rivojlantiradi: ular birgalikda muammoni tahlil qiladi va mustaqil xulosaga keladi.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 86 Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari Anatomiya va fiziologiyani o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlarsiz bilim yetarli bo‘lmaydi. Shu bois: Laboratoriya ishlari orqali talaba fiziologik jarayonlarni kuzatadi va o‘lchash usullarini o‘zlashtiradi. Makro va mikropreparatlar bilan ishlash mustaqil tahlil ko‘nikmasini rivojlantiradi. Kuzatuv va eksperiment usuli orqali talaba o‘zini tadqiqotchi sifatida his qiladi, ilmiy tafakkuri shakllanadi. Mustaqil ishni baholashning metodik yondashuvlari Baholash tizimi ham samarali metodlardan biridir. U aniq va shaffof bo‘lganda talaba o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashadi. Baholash faqatgina “ball qo‘yish” emas, balki talabaning mustaqil ishlash jarayonini rag‘batlantirish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda ularga yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish jarayonidir. Anatomiya va fiziologiya fanida talabalar ko‘pincha referatlar, keys-stadi yechimlari, elektron platformalarda topshiriqlar, klaster yoki konseptual xaritalar, vizual materiallar tayyorlaydilar. Ularni baholashda quyidagi yondashuvlar muhim hisoblanadi: 1. Mazmuniy yondashuv – talabaning ishlari fan dasturiga qanchalik mos kelgani, mavzu yuzasidan nazariy bilimlarni to‘liq yoritgani baholanadi. Masalan, “yurak-qon tomir tizimi” bo‘yicha tayyorlangan referat ilmiy manbalarga tayanib yozilganmi yoki yo‘q, asosiy tushunchalar to‘liq yoritilganmi – shu jihatlar e’tiborga olinadi. 2. Amaliy yondashuv – talaba nazariy bilimlarini amaliy vaziyatlarga qo‘llay oldimi yoki yo‘q. Masalan, klinik keys asosida yurak yetishmovchiligi sabablarini tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmasi baholanadi. 3. Ijodiy yondashuv – talabaning ishida o‘ziga xos fikr, mustaqil yondashuv va yangilik mavjudmi. Masalan, konseptual xarita tuzishda talaba nafaqat kitobdagini ko‘chirib, balki o‘z bog‘lanishlarini qo‘shgan bo‘lsa, yuqori baho beriladi. 4. Texnologik yondashuv – topshiriqlarni bajarishda elektron platformalar, vizual vositalar yoki AKT imkoniyatlaridan foydalanganlik darajasi baholanadi. Masalan, prezentatsiyada animatsiya, chizma va diagrammalardan samarali foydalanish. 5. Jarayonni baholash – talabaning mustaqil ishni bajarish jarayonida intilishi, vaqtida topshirishi, manbalar bilan ishlash madaniyati ham alohida hisobga olinadi. Xulosa Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini samarali tashkil etish, ayniqsa, odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanida katta ahamiyat kasb etadi. Bu fan talabalardan keng qamrovli bilim va mustaqil fikrlashni talab qilgani sababli, metodlarning to‘g‘ri tanlanishi jarayon samaradorligini belgilaydi. Vizuallashtirish, keys-stadi, interaktiv mashg‘ulotlar, axborotkommunikatsion texnologiyalar va amaliy laboratoriya ishlari talabalarning bilimlarini mustahkamlaydi, tahliliy va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Baholashning aniq va
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 87 shaffof mezonlari esa mustaqil ishlarning sifatini ta’minlab, talabalarni mas’uliyatli va faol o‘quvchi sifatida shakllantiradi. Shunday qilib, metodik yondashuvlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jo‘rayev Sh., Matyoqubov A. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti”, 2019. – 356 b. 2. Norqulov M., Hasanov H. Umumiy anatomiya va fiziologiya. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. – 280 b. 3. Mamatqulov A. Anatomiya va fiziologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – 240 b. 4. Xolmurodova D. Ta’lim jarayonida kredit-modul tizimi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021. – 198 b. 5. Карпов В.Л. Анатомия человека. – Москва: МЕДпресс-информ, 2018. – 512 с. 6. Синельников Р.Д. Атлас анатомии человека в 4-х томах. – Москва: Медицина, 2020. – Т.1–4. 7. Пашков В.М. Физиология человека: учебное пособие. – Санкт-Петербург: СпецЛит, 2019. – 368 с. 8. Кудряшова Е.А. Кредитно-модульная система в высшем образовании: опыт и перспективы. – Москва: Академия, 2017. – 224 с. 9. Юлдашев M. Pedagogik texnologiyalar va kredit-modul tizimi. – Toshkent: “IqtisodMoliya”, 2022. – 176 b. 10. Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Физиология и гигиена. – Москва: Просвещение, 2018. – 304 с. 11. D. Kalandarova, & D. Karimov (2022). BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA MULTIMEDIADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Science and innovation, 1 (B8), 2276-2279. doi:10.5281/zenodo.7445311 12. Рахмонов, Р. Р., Самандаровна, Қ. Д., & Норова, Д. Х. (2022). БУХОРО ВИЛОЯТИ СУВ ҲАВЗАЛАРИДА УЧРАЙДИГАН НОДИР ВА КАМЁБ БАЛИҚХЎР ҚУШЛАР БИОЛОГИЯСИ ВА ЭКОЛОГИЯСИГА ДОИР МАЪЛУМОТЛАР. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 1(1), 28-34. 13. Kalandarova, D. S., & Bakayeva, S. B. (2022). BIOLOGIYA O'QITISH METODIKASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’RNI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(2), 43-47. 14. Samandarovna, K. D. Toshtemir oʻgʻli, KD (2024). AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING BIOLOGIYA FANLARIGA TA'SIRI. O'ZBEKISTONDA TEXNIKA FAN TADQIQOTLARI, 2(2), 243-249. 15. Қаландарова, Д. С. (2021). МЕТОДИКА РЕШЕНИЯ ЗАДАЧ ПО БИОЛОГИИ. Scientific progress, 2(1), 1609-1611. 16. Каландарова, Д. (2020). Использование зеленой хлореллы, выращенной в органоминеральной среде, в качестве пищевых продуктов в рыбоводстве. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2(2). 17. Raimov, A. R., Bakayeva, S. B., & Kalandarova, D. S. (2024). Ecological groups of mammals found in Bukhara region and adjacent areas. In E3S Web of Conferences (Vol. 538, p. 03008). EDP Sciences.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI № 1,Oktabr, 2025 ISSN: 3060-4923, Impact Factor – 7,212 worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/search/publication?q=worldly%20knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4923 88 18. Каландарова, Д., & Рахмонова, Ш. (2025). МЕТОДИКА ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ В КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ПО ПРЕДМЕТУ АНАТОМИИ И ФИЗИОЛОГИИ ЧЕЛОВЕКА. Молодые ученые, 3(1), 21-23. 19. Каландарова, Д. С., & кизи Студентка, П. З. З. Н. (2024). МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ БИОЛОГИИ ИХ ОСОБЕННОСТИ И УСЛОВИЯ ПРИМЕНЕНИЯ ПРАКТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 2(4), 27-32. 20. Каландарова, Д. С. (2024). УЧЕБНЫЙ ПРЕДМЕТ «БИОЛОГИЯ». МЕТОДИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДОКУМЕНТОВ, РЕГЛАМЕНТИРУЮЩИХ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧИТЕЛЯ БИОЛОГИИ. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING, 4(2), 36-39. 21. Каландарова, Д. (2022). МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ БИОЛОГИИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 38-41. 22. Kalandarova, D. (2022). Talabalarda mediatexnologiyalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning mazmun-mohiyati. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 2(2). 23. Павлова, В. (2023). ИЗПОЛЗВАНЕ НА КОНТЕКСТ В ОБУЧЕНИЕТО ПО ХИМИЯ ЗА АНГАЖИРАНОСТ НА УЧЕНИЦИТЕ ОТ IX КЛАС ПО ТЕМА" ЕДНОВАЛЕНТНИ АЛКОХОЛИ". Natural Science & Advanced Technology Education, 32. 24. Каландарова, Д. (2020). THE USEFUL WORDS WE NEED IN ENGLISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2(2).