scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BAXMAL TUMANI IJTIMOIY HAYOTI VA FAOLIYATI (1992-1995-YILLARDA )

N.N. Jo'raqulova

Abstract

Ushbu maqolada Baxmal tumanida 1992-1995-yillar mobaynida amalga oshirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar hamda qishloq xo‘jaligidagi holatlar haqida ma’lumot beradi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 65 BAXMAL TUMANI IJTIMOIY HAYOTI VA FAOLIYATI (1992-1995-YILLARDA ) N.N. Jo‘raqulova Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada Baxmal tumanida 1992-1995-yillar mobaynida amalga oshirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar hamda qishloq xo‘jaligidagi holatlar haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy hayot, “Navro‘z” bayrami, Toshkent, sanoat, diniy qadriyatlar, xalq. Annotation. This article provides information about the social, economic, and cultural changes that took place in the Baxmal district during the period of 1992–1995, as well as the state of agriculture during those years Key words: Social life, Navruz celebration, Tashkent, industry, religious values, people. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng, mamlakatning barcha hududlarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda tub oʻzgarishlar yuz bera boshladi. Shu jarayonlarda Baxmal tumani ham bevosita ishtirok etdi. 1993–1995-yillar mazkur tuman hayotida yangilanish, moslashuv va o‘zgarish davri sifatida namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan “Mustaqillik darvozasi” loyihasi muallifi me’mor A.M.Ahmedovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor" faxriy unvoni, O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi badiiy fondi qoshidagi "Usto" xalq san’ati ustalari birlashmasining yog‘och o‘ymakorlari brigadiri X.D.Umarovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi" faxriy unvoni berildi.1 Ta’lim tizimi yangi milliy mazmunga ega bo‘la boshladi. O‘zbek tilidagi darsliklar, mustaqil O‘zbekiston tarixi va Konstitutsiya asoslari fani o‘quv dasturlariga kiritildi. Maktablarda moddiy baza zaif bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchilarning fidoyiligi tufayli ta’lim jarayoni davom etdi. Madaniyat sohasida esa mahalliy san’atkorlar, xalq ansambllari, kutubxonalar faoliyati saqlanib qoldi. Milliy bayramlar — Navro‘z, Mustaqillik kuni tantanali ruhda o‘tkazilib, milliy qadriyatlarning tiklanishiga xizmat qildi. “Biz yaqinda bo‘lajak Navro‘z bayramini an’anaviy bayram sifatida nishonlash to‘g‘risidagi masalani muhokama qildik. Har jihatdan diqqat-e’tibor bilan muhokama qildik, «qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarilgan», O‘zboshimchalik bilan zararli, xalqqa begona qarorlar qabul qilingan, an’analarimiz, urf-odatlarimizning asriy negizlari oyoq osti qilingan o‘tmish davr saboqlarini hisobga oldik. Avvalo, odamlarning, butun xalqimizning ko‘pdan-ko‘p istak va talablarini hisobga olib, biz bu yil Navro‘zni yangichasiga, umumxalq bayrami sifatida tantana bilan o‘tkazish haqida qaror qabul qildik”,– dedi 1990 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahar faollari yig’ilishida so‘zlagan “Toshkentni yuksak taraqqiyot va madaniyat shahriga aylantirishimiz kerak”2sarlavhali nutqida. Shu davrdan boshlab 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida nishonlana boshladi. Ushbu ijtimoiy o‘zgarishlarning davomi sifati 1992-yil 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov "Ro‘za hayiti" kunini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu Farmonga ko‘ra shu yilning 4 apreli - Ro‘za hayiti 1https://islomkarimov.uz/uz/page/ijtimoiy-hayot-1993-yil 2Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.: “O‘zbekiston”, 2011.B-99. INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 66 (iyd-al-fitr) diniy bayram kuni, shuningdek, keyingi yillarda Ro‘za hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. 3 Aholi orasida milliy qadriyatlar, o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, til va din erkinligi kabi g‘oyalar mustahkam o‘ringa ega bo‘ldi. Tuman iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi 1990-yillarning o‘rtalarida o‘zgarish davrini boshdan kechirdi. Fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshladi, ilgari kolxoz va sovxoz tizimida ishlagan aholining bir qismi mustaqil ishlab chiqarishga o‘tdi. Paxtachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va chorvachilik asosiy daromad manbai edi. Qishloq joylarda yashovchi aholining mehnatsevarligi tufayli og‘ir iqtisodiy sharoitlarda ham o‘zini ta’minlash imkoniyati saqlanib qoldi. O‘smatda XXI chaqiriq xalq noiblari Baxmal tuman kengashining XIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Respublika Oliy Kengashining XII sessiyasi yakunlari to‘g‘risidagi nutqi hamda Prezidentning “Yangisini qurmay turib, eskisini buzmang” risolasida bayon etilgan go‘yalardan kelib chiqadigan vazifalari to‘g‘risida”gi masala qarab chiqildi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha tuman hokimi H.A.Ashurqulovning ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek sessiya ishtirokchilari “Tumanni gazlashtirish va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar to‘g‘risida” tuman hokimining o‘rinbosari A.Tursunov ma’ruzasini, tuman kengashi savdo, umumiy ovqatlanish va xalq iste’moli mollari doimiy komissiyasining axborotini eshitdilar. Sessiyada viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.S.Soatov nutq so‘zladi. - Tumanda yutuqlar bilan birga jiddiy nuqsonlar mavjud, -dedi hokim o‘rinbosari o‘z so‘zida. –Jumladan , Baxmalda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga e’tibor berilmayapti. O‘tgan yili tumanda qorako‘l teri va pilladan tashqari biror soha bo‘yicha rejalar bajarilmaganligi buning yaqqol dalilidir. Boshqacha qilib aytganda 1992-yili davlatga tuman bo’yicha rejadagi 2700 tonna meva, 13100 tonna uzum, 475 tonna sut,1600 tonnadan ziyod go’sht yetkazib berilmadi. Bir vaqtlar Baxmalda yiliga 30ming tonna meva va uzum yetishtirilganligini hisobga olsak, ahvol nihoyatda jiddiyligi ma’lum bo’ladi. Axir tuman dehqonlari 1992-yilda atigi 2ming tonna meva, 3,5ming tonna uzum yetishtirish bilan kifoyalanishi, xolos. Baxmalliklar o‘tgan yil saboqlaridan tegishli xulosa chiqarilmagan ko‘rinishadi. Tumanda 1992-yilning to‘rt oyiga nisbatan bu yil sut 23 tonnaga, go‘sht 30 tonnaga, tuxum 140 ming donaga kamaydi. Qoramollar, qo‘y-echkilar, parrandalar bosh soni ham o‘tgan yilga nisbatan keskin ozayganligiga aslo toqat qilib bo‘lmaydi. Nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki sanoat va transportda ham ahvol tashvishlanarli. Joriy yilning to‘rt oyi davomida rejadagi 1,9 mln so‘mlik sanoat mahsulotlari yetkazib berilmadi, yuk tashish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189 ming tonna kam bo‘ldi.4 Sog‘liqni saqlash tizimi1992–1995-yillarda tuman markaziy shifoxonasi va qishloq vrachlik punktlari faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, dori-darmon va tibbiy asbobaholining sog‘lig‘ini saqlashda uskunalarning yetishmasligi sezilgan. Shu sharoitda ham tibbiyot xodimlari katta mas’uliyat bilan ishladilar. 1994-yil 14-iyul O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Respublikada dori-darmon vositalarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida” Farmon chiqardi.5 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilarni tashkil qiladi: Dori-darmonlarni sotishdagi nazoratni kuchaytirish; Ular bilan savdo qilish qoidalarini buzganlar uchun jazolarni qat’iylashtirish; Respublika aholisini dori-darmonlar bilan ta’minlashni yaxshilash; Litsenziya kerakligi. 3https://islomkarimov.uz/uz/page/ijtimoiy-hayot-1992-yil 4Jizzax haqiqati. 8-iyun, 1993 yil, seshanba № 62 (3182).1-bet 5PF-916 (14-iyul 1994) –“Respublika dori-darmonlar sotishni tartibga solish to‘g‘risida” INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 12, ISSUE 02, 2025 67 Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus ruhsatnoma bo‘lishi lozimligi ham alohida ta’kidlangan. Ma’naviy-ma’rifiy hayot va diniy erkinlik. Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlar tiklana boshladi. Baxmalda masjidlar qayta faoliyat boshladi, Qur’on o‘qish, diniy marosimlarni erkin o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasida maʼnaviyat va maʼrifat sohasini rivojlantirish bo‘yicha juda muhim hujjatlar qabul qilingan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan maʼnaviy hayotni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 1996-yil 12-mart — “Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha Respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 6Prezident farmoni e’lon qilingan. Bu — 1996-yilda maʼnaviy hayot sohasidagi eng muhim hujjat hisoblanadi. Mazmuni shundan iboratki, jamiyatda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, madaniyat va maʼnaviy merosni tiklashni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida belgiladi. Shu maqsadda “Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha Respublika kengashi” tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifasi — aholining, ayniqsa yoshlarning: maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, mafkuraviy bo‘shliqning oldini olish edi. Shu yili — “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tashkil etildi. Bu markaz yuqoridagi farmon asosida tuzilgan bo‘lib, respublika bo‘ylab maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullandi. 1996-yilgi nutqlarida Islom Karimov ko‘p bora shunday degan edi: “Mustaqillik bizga nafaqat siyosiy erkinlik, balki milliy maʼnaviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash imkonini berdi. Agar maʼnaviyatni yo‘qotsak, millatning kelajagi ham yo‘qoladi.” Xulosa o‘rnida aytib o‘tish mumkinki, 1992–1995-yillar Baxmal tumani uchun sinovli, lekin o‘sish imkoniyatlariga boy davr bo‘ldi. Aholi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, mustaqil hayotning ilk qadamlari sifatida yangi ijtimoiy, madaniy va ma’naviy muhitni shakllantira oldi. Shu davr tuman tarixida milliy tiklanish va ijtimoiy uyg‘onish bosqichi sifatida muhim o‘rin egallaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. https://islomkarimov.uz/uz/page/ijtimoiy-hayot-1993-yil 2. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T.: “O‘zbekiston”, 2011.B-99. 3. https://islomkarimov.uz/uz/page/ijtimoiy-hayot-1992-yil 4. Jizzax haqiqati. 8-iyun, 1993 yil, seshanba № 62 (3182).1-bet 5. PF-916 (14-iyul 1994) –“Respublika dori-darmonlar sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 6. PF, “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha Respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”,1996,12-mart 6PF, “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha Respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”,1996,12-mart